×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DISMENORM tabletkalari N80

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Qadoqda soni:
- 80
Ishlab chiqaruvchi:
- Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
ATX kodi:
- G02CX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 550 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KABERGOLIN ORVILLE tabletkalari 0,5mg N24 Dongkoo Bio & Pharma Co., Ltd Janubiy Koreya
POLIJINAKS kapsulalar N12 Laboratoire Innotech International, Франция произведено: SWISS CAPS AG Shveytsariya
120 000 s`om dan
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
61 000 s`om dan
DAMFOS kapsulalar N7 Akums Drugs & Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
79 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DISMENORM tabletkalari N80 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DISMENORM®

DYSMENORM®

 

Preparatning savdo nomi: Dismenorm®

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: Agnus castus – 125 mg (quruq qoldik 1mg), Apis mellifica D3 – 25 mg, Pulsatilla D3 – 25 mg, Rosmarinus officinalis D2 – 25 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati , bug‘doy kraxmali, magniy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruxi: gomeopatik dori vositalari.

ATX kodi: G02CX

 

Farmakologik xususiyatlari

Kasallikni tushunishiga va dori substansiyasini qo‘llanilishini tushinish yuzasidan gomeopatik davolash ana‘naviy tibbiyotdan yaqqol farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda uni potensial o‘z-o‘zini davolashni faollashtiradi. Gomeopatik vositaga organizmning javobi qat‘iy shaxsiydir. Shu sababli dozospesifik farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma‘lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.

Qo‘llanilishi

Hayz ko‘rish oldi sindromi va muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rish kabi hayz ko‘rish siklini buzilishlarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilish kerak. Xolat yaxshilanganida preparatni qabul qilishni tez-tezligini pasaytirish kerak.

Qo‘llash usuli

Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin erishiga imkon bergan holda qabul qilish lozim. Zarur bo‘lganda tabletkani oz miqdordagi suvda (masalan, choy qoshiqda) eritish tavsiya qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam xollarda (<1/10000) yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga asosan tez-tezligi baxolab bo‘lmaydi): Agnus castus saqlovchi dori preparatlarini qabul qilganda, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; ko‘ngil aynishi va abdominal og‘riq kabi me‘da-ichak tomonidan buzilishlar, xusn buzar toshmalar va hayz ko‘rish siklini buzilishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek yuqori sezuvchanlik reaksiyalari xaqida ma‘lumotlar bor, teri toshmalari, eshakemi (qichishadigan pufakchalar paydo bo‘lishi), yuz to‘qimalarini shishi, hansirash va yutishdagi qiyinchiliklar bilan kuzatiluvchi og‘ir darajadagi yuqori reaksiyalar.

Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Izoh: Gomeopatik dori vositasi qo‘llanganda birlamchi vaqtinchalik axvol yomonlashishi mumkin. Bunday xolatlarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Asalari zaxariga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma‘lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik emizish, estrogenlarga bog‘liq o‘smalar yoki gipofiz o‘smalarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agnus castus faol moddani dofaminergik va estrogen samarasi mumkinligi tufayli preparat dofaminagonistlar, dofaminantagonistlar, estrogenlar va antiestrogenlar bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanilishi zarur xollarida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ushbu preparat laktoza va bug‘doy kraxmali saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Oz miqdorda bug‘doy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, ammo seliakiyasi bo‘lgan odamlar uchun deyarli xavfsizdir. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan pasientlarga (seliakiyadan farqli) ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar o‘tkir xolat yaxshilanmasa yoki yemonlashsa, yoki agar qo‘shimcha shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokor bilan maslaxatlashing.

Bolalar

Yetarlicha klinik ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Dismenorm homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Agnus castus faol ingredienti tufayli laktasiya davrida preparatni qabul qilish mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

250 mg dan tabletkalar, 80 tabletkadan flakonda; 1 flakondan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DISMENORM tabletkalari N80 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DISMENORM tabletkalari N80 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DISMENORM tabletkalari N80 dori vositasi Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DISMENORM tabletkalari N80 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DISMENORM tabletkalari N80 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DORMIKIND tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
ENTEROKIND tomchilar 20ml
IMMUNOKIND tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
KINDINORM granuli 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
DENTOKIND tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Narh: 83 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9