×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Лозартан
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармстандарт-Лексредства, ОАО
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- C09CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
STROFANTIN G inyeksiya uchun eritma 1ml 0,25mg/ml N10 ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО Ukraina
MILDRONAT kapsulalar 250mg N40 Гриндекс, АО Latviya
77 000 s`om dan
RIBOKSIN eritma 10ml 20mg/ml N10 Гротекс, ООО Belarusiya
4 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BLOKTRAN®

BLOCTRAN

 

Preparatning savdo nomi: Bloktran®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lozartan

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka

Tarkibi:

faol modda: lozartan (lozartan kaliy) – 50 mg;

yordamchi moddalar:

yadrosi: laktoza monogidrati- 4,0 mg, mikrokristall sellyuloza – 48,0 mg, povidon (polivinilpirrolidon, povidon K-17) -1,4 mg, kartoshka kraxmali – 27,5 mg, natriy karboksimetilkraxmali (natriy kraxmal glikolyati) – 7,0 mg, magniy stearati – 0,7 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1,4 mg;

qobiq: gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza) – 3,234 mg, kopovidon – 0,420 mg, titan dioksidi (Ye 171) – 1,064 mg, talk – 1,077 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,700 mg, shafaq sarig‘i bo‘yovchisi (suvda eruvchan) (Ye 110) (Idakol senset sarig‘i, sikovit-sariq-to‘q sariq 85) – 0,005 mg.

Ta‘rifi: Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och pushti-to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida yadro oq yoki deyarli oq rangda, marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruxi: antigipertenziv vosita (angiotenzin II reseptorlarining blokatori).

ATX kodi: S09SA01

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Angiotenzin II kuchli vazokonstriktor, renin-angiotenzin-aldosteron tizimining (RAAT) asosiy faol gormoni, shuningdek arterial gipertenziya (AG) rivojlanishida muhim patofiziologik bo‘g‘im bo‘lib hisoblanadi. Angiotenzin II ko‘pgina to‘qimalarda (qon tomirlarning silliq mushaklari, buyrak usti bezlari, buyrak va yurakda) joylashgan AT1-reseptorlari bilan bog‘lanadi va bir qator muhim biologik funksiyalarni, shu jumladan vazokonstriksiya va aldosteronni ajralib chiqishini amalga oshiradi. Bundan tashqari angiotenzin II silliq mushaklarni o‘sishini rag‘batlantiradi. AT2-reseptorlari – angiotenzin II bog‘lanadigan reseptorlarning ikkinchi tipi, lekin yurak-qon tomir tizimini boshqarishdagi uning roli noma‘lum.

Lozartan – angiotenzin II ning AT1-reseptorlarining selektiv antagonistidir, ichga qabul qilinganda samarasi yuqori. Lozartan va uning farmakologik faol karboksizasiyalangan metaboliti (Ye-3174) in vitro sharoitda ham, in vivo sharoitda ham manba yoki sintez yo‘lidan qat‘iy nazar angiotenzin II ning barcha fiziologik samaralarini bloklaydi. Angiotenzin II ning ayrim peptid antagonistlaridan farq qilib, lozartan agonist xususiyatlariga ega emas.

Lozartan AT1-reseptorlari bilan tanlab bog‘lanadi va yurak-qon tomir tizimi funksiyasini boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan boshqa gormonlar reseptorlari va ion kanallari bilan bog‘lanmaydi va bloklamaydi. Bundan tashqari lozartan bradikininni parchalanishiga javob beruvchi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF, kininaza II) ni ingibisiya qilmaydi. Shunday qilib, bradikininga bog‘liq samaralarni kuchayishi yoki shishlarni rivojlanishi kabi AT1-reseptorlarini bloklanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan samaralar (lozartan 1,7%, plasebo 1,9%) lozartanning ta‘siriga aloqasi yo‘q.

Farmakodinamikasi

Lozartan angiotenzin II infuziyasida sistolik va diastolik arterial bosimni (AB) oshishini pasaytiradi. 100 mg dozada lozartan qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi lozartanning maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqtida (Cmax) angiotenzin II ning yuqorida ko‘rsatilgan samarasi taxminan 85% ga, bir marta va ko‘p marta qabul qilingandan keyin 24 soat o‘tgach – 26-39% ga susayadi.

Lozartanni qabul qilish davrida angiotenzin II tomonidan renin sekresiyasini susayishidan iborat manfiy teskari aloqani bartaraf etilishi qon plazmasida reninning faolligi (PRF) ni oshishiga olib keladi. PRF ni oshishi qon plazmasida angiotenzin II darajasini oshishiga olib keladi. AG bo‘lgan pasientlarni sutkada 100 mg lozartan bilan uzoq vaqt (6 xafta) davolaganda lozartanning Cmax) ga erishish vaqtida qon plazmasida angiotenzin II konsentrasiyasini 2-3 marta oshishi kuzatilgan. Lozartan bradikininning samarasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan angiotenzin I va angiotenzin II ning samaralarini bloklaydi. Bu lozartanning spesifik ta‘sir mexanizmi bilan bog‘liq. AAF ingibitorlari angiotenzin I ga javob reaksiyalarini bloklaydi va angiotenzin II ga javobning yaqqolligiga ta‘sir ko‘rsatmasdan bradikininning ta‘siri bilan bog‘liq samaralarning yaqqolligini oshiradi, bu lozartan va AAF ingibitorlari orasida farmakodinamik farqni namoyish qiladi.

Qon plazmasidagi lozartan va uning faol metabolitining konsentrasiyalari, shuningdek lozartanning antigipertenziv samarasi preparatning dozasi oshgan sari ortadi. Lozartan va uning faol metaboliti angiotenzin reseptorlarining antagonistlari (ARA II) bo‘lib hisoblanganligi tufayli, ularning ikkalasi antigipertenziv samaraga hissa qo‘shadi.

Lozartan natriyuretik samaraga ega, u kam tuzli parhezda yaqqol ifodalangan, proksimal buyrak kanalchalarida natriyni erta reabsorbsiyasini susaytirish bilan bog‘liq emas. Lozartan shuningdek buyrakdan siydik kislotasini chiqarilishini o‘tuvchan oshishini ham chaqiradi.

AG, proteinuriya, qansiz diabet bo‘lgan pasientlarda lozartan proteinuriya va ambumin va immunoglobulinlar (IgG) ning fraksion chiqarilishini kamaytiradi. Bunday pasientlarda lozartan KFT ni barqarorlashtiradi va filltrasion fraksiyani kamaytiradi.

AG li postmenopauza davridagi ayollarda lozartan (sutkada 50 mg) prostaglandinlarning buyrak va tizimli darajasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Lozartan vegetativ reflekslarga ta‘sir ko‘rsatmaydi va qon plazmasidagi noradrenalinning konsentrasiyasiga nisbatan davomli samaraga ega emas.

AG bo‘lgan pasientlarda lozartan sutkada 150 mg gacha bo‘lgan dozalarda och qoringa triliseridlar, umumiy xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini konsentrasiyasining klinik ahamiyatli o‘zgarishlarini chaqirmaydi. Lozartan xuddi shunday dozalarda och qoringa qondagi glyukoza konsentrasiyasini ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinf) va AAF ingibitorlarini o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan pasientlarlarda lozartan sutkada 50 mg dozaga nisbatan sutkada 150 mg dozada barcha sabablar tufayli o‘lim yoki yurak yetishmovchiligi sababli gospitalizasiya xavfini kamaytiradi.

Umuman olganda lozartan uzoq vaqt davolaganda saqlanadigan (odatda 0,4 mg/ml dan kamroq) qon zardobidagi siydik kislotasining konsentrasiyasini kamayishini chaqiradi. AG bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi nazoratlangan klinik tadqiqotlarda kreatinin konsentrasiyasini oshishi yoki qon zardobida kaliyning darajasini oshishi bilan bog‘liq preparatni bekor qilish holatlari qayd etilmagan.

Preparat sutkada 25 mg va 50 mg dozada chap qorincha yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II-IV funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda ijobiy gemodinamik va neyrogormonal samaralar namoyon qiladi. Gemodinamik samaralar yurak indeksini oshishi va o‘pka kapillyarlarida berkilish bosimini pasayishi, shuningdek qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini, o‘rtacha tizimli AB va yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishini o‘z ichiga oladi. Bunday pasientlarda arterial gipotenziya yuzaga kelishi tez-tezligi preparatning dozasiga bog‘liq. Neyrogormonal samaralar qonda aldosteron va noradrenalin konsentrasiyasini kamayishini o‘z ichiga oladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Lozartan ichga qabul qilinganda yaxshi so‘riladi va faol karboksilizasiyalangan metaboliti va nofaol metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan jigar orqali “birinchi o‘tish” metabolizmiga uchraydi. Tabletka shaklidagi lozartanning tizimli biokiraolishligi taxminan 33% ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitining o‘rtacha Smax ga muvofiq ravishda 1 soat va 3-4 soatdan keyin erishiladi. Lozartanni qabul qilganda odatdagi ovqat qabul qilinganda qon plazmasidagi lozartanning konsentrasiyasi profiliga klinik ahamiyatli ta‘siri aniqlanmagan.

Taqsimlanishi

Lozartan va uning faol metaboliti kamida 99% qon plazma oqsillari (asosan albumin) bilan bog‘lanadi. Lozartanning taqsimlanish xajmi 34 litrni tashkil qiladi. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar lozartan gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmasligini namoyish qilgan.

Metabolizmi

Vena ichiga yuborilganda yoki ichga qabul qilinganda lozartan dozasining taxminan 14% faol metabolitga aylanadi. Radiofaol uglerod bilan nishonlangan lozartan (14S lozartan) ichga qabul qilingandan keyin yoki vena ichiga yuborilgandan keyin aylanib yuruvchi qon plazmasining radiofaolligi, eng avvalo unda lozartanni va uning faol metabolitini mavjudligi bilan bog‘liq. Lozartanni uning faol metabolitiga aylanishining past samaradorligi tadqiqotda ishtirok etgan taxminan 1% pasientlarda kuzatilgan.

Faol metabolitdan tashqari biologik nofaol metabolitlari, shu jumladan yon butil zanjirini gidroksilizasiyasi natijasida hosil bo‘luvchi ikkita asosiy metaboliti va bitta ikkilamchi – N-2-tetrazol-glyukuronid hosil bo‘ladi.

Chiqarilishi

Lozartan va uning faol metabolitining plazmada klirensi muvofiq ravishda minutiga 600 ml va 50 ml ni tashkil qiladi. Lozartan va uning faol metabolitining buyrak klirensi muvofiq ravishda taxminan 74 va 26 ml ni tashkil qiladi. Lozartan ichga qabul qilinganda dozaning taxminan 4% buyrak orqali o‘zarmagan ko‘rinishda va dozaning taxminan 6% buyrak orqali faol metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. Lozartan va uning faol metaboliti lozartan 200 mg gacha dozalarda qabul qilinganda proporsional farmakokinetikaga ega.

Ichga qabul qilingandan keyin lozartan va uning faol metabolitining plazmadagi konsentrasiyasi muvofiq ravishda taxminan 2 va 6-9 soatlik yakuniy yarim chiqarilish davri bilan polieksponensial ravishda pasayadi. Preparatni 100 mg sutkada 1 marta dozalash tartibida lozartanni ham, uning faol metabolitini ham qon plazmasida to‘planishi kuzatilmaydi.

Lozartan va uning faol metabolitini chiqarilishi buyrak va safro bilan ichak orqali amalga oshiriladi. 14S lozartan ichga qabul qilingandan keyin erkaklarda radiofaollikning taxminan 35% siydikda va 58% axlatda aniqlanadi. 14S lozartan vena ichiga yuborilgandan keyin erkaklarda radiofaollikning taxminan 43% siydikda va 50% axlatda aniqlanadi.

 

 

Pasientlarning alohida guruhlaridagi farmakokinetikasi

Keksa pasientlar

Lozartan va uning faol metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyasi AG bo‘lgan erkak jinsidagi keksa pasientlarda AG bo‘lgan erkak jinsidagi yosh pasientlarnikidan sezilarli farq qilmaydi.

Jins

Lozartanning qon plazmasidagi ko‘rsatkichi AG bo‘lgan ayollarda AG bo‘lgan erkaklarnikidan 2 marta yuqori bo‘lgan. Faol metabolitning konsentrasiyasi erkaklar va ayollarda farq qilmagan. Bu aniq farmakokinetik farqdir, lekin klinik ahamiyatga ega emas.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha alkogolli jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda lozartanni qabul qilganda lozartan va uning faol metabolitining qon plazmasidagi konsentrasiyasi erkak jinsidagi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan muvofiq ravishda5 va 1,7 marta yuqori bo‘lgan.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Kreatinin klirensi (KK) minutiga 10 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarda lozartanning qon plazmasidagi konsentrasiyasi buyrak funksiyasi o‘zgarmagan pasientlarnikidan farq qilmagan. Gemodializda bo‘lgan pasientlarda lozartanning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon buyrak funksiyasi normal bo‘lgan pasientlardagi lozartanning AUC ga nisbatan taxminan 2 marta katta bo‘lgan. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda yoki gemodializda bo‘lgan pasientlarda qon plazmasidagi faol metabolitning konsentrasiyalari o‘zgarmagan. Lozartan va uning faol metaboliti gemodializ muolajasi yordamida chiqarilmaydi.

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertenziya.
  • Arterial gipertenziya va yurak chap qorinchasi gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir o‘limi tez-tezligi, insult va miokard infarkti tez-tezligini umumiy kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi yurak-qon tomir kasalliklari bilan assosiasiyalangan xavf va o‘limni kamayishi.
  • Proteinuriya bilan kechuvchi qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda buyrak himoyasi – giperkreatininemiya tez-tezligi, gemodializ yoki buyrak transplantasiyasini o‘tkazishni talab etuvchi surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi rivojlanishi tez-tezligini, o‘lim ko‘rsatkichi, shuningdek proteinuriyani kamayishi bilan namoyon bo‘luvchi buyrak yetishmovchiligini avj olishini sekinlashtirish.
  • AAF ingibitorlari bilan saramasizligida yoki AAF ingibitorlarini o‘zlashtiraolmaslikda surunkali yurak yetishmovchiligida qo‘llanadi. Yurak yetishmovchiligi va AAF ingibitorlarini qabul qilganda barqaror ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan pasientlarni Bloktran® qabul qilishga o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bloktran® preparati ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

Bloktran® preparatini boshqa gipotenziv vositalar bilan majmuada qabul qilish mumkin.

Arterial gipertenziya

Ko‘pgina pasientlar uchun standart boshlang‘ich va samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 1 marta Bloktran® preparatining 50 mg ni tashkil qiladi. Maksimal antigipertenziv samaraga davolash boshlanganidan keyin 3-6 xafta o‘tgach erishiladi. Ayrim pasientlarda yuqoriroq samaraga erishish uchun doza sutkada 1 marta Bloktran® preparatining 100 mg maksimal sutkalik dozasigacha oshirilishi mumkin.

Aylanib yuruvchi qon xajmi kamaygan pasientlarda (masalan diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilganda) lozartanning boshlang‘ich dozasini sutkada 1 marta 25 mg gacha kamaytirish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Ko‘rsatilgan dozalash tartibini lozartan preparatini 12,5 mg (sutkada 2 tabletka), 25 mg (sutkada 1 tabletka) yoki 50 mg riskali tabletka (sutkada ½ tabletka) dozada qabul qilish bilan ta‘minlash mumkin.

Keksa pasientlar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar, shu jumladan dializda bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich dozani tanlash zarurati yo‘q.

Anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Bloktran® preparatining pastroq dozalarini buyurish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

AG va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir kasalligi va o‘lim bilan assosiasiyalangan xavfni kamaytirish

Bloktran® preparatining standart dozasi sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik past dozalarda gidroxlortiazid qo‘shish yoki Bloktran® preparatining dozasini AB ni pasayish darajasiga qarab sutkada 1 marta 100 mg maksimal sutkalik dozagacha oshirish mumkin.

Qandli diabetning 2 tipi va proteinuriyasi bo‘lgan pasientlarda buyrakni himoya qilish

Bloktran® preparatining standart dozasi sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik Bloktran® preparatining dozasini AB ni pasayish darajasiga qarab sutkada 1 marta 100 mg maksimal sutkalik dozagacha oshirish mumkin. Bloktran® preparati boshqa gipotenziv vositalar (masalan diuretiklar, “sekin” kadsiy kanallari blokatorlari, alfa- va beta-adrenoblokatorlar, markaziy ta‘sirga ega gipotenziv vositalar), insulin va boshqa gipoglikemik vositalar (masalan sulfonilmochevina hosilalari, glitazon va glyukozidaza ingibitorlari) bilan majmuada buyurilishi mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

SYUE bo‘lgan pasientlar uchun boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 12,5 mg ni tashkil qiladi (lozartanni past dozalarda buyurganda lozartan kaliyni 12,5 mg dozasini ishlatish kerak). Odatda individiual o‘zlashtiraolinishiga qarab, dozalar bir xaftalik interval bilan titrlanadi (ya‘ni sutkada 12,5 mg, sutkada 25 mg, sutkada 50 mg, sutkada 100 mg, sutkada 1 marta 150 mg maksimal dozagacha (faqat ushbu ko‘rsatma bo‘yicha)).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida ko‘rsatilgan noxush ko‘rinishlar (NK) tez-tezligi quyidagi tasnif bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥10%); tez-tez (≥1% va <10%); tez-tez emas (≥0,1% va <1%); kam hollarda (≥0,1% va <0,1%); juda kam hollarda (<0,01%); tez-tezligi noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi.

Umuman olganda lozartan AG bo‘lgan pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. NK yengil va o‘tuvchan xarakterga ega va preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Lozartanni qabul qilganda NK yig‘indi tez-tezligi plasebo qabul qilgandagiga o‘xshash.

AG bo‘lgan pasientlar ishtirokidagi nazoratlangan klinik tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi.

Tez-tez emas: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi.

Eshitish a‘zosi va labirint buzilishlari

Tez-tez: tizimli bosh aylanishi (vertigo).

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: yurak urishini his qilish, stenokardiya.

Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: (ortostatik) gipotenziya (shu jumladan dozaga bog‘liq ortostatik samaralar) (ayniqsa aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX) kamaygan pasientlarda, masalan yurak yetishmovchiligining og‘ir darajasi bo‘lgan pasientlarda yoki diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlar).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qorin sohasida og‘riq, qabziyat.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: teri toshmasi.

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: xolsizlik, yuqori toliqish, shishlar.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Tez-tez: giperkaliemiya.

Kam hollarda: alaninaminotransferaza (ALT) faolligini oshishi (odatda davolash bekor qilingandan keyin normaga qaytgan).

Nazorat qilingan klinik tadqiqotlar lozartan preparati AG va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda umuman olganda yaxshi o‘zlashtirilishini namoyish qilgan. Ushbu tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi.

Eshitish a‘zosi va labirint buzilishlari

Tez-tez: tizimli bosh aylanishi (vertigo).

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: xolsizlik, yuqori toliqish.

Nazorat qilingan klinik tadqiqotlar lozartan preparati qandli diabetning 2 tipi va proteinuriyasi bo‘lgan pasientlarda umuman olganda yazshi o‘zlashtirilishini namoyish qilgan. Ushbu tadqiqotlarda quyidagi NK kuzatilgan.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi.

Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: (ortostatik) gipotenziya (shu jumladan dozaga bog‘liq ortostatik samaralar) (ayniqsa aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX) kamaygan pasientlarda, masalan yurak yetishmovchiligining og‘ir darajasi bo‘lgan pasientlarda yoki diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlar).

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: xolsizlik, yuqori toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Tez-tez: giperkaliemiya (qandli diabetning 2 tipi va nefropatiya giperkaliemiyasi (5,5 mmol/l dan yuqori) bo‘lgan pasientlar ishtirok etgan klinik tadqiqotda lozartan qabul qilgan 9,9% pasientlarda va plasebo qabul qilgan 3,4% pasientlarda), gipoglikemiya kuzatilgan.

Nazorat qilingan klinik tadqiqotlar lozartan preparati SYUE bo‘lgan pasientlarda umuman olganda yazshi o‘zlashtirilishini namoyish qilgan. Klinik tadqiqotlar jarayonida kuzatilgan NK ushbu guruh pasientlari uchun xarakterli bo‘lgan.

Qon va limfatik tizim tomonidan

Tez-tez: anemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi.

Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.

Kam hollarda: paresteziya.

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: hushdan ketish, bo‘lmachalar fibrillyasiyasi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi.

 

 

Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: (ortostatik) gipotenziya (shu jumladan dozaga bog‘liq ortostatik samaralar) (ayniqsa aylanib yuruvchi qon xajmi (AYUQX) kamaygan pasientlarda, masalan yurak yetishmovchiligining og‘ir darajasi bo‘lgan pasientlarda yoki diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlar).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: hansirash, yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: eshakemi, teri qichishishi, teri toshmasi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: buyrak funksiyasini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar

Tez-tez emas: holsizlik, yuqori toliqish.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Tez-tez: qonda kreatinin, mochevina konsentrasiyasi va kaliy darajasini oshishi.

Tez-tez emas: giperkaliemiya (ko‘pincha lozartanni sutkada 50 mg dozada qabul qilgan pasientlarga nisbatan lozartanni sutkada 150 mg dozada qabul qilgan pasientlarda).

Quyidagi NK ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda klinik amaliyotda kuzatilgan.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: anemiya, trombositopeniya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaktik reaksiyalar, angionevrotik shish (shu jumladan hiqildoq, halqum, yuz, lab, hiqildoq va/yoki tilni (nafas yo‘llarining obstruksiyasini chaqiruvchi) angionevrotik shishi; bu pasientlarning ayrimlarida anamnezida boshqa dori vositalarini, shu jumladan AAF ingibitorlarini qabul qilganda angionevrotik shish o‘tkazilganligi haqida ko‘rsatmalar bo‘lgan), vaskulit (shu jumladan Shenleyn-Genox purpurasi).

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tezligi noma‘lum: depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: migren, disgevziya.

Eshitish a‘zosi va labirint buzilishlari

Tez-tezligi noma‘lum: quloqlarda shovqin.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: yo‘tal.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan

Tez-tezligi noma‘lum: diareya, pankreatit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: gepatit.

Tez-tezligi noma‘lum: jigar funksiyasini buzilishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: eshakemi, teri qichishishi, toshma, fotosensibilizasiya.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: mialgiya, artralgiya, rabdomioliz.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: erektil disfunksiya/impotensiya.

Umumiy buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: umumiy lohaslik.

Laborator va instrumental ma‘lumotlar

Tez-tezligi noma‘lum: giponatriemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik va emizish davri.
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (18 yoshdan kichik pasientlar uchun samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
  • Qandli diabeti va/yoki buyrak funksiyasini buzilishi (KFT 60 ml/min/1,73 m2 dan kam) bo‘lgan pasientlarda aliskiren yoki aliskiren saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).
  • Laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya sindromi.
  • Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas (qo‘llash tajribasi yo‘q).

Ehtiyotkorlik bilan

Buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi; giperkaliemiya; buyrak transplantasiyasidan keyingi holat (qo‘llash tajribasi yo‘q); aortal yoki mitral stenoz; gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya; og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional sinf); hayot uchun xavf soluvchi aritmiyalar bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligi; yurak ishemik kasalligi; serebrovaskulyar kasalliklar; birlamchi giperaldosteronizm; anamnezida angionevrotik shish.

Aylanib yuruvchi qon xajmi kamaygan pasientlarda (masalan diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan) – simptomatik arterial gipotenziya yuzaga kelishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori vositalarining o‘zaro ta‘siri yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda lozartanni gidroxlortiazid, digoksin, varfarin, simetidin va fenobarbital bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Rifampisin dori vositalarining metabolizmi ingibitori bo‘lib qonda lozartanning faol metabolitining konsentrasiyasini pasaytiradi. Klinik tadqiqotlarda R450 3A4 izofermentining ikkita ingibitorlarini: ketokonazol va eritromisinni qo‘llash o‘rganilgan. Ketokonazol lozartanni vena ichiga yuborilgandan keyin lozartanni faol metabolitigacha metabolizmiga ta‘sir ko‘rsatmagan. Flukonazol R450 2S9 izofermentining ingibitori lozartanning faol metabolitining konsentrasiyasini pasaytiradi, lekin lozartan va R450 2S9 izeofermenti ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashning farmakodinamik ahamiyati o‘rganilmagan. Lozartanni faol metabolitiga metabolizmga uchratmaydigan pasientlarda R450 2S9 izofermentining juda kam hollarda uchraydigan va spesifik nuqsoni aniqlangan. Bu ma‘lumotlar lozartanni faol metabolitigacha metabolizmi R450 3A4 izofermenti emas, R450 2S9 izofermenti tomonidan amalga oshirilishini tahmin qilish imkonini beradi.

Angiotenzin II yokni uning samaralarini bloklovchi boshqa dori vositalari kabi lozartanni kaliy tejovchi diuretiklar (masalan spironolakton, eplerenon, triamteren, amilorid), kaliy saqlovchi qo‘shimchalar yoki kaliy tuzlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Natriyni chiqarilishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa dori vositalarini qo‘llagandagi kabi lozartan litiyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun litiy preparatlarini ARA II bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida litiyning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan monitoring qilish kerak.

Nosteroid yallig‘larishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan siklooksigenaza-2 (SOG-2) ning selektiv ingibitorlari diuretiklar va boshqa gipotenziv vositalarning samarasini pasaytirishi mumkin. Buning oqibatida ARA II yoki AAF ingibitorini NYAQP, shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda antigipertenziv samarasi susayishi mumkin.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan, NYAQP, shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari bilan davolanayotgan ayrim pasientlarda (masalan keksa pasientlarda yoki suvsizlangan, shu jumladan diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlarda) ARA II yoki AAF ingibitorini bir vaqtda qo‘llash buyrak funksiyasini keyingi buzilishiga, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Ushbu samaralar odatda qaytuvchan, shuning uchun ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.

Monoterapiyaga nisbatan ARA II yoki AAF ingibitori yoki aliskiren (renin ingibitorini) qo‘llash bilan kechuvchi RAAT ikki tomonlama blokadasi arterial gipotenziya, hushdan ketish, giperkaliemiya va buyrak funksiyasini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) bilan assosiasiyalangan. Lozartan va RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda AB, buyrak funksiyasi va qonda elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Bloktran® preparati qandli diabet va/yoki buyrak funksiyasini buzilishi (KFT 60 ml/min/1,73 m3 dan kam) bo‘lgan pasientlarda aliskiren yoki aliskiren saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilmasligi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Anamnezida angionevrotik shishi (yuz, lab, hiqildoq/halqum va/yoki tilni shishi) bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llashni nazorat qilish kerak (“Nojo‘ya ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Embriotoksiklik

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini qo‘llash homilada buyrak funksiyasini pasaytiradi va homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda kasallanish va o‘limni oshiradi. Oligogidramnionni rivojlanishi homilada o‘pka gipoplaziyasi va skelet deformasiyasi bilan assosiasiyalanishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush ko‘rinishlarga bosh suyagi gipoplaziyasi, anuriya, arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi va o‘limni o‘z ichiga oladi. Homiladorlikni aniqlanganda Bloktran® preparati darhol bekor qilishini kerak (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang).

Arterial gipotenziya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishi yoki aylanib yuruvchi qon xajmini kamayishi

AYUQX pasaygan (masalan diuretiklarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan) pasientlarda simptomatik arterial gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Bloktran® preparatini buyurishdan oldin bunday holatlarni muvofiqlashtirish kerak yoki davolashni Bloktran® preparatining pastroq dozalaridan boshlash kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Suv-elektrolit muvozanatini buzilishi qandli diabetli yoki qandli diabeti bo‘lmagan buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun xarakterli hisoblanadi, shuning uchun ushbu pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Lozartan proteinuriya bilan kechuvchi qandli diabetning 2 tipi bo‘lgan pasientlarda giperkaliemiya holatlari sonini oshiradi.

Bloktran® preparati bilan davolash vaqtida kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari yoki kaliy saqlovchi osh tuzi o‘rnini bosuvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Aortal yoki mitral stenoz, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya

Vazodilatasion ta‘sirga ega barcha dori vositalari kabi ARA II aortal yoki mitral stenozi yoki gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.

 

 

Yurak ishemik kasalligi va serebrovaskulyar kasalliklar

Vazodilatasion ta‘sirga ega barcha dori vositalari kabi ARA II yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki ushbu guruh pasientlarida AB ni haddan tashqari pasayishi miokard infarkti yoki insult rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi barcha dori vositalari kabi buyrak funksiyasini buzilishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan SYUE bo‘lgan pasientlarda og‘ir arterial gipotenziya yoki buyrak funksiyasini o‘tkir buzilishi rivojlanishi xavfi mavjud.

Yurak yetishmovchiligi va yondosh buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda, shuningdek yurak yetishmovchiligi va hayotga xavf soluvchi simptomatik aritmiyalar bo‘lgan pasientlarda lozartanni qo‘llashning yetarli tajribasi yo‘qligi tufayli, ushbu guruhdagi pasientlarda Bloktran® preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Birlamchi giperaldosteronizm

Birlamchi giperaldosteronizmi bo‘lgan pasientlarda odatda RAAT ni ingibisiya qilish yo‘li bilan ta‘sir ko‘rsatuvchi gipotenziv vositalar bilan davolashga ijobiy javob kuzatilmasligi tufayli, ushbu guruh pasientlarda Bloktran® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi

Farmakokinetik tadqiqot ma‘lumotlari jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida lozartanning konsentrasiyasi ahamiyatli darajada oshishini ko‘rsatadi, shuning uchun anamnezida jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarga Bloktran® preparatini pastroq dozada buyurish kerak. Jigar funksiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda lozartanni qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu guruh pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas (“Farmakologik xususiyatlari” (Farmakokinetikasi); “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”; “Qo‘llash usullari va dozalari” bo‘limlariga qarang).

Buyrak funksiyasini buzilishi

RAAT ingibisiya qilinishi oqibatida moyilligi bo‘lgan ayrim pasientlarda buyrak funksiyasini o‘zgarishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi kuzatilgan. Buyrak funksiyasini bunday o‘zagarishlari davolash to‘xtatilgandan keyin normaga qaytishi mumkin.

RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi ayrim dori vositalari buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarda qonda mochevina va zardobda kreatinin konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Lozartanni qabul qilgan shunday nojo‘ya samaralarni yuzaga kelishi haqida xabar berilgan. Buyrak funksiyasini bunday buzilishlari davolash bekor qilingandan keyin qaytuvchan bo‘lishi mumkin. Buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan pasientlarda lozartan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Irq

Lozartan atenololga nisbatan negroid irqdan tashqari barcha irqqa mansub bo‘lgan AG va chap qorincha gipertrofiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak-qon tomir kasallanishi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytiradi.

Bolalar va o‘smirlar

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda lozartanni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Agar homiladorlik vaqtida lozartan qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarida oliguriya yoki arterial gipotenziya kuzatilsa, AB va buyrak perfuziyasini tutib turishga qaratilgan simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Arterial gipotenziyani rivojlanishini oldini olish va/yoki buyrak funksiyasini tutib turish uchun qon quyish yoki dializ o‘tkazish talab etilishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar

Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlarda lozartanning xavfsizligi va samaradorligi yuzasidan biron-bir xususiyatlarni aniqlanmagan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

RAAT ga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari rivojlanayotgan homilada jiddiy shikastlanishlar va o‘limga olib kelishi mumkin, shuning uchun homiladorlik aniqlanganda Bloktran® darhol bekor qilinishi kerak va agar zarurati bo‘lsa muqobil gipotenziv davolash buyurilishi kerak.

Homiladorlik vaqtida Bloktran® preparati bilan davolashni boshlash mumkin emas. Agar homiladorlikni rejalashtirgan pasientlarda lozartan bilan davolashni davom ettirish zarur bo‘lsa, lozartanni homiladorlik vaqtida qo‘llanilganda xavfsizlik profili aniqlangan muqobil gipotenziv vositaga almashtirish kerak.

Garchi homiladorlarda Bloktran® preparatini qo‘llash tajribasi bo‘lmasada, hayvonlarda o‘tkazilgan klinik oldi tadqiqotlari lozartanni qabul qilish jiddiy embrional va neonatal shikastlanishlarga va homila yoki avlodni nobud bo‘lishiga olib kelishini namoyish qilgan. Ushbu ko‘rinishlarning mexanizmi RAAT ga ta‘siri bilan bog‘liq deb hisoblanadi.

RAAT ning rivojlanganligiga bog‘liq homiladagi buyrak perfuziyasi ikkinchi uch oylikda paydo bo‘ladi, shuning uchun agar lozartan homiladorlikning ikkinchi yoki uchinchi uch oyligida qo‘llanilsa, homila uchun xavf ortadi.

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini qo‘llash homilada buyrak funksiyasini pasaytiradi va  homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqni kasallanishi va o‘limini oshiradi. Oligogidroamnionni rivojlanishi homilaning o‘pka gipoplaziyasi va skelet deformasiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush ko‘rinishlar bosh suyagi gipoplaziyasi, anuriya, arterial gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi va o‘limni o‘z ichiga oladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan noxush yakunlar odatda homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq. Homiladorlikning birinchi uch oyligida gipotenziv dori vositalarini qo‘llagandan keyin homilada anomaliyalarni rivojlanishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ko‘pgina epidemiologik tadqiqotlar RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari va boshqa gipotenziv vositalar orasida farqni aniqlamagan. Homiladorlarga gipotenziv davolash buyurilganda ona va homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan yakunlarni optimallashtirish kerak.

Agar RAAT ga ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari bilan davolashni o‘rniga muqobil davolashni tanlash imkoni bo‘lmasa, pasientni homila uchun davolashning xavfi haqida ogohlantirish kerak. Intraamniotik bo‘shliqni baholash maqsadida vaqti-vaqti bilan ultratovush tekshiruvini o‘tkazish kerak. Oligogidroamnion aniqlanganda, agar ona uchun hayotiy zarur bo‘lmasa Bloktran® preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Homiladorlikning muddatiga qarab homilaning tegishli testlarini o‘tkazish kerak. Pasientlar va shifokorlar oligogidramnion homilaning qaytmas shikastlanishlari paydo bo‘lmaguncha aniqlanmasligi mumkinligini bilishlari kerak. Arterial gipotenziya, oliguriya va giperkaliemiyani nazorat qilish maqsadida homiladorlik vaqtida Bloktran® preparatini qabul qilgan onalarning yangi tug‘ilgan chaqaloqlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Lozartan ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Ko‘pgina dori vositalari ko‘krak suti bilan ajralishi va emizikli bolada noxush samaralarning rivojlanishi xavfi mavjudligi tufayli, ona uchun qabul qilish muhimligini e‘tiborga olib emizishni to‘xtatish yoki preparatni bekor qilish haqida qaror qabul qilish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolash davrida transport vositalarini boshqarganda va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bosh aylanishi, uyquchanlik transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar cheklangan. Simptomlar: arterial bosimni yaqqol pasayishi, taxikardiya, parasimpatik (vagus) rag‘batlantirish tufayli bradikardiya yuzaga kelishi mumkin.

Davolash: jadallashtirilgan diurez, simptomatik davolash; gemodializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

3 yoki 6 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi Фармстандарт-Лексредства, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LOZALIP 50 tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
LORISTA tabletkalari 100mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 27 400 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
Narh: 36 399 so'mdan Batafsil
LOZAP tabletkalari 12,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva a.s., Словацкая Республика произведено: Saneca Pharmaceuticals a.s.
LOZALIP 25 tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Лозартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zim Laboratories Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
Narh: 1 000 so'mdan Batafsil
VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
TETURAM tabletkalari 150mg N30
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N20
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
KOFISIL — PLYUS tabletkalari N10
ASKOFEN P tabletkalari N20
ASKOFEN P tabletkalari N10
UGOL AKTIVIROVANNIY 0,25 tabletkalari 0,25g N50
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 200g 120mg/5ml
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 100g 120mg/5ml
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
BROMGEKSIN 0,008 tabletkalari N20
SEDALIT 0,3 tabletkalari 0,3g N50
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N6
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N10
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N10
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9