×
×
  • DEKSIREN  tabletkalari 25 mg N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
ATX kodi:
- M01AE17
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 80 ta dorixonasida topildi

ico 48 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
53 000 s`om dan
KYUPEN tabletkalari 50mg/500mg N100 Avison Pharmaceutical Pvt. Ltd., India Coral Laboratories Limited Hindiston
65 000 s`om dan
VOVENAK gel 20g BioMedicare (India) Pvt. Ltd Hindiston
DIKLOTOL tabletkalari 100mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DEKSIREN

DEXIREN

 

Preparatning savdo nomi: Deksiren

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksketoprofen trometamoli.

Dori shakli: vena ichiga va mushak ichiga in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg deksketoprofenga ekvivalent bo‘lgan 73,80 mg deksketoprofen trometamoli;

yordamchi moddalar: etanol (96%), natriy xloridi, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, toza, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: propion kislotasi hosilasi.

ATX kodi: M01AE17.

Farmakologik xususiyatlari

Deksketoprofen trometamoli – bu S-(+)-2-(3-benzoilfenil) propion kislotasining trometamin tuzidir, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhiga mansub og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi dori vositasidir.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza yo‘lini ingibisiya qilish yo‘li bilan prostaglandinlar sintezini kamaytirish bilan bog‘liq.

Xususan, araxidon kislotasini siklik endoperoksidaza, PGE 1, PGE 2, PGF2αva PGD2 prostaglandinlari, PGI2 prostasiklini, tromboksanlar (TxA2 va TxV2) ni ishlab chiqaruvchi PGG2 va PGH 2 larga aylanishini ingibisiya qilish mavjud. Bundan tashqari, prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilish kininlar kabi yallig‘lanishning boshqa mediatorlariga ta‘sir qilishi mumkin, buning natijasida bevosita ta‘sirga qo‘shimcha bilvosita ta‘sir yuzaga kelishi mumkin.

Deksketoprofen eksperimental hayvonlarda va odamda SOG-1 va SOG-2 faoliyatini ingibitori sifatida ta‘sir qilgan.

Og‘riqning bir necha modellarida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar deksketoprofen trometamolining samarali og‘riqni qoldiruvchi samarasini ko‘rsatgan.

Mushak ichiga va vena ichiga yuborilgan deksketoprofen trometamolining og‘riqni qoldiruvchi samaradorligi og‘riqning bir necha jarrohlik moddellarida (ortopedik va ginekologik/ me‘da jarrohligi), shuningdek mushak-skelet og‘riqlarida (bel sohasidagi o‘tkir og‘riq modeli) va buyrak sanchig‘ida o‘rtachadan kuchli og‘riqqacha nazoratda o‘rganilgan.

O‘tkazilgan tadqiqotlarda og‘riqni qoldiruvchi samarasi tez boshlangan va birinchi 45 minut davomida og‘riqni qoldiruvchi samaraning cho‘qqisi kuzatilgan. Og‘riqni qoldiruvchi samarasi davomiyligi 50 mg deksketoprofen yuborilgandan keyin odatda 8 soatni tashkil etadi.

Operasiyadan keyingi og‘riqni nazorat qiluvchi klinik tadqiqotlar deksketoprofenni opiatlar bilan majmuada qo‘llash opioidlarni qo‘llashni sezilarli darajada kamaytirgan. Operasiyadan keyingi og‘riq bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda pasient tomonidan nazorat qilinadigan moslama yordamida morfin qabul qilgan pasientlarga plasebo guruhidagi pasientlarga nisbatan morfin sezilarli darajada (30-45% kamaygan) kamroq talab etilgan.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Deksketoprofen trometamoli mushak ichiga yuborilgandan keyin cho‘qqi konsentrasiyaga 20 minutdan keyin (10 minutdan 45 minutgacha diapazonda) erishiladi. 25 mg dan 50 mg gacha bo‘lgan doza farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon ko‘rsatishicha mushak ichiga va mushak ichiga yuborilganda proporsionaldir.

Ko‘p martalik dozalar bilan o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda mushak ichiga va vena ichiga oxirgi in‘eksiyadan keyin Cmax va AUC bir martalik doza yuborilgandan farq qilmagan, shu orqali dori vositasini to‘planishi kuzatilmasligini ko‘rsatdi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan yuqori darajada (99%) bog‘lanadigan boshqa dori vositalari kabi taqsimlanish xajmi o‘rtacha 0,25 l/kg dan past ko‘rsatkichga ega. Yarim taqsimlanish davri taxminan 0,35 soatni tashkil etgan.

Biotransformasiyasi

Deksketoprofen trometamoli yuborilgandan keyin siydikda S-(+) enantiomeri aniqlanadi, bu organizmda R-(-) enantiomeriga aylanishi yuz bermasligini ko‘rsatadi.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri 1-2,7 soatlar orasida o‘zgaradi. Deksketoprofen uchun asosiy chiqarilish yo‘li glyukuronid bilan bog‘lanishi va keyinchalik buyrak orqali chiqarilishi hisoblanadi.

Proporsionallik/noto‘g‘ri proporsionallik

Deksketoprofen trometamoli mushak ichiga va vena ichiga yuborilgandan keyin preparat dozaga qarab to‘g‘ri chiziqli farmakokinetika, keyinchalik tizimli ta‘sirni namoyon etadi.

Qo‘llanilishi

Peroral qabul qilish samarasiz bo‘lganida o‘rtacha yoki kuchli jadallikdagi o‘tkir og‘riqni, masalan operasiyadan keyingi og‘riq, buyrak sanchig‘i va beldagi og‘riqni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tavsiya etilgan dozasi har 8-12 soatda 50 mg ni tashkil etadi. Zarurati bo‘lganida har 6 soatda qabul qilishni takrorlash mumkin. Umumiy sutkalik doza 150 mg dan oshmasligi kerak.

Deksiren qisqa muddatli qo‘llash uchun mo‘ljallangan va davolash o‘tkir simptomatik davr (ko‘pi bilan 2 kun) bilan cheklanishi kerak. Pasient iloji boricha og‘riqni qoldiruvchi vositalarni peroral qabul qilishga o‘tkazilishi kerak.

Deksirenni mushak ichiga yoki vena ichiga yuborish mumkin:

Mushak ichiga yuborish

Deksirenning bir ampula ichidagisini (2 ml) mushakka chuqur qilib sekin yuborish kerak.

Vena ichiga yuborish

Vena ichiga tomchilab yuborish: Eritilgan eritmani davomiyligi 10 minutdan                   30 minutgacha bo‘lgan sekin vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborish kerak. Eritma tabiiy yorug‘likdan himoyalangan bo‘lishi lozim.

Vena ichiga oqim bilan yuborish: Agar zarurati bo‘lsa, Deksirenning bir flakoni ichidagisini (2 ml) kamida 15 sekund davomida vena ichiga oqim bilan yuborish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligi: tez-tez (1-10%), tez-tez emas (0,1-1%), kam hollarda (0,01-0,1%), juda kam hollarda (0,01% dan kam, shu jumladan alohida xabarlar).

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – anemiya; juda kam hollarda – neytropeniya, trombositopeniya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik; kam hollarda – paresteziya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni noaniqligi; kam hollarda – quloqda shovqin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – arterial gipotenziya, qizib ketish hissi, teri qoplamalari giperemiyasi; kam hollarda – ekstrasistoliya, taxikardiya, arterial gipertenziya, periferik shish, yuzaki tromboflebit.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bradipnoe; juda kam hollarda – bronxospazm, dispnoe.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – abdominal og‘riq, dispepsiya, diareya, qabziyat, gematemezis, og‘izni qurishi; kam hollarda – me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarini eroziv-yarali shikastlanishi, shu jumladan qon ketishi va perforasiya, anoreksiya, jigar fermentlari faolligini oshishi, sariqlik; juda kam hollarda – me‘da osti bezini shikastlanishi, jigarni shikastlanishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – poliuriya, buyrak sanchig‘i; juda kam hollarda – nefrit yoki nefrotik sindrom.

Reproduktiv tizim tomonidan: kam hollarda – ayollarda – hayz siklini buzilishi, erkaklarda – prostata bezi faoliyatini buzilishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – mushak spazmi, bo‘g‘imlarda harakatlarni qiyinlashishi.

Dermatologik reaksiyalar: ba‘zida – dermatit, toshma, terlash; kam hollarda – husnbuzar toshma; juda kam hollarda – fotosensibilizasiya.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – eshakemi; juda kam hollarda – og‘ir teri reaksiyalari (Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi), angionevrotik shish, allergik dermatit.

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperglikemiya, gipoglikemiya, gipertrigliseridemiya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: kam hollarda – ketonuriya, proteinuriya.

Mahalliy va umumiy reaksiyalar: tez-tez – in‘eksiya joyida og‘riq; tez-tez emas – yallig‘lanish reaksiyasi, gematoma, in‘eksiya joyida gemorragiyalar, qizib ketish hissi, qaltirash, toliqish; kam hollarda – belda og‘riq, hushdan ketish, isitma; juda kam hollarda – anafilaktik shok, yuzni shishi.

Boshqalar: asosan tizimli qizil yugirik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan pasientlarda paydo bo‘luvchi aseptik meningit, gematologik buzilishlar (purpura, aplastik va gemolitik anemiya, kam hollarda – agranulositoz va suyak ko‘migi gipoplaziyasi).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Deksketoprofenga, biron-bir boshqa NYAQP ga yoki ushbu preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar.
  • Ibuprofen, asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQP lar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (ya‘ni, astma, infeksion bo‘lmagan rinit, angionevrotik shish yoki eshakemi) chaqiruvchi pasientlar.
  • Faol yoki gumon qilingan me‘da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi/ qon ketishi yoki qaytalanuvchi yara kasalligi/ qon ketishi (tekshirilgan yaraning ikki va undan ko‘p alohida xolatlari) yoki surunkali dispepsiyasi bo‘lgan pasientlar.
  • Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki boshqa faol qon ketishi yoki qon ivishini buzilishi kuzatiladigan pasientlar.
  • Anamnezida avvalgi NYAQP lar bilan davolash bilan bog‘liq me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki perforasiya kuzatilgan pasientlar.
  • Kron kasalligi yoki nospesifik yarali koliti bo‘lgan pasientlar.
  • Anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan pasientlar
  • Og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar.
  • O‘rtacha yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (kreatinin klirensi
    <50 ml/min).
  • Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi (Chayld-Pyu ko‘rsatkichi 10-15) bo‘lgan pasientlar.
  • Gemorragik diatezi va qon ivishining boshqa buzilishlari bo‘lgan pasientlar.
  • Homiladorlikning uchinchi uch oyligi va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Tarkibida etanol mavjudligi tufayli deksirenni neyroaksial (parda osti yoki epidural) yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyidagi o‘zaro ta‘sirlar umuman nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga taalluqli:

Maqsadga muvofiq bo‘lmagan majmualar:

  • Bir nechta NYAQP, shu jumladan salisilatlarni birga yuborishdan saqlanish kerak, chunki ular nojo‘ya samaralar xavfini oshirishi mumkin.
  • Antikoagulyantlar: deksketoprofenni plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi va trombositlar faoliyatini ingibisiya qilinishi va gastroduodenal shilliq qavatni shikastlanishi tufayli, NYAQP lar varfarin kabi antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin. Agar majmuadan saqlanish mumkin bo‘lmasa, sinchkovlik bilan klinik kuzatuv va labotor ko‘rsatkichlarni monitoringini amalga oshirish lozim.
  • Geparinlar: qon ketishi xavfi oshadi (trombositlar faoliyatini ingibisiya qilinishi va gastroduodenal shilliq qavatni shikastlanishi tufayli). Agar majmuadan saqlanish mumkin bo‘lmasa, sinchkovlik bilan klinik kuzatuv va labotor ko‘rsatkichlarni monitoringini amalga oshirish lozim.
  • Kortikosteroidlar: me‘da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfi oshadi.
  • Litiy (bir nechta NYAQP lar bilan ta‘riflangan): NYAQP lar qonda litiyning darajasini oshiradi, bu darajalar toksik qiymatlargacha yetishi mumkin (litiyni buyrak ekskresiyasini pasayishi). Shuning uchun deksketoprofen bilan davolashni boshlash, muvofiqlashtirish va to‘xtatishda ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish lozim.
  • Haftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda qo‘llanadigan metotreksat: yallig‘lanishga qarshi agentlar tomonidan metotreksatning buyrak klirensini kamayishi tufayli, uning gematologik toksikligi oshadi.
  • Gidantoin va sulfonamid: Bu moddalarning toksik ta‘siri kuchayishi mumkin.

Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar:

  • Diuretiklar, AAF ingibitorlari va angiotenzin II reseptorlari antagonistlari: deksketoprofen diuretiklar va boshqa antigipertenziv preparatlarning samarasini kamaytirishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan (masalan, suvsizlangan bemorlar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa pasientlar) ba‘zi pasientlar siklooksigenazani ingibisiya qiluvchi agentlar va AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlari antagonistlari yoki antibakterial aminoglikozidlarni birga yuborish odatda qaytuvchan bo‘lgan buyrak faoliyatini keyinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Deksketoprofen va siydik haydovchi vositani majmuaviy qabul qilingan hollarda, pasientni adekvat gidratasiya qilish va davolash boshida buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim.
  • Pentoksifillin: qon ketishi xavfi oshadi. Klinik kuzatuvni faollashtirish va qon ivishini tekshirish lozim.
  • Zidovudin: NYAQP lar bilan davolash boshlanganidan keyin yuzaga keluvchi og‘ir anemiya bilan retikulositlarga ta‘sir qilishi orqali qizil xujayralar qatori toksik oshadi. NYAQP lar bilan davolash boshlanganidan keyin har xafta-har ikki xaftada qonning va retikulositlarning to‘liq taxlilini o‘tkazish talab etiladi.
  • Sulfonilmochevina: NYAQP lar sulfonilmochevinani plazma oqsillari bilan bog‘lanishini o‘zgartirishi tufayli gipoglikemik ta‘sirini oshirishi mumkin.

Diqqatni talab etuvchi majmualar:

  • Beta-blokatorlar: NYAQP lar bilan davolash prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilish yo‘li orqali ularning gipotenziv ta‘sirini kamaytirishi mumkin.
  • Siklosporin va takrolimus: buyrak prostaglandinlariga bog‘liq samaralar orqali NYAQP lar hisobiga nefrotoksiklik oshishi mumkin. Majmuaviy davolash vaqtida buyrak faoliyatini tekshirish lozim.
  • Trombolitiklar: qon ketishi xavfi oshadi.
  • Antitrombositar agentlar va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi xavfi oshadi.
  • Probenesid: deksketoprofenning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin; bu o‘zaro ta‘sir buyrak kanalchalar sekresiyasi va glyukoron bog‘lanish o‘rnida ingibisiya mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin va deksketoprofen dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.
  • Yurak glikozidlari: NYAQP lar plazmada glikozidlarning konsentrasiyasini oshirishi mumkin; ular kalavalar filtrasiyasi tezligini (KFT) pasaytirishi va plazmada glikozidlar darajasini oshirishi mumkin.
  • Mifepriston: nazariy jihatdan prostaglandin-sintetaza ingibitorlari mifepristonning samaradorligini o‘zgartirishi mumkinligi tufayli, NYAQP larni mifepriston yuborilgandan keyin 8-12 soat davomida qo‘llash mumkin emas.
  • Xinolonlar: hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yuqori dozadagi xonolonlar NYAQP lar bilan birga tirishishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ovqat-hazm qilish tizimi buzilishlari yoki anamnezida me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari bo‘lgan pasientlarni doimo nazorat qilish lozim. Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lgan hollarda Deksiren preparati bilan davolashni bekor qilish lozim.

Barcha NYAQP lar prostaglandinlar sintezini sekinlashishi oqibatida trombositlar agregasiyasini ingibisiya qilishi va qon ketishi vaqtini uzaytirishi tufayli, nazoratlangan klinik tadqiqotlarda operasiyadan keyingi davrda deksketoprofen trometamoli va quyimolekulyar geparin preparatlarini profilaktik dozalarda bir vaqtda buyurish o‘rganilgan. Koagulyasiyaning ko‘rsatkichlariga hech qanday ta‘sir kuzatilmagan. Shunga qaramasdan, Deksiren preparatini qon ivishiga ta‘sir qiluvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda sinchkov tibbiy kuzatuv talab etiladi.

Boshqa NYAQP lar kabi Deksiren qon plazmasida kreatinin va azot darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Deksiren siydik chiqarish tizimiga nojo‘ya ta‘sir ko‘rsatishi mumkin, bu glomerulonefrit, interstisial nefrit, papillyar nekroz, nefrotik sindrom va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Boshqa NYAQP lar kabi Deksiren preparati bilan davolash fonida ayrim jigar ko‘rsatkichlarini o‘tuvchan oshishi, shuningdek qon zardobida AST va ALT darajasini sezilarli oshishi kuzatilishi mumkin. Bunda keksa yoshdagi pasientlarda jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish lozim. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar sezilarli darajada oshgan hollarda, Deksirenni bekor qilish kerak.

Boshqa NYAQP lar kabi deksketoprofen trometamoli infeksion kasalliklarni niqoblashi mumkin. Bakterial infeksiya simptomlari paydo bo‘lganida yoki Deksiren preparati bilan davolash fonida pasientning xolati yomonlashsa, bu xaqda shifokorga xabar berish lozim.

Deksiren preparatining har bir ampulasi 200 mg etanol saqlaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

DEKSIRENni homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida, agar bunga mutloq ko‘rsatma bo‘lmasa deksketoprofenni buyurish mumkin emas.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Deksiren preparati bilan davolash fonida bosh aylanishi va uyquchanlik bo‘lishi mumkinligi tufayli, diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaksiyalar tezligi pasayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Deksketoprofen trometamolining dozasini oshirib yuborilishi simptomlari noma‘lum. Quyidagi simptomlar odatda NYAQP larning dozasini oshirib yuborilganda kuzatiladi:

a) Simptomlari

Simptomlari orasida: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riq, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, kamroq hollarda ich ketishi, orientasiyani buzilishi, qo‘zg‘alish, koma, yengil alahsirash, bosh aylanishi, quloqda shovqin, hushdan ketish, ba‘zida esa tirishishlar ham kuzatiladi. Preparat bilan zaharlanganda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va jigarni shikastlanishi kuzatilishi mumkin.

b) Ehtiyotkorlikning terapevtik choralari:

Behosdan yoki haddan tashqari ko‘p miqdorda iste‘mol qilinganda yoki qabul qilinganda pasientning klinik xolatiga qarab simptomatik davolashni ta‘minlash tavsiya etiladi.

Diurezni sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.

Buyrak va jigar faoliyatini nazorat qilish lozim.

Pasientlar preparatning potensial toksik dozalarini qabul qilgandan keyin kamida to‘rt soat davomida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Odatda uchraydigan yoki davomli tirishishlarni vena ichiga diazepam yordamida davolanadi.

Pasientning klinik xolatiga qarab ehtiyotkorlikning boshqa choralari ko‘rib chiqilishi mumkin.

Deksketoprofen trometamoli dializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Qahrabo rangli, I tur ampulada, 2 ml dan 6 ampula, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.

 

Yaroqlilik muddati

24 oy.

Suyultirilgandan keyin eritma 2oS dan 8oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Saqlash sharoiti

Mahsulotni 25oS xona haroratida saqlansin, yorug‘likdan himoyalansin.

Flakon qutida saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Preparat resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 dori vositasi Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEKSIREN tabletkalari 25 mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NERVOGIL tabletkalari 1mg N30
LESETRIN tabletkalari 5mg N10
LESETRIN tabletkalari 5mg N20
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
DOPADEKS SR tabletkalari 50 mg/200 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ílko Ílaç Sanayi Ve Ticaret A.Ş.
Narh: 440 000 so'mdan Batafsil
DOPADEKS SR tabletkalari 50 mg/200 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ílko Ílaç Sanayi Ve Ticaret A.Ş.
BEVLASIN tabletkalari 5 mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
BEVLASIN tabletkalari 5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
REGAPEN kapsulalar 300mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
REGAPEN kapsulalar 150mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Другие формы препарата
DEKSIREN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Deksketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9