×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DONORMIL tabletkalari 15mg N30

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Доксиламин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- UPSA SAS
ATX kodi:
- R06AA09
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
LESETRIN tabletkalari 5mg N10 Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10 Ереванская ХФФ, ОАО Armaniston
4 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DONORMIL tabletkalari 15mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DONORMIL

DONORMYL

 

Preparatning savdo nomi: Donormil

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): doksilamin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 15 mg.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: 15 mg doksilamin suksinati,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati,

qobig‘ini tarkibi: gipromelloza, Sepispres AR 7001 pigment dispersiyasi*, makrogol 6000, tozalangan suv.

* Sepispres AR 7001 pigment dispersiyasining tarkibi: gipromelloza 2-4%, titan dioksidi S177891 25-31%, propilenglikol 30-40%, tozalangan suv 100% gacha.

Ta‘rifi: oq rangli, qobiq bilan qoplangan, ikkala tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan, to‘g‘ri burchakli tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli ta‘sirga ega antigistamin preparatlar. Aminoalkil efirlari.

ATX kodi: R06AA09.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Doksilamin suksinati sedativ va atropinga o‘xshash samaralarga ega bo‘lgan etanolaminlar sinfining N1-reseptorlar blokatori hisoblanadi. Uning uyquga ketish uchun kerak bo‘lgan vaqtni kamaytirishi, shuningdek uyquning davomiyligi va sifatini yaxshilashi namoyish qilingan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Doksilamin suksinati qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyaga (Cmax) qabul qilinganidan so‘ng o‘rtacha 2 soat (Tmax) o‘tgach erishiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri (T½) o‘rtacha 10 soatni tashkil etadi.

Doksilamin suksinati jigarda metil guruhini yo‘qotish va N-asetil guruhini qo‘shish yo‘li bilan qisman metabolizmga uchraydi.

Molekulaning parchalanishida xosil bo‘luvchi turli metabolitlari, miqdori jihatidan ahamiyatli emas, chunki dozaning 60% siydikda o‘zgarmagan doksilamin shaklida aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Vaqti-vaqti bilan yuz beruvchi/o‘tkinchi uyqusizlikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat faqat kattalar uchun mo‘ljallangan.

Tavsiya qilingan doza kuniga ½-1 tabletkani tashkil qiladi. Tabletka uyqudan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Shifokorning tavsiyasi bo‘yicha doza ikki tabletkagacha oshirilishi mumkin.

Keksa yoshli shaxslarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda dozani pasaytirish tavsiya etiladi.

Davolashning davomiyligi 2 kundan 5 kungacha; agarda uyqusizlik davom etsa, davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Antixolinergik samaralar: qabziyat, og‘izni qurishi, ko‘rishni buzilishi, yurakni tez urishi.

Kunduzgi uyquchanlik: bunday samara rivojlanganida dozani pasaytirish kerak.

Qo‘llash  mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga va antigistamin dori vositalarga yuqori sezuvchanlik;
  • pasientning anamnezidagi yoki oilaviy anamnezdagi yopiq burchakli glaukoma;
  • siydik tutilishi xavfi bilan kechuvchi uretroprostatik buzilishlar;
  • emizish davri;
  • 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alkogol ko‘pchilik N1-antigistamin vositalarning sedativ samarasini kuchaytiradi. Ongni o‘zgarishi avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug‘dirishi mumkin. Alkogolli ichimliklar iste‘mol qilish va tarkibida alkogol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Donormil bilan quyidagi majmualarni hisobga olish kerak:

  • siydik tutilishi, qabziyat, og‘iz qurishi va h.k. kabi nojo‘ya samaralarni rivojlanishi oqibatida atropin va atropinga o‘xshash dori vositalari (imipraminli antidepressantlar, antixolinergik parkinsonizmga qarshi preparatlar, atropinli spazmolitik dori vositalari, dizopiramid, fenotiazin neyroleptiklari).
  • MNT ga ta‘sirini kuchayishi oqibatida markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi boshqa antidepressantlar: morfinni hosilalari (yo‘talni davolash va o‘rinbosar davolash uchun qo‘llanadigan og‘riqni qoldiruvchi vositalar), neyroleptiklar, barbituratlar, benzodiazepinlar; benzodipinlardan tashqari anksiolitiklar; sedativ antidepressantlar (amitriptilin, doksepin, mianserin, mirtazapin, trimipramin); sedativ N1-antigistamin vositalar; markaziy ta‘sirga ega antigipertenziv vositalar, boshqalar (baklofen, pizotifen, talidomid) bilan, diqqatni pasayishi avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda xavf tug‘dirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Uyqusizlikning sabablari ko‘p sonli omillar bo‘lishi mumkin, ular dori vositalarni qabul qilishni talab qilishi shart emas.

Preparat tarkibida laktoza saqlashi tufayli, uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning so‘rilishini buzilish sindromi, laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas.

Barcha uyqu yoki sedativ vositalari kabi, doksilamin suksinati ilgari mavjud bo‘lgan tungi apnoe sindromini (nafas to‘xtashlari soni va davomiyligini oshishi) zo‘raytirishi mumkin.

N1-antigistamin vositalarni sedasiya va/yoki vertigo rivojlanish xavfi borligi tufayli keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, ular ko‘pincha bu guruh pasientlari uchun jiddiy bo‘lgan yiqilishlar (masalan, odamlar tunda turganda) xavfini oshirishi mumkin.

Barcha dori vositalari kabi, doksilamin suksinati organizmda taxminan besh yarim chiqarilish davri davomida qoladi. Keksa yoshli shaxslarda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bilan xastalangan pasientlarda yarim chiqarilish davri ahamiyatli darajada oshishi mumkin. Ko‘p marta qo‘llanganida preparat yoki uning metabolitlari muvozanat konsentrasiyasiga ancha kechroq va ancha yuqoriroq darajaga erishadi. Ushbu dori vositasining samaradorligi va xavfsizligi faqat muvozanat konsentrasiyasiga erishilgandan keyingina baholanishi mumkin. Dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshli shaxslarda, plazmada doksilamin suksinatining konsentrasiyasini oshishi va plazma klirensini pasayishi kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda dozani pasaytirish tomonga to‘g‘rilash tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Dori vositasi homiladorlikning kechki muddatlarida qo‘llanganida, yangi tug‘ilgan chaqaloqni kuzatishda preparatning atropinga o‘xshash va sedativ xususiyatlarini hisobga olish kerak.

Laktasiya

Doksilaminni ko‘krak sutiga chiqarilishi noma‘lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sedasiya yoki qo‘zg‘alishni kuchayishi mumkinligini xisobga olib, emizish davrida dori vositasini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositasini transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat qabul qilinganida avtotransportni boshqaruvchi va mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslarda kunduzgi uyquchanlik paydo bo‘lishi xavfiga e‘tibor berish kerak.

Avtotransportni boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda Donormilni boshqa sedativ dori vositalari bilan birga  qo‘llashdan saqlanish kerak (yoki bunday majmuani e‘tiborga olish kerak).

Uyquning davomiyligi yetarli bo‘lmaganida diqqatni pasayish xavfi oshadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir zaharlanishning birinchi belgilari uyquchanlik va antixolinergik samaralarining belgilari isoblanadi: qo‘zg‘aluvchanlik, qorachiqlarni kengayishi, akkomodasiya falaji, og‘izni qurishi, yuz va bo‘yinni qizarishi, gipertermiya, sinusli taxikardiya. Deliriy, gallyusinasiyalar va atetoz harakatlar ko‘pincha bolalarda kuzatiladi, ba‘zida ular og‘ir zaharlanishning kam kuzatiladigan asorati – tirishishlarni darakchisi hisoblanadi. Xatto agar tirishishlar paydo bo‘lmasada, doksilamin bilan o‘tkir zaharlanish ba‘zida rabdomiolizni chaqiradi, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlanishi mumkin. Mushaklarni bunday buzilishi tarqalgan xisoblanadi, bu kreatinfosfokinazaning faolligini o‘lchash orqali sistematik skrining o‘tkazishni talab qiladi.

Davolash simptomatik. Davolash erta boshlanganida faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash (kattalarga 50 g, bolalarga 1 g/kg) tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 10 yoki 30 tabletka,15 mg dan polietilen qopqoqli polipropilen tubada.

1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash  sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DONORMIL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DONORMIL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DONORMIL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi UPSA SAS tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DONORMIL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DONORMIL tabletkalari 15mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SONMIL tabletkalari 15mg N10
Narh: 21 200 so'mdan Batafsil
DONORMIL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Доксиламин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: UPSA SAS
SLIPZON tabletkalari 15mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Доксиламин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EFFERALGAN suppozitorii 150mg N10
EFFERALGAN suppozitorii 80mg N10
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
EFFERALGAN tabletkalari 500mg N16
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
EFFERALGAN sirop 90ml 30mg/ml
DONORMIL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Доксиламин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: UPSA SAS
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9