×
×
  • Diklogen plyus

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Diklogen plyus

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
ATX kodi:
- M01AB05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FANIGAN FAST gel 30g Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
20 200 s`om dan
BLOKIUM gel 50g Laboratorios Casasco S.A.I.C. Argentina
125 000 s`om dan
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5 Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A. Gretsiya
47 400 s`om dan
NIMID granuli 2g N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Diklogen plyus qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIKLOGEN PLYUS

DICLOGENUM PLUS

Preparatning savdo nomi: Diklogen Plyus

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): diklofenak natriy va parasetamol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: diklofenak natriy – 50 mg, parasetamol – 500 mg

Yordamchi moddalar: o‘ta jelatinlangan kraxmal, natriy kraxmal glikolati, makkajo‘xori kraxmali, polividon (PVPK-30), propilen glikol, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, ikki tomoni silliq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Ta‘sir mexanizmi SOGni nospesifik susaytirilishi bilan prostaglandinlar sintezini susaytirilishi,    shuningdek leykositlarda erkin araxidonlar konsentrasiyasini pasaytirishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Parasetamolning isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon tomirlarning kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikni chiqarilishi kuchayadi.

Farmakokinetikasi

Diklofenak natriy – bir marta ichga qabul qilingandan so‘ng, ichakdan tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan “birinchi o‘tishda” metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan so‘ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishni sekinlashtiradi, ammo so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Sinovial suyuqligiga bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yaxshi kiradi, u yerda faol moddaning maksimal konsentrasiyasiga plazmadagiga qaraganda 2-4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil etadi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishda buyraklar, qolgan qismi safro orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati yaqqol buzilishi bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bemorlarda, safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og‘irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi konsentrasiyasini oshishi kuzatilmaydi.

Parasetamol ichga qabul qilinganda yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekroziga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5-3 soat oralig‘ida. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lganida dorining organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi.

Qo‘llanilishi

Bosh va tish og‘rig‘i, podagradagi, O‘RVI dagi og‘riqlar, nevralgiya, radikulit, lyumbago, dismenoriya (hayz siklini buzilishi), bursit (tizza bo‘g‘imini yallig‘lanishi), ishias (quymuch nervini yallig‘lanishi), revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, servikal spondilit, operasiyadan keyingi va jarohat yallig‘lanishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkalarni chaynamasdan butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish afzalroq. Me‘daning yuqori sezuvchanligida preparat ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi.

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza 2 tabletka. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 3 marta.

12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabullar oralig‘i – kamida 4 soat. Kattalarda maksimal davolash davomiyligi – 5-7 kun, bolalarda – 3 kun.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastral sohasida og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi. Kam    hollarda: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlangan me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospesifik     yarali kolit, Kron kasalligi;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish. Kam hollarda: his qilishni yoki ko‘rishni buzilishi (yoyilgan ko‘rish, diplopiya), quloqlarni shang‘illashi, ta‘sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, hayajonlanish  hissi, ruhiy buzilishlar;

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, soch to‘kilishi, fotosensibilizasiya bo‘lishi mumkin;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit   (sariqlik yoki sariqliksiz);

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya ko‘krak qafasi sohasida og‘riqlar, arterial gipertenziyani paydo bo‘lishining yakka hollari, yurak yetishmovchiligi   aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam hollarda: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga angionevrotik shish va bronxospastik reaksiyalar («aspirin astmasi»), bronxial astma xurujlari;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospesifik yarali kolit);
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • qon yaratish faoliyatini buzilishi;
  • ko‘rish nervining kasalliklari, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, toshmali isitma;
  • buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, rangli ko‘rishni buzilishi, tug‘ma glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llaganida, qonda kaliy miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va siklosporinning qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo‘llaganida, ushbu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to‘xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning toksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi.

Jigar mikrosomal fermentlarini kuchaytiruvchi dorilar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, shu jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampisin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta‘siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo‘llanganida haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, “halqali” va tiazid diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta‘sirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari tezlashadi va kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyrak, qon hosil qilish a‘zolari faoliyatini yaqqol buzilishlari   bo‘lgan pasientlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqori dozalarda        (200 mg) preparat trombositlar agregasiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun  gemostazini buzilishi bo‘lgan pasientlarni diqqat bilan kuzatish kerak.

Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab etuvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: arterial gipotenziya, nafasni susayishi, tirishishlar, me‘da-ichak       yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynashi, qusish, diareya), shuningdek buyrak faoliyatini buzilishi yoki yuzni, halqumni shishi, hansirash ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin;

Davolash: me‘dani yuvish tavsiya qilinadi. Kalsiy glyukonati yoki kalsiy xloridi, zarurati bo‘lganida glyukortikoidlar vena ichiga yuboriladi, faollashtirilgan ko‘mir buyuriladi, shuningdek simptomatik davolash o‘tkaziladi. Preparatni qon oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanish qobiliyati tufayli, jadallashtirilgan diurez, dializ yoki qon quyish o‘zini unchalik oqlamaydi.

Preparatning tarkibida parasetamol borligini hisobga olish kerak. 6 g dan ortiq parasetamolni ichga qabul qilish jigarning og‘ir shikastlanishini, hatto jigar komasini chaqirishi mumkin. Dori bilan zaharlanish belgilari kuzatilganida (ko‘ngil aynishi,  qusish, jigarni kattalashishi, sariqlik) darhol shifokorga murojat qilish va me‘dani yuvish lozim.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan kontur-uyali o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq, qorong‘u joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept buyicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Diklogen plyus dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Diklogen plyus dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Diklogen plyus dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
DIKLOGEN gel
DIKLOGEN 30,0 gel 5%
DIKLOGEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
DIKLOGEN eritma
DICLOGEN PLUS tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
DIKLOGEN tabletkalari N100
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9