×
×
  • GLEMPID tabletkalari 2mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLEMPID tabletkalari 2mg N30

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
ATX kodi:
- A10ВВ12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60 Фармак, ПАО Ukraina
39 000 s`om dan
SIOFOR 850 tabletkalari 850mg N60 Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH Germaniya
INSULATARD suspenziya 10ml 100ME/ml ООО «Ново Нордиск» Daniya
36 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLEMPID tabletkalari 2mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(pasientlar uchun ma‘lumot)

Glempid®

tabletkalar

1 mg, 2 mg, 3 mg, 4 mg, 6 mg

(glimepirid)

 

Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling
  • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan va Siz uni boshqa shaxslarga bermasligingiz kerak. Hatto agar ularda kasallikni shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
  • Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu xaqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering (4 bo‘limga qarang).

Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:

  1. Glempid® preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Glempid® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
  3. Glempid® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Glempid® tabletkalari preparatini qanday saqlash kekrak
  6. Yaroqlilik muddati
  7. Dorixonalardan berish tartibi
  8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Glempid® preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi

Glempid® qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Ushbu preparat sulfonilmochevina hosilalari guruhiga mansub dori vositalari sinfiga kiradi. Glempid® qisman insulin ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish yo‘li bilan va qisman organizmning shaxsiy insulinining faolligini oshirish yo‘li bilan qonda qand miqdorini pasaytiradi.

Glempid® dori vositalarisiz parhez, tana vaznini kamaytirish va jismoniy yuklama qonda qand miqdorini yetarli darajada pasaytirmagan hollarda 2-tip qandli diabetni davolash uchun qo‘llanadi. Glempid® ni insulin bilan birga qo‘llash mumkin.

  1. Glempid® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Glempid® preparatini quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • Agar Sizda glimepiridga, sulfonilmochevinaning boshqa hosilalariga (masalan, glibenklamid kabi qonda qand darajasini pasaytirish uchun preparatlar) yoki sulfanilamidlarga (bakterial infeksiyalarni davolash uchun preparatlar, masalan, sulfametoksazol) yoki 8 bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalarga allergiya bo‘lsa;
  • Agar Sizda insulinga-qaram (1-tip) qandli diabet bo‘lsa;
  • Agar Sizda diabetik koma (qonda qand miqdorini haddan tashqari pasayishi yoki oshishi bilan bog‘liq) bo‘lsa;
  • Agar Sizda diabetik ketoasidoz (toliqish, ko‘ngil aynishi, tez-tez siyish va mushaklar rigidligi simptomlari bilan kechuvchi organizmda kislotali moddalarni to‘planishi kuzatiladigan diabetning asorati);
  • Agar Sizda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa;
  • Agar Sizda jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa.

Tibbiy qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari

Glempid® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:

  • Agar Siz jarohat, operasiya, isitma bilan kechuvchi infeksiya yoki stressning boshqa shakllaridan keyin tuzalayotgan bo‘lsangiz;
  • Agar Sizda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa.

Agar bu Sizga taalluqli ekanligingizga ishonch hosil qilmasangiz, Glempid® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.

Glyukozo-6-fosfat degidrogenaza fermentini tanqisligi bo‘lgan pasientlarda gemoglobin darajasi pasayishi va qizil qon tanachalarini parchalanishi (gemolitik anemiya) boshlanishi mumkin.

  • Qonda va siydikda qand darajasini muntazam aniqlash lozim. Qonda qand miqdorini haddan tashqari pasayishi (gipoglikemiya) xavfi glimepiridni qabul qilishning birinchi xaftasida davomida ayniqsa yuqori bo‘ladi.
  • Glimepirid tomonidan chaqirilgan qonda qand darajasini pasayishi jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda yoki uzoq vaqt och qolgandan keyin yuqori bo‘lishi mumkin.
  • Agar Siz boshqa dori vositalarini yoki tabiiy davolovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz (“Boshqa dori vositalarini qabul qilish” bo‘limiga qarang).

Quyidagi omillar gipoglikemiya (qonda qand darajasini pasayishi) xavfini oshirishi mumkin:

  • Shifokor ko‘rsatmasini bajarishni xoxlamaslik yoki (ko‘pincha keksa pasientlarda) bajaraolmaslik;
  • Agar Siz boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • Agar Siz ushbu preparatni buyurilgandan yuqori dozada qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
  • Yetarli ovqatlanmaslikda, muntazam ovqatlanmaslikda, ovqatlanishni o‘tkazib yuborilganda yoki ovqatlanishlar orasidagi intervalda;
  • Agar Siz o‘zingizning parhezingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz;
  • Agar Sizda buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa;
  • Agar Sizda jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lsa;
  • Agar Siz ba‘zi gormonal kasalliklari (qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi, gipofizning oldingi bo‘lagining yoki buyrak usti bezining yetishmovchiligi kabi) bo‘lsa;
  • Agar Sizda jismoniy yuklama darajasi yuqori, ovqatda iste‘mol qilinayotgan uglevodlarning miqdori esa normadan kam bo‘lsa;
  • Alkogolni iste‘mol qilish, ayniqsa ovqatlanmaslik bilan birga.

Gipoglikemiya (qonda qand darajasini pasayishi) simptomlariga kiradi:

  • To‘satdan ochlik hissi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, reaksiyani sekinlashishi, uyquchanlik, uyquni buzilishi, bezovtalik holati, agressiya, diqqatni jamlashni buzilishi, javob berish vaqtini yomonlashishi, depressiya, ongni chalkashishi, nutq va ko‘rishni buzilishi, nutqni noaniqligi, qaltirash, qisman falaj, sezuvchanlikni buzilishi, bosh aylanishi, ojizlik.
  • Bundan tashqari, quyidagi simptomlar rivojlanishi mumkin: sovuq ter, yopishqoq teri, qo‘zg‘alish, yurak qisqarishlarini tezlashishi, arterial bosimni oshishi, kuchli yurak urishi, tananing qo‘shni sohalariga tarqaluvchi ko‘krakda to‘satdan kuchli og‘riq (stenokardiya), yurak qisqarishlarini muntazam bo‘lmagan ritmi (aritmiya).

Agar qonda qand darajasini pasayishi davom etsa, Sizda ongni chuqur chalkashishi (deliriy), tirishishlar, o‘zini nazorat qilishni yo‘qolishi, yuzaki nafas va pulsni sekinlashishi rivojlanishi mumkin – Siz hushdan ketishingiz mumkin. Qonda qand darajasini og‘ir pasayishining klinik manzarasi insult simptomlariga o‘xshash.

Gipoglikemiyani davolash

Odatda bu simptomlar qandni ichga qabul qilinganidan keyin o‘tib ketadi. Shuning uchun har doim o‘zingiz bilan qand olib yuring, masalan, qand bo‘lagi, shirin meva sharbati, shokolad va boshqalar. Tabbiy shirinlashtiruvchilar samarasiz. Agar qandni qabul qilish yordam bermasa yoki simptomlar qaytalansa, darhol shifokorga murojaat eting.

Giperglikemiya (qonda qand darajasini oshishi) simptomlariga kiradi: chanqoqlik hissi, siyishga qistovlarni tezlashishi, og‘izni qurishi, terini qurishi. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat etish lozim.

Baxtsiz hodisalarda, jarrohlik operasiyalarida, tana harorati oshganida insulin bilan davolashga o‘tish zarurati yuzaga kelishi mumkin.

Laboratoriya tahlillari

Siz siydikda va qonda qand darajasini muntazam nazorat qilishingiz lozim. Zarurati bo‘lganida davolovchi shifokoringiz qon xujayralari soni va jigar faoliyatini tahlil qilish uchun qon oladi. Bundan tashqari, glikozirlangan gemoglobin darajasini aniqlash tavsiya etiladi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar

Glempid® preparatini bolalar va o‘smirlarda qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar cheklangan, shuning uchun Glempid® ushbu yosh guruhidagilarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Boshqa dori vositalari va Glempid® tabltkalari preparati

Shifokoringizga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlar haqida xabar bering.

Agar Siz boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz Glempid® preparatining dozasini o‘zgartirishi mumkin. Glempid® preparatini ba‘zi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish uning samarasini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin, bu qonda qand darajasida aks etishi mumkin.

Quyidagi preparatlar Glempid® preparatining gipoglikemik samarasini (qonda qand darajasini pasaytirish) kuchaytirishi mumkin, bu gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin:

  • insulin va diabetga qarshi peroral preparatlar (masalan, metformin)
  • siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalarini davolash uchun preparatlar (uzoq ta‘sir etuvchi ba‘zi sulfanilamidlar)
  • bakterial infeksiyalarni davolash uchun preparatlar (tetrasiklinlar, xloramfenikol, xinolin antibiotiklari, klaritromisin)
  • og‘riq va yallig‘lanishni davolash uchun preparatlar (fenilbutazon, azopropazon, oksifenbutazon, aspirin turidagi preparatlar)
  • depressiyani davolash uchun preparatlar (fluoksetin, MAO ingibitorlari)
  • erkaklar jinsiy gormonlarini o‘rnini bosish uchun preparatlar (androgenlar)
  • mushak to‘qimasi massasini oshiruvchi preparatlar (anabolik steroidlar)
  • antikoagulyantlar – kumarin hosilalari
  • zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun preparatlar (mikonazol, flukonazol)
  • arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlar (AAF ingibitorlari)
  • qonda ba‘zi yog‘larning darajasini pasaytirish uchun preparatlar (fibratlar)
  • podagrani davolash uchun preparatlar (allopurinol, probenisid, sulfinpirazon)
  • o‘smalarni davolash uchun preparatlar (siklofosfamid, ifosfamid, trofosfamid)
  • vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuqori dozalarda buyuriladigan qon aylanishini yaxshilash uchun preparatlar (pentoksifillin)
  • tana vaznini kamaytirish uchun preparatlar (fenfluramin)
  • pichan isitmasi kabi allergik rinit (tumov) ni davolash uchun preparatlar (tritokvalin)
  • simpatolitiklar – yuqori arterial bosim, yurak yetishmovchiligi yoki prostata tomonidan simptomlarni davolash uchun preparatlar
  • yurak qisqarishlari tez-tezligini buzilishlarini nazorat qilish uchun qo‘llanadigan antiaritmik preparatlar (dizopiramid).

Quyidagi preparatlar Glempid® preparatining gipoglikemik samarasini (qonda qand darajasini pasaytirish) susaytirishi mumkin, bu giperglikemiyaga olib kelishi mumkin:

  • ayollar jinsiy gormonlarini saqlovchi preparatlar (estrogenlar va progestagenlar)
  • siydikni hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi preparatlar (saluretiklar va tiazid siydik haydovchi preparatlar)
  • qalqonsimon bezini rag‘batlantiruvchi preparatlar (masalan, levotirousin)
  • allergiya va yallig‘lanishlarni davolash uchun preparatlar (glyukokortikoidlar)
  • og‘ir ruhiy buzilishlarni davolash uchun preparatlar (fenotiazin hosilalari, xlorpromazin)
  • yurak qisqarishlari sonini oshirish uchun, astmani, burun bitishi, yo‘tal va shamollashni davolash uchun, tana vaznini kamaytirish, shuningdek xayot uchun xavf soluvchi xolatlarni davolash uchun preparatlar (adrenalin va simpatomimetiklar)
  • xolesterin darajasini oshishini davolash uchun preparatlar (nikotin kislotasi)
  • qabziyatlarni davolash uchun preparatlarni uzoq muddat qo‘llash (surgi vositalari)
  • tirishishlarni davolash uchun preparatlar (fenitoin)
  • qonda qand darajasini pasayishini davolash uchun preparatlar (glyukagon)
  • asabiylik va uyquni buzilishini davolash uchun preparatlar (barbituratlar)
  • yuqori arterial bosimni tez normallashtirish yoki qonda qand darajasini pasaytirish uchun preparatlar (diazoksid)
  • infeksiyalar, masalan, tuberkulyozni davolash uchun preparatlar (rifampisin)
  • ko‘z ichki bosimini oshishini davolash uchun preparatlar (asetazolamid).

Quyidagi preparatlar Glempid® preparatining gipoglikemik samarasini kuchayirishi yoki susaytirishi mumkin:

  • me‘da yarasini davolash uchun preparatlar (N2 gistamin reseptorlari antagonistlari deb nomlanuvchi)
  • beta-blokatorlar, klonedin, guanedin va rezerpin kabi yuqori arterial bosim yoki yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar. Bu preparatlar shuningdek gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Glempid® antikoagulyant preparatlarning (qon ivishini oldini oluvchi) (kumarin hosilalari, masalan, varfarin) samarasini yoki oshirishi, yoki pasaytirishi mumkin.

Kolesevelam (qonda xolesterin darajasini pasaytirish uchun preparat) me‘da-ichak yo‘llaridan glimepiridni so‘rilishini kamaytiradi. Ushbu samaradan saqlanish uchun Glempid® ni kolesevelamni qabul qilishdan kamida 4 soat oldin qabul qilish lozim.

Glimepirid bilan davolash kursi davomida har qanday preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Glempid® tabletkasini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish

Glempid® ni kuniga bir marta, nonushtadan oldin yoki nonushta vaqtida (yoki birinchi ovqatlanishda) qabul qilish lozim. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan

suv bilan ichish lozim.

Alkogolni iste‘mol qilish Glempid® preparatining qonda qand darajasini pasaytirish qobiliyatini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Fertillik, homiladorlik va emizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bolaga ega bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida Glempid® ni qo‘llamang.

Emizish

Glimepirid ko‘krak suti bilan ajraladi. Emizish vaqtida Glempid® ni qo‘llamang.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, agar Siz homilador bo‘lishingiz ehtimoli bo‘lsa va agar Siz homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin  shifokor bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Qonda qand darajasini pasayishi yoki oshishi natijasida, ushbu preparatni qabul qilish vaqtida diqqatni jamlash va reaksiyalar qobiliyati yomonlashishi mumkin. Sizda ko‘rish qobiliyati yomonlashishi mumkin (noaniq bo‘lishi). Bunday simptomlar bunday xususiyatlar zarur bo‘lgan hollarda, masalan transport vositalari yoki mexanizmlarini boshqarishda xavf tug‘dirishi mumkin. Ushbu preparatni qabul qilish vaqtida Sizga transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilash mumkinligini shifokordan so‘rang, agar:

  • Agar Sizda gipoglikemiya holatlari tez-tez rivojlansa
  • Agar Sizda gipoglikemiyani ko‘rsatuvchi simptomlar yaqqol bo‘lmasa yoki umuman bo‘lmasa.

Har bir Glempid® tabletkasi laktoza (sut qandi) saqlaydi

Glempid® tabletkasining yordamchi moddalari tarkibiga laktoza (sut qandi) kiradi. Agar shifokor Sizda ba‘zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik (allergiya) borligini aytgan bo‘lsa, Glempid® preparatini qo‘llashdan oldin maslahat uchun unga murojaat eting.

6 mg li Glempid® tabletkasi sanset sariq Ye110 bo‘yovchisi saqlaydi

6 mg li Glempid® tabletkasi sanset sariq Ye110 bo‘yovchisi saqlaydi, u allergiya chaqirishi mumkin.

  1. Glempid® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak

Glempid® ni doimo qat‘iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Shubhalar bo‘lganida shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.

Dozalash tartibi

Kattalar uchun odatdagi tavsiya etiladigan doza – kuniga bir marta 1 mg li bir tabletkani (qonda qand miqdoriga qarab) tashkil etadi. Davolovchi shifokor Glempid® preparatining dozasini davolashning har 1-2 xaftasidan keyin sutkada 2 mg, 3 mg yoki 4 mg ga oshirishi mumkin. Tavsiya etiladigan maksimal sutkalik dozasi 6 mg ga teng. Glempid® preparatining dozasi Sizning xolatingiz, davolashga bo‘lgan ehtiyoj va qonda va siydikdagi qand darajasi bo‘yicha laborator tahlil natijalariga bog‘liq. Buyurilganidan ko‘proq tabletkalarni qabul qilmang.

Glempid® preparati bilan davolash vaqtida ovqatlanishni o‘tkazib yubormaslik jud muhim. Davolashga insulinni qo‘shish mumkin. Bunday hollarda insulinning dozasini shifokor ko‘rsatadi.

Agar metforminning (qonda qand darajasini pasaytirish uchun boshqa prepaart) maksimal dozasi bilan davolash Sizning kasalligingizni yetarli nazoratini bermasa, davolashga Glempid® preparatini qo‘shish mumkin. Bunday hollarda davolovchi shifokoringiz Sizga Glempid® preparatining zarur dozasini buyuradi.

Agar Sizda tana vazni o‘zgarsa yoki Siz hayot tarzingizni o‘zgartirgan bo‘lsangiz yoki stress xolatiga tushgan bo‘lsangiz, bularning barchasi Glempid® ning dozasini o‘zgartirish zaruratini chaqirishi mumkin, shuning uchun bu haqida davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Agar Sizga Glempid® haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz samara ko‘rsatayotgandek tuyulsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Glempid® tabletkalarini qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar Siz Glempid® tabletkalarini haddan tashqari ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qo‘shimcha dozasni qabul qilsangiz, Sizda gipoglikemiya (gipoglikemiya belgilari 2 bo‘lim “Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limi keltirilgan) va Siz qand (qand bo‘lagi, shirin sharbat yoki choy) qabul qilishingiz kerak. Darhol shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘lmiga murojaat eting. Qo‘shimcha choralarni ko‘rish talab etilishi mumkin. Bolalarda tabletkalarni behosdan qabul qilgandan keyin gipoglikemiyani davolashda, giperglikemiya rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun qabul qilinayotgan qandning miqdori sinchkovlik bilan nazorat qilinishi lozim.

Gipoglikemik holat darroq o‘tib kelmaganligi, ma‘lum vaqt davom etganligi tufayli, xavf to‘xtamagunigacha pasientning xolatini sinchkovlik bilan nazorat qilish juda muhim. Shifoxonaga murojaat etish ehtiyotkorlik chorasi sifatida zarur bo‘lishi mumkin. Shifokorga ko‘rsatish uchun o‘zingiz bilan ushbu yo‘riqnomani va qolgan tabletkalarni olib boring. Simptomlar Glempid® tabletkalarini qabul qilgandan 24 soatdan keyin rivojlanishi mumkin.

Hushdan ketish va og‘ir nevrologik simptomlar bilan kechuvchi og‘ir gipoglikemiya shoshilinch tibbiy yordamni va gospitalizasiyani talab etadi. Shoshilinch holatda shifokorni chaqira oladigan pasientning yonida doimo uning holatini bilgan odam bo‘lishi muhim.

Agar Siz Glempid® tabletkalarini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz bir dozani unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikkita dozani qabul qilmang. Shunchaki preparatni qabul qilishni shifokor buyurganidek davom ettiring.

 

Agar Siz Glempid® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

Qonda qand darajasi oshishi mumkin. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Davolovchi shifokoringiz qabul qilishni to‘xtatishga ruxsat bermagunigacha, Glempid® ni qabul qilishni davom ettiring.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

Glempid® ni kuniga bir marta, nonushtadan oldin yoki nonushta vaqtida (yoki birinchi ovqatlanishda) qabul qilish lozim. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan suv bilan ichish lozim.

Glempid® preparati bilan davolash vaqtida ovqatlanishni o‘tkazib yubormaslik jud muhim.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qo‘llash bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi, Glempid® preparati ham nono‘ya samaralar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada pasientlarda namoyon bo‘lavermaydi.

Agar Sizda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering:

  • Allergik reaksiyalar, shu jumladan ko‘pincha ter toshmalari bilan kechuvchi qon tomirlarni yallig‘lanishi, ular nafas olishni qiyinlashishi, shok rivojlanishi ehtimoli bilan arterial bosimni pasayishi bilan og‘ir darajali reaksiyaga o‘tishi mumkin.
  • Terini va ko‘z sklerasini sarg‘ayishi, safroni ajralishini buzilishi (xolestaz), jigarni yallig‘lanishi (gepatit) va jigar yetishmovchiligi bilan jigar sinamalari natijalarini normal bo‘lmasligi.
  • Qichishish, toshma, eshakemi va yuqori yorug‘likka sezuvchanlik bilan teri tomonidan allergik reaksiyalar. Ba‘zi o‘rtacha yaqqollikdagi allergik reaksiyalar og‘ir darajali reaksiyalarga o‘tishi mumkin.
  • Og‘ir gipoglikemiya, shu jumladan hushdan ketish, tirishish va koma.

Ba‘zi pasientlarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin:

Kam uchraydigan noxush samaralar (10000 pasientdan 1-10 tasidan kamroq uchraydi):

  • Qonning xujayraviy tarkibini kamayishi (odatda preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin normallashadi):
  • qon plastinkalari (bu qon ketishi yoki qon talashlar xavfini oshiradi)
  • oq qon tanachalari (bu infeksiyalar rivojlanishi ehtimolini oshiradi)
  • qizil qon tanachalari (teri qoplamalarini oqarishi, xolsizlik va hansirash bilan kechadi)
  • Qonda qand darajasini pasayishi. Gipoglikemiya (qonda qand darajasini normadan pasayishi) odatda to‘satdan boshlanadi, og‘ir darajali bo‘lishi mumkin va har doim ham muvofiqlashtirishga berilmaydi (2 bo‘lim “Ehtiyotkorlik choralari”ga qarang).

Juda kam uchraydigan noxush samaralar (10000 pasientdan 1 tasidan kamroq uchraydi):

  • Allergik reaksiyalar, shu jumladan ko‘pincha ter toshmalari bilan kechuvchi qon tomirlarni yallig‘lanishi, ular nafas olishni qiyinlashishi, shok rivojlanishi ehtimoli bilan arterial bosimni pasayishi bilan og‘ir darajali reaksiyaga o‘tishi mumkin. Agar Sizda bunday simptomlar kuzatilsa, darhol davolovchi shifokringizga xabar bering.
  • Terini va ko‘z sklerasini sarg‘ayishi, safroni ajralishini buzilishi (xolestaz), jigarni yallig‘lanishi (gepatit) va jigar yetishmovchiligi bilan jigar sinamalari natijalarini normal bo‘lmasligi. Agar Sizda bunday simptomlar kuzatilsa, darhol davolovchi shifokringizga xabar bering.
  • Ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, to‘yish hissi, qorinda og‘riq.
  • Qonda natriy darajasini pasayishi (laborator tahlil natijalari asosida).

Tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi):

  • Qichishish, toshma, eshakemi va yuqori yorug‘likka sezuvchanlik bilan teri tomonidan allergik reaksiyalar. Ba‘zi o‘rtacha yaqqollikdagi allergik reaksiyalar yutishni va nafas olishni qiyinlashishi, lablarni, tomoqni yoki tilni shishi bilan kechuvchi og‘ir darajali reaksiyalarga o‘tishi mumkin. Shunday qilib, bu nojo‘ya samaralardan birontasi rivojlanganda, bu haqida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering.
  • Sulfonilmochevina va sulfanilamidlar yoki shunga o‘xshash dori vositalariga allergik reaksiyalar.
  • Ko‘rishni vaqtincha yomonlashishi mumkin, ayniqsa Glempid® preparati bilan davolash kursini boshida. Bu qonda qand darajasini o‘zgarishi bilan bog‘liq va keyinchalik normallashishi kerak.
  • Jigar fermentlari darajasini oshishi (laborator tahlil natijalari bo‘yicha).
  • Qon plastinkalari sonini to‘satdan kamayishi (trombositopeniya) va teriga qon quyilishi (trombositopenik purpura).

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.

Sizning xabarlaringiz tufayli, Siz bu dori vositasining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot olishingiz mumkin.

  1. Glempid® tabletkalarini qanday saqlash kerak

25oS dan past haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

  1. Yaroqlilik muddati

Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin!

Yaroqlilik muddatining o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

Agar Siz preparatning sifatining yomonlashganini aniq belgilarini (masalan, rangini o‘zgarishi) sezsangiz, preparatni ishlatmang.

Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.

  1. Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Glempid® tabletkalari nima saqlaydi

Ta‘sir etuvchi modda: glimepirid.

Har bir tabletka muvofiq 1 mg, 2 mg, 3 mg, 4 mg yoki 6 mg glimepirid saqlaydi.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kraxmal glikolyati (A tip), mikrokristall sellyuloza, povidon K-30, magniy stearati va quyida sanab o‘tilgan bo‘yovchilar:

Glempid® tabletkalari 1 mg: temir III oksidi (Ye 172).

Glempid® tabletkalari 2 mg: temir II oksidi (Ye 172) va indigokarmin (Ye 132).

Glempid® tabletkalari 3 mg: temir II oksidi (Ye 172).

Glempid® tabletkalari 4 mg: indigokarmin (Ye 132)..

Glempid® tabletkalari 6 mg: sanset sariq (Ye 110).

Glempid® tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Ichga qabul qilish uchun tabletkalar.

Tashqi ko‘rinishi:

Glempid® tabletkalari 1 mg:

Pushti rangli, uzunchoq shaklli, 11x5,5 mm o‘lchamli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Glempid® tabletkalari 2 mg:

Yashil rangli, uzunchoq shaklli, 11x5,5 mm o‘lchamli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Glempid® tabletkalari 3 mg:

Och-sariq rangli, uzunchoq shaklli, 11x5,5 mm o‘lchamli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Glempid® tabletkalari 4 mg:

Och-ko‘k rangli, uzunchoq shaklli, 11x5,5 mm o‘lchamli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Glempid® tabletkalari 6 mg:

Och-to‘q sariq rangli, uzunchoq shaklli, 11x5,5 mm o‘lchamli, ikki tomonida riskali tabletkalar.

Riska yordamida Glempid® tabletkalari 2mg, 4 mg va 6 mg ikki teng dozaga bo‘lish mumkin.

Glempid® tabletkalari 1 mg va 3mg tabletkalarida riska faqat yutishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida tabletkani teng ikki dozaga bo‘lish mumkin emas.

O‘rami:

10 tabletkadan bir blisterda; 3 blister (30 tabletka) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLEMPID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLEMPID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLEMPID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi Egis Pharmaceuticals Private Limited Company tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLEMPID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLEMPID tabletkalari 2mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
LIDOKAIN aerozol 38g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Lidokain ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BETADIN suppozitorii 200mg N14
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
Narh: 189 300 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
Narh: 86 500 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28
Narh: 194 900 so'mdan Batafsil
MILURIT tabletkalari 100mg N30
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
BETADIN maz 20g 100mg/g
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Klomifen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
TIREGIS tabletkalari 40mg N28
BETADIN suppozitorii 200mg N7
VELAKSIN kapsulalar 150mg N28
MILURIT tabletkalari 300mg N30
Narh: 4 650 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
PERITOL tabletkalari 4mg N20
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9