×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DEPANTOL suppozitorii N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Декспантенол, Хлоргексидин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
ATX kodi:
- G01АХ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 36 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 120 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 66 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg+16 mg. 
5 suppozitoriy polietilen bilan laminatlangan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. 
1 yoki 2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Vaginal suppozitoriylar
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: 

ta’sir etuvchi moddalar: dekspantenol – 100 mg, xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyunatini 20% li eritma ko‘rinishida – 85,2 mg);

yordamchi moddalar: makrogollar aralashmasi (makrogol-400 – 2%, makrogol-1500 – 98%).


Depantol® - regeneratsiya qiluvchi, antiseptik, metabolik ta’sir ko‘rsatuvchi mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparatdir. Preparatning tarkibiga kiruvchi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalar: Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, Escherichia coli, Staphylococcus sp., Streptococcus spp.; achitqilar, dermatofitlar, sodda hayvonlarga (Trichomonas vaginalis) nisbatan faol. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari kuchsiz sezgir, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari chidamli. Preparatning tarkibiga kiruvchi dekspantenol shilliq qavatlarining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi.
Depantol® laktobatsillalarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, yiring bor joyda faolligini (garchi biroz pastroq bo‘lsada) saqlab turadi.
Preparat bekor qilinganidan keyin o‘tkinchi allergik reaksiyalar, qichishish, achishish bo‘lishi mumkin. Juda kam xollarda (<0.0001%) xlorgeksidin og‘ir alergik reaksiyalar va anafilaksi kabi yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga olib kelishi mumkin. Qursatmalarga ko‘rsatilgan yon tasirlaridan biri kuchliroq bo‘lganda yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa xar qanday yon tasiri qayd etilsa, darxol shifokorga xabar berilishi kerak.


Retseptsiz.

O‘tkir va surunkali vaginitlarni; endo/ekzotservitsitlarni, shu jumladan bachadon bo‘ynining asoratlangan ektopiyalarini davolash.

Bachadon bo‘ynining spetsifik etiologiyali haqiqiy eroziyalarini davolash (majmuaviy davolash tarkibida).

Akusher va ginekologik infeksion va yaliglanish asoratlarininng oldini olish: ginekologik kasalliklar jarroxlik davolashdan oldin, xomiladorlikning tibbiy uzilishi, intrauterin kontratseptivni o‘rnatishdan avval intrauterin tekshiruvlar (gisteroskopiya, gisterosalpingografiya).

Preparat destruktiv davolash usullaridan (diatermokoagulyatsiyalar, kriodestruksiyalar, lazerodestruksiyalar) keyin, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon bo‘yni va qinni shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Mumkin ta’sirlari (antogonizm yoki inaktivatsiya) bo‘iycha extiyetkorlik chorasi sifatida intravaginal usulda qo‘llaniladigan boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda foydalanish mumkin emas.
Depantol® anion guruhini saqlovchi detergentlar (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) va sovunlar bilan, agar ular qin ichiga kiritiladigan bo‘lsa, nomutanosib.
Yodli dori-darmonlar bilan bir vaqtda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi.
Agar yuqorida yoki boshqa dori vositalaridan foydalansangiz (retsepsiz bo‘lmagan xolda),
Depantol® preparatini ishlatishdan oldin shifokoringiz bilan maslaxatlashing.

Saqlash sharoiti
25 °С dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. 
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

Oq yoki kulrang yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli voronkasimon chuqursi bo‘lgan suppozitoriylar. Marmarlik bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Qin ichiga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin suppozitoriy kontur o‘ramdan chiqarilib olinadi.
1 suppozitoriydan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida kiritiladi. Zarurati tug‘ilganida davolash kursini 20 kungacha uzaytirish mumkin.
Agar davolanishdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa, simptomlar yomonlashib kolsa yoki yangi belgilar paydo bo‘lsa, shifakor bilan maslaxatlashing. Preparatni fakat ko‘rsatmalariga, foydalanish usuliga va foydalanish usiliga vo foydalanishi ko‘rsatmalarida ko‘rsatilgan dozalarga muvofid foydalaning.
Dozani oshirib yuborish xollari noma’lum. Dori dozasini ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarda muvofid preparatni qo‘llash extimolli emas.

Depantol®ni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar
Yon ta’siri bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatib, shifokor bilan maslaxatlashing. Davolash davrida jinsiy aloqada bolishdan saqlanish tavsiya etiladi qo‘llarni ishlatishdan oldin va kein yuvish kerak.

Transport vositalarni, mexanizmlarni boshqarishi qobiliyatiga ta’siri.
Preparatni qo‘llash mexanizmlarni ishlatish, mexanizimlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.

DEPANTOL suppozitorii N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DEPANTOL®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi Depantol®

Xalqaro patentlanmagan nomi yoki guruhlangan nomi

Dekspantenol + Xlorgeksidin&

Dori shakli Sirtga qo‘llash uchun krem.

Tarkibi

1 g krem quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi moddalar: dekspantenol – 52,5 mg, xlorgeksidin biglyukonati – 8,02 mg (xlorgeksidin biglyukonati 20% li eritma ko‘rinishida ishlatiladi – 42,7 mg);

yordamchi moddalar: propilenglikol – 100 mg, makrogol setostearati – 16 mg, setostearil spirti [setil spirti 60% dan ko‘p emas, stearil spirti 40% dan kam emas] – 54 mg, suyuq parafin – 100 mg, vazelin – 100 mg, natriy gidrofosfat dodekagidrati –     0,2 mg, kaliy digidrofosfati – 7,8 mg, suv – 1 g gacha.

Ta‘rifi Oq yoki deyarli oq rangli krem.

Farmakoterapevtik guruhi

To‘qimalar reparasiyasini rag‘batlantiruvchisi

ATX kodi: D08AC52

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Dekspantenol – V guruhi vitamini, organizmda pantotenat kislotasiga metabolizm bo‘ladi, u koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lib, asetil guruhini qo‘shilish jarayonlarida, uglevodlar va yog‘lar almashinuvida, asetilxolin, glyukokortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; terining regenerasiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regenerasiya qiluvchi, vitamin, metabolik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Xlorgeksidin – mikroblarga qarshi preparat, antiseptik vositadir. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shu jumladan Staphylococcus spr., Enterococcus spp., Pseudomonas aeruginosa, E. coli, Streptococcus spp. larga, shuningdek achitqi zamburug‘lari va dermatofitlarga nisbatan samarali. Qon, yiring, turli sekretlar va organik moddalarda o‘z faolligini saqlab qoladi.

Depantol® kremi jarohatning yuzasini infeksiyalardan himoya qiladi, infeksion jarohatni kechishini susaytiradi va bitishni tezlashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

Terining infeksiyalangan jarohatlarini davolash va oldini olish:

– infeksiyalanish xavfi bo‘lganida yaralarga ishlov berish uchun (shilinishlar, kesilishlar, tirnalishlar, yoriqlar, qashlanishlar, shu jumladan hashoratlar chaqqanidan keyin, kuyishlar, trofik yaralar);

– operasiyadan keyingi jarohatlarga ishlov berish uchun;

– infeksiyalangan yaralar, kuyishlar (shu jumladan quyoshdan), yotoq yaralar, ko‘karishlar, kesilishlar, yoriqlar, trofik yaralar, bichilishlarni davolash uchun;

– infeksiyalangan dermatozlarni (shu jumladan ekzema va atopik dermatit) davolash uchun qo‘llanadi.

Bolalarda, shuningdek yo‘rgak dermatitida, infeksiyalanish belgilari bo‘lgan tirnalishlarda qo‘llanadi.

Emizikli onalarda – infeksiyalanish belgilari bo‘lgan sut bezlari so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga buyuriladi. Krem terining shikastlangan sohasiga ko‘rsatmalar bo‘yicha sutkada    1 yoki bir necha marta yupqa qilib surtiladi. Emizikli onalar kremni so‘rg‘ichning infeksiyalangan yuzasiga emizgandan keyin surtishlari mumkin. Emadigan bolalarda infeksiyalangan joylarga kiyim almashtirilganidan yoki suvli muolajalardan keyin surtiladi.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

O‘zaro ta‘siri

Xlorgeksidin sovun va boshqa anionli moddalar bilan mos kelmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Homiladorlikda va laktasiyada katta sohalarga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun krem.

25, 30 yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

Bolalar ololmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DEPANTOL suppozitorii N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DEPANTOL suppozitorii N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DEPANTOL suppozitorii N10 dori vositasi Нижфарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DEPANTOL suppozitorii N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DEPANTOL suppozitorii N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PANTESEPT vaginal suppozitorlar 16mg/100mg N10
Narh: 99 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10
SINTOMISIN suppozitorii 250mg N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL maz 25g 10%
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON maz 10g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID gel 30g 5%
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID maz 30g 5%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
LEVOMEKOL maz 40g
Narh: 11 900 so'mdan Batafsil
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
Narh: 184 900 so'mdan Batafsil
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Narh: 209 400 so'mdan Batafsil
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10
Narh: 71 500 so'mdan Batafsil
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PROKTOZAN maz 20g
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBINNEO gel 15g
TERAFLEKS XONDRO krem 100,0g 1%+5%
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Bisakodil nijfarm 0,01 suppozitorii N10
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N5
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9