×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PERITOL tabletkalari 4mg N20

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Ципрогептадин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
ATX kodi:
- R06AX02
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
ZEFEKSAL tabletkalari 180mg N20 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
44 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PERITOL tabletkalari 4mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Peritol®

tabletkalar 4 mg

(siprogeptadin)

Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan avval bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumotlarni saqlaydi.

  • Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin.
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga yozilgan va uni Siz boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. U xatto, agar ularda kasallikning xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham, zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi

  1. Peritol® tabletkalari preparati qanday preparat va uni nima uchun qo‘llanadi
  2. Peritol® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak.
  3. Peritol® tabletkalarini qanday qo‘llash lozim
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Peritol® tabletkalarini qanday saqlash lozim
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagi modda va boshqa ma‘lumotlar

  1. Peritol® tabletkalari qanday preparat va uni nima uchun qo‘llanadi

Peritol® tabletkalarini ta‘sir etuvchi moddasi siprogeptadin – serotonin va gistaminni antagonisti hisoblanadi. Serotonin va gistamin organizmda aniq normal miqdorda bo‘ladigan kimyoviy modda hisoblanadi. Ammo quyidagi holatlarda bu moddalarni ishlab chiqarilishi sezilarli darajada oshadi, shuning uchun Peritol® tabletkalari quyidagi hollarda qo‘llanadi:

  • allergik holatlar, ayniqsa qichishish bilan kechuvchi holatlar masalan, eshakemi, allergik shish, ekzema, dermatit (terini yallig‘lanishi) allergik tumov, zardob kasalligi, hashoratlarni chaqishi;
  • karsinoid sindromi sifatida ma‘lum bo‘lgan kasallikni (serotoninni ishlab chiqaruvchi me‘da-ichak yo‘llarining o‘smasini) simptomatik davolash;
  • qon tomir patologiyasi oqibatidagi bosh og‘rig‘i (migren, gistamin bosh og‘rig‘i);
  • anoreksiyasi bo‘lgan pasientlarda, xolsizlangan va sog‘ayayotgan bemorlarda ishtahani oshirish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash uchun qo‘llanadi.

  1. Peritol® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan avval nimalarni bilish kerak.

Bu tabletkalarni qabul qilmang, agar Sizda:

  • 8 bo‘limda keltirilgan Peritol® tabletkalarini faol moddasiga (siprogeptadin) yoki har qanday yordamchi moddalariga allergiya;
  • astmaning o‘tkir xuruji;
  • glaukoma;
  • me‘dani bo‘shalishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar (me‘daning stenoz chaqiruvchi yarasi, me‘daning chiqish qismini (privratnikni) obstruksiyasi);
  • siyishni qiyinlashishi bilan kechuvchi holatlar (prostata bezi gipertrofiyasi, qovuq bo‘yni stenozi);
  • agar Siz MAO ingibitorlari guruhidan boshqa dori vositasini (moklobemid, selegelin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • agar Siz bola emizsangiz;

Bu preparatni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va zaiflashgan, yordamga muhtoj bemorlarga
(65 yoshdan katta) berish mumkin emas.

Tibbiyotda qo‘llashda ehtiyotkorlik choralari

Peritol® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan avval davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Sizda yoki Sizning bolangizda sanab o‘tilgan holatlardan birontasi bo‘lganida Peritol® preparatini qabul qilishni boshlashdan avval, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing, chunki bu holatlarda Peritol® preparatini qo‘llash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi:

  • jigar faoliyatini buzilishi
  • buyrak faoliyatini buzilishi
  • bronxial astma
  • ilgari aniqlangan yuqori ko‘z ichki bosimi
  • qalqonsimon bezi faoliyatini oshishi
  • har qanday yurak-qon tomir kasalliklari
  • yuqori arterial bosim.

Boshqa dori vositalari va Peritol® tabletkalari preparati

Agar Siz har qanday dori vositalarini hozirgi vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling.

MAO ingibitorlari (moklobemid, selegelin) Peritol® preparatining antixolinergik samaralarini kuchaytiradi va uzaytiradi.

Uxlatuvchi, tinchlantiruvchi va anksiolitik preparatlarini Peritol® preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganda ularning sedativ samaralari qo‘shilishi mumkin. Shuning uchun Peritol® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringizga Siz qabul qilayotgan har qanday uxlatuvchi, tinchlantiruvchi va anksiolitik preparatlari to‘g‘risida xabar qiling.

Peritol® preparati depressiyani davolash uchun mo‘ljallangan ayrim preparatlarning (serotonin darajasini oshiruvchi) samaradorligiga ta‘sir qiladi, bu esa depressiya simptomlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Peritol® preparati siydikda ayrim antidepressantlarni (trisiklik antidepressantlar) aniqlash testini soxta musbat natijalarini chaqirishi mumkin. Bunday testni o‘tkazishdan oldin albatta shifokorga Siz Peritol® ni qabul qilayotganligingiz xususida xabar bering.

Agar Sizga buyurilgan preparatlarni aniq bilmasangiz, maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.

Peritol® tabletkasini ovqat va alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish

Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi oqibatida (uyquchanlik, stupor, bosh aylanishi) alkogolning samarasi kuchayadi, shuning uchun Peritol® preparati bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish taqiqlanadi.

 

Fertillik, homiladorlik va emizish

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bola ko‘rishni rejalashtirsangiz, bu haqida preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling.

Homiladorlik

Homiladorlikda yoki mumkin bo‘lgan homiladorlikda Peritol® tabletkalarini faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha, foyda/xavf nisbati sinchkov taxlil qilingandan keyin qo‘llash mumkin.

Emizish

Emizish vaqtida Peritol® tabletkalarini qabul qilmang. Agar Sizning sog‘lig‘ingizni saqlash uchun shifokor bu preparat bilan davolanish mutloqo zarur deb hisoblasa, u holda davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Peritol® preparati bilan birinchi davolanish kursini boshlang‘ich davrida ayrim pasientlar bosh aylanishiga, uyquchanlikka yoki stuporga shikoyat qilishlari mumkin. Shuning uchun davolanishni boshida transport vositalarini boshqarish, mexanizmlar bilan ishlash va baxtsiz xodisalar xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarish taqiqlanadi. Keyinchalik shifokor bu cheklovlarning davomiyligi va darajasini shaxsiy ravishda aniqlaydi.

Peritol® preparatining har bir tabletkasi 128 mg laktoza saqlaydi.

Agar Sizning davolovchi shifokoringiz Sizda ayrim qand turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligi to‘g‘risida ogohlantirgan bo‘lsa, bu dori vositasini ishlatishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. Peritol® tabletkalarini qanday qo‘llash lozim

Peritol® tabletkalarini har doim qat‘iy shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Bu preparat bilan davolanishni boshida ko‘pincha uyquchanlik kuzatiladi.

Dozalash tartibi

Odatiy tavsiya qilinadigan dozalari:

Kattalarga:

Odatda tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 12 mg ni (4 mg li 1 tabletkadan sutkada 3 marta) tashkil qiladi.

Odatda kattalar uchun tavsiya qilinadigan dozalar: bitta tabletkadan 1-5 marta (sutkada 4-20 mg)

Surunkali eshakemida: kuniga 6 mg dan berish mumkin (ya‘ni ½ tabletkadan 3 marta).

O‘tkir migrenda: kuniga 4 mg doza (1 tabletka) tavsiya qilinadi. Agar migren o‘tib ketmasa, xuddi shu dozani (4 mg li 1 tabletka) yarim soatdan keyin takroran qabul qilish mumkin. Keyin odatda bitta tabletkadan har 4-6 soatda qabul qilish yetarli. 4-6 soat davomida 8 mg dan (2 tabletkadan) ko‘p dozada qabul qilmaslik kerak.

Migrenda samarani bir maromda saqlab turuvchi doza: odatda bitta tabletkadan har 4-6 soatda qabul qilish samaralidir.

Maksimal sutkalik doza: 32 mg (2 tabletkadan 4 marta) ni tashkil qiladi.

Maxsus guruh pasientlari

Keksalarga va/yoki zaiflashgan pasientlarga (65 yoshdan katta) Peritolni buyurish mumkin emas, chunki ular ayrim antigistamin preparatlarning nojo‘ya samaralariga (masalan bosh aylanishi, uyquchanlik va gipotenziya) yuqori sezuvchanlikka egadirlar.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: bunday pasientlarda dozani kamaytirishga zarurat paydo bo‘lishi mumkin.

Bolalar va o‘smirlar:

Peritol®ni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.

2 yoshdan katta bolalarni Peritol® preparati bilan davolash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bolalarda preparatni nojo‘ya samaralariga sezuvchanligi yuqori, kam hollarda bolalarda yuqori qo‘zg‘alish rivojlanishi mumkin.

2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: sutkada 4-6 mg (1-1/2 tabletka) berish mumkin. maksimal sutkalik doza 12 mg (3 tabletka) dan oshmasligi kerak.

7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: odatdagi doza 8-12 mg (bitta tabletkadan kuniga 2 yoki 3 marta). Agar sutkalik dozani hammasini bir qabul qilishda berish kerak bo‘lsa, uni uyqudan oldin qabul qilish tavsiya qilinadi. Bu yosh guruhi uchun maksimal sutkalik doza 16 mg (4 tabletka) dan oshmasligi kerak.

Qo‘llash usuli

Peritol® preparati bilan davolashni boshida ko‘pincha uyquchanlik kuzatiladi, shuning uchun preparatning birinchi dozasini kechki ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya qilinadi.

Peritol® ni har kuni taxminan bir xil vaqtda qabul qiling. Bu preparatni optimal samarasiga erishishni ta‘minlaydi. Bundan tashqari, bu Sizga tabletkani qabul qilish vaqtini esda tutishda yordam beradi.

Agar Siz dozalashning to‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Agar Siz Peritol® tabletkalarini buyurilganidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz

Darhol o‘z davolovchi shifokoringizga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch bo‘limiga murojaat qiling. O‘zingiz bilan ushbu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni shifokorga ko‘rsatish uchun olib oling.

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: uyquchanlik, koma, tirishishlar, og‘izni qurishi, ko‘z qorachig‘ini xarakatsiz kengayishi, yuzni qizarishi va me‘da buzilishlari.

Agar Siz Peritol® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Vaqtida qabul qilinmagan tabletkani o‘tkazib yuboring va preparatni odatdagi tartibda qabul qilishni davom ettiring.

Agar Siz Peritol® tabletkalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Peritol® preparatini allergik reaksiyalarini rivojlanish holatlaridan yoki boshqa jiddiy nojo‘ya samaralardan tashqari holatlarda o‘zingiz qabul qilishni to‘xtatmang, chunki bu Sizning axvolingizni yomonlashishini chaqirishi mumkin. Shifokor Sizga Peritol® tabletkalari bilan davolash kursining zarur davomiyligi haqida xabar qiladi. Albatta shifokorning ko‘rsatmasini bajaring. Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari

Hamma boshqa dori preparatlari kabi bu preparat ham nojo‘ya reaksiyalarni chaqirish mumkin, ammo ular hamma pasientlarda ham yuz bermaydi.

Quyida sanab o‘tilgan har qanday holatlar paydo bo‘lganida, Peritol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling, chunki Sizga tibbiy yordam kerak bo‘lishi mumkin:

  • qo‘l, oyoq yoki yuzni allergik shishi
  • teri toshmasi va eshakemi
  • bosh aylanishi va nafasni qiyinlashishi bilan kechuvchi og‘ir allergik reaksiyalar.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda qon yaratish a‘zolari tomonidan buzilishlar (oq qon tanachalarini sonini kamayishi va qizil qon tanachalarini parchalanishi bilan bog‘liq kamqonlik) rivojlanishi mumkin.

Agar preparat uzoq vaqt qo‘llanganda boshqa tushuntirib bo‘lmaydigan sabablar bilan kechuvchi isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz shilliq qavatini yaralanishi, oqarish, sariqlik, holsizlik, nafasni qiyinlashishi, ko‘karish, odatiy bo‘lmagan yoki to‘xtatib bo‘lmaydigan qon ketishlari kabi simtomlar rivojlansa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Peritol® preparatini qabul qilish vaqtida pasientlar quyidagi noxush samaralarni xis qilishi mumkin

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Qizil qon tanachalarini parachalanishi bilan bog‘liq kamqonlik, oq qon tanachalari sonini kamayishi (yoki bo‘lmasligi), qon plastinkalari sonini kamayishi;

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Allergik shish, anafilaktik shok;

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan:

Anoreksiya, ishtahani oshishi

Ruhiyatni buzilishlari:

Ongni chalkashishi, ko‘rish gallyusinasiyalari, notinchlik, yuqori ta‘sirchanlik, tajovuzkor xulq, uyqusizlik, eyforiya, vahimaga tushish.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Hammadan ko‘proq uyquchanlik kuzatiladi. Bu o‘tkinchi samara odatda 3-4 kundan keyin o‘tib ketadi.

Bundan tashqari, stupor, bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, tremor, o‘tkir og‘riq yoki qo‘l va oyoqlarni uvishishi, nervni yallig‘lanish holatlari (og‘riq, nimfalaj, tirishishlar ularni simptomlari bo‘lishi mumkin), bosh og‘rig‘i, holsizlik kuzatilgan.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, akkomodasiyani buzilishlari (qorachiqlarni kengayishi), jismlarni ikkita ko‘rish.

Eshitish a‘zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilshlar:

Ichki quloqni yallig‘lanishi, bosh aylanishi (vertigo), quloqlarni shang‘illashi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Yurak urishi, yurak qisqarishlar sonini oshishi, muntazam bo‘lmagan yurak qisqarishlari

Qon-tomirlari tomonidan buzilishlar:

Gipotenziya;

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Burun va xalqumni qurishi, bronxial sekretni quyuqlashuvi, nafasni qiyinlashishi, burunni bitishi, burundan qon ketish.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da sohasida og‘riq, ich ketishi yoki qabziyat.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Teri va sklerani sariq tusga kirishi (sariqlik), ba‘zida isitma bilan, ahlat rangini ocharishi, to‘q siydik bilan kechuvchi, bu jigar faoliyatini buzilishi, o‘t yo‘llarini berkilib qolishi, jigarni yallig‘lanishini va jigar yetishmovchiligining belgilari hisoblanadi.

Teri va teri osti qavati tomonidan

Terini qizarishi, toshma, eshakemi, kam hollarda Kvinke shishi, kuchli terlash, yorug‘likka sezuvchanlik.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan

Tez-tez siyish, qovuqni qiyinchilik bilan bo‘shalishi, siydik tutilishi.

Reproduktiv a‘zolari va sut bezi tomonidan:

Muddatdan oldin hayz ko‘rish.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar:

Ta‘sirchanlik, ko‘krak qafasida bosim hissi, charchoqlik, et uvishishi.

Laborator va instrumental tekshirish natijalariga bo‘lgan ta‘siri:

Tana vaznini oshishi.

Boshqa nojo‘ya samaralar: Peritol® preparatini qabul qilish vaqtida ko‘pincha pasientlarning tana vazni oshadi.

Ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganda iltimos, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Nojo‘ya samaralari haqida habar qilib, Siz bu preparatni xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olasiz.

 

  1. Peritol® tabletkalarini qanday saqlash lozim

15-25oS haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Dori vositasini maishiy qoldiqlarga yoki oqava suvga tashlamaslik kerak. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.

 

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramda ko‘rsatilgan.

Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Yaroqlilik muddatini tugash sanasi bo‘lib ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi. Preparatni uning sifatini yomonlashishini yaqqol belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) aniqlanganda ishlatmang.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

 

  1. O‘ram ichidagi va boshqa ma‘lumotlar

Peritol® 4 mg li tabletkalari nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: har bir tabletka 4 mg siprogeptadin gidroxloridini (4,3 mg siprogeptadin gidroxloridi seskvigidrati ko‘rinishida) saqlaydi.

Yordamchi moddalar: jelatin, laktoza monogidrati (128 mg), magniy stearati, kraxmal, talk.

Peritol® 4 mg li tabletkalari preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Tashqi ko‘rinishi:

Oq yoki kulrang, oqish yassi dumaloq, bir tomonida faska va riskali, boshqa tomonida yoysimon “PERITOL” gravirovkasi bo‘lgan, hidsiz yoki deyarli hidsiz tabletkalar.

Riska yordamida tabletkalarni ikkita bir xil dozalarga bo‘lish mumkin.

O‘rami:

10 tabletkadan blisterda, 2 blister (20 tabletka) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PERITOL tabletkalari 4mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PERITOL tabletkalari 4mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PERITOL tabletkalari 4mg N20 dori vositasi Egis Pharmaceuticals Private Limited Company tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PERITOL tabletkalari 4mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PERITOL tabletkalari 4mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
LIDOKAIN aerozol 38g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Lidokain ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BETADIN suppozitorii 200mg N14
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
Narh: 189 300 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
Narh: 86 500 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28
Narh: 194 900 so'mdan Batafsil
MILURIT tabletkalari 100mg N30
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
BETADIN maz 20g 100mg/g
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Klomifen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
TIREGIS tabletkalari 40mg N28
BETADIN suppozitorii 200mg N7
VELAKSIN kapsulalar 150mg N28
MILURIT tabletkalari 300mg N30
Narh: 4 650 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
GLEMPID tabletkalari 3mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9