83 500 s`om dan
Dorixonalardan izlash98 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DENTOKIND
DENTOKIND
Preparatning savdo nomi: Dentokind
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 15 mg Belladonna trit. D6, 15 mg Chamomilla trit. D6, 15 mg Ferrum phosphoricum trit. D6, 15 mg Hepar sulfuris trit. D12, 15 mg Pulsatilla trit. D6;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, talk, magniy stearati.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: gomeopatik vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma‘nosida va dori substansiyalarini qo‘llanishida an‘anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spesifik samarani, shuningdek farmakodinamik va farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.
Qo‘llanilishi
Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, shuningdek qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, otalgiya (quloqlarda og‘riq), milklarda og‘riq, yengil isitma va ich ketishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 1 tabletkadan har bir soatda, lekin kuniga 6 tabletkadan ko‘p emas.
Simptomlar kamayganidan keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kasallikning o‘tkir simptomlarida 2 tabletkadan har bir soatda, ammo kuniga 12 tabletkadan ko‘p emas.
Simptomlar kamaygandan keyin 2 tabletkadan kuniga 3 marta.
Dentokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish ma‘qulroq. Emizikli bolalarni davolashda tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.
Agar Siz dori vositasini qabulini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bolaga preparatni ikki martalik dozasini bermang.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingizda preparatni qabulidan keyin nojo‘ya samaralari paydo bo‘lsa, shifokoringizni xabardor qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga va uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Agar Siz, farzandingiz Dentokindga yetarlicha javob bermayotgan bo‘lsa yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling.
Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz, Sizga farzandingizni ayrim saxarozalarni o‘zlashtiraolmasligini aytgan bo‘lsa, shifokor bilan dori vositasini qo‘llashdan oldin maslaxatlashing.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Xozirgi vaqtgacha noma‘lum.
Chiqarilish shakli
100 mg dan tabletkalar, 150 tabletkalar shisha flakonlarda; 1 flakondan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Alohida sharoit talab qilmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.