×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Diklomol

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Парацетамол, диклофенак натрий
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- M01AB55
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BIORAN tabletkalari 50mg N100 Rusan Pharma LTD Hindiston
30 000 s`om dan
AERTAL tabletkalari 100mg N60 Gedeon Richter PLC, Венгрия по лицензии фирмы Аlmirall АG, Швейцария Vengriya
145 000 s`om dan
IBUKLIN tabletkalari N20 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
17 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Diklomol qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIKLOMOL

DIKLOMOLUM

 

Preparatning savdo nomi: Diklomol

Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): Parasetamol, diklofenak natriy.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: Parasetamol – 500 mg, diklofenak natriy – 50 mg.

Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, metil paraben, makkajo‘xori kraxmali, talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati.

Ta‘rifi: Bir tomoni riskali va faskali oq rangli dumaloq yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: M01AV55

 

Farmakologik xususiyatlari

Diklomol – bu og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi majmuaviy preparatdir. Ta‘sir mexanizmi uning tarkibidagi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.

Diklofenak natriy nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Siklooksigenazani (SOG-1 va SOG-2) tanlamasdan susaytirib, araxidon kislotasining metabolizmini buzadi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlarning miqdorini kamaytiradi. Yallig‘lanish xarakteriga ega og‘riqlarda juda samaralidir. Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, trombositlarning agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq.

 

Farmakokinetikasi

Diklofenak natriy – ichga bir marta qo‘llanganidan keyin ichakda tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigar orqali birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishini sekinlashtiradi, biroq so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Preparatni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, bunda preparatning katta qismi (99,4) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri – 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali, qolgan qismi esa safro bilan chiqariladi.

Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarda safro bilan chiqayotgan metabolitlarining ulushi oshadi, shuning uchun qonda ularning konsentrasiyasini oshishi kuzatilmaydi.

Parasetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmada cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga o‘tadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyrak orqali asosan metabolitlari holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgarib turadi. Jigar faoliyatini buzilishida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi, metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas, biroq to‘planganida jigar nekroziga olib kelishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagi kasalliklardagi kuchsiz va o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromida qo‘llanadi:

  • LOR–a‘zolarining kasalliklari (faringit, tonzillit, otit);
  • safro chiqarish yo‘llarining kasalliklari (o‘t-qopi sanchig‘i);
  • siydik chiqarish yo‘llarining kasalliklari (buyrak sanchig‘i);
  • bosh miya qon tomirlarining kasalliklari (migren);
  • ayollar jinsiy a‘zolarining kasalliklari (algodismenoreya, adneksit)
  • tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmotoid artrit, osteoartroz, osteoxondroz);
  • bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari (tendovaginit, bursit)
  • artrozlar;
  • spondiloartrozlar;
  • nevralgiya;
  • mialgiya;
  • jarohatlardan keyingi va operasiyalardan keyingi og‘riqlar;
  • tish og‘rig‘i;
  • isitma sindromida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Tabletkalar butunligicha, chaynamasdan, yetrli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolashni boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga sutkada 2-3 marta Diklomol tabletkasini buyurish tavsiya etiladi.

Preparatni ovqatdan keyin qabul qilgan afzalroq.

Kasallikning o‘rtacha ifodalangan belgilarida, shuningdek uzoq muddatli davolashda, odatda sutkada preparatning 2 tabletkasini – bir tabletkadan ertalab va kechqurun qabul qilish yetarlidir.

Maksimal bir martalik doza – 2 tabletkani tashkil etadi.

Preparatni qabul qilish muddati – 7 kun, bolalarda – 3 kunni tashkil etadi.

Tana vazni 30 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Har bir navbatdagi qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat.

Kattalarni davolashning maksimal davomiyligi – 7 kun, bolalarni – 3 kunni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi. Kam hollarda: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlanadigan me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari, aftoz stomatit, ezofagit;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuqori toliqish. Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni xiralashishi, diplopiya), quloqlarda shovqin, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar.

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizasiya;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz).

Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi.

Allergik va immunobiologik reaksiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.

Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni keyingi qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida diklofenak, parasetamol, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQV ni qo‘llash natijasida bronxospazm, eshakemi, o‘tkir riniti bo‘lgan yoki allergiyaning boshqa simptomlarining mavjudligi;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospesefik yarali kolit);
  • homiladorlik, laktasiya;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
  • qon yaratish faoliyatini buzilishi, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
  • buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz biron-bir boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling!

Preparat kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganida qonda kaliyning darajasi oshishi mumkin. Dori preparatlarini bunday birga qo‘llanishida, kaliyning darajasini nazorat qilish lozim.

Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishlari rivojlanishi mumkin.

Preparat qon plazmasida litiy, digoksin va siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular birga qo‘llanganida yuqoridagi preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish lozim. Metotreksatni qabul qilishdan 24 soat oldin yoki keyin preparatni buyurishda extiyot bo‘lish kerak, chunki bunday hollarda qonda metotreksatning konsentrasiyasi oshadi va uning toksik ta‘siri kuchayadi.

Fenotiazin bilan birga qo‘llanganida, haddan tashqari gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi va tiazid diuretiklarning diuretik va natriyuretik samarasini susaytirishi mumkin.

Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlarini ko‘payishi va kuchayishi yuz beradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyrak, qon yaratish a‘zolarining faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat yuqori dozalarda trombositlar agregasiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostazni buzilishi bo‘lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish lozim.

Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarroxlik aralashuvlaridan keyingi davrda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bilan davolanish vaqtida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Diklofenak va parasetamol ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktasiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparatni qo‘llash vaqtida bosh aylanishini yoki ko‘rishni buzilishini his etayotgan pasientlar avtomobilni boshqarishlari va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashlari mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: spesifik simptomlari yo‘q. Buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanishi yoki tez avj olib boruvchi ko‘rinishidagi yuz va hiqildoqning shishlari, xansirash kabi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish ko‘rsatilgan, SH-guruhi donatorlarini yuborish tavsiya etiladi. Kalsiy glyukonati yoki kalsiy xloridini vena ichiga yuborish, zarurati bo‘lganida glyukokortikoidlarni vena ichiga yuborish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, shuningdek simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Preparatning tarkibiga parasetamol kirishini hisobga olish kerak. Ichga 6 g dan ko‘proq parasetamolni qabul qilish, jigarda og‘ir shikastlanishini chaqirishi mumkin, xatto jigar komasigacha rivojlanishi mumkin.

Intoksikasiya belgilarida (ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, jigarni kattalashishi, sariqlikda) darhol shifokorni chaqirish va me‘dani yuvish lozim.

Biron-bir g‘ayri-oddiy reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Diklomol dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Diklomol dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Diklomol dori vositasi Sharq Darmon MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Diklomol dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Diklomol dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
BOLBURG tabletkalari 50 mg/500 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg LLP, Индия произведено: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
  • Vakil: Rhydburg
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
D PARA tabletkalari 50mg N100
PARDIFEN tabletkalari 500mg / 50mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd., Индия произведено: Lark Laboratories (India) Ltd
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFEN PLYUS ATM tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM-Pharm
Sinepar tabletkalari N1000 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Sinepar tabletkalari N100 (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, диклофенак натрий ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
DOLAREN tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
LOPERAMID SD tabletkalari 2ml N20
FLUKONAZOL SD kapsulalar 150mg N1
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
KALSIY D3 SD tabletkalari N50
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
Diklomol
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9