×
×
  • DISTREPTAZA suppozitorii N6

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DISTREPTAZA suppozitorii N6

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Biomed-Lublin
ATX kodi:
- B06AA55
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 217 ta dorixonasida topildi

ico 184 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 230 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 195 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
10 100 s`om dan
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 Такеда Фармасьютикалс, ООО Rossiya
297 000 s`om dan
YANTASOL infuziya uchun eritma 200ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
19 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DISTREPTAZA suppozitorii N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DISTREPTAZA®

DISTREPTAZA®

 

Preparatning savdo nomi: DISTREPTAZA®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): streptokinaza. streptodornaza

Dori shakli: suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 13500 XB-16500 XB streptokinaza, 1250 XB -2000 XB streptodornaza;

yordamchi moddalar: suyuq parafin va neytral yog‘

Ta‘rifi: konus yoki “torpeda” shaklli, uchi o‘tkir; yuzasi bir xil, dog‘larsiz, g‘adir-budirsiz, havoli pufakchalarsiz, yoriqlarsiz va mexanik shikastlarsiz,  sarg‘ish oq rangli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi: ferment preparati (majmuaviy).

ATX kodi: V06AA55

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat ikkita faol substansiya saqlaydi: streptokinaza va streptodornaza. Streptokinaza odam qonidagi plazminogen proenzimining aktivatori hisoblanadi va streptokinaza ta‘siri ostida plazminga aylanadi, u quyilib qolgan odam qonini eritish xususiyatiga ega.

Streptodornaza enzim hisoblanadi, u tirik hujayralarga va ularning fiziologik funksiyasiga ta‘sir ko‘rsatmay, o‘lik hujayralarni yoki yiring nukleoproteinlarining yopishqoq massasini eritish xususiyatiga ega.

Preparat dori vositalarining yallig‘lanish o‘chog‘iga kirishini yengillashtiradi.

 

Qo‘llanilishi

-bachadon bo‘ynining surunkali yallig‘lanishi;

-kichik chanoq a‘zolarining operasiyadan keyingi infiltrativ shikastlanishlari;

-bachadon shilliq qavatini yallig‘lanishi;

-o‘tkir va surunkali kechuvchi gemorroy;

-keng yallig‘lanish infiltrati bo‘lgan to‘g‘ri ichak oldi abssesslari va oqmalari;

-yiringli kaudal kistalarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash usuli

Suppozitoriyni blister uyasidan olingandan keyin to‘g‘ri ichakka chuqur kiritish kerak.

Dozalash

Dozalash yallig‘lanish jarayonini jadallik turi va darajasiga bog‘liq.

Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llanadi.

Kattalarda kasallikning og‘ir kechishida:

1 suppozitoriydan kuniga 3 marta birinchi 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 3 kun davomida.

Kattalarda kasallik og‘irligining yengil va o‘rtacha darajasida:

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 3 kun davomida, so‘ngra

1 suppozitoriydan kuniga 1 marta 4 kun davomida, yoki

1 suppozitoriydan kuniga 2 marta 2 kun davomida.

Davolash kursida o‘rtacha 8-18 suppozitoriy ishlatiladi.

Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 7-10 kun.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar, tana haroratini oshishi, shuningdek qon ketishiga moyillik kuzatilishi mumkin.

Har qanday notipik reaksiyalarni paydo bo‘lish holatlarida albatta preparatni qo‘llashni davom ettirish xaqida shifokor bilan maslahatlashing.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparat yangi jarohatga yoki chokka tegmasligi kerak, chunki bu choklarni bo‘shashishiga va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va laktasiya davri. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki mahalliy qon ketishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Yallig‘lanish o‘chog‘iga antibiotiklarni yoki ximioterapevtik preparatlarni o‘tishini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Preparat yangi jarohat yoki choklarga tegishi kerak emas, chunki bu choklarning bo‘shashishi va oqibati sifatida jarohatdan qon ketishiga olib kelishi mumkin.

DISTREPTAZA® preparati bilan davolash vaqtida oldindan shifokor bilan maslahatlashmasdan hech qanday dori vositalarini qo‘llamang.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi holatlari noma‘lum.

Chiqarilish shakli

6 rektal suppozitoriylar blisterda, 1 blisterdan karton qutida.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Saqlash sharoiti

2°S – 8°S haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DISTREPTAZA suppozitorii N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DISTREPTAZA suppozitorii N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DISTREPTAZA suppozitorii N6 dori vositasi Biomed-Lublin tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DISTREPTAZA suppozitorii N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DISTREPTAZA suppozitorii N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9