×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Faol modda:
Индапамид, периндоприла эрбумин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- GM Pharmaceuticals Ltd.
Vakil:
- GMP
ATX kodi:
- C04AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 150 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 ShenZhen Unison Bio – Tech Co., Ltd Xitoy
2 800 s`om dan
SERMION tabletkalari 5mg N30 Pfizer HCP Corporation, США произведено: Pfizer Italia S.r.l. Italiya
330 000 s`om dan
EDARBI tabletkalari 40 mg N28 Нижфарм-Stada CIS Irlandiya
70 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparatning bir tabletkasi 4 mg faol modda perindopril erbumini va 1,25 mg indapamid saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Mikrokristallik sellyuloza, Laktoza, Kremniy dioksidi (Orisil), Magniy stearati.
Perindopril (AAF ingibitori) va indapamid (sulfonamid xosilalari guruxiga mansub diuretik) saqlovchi majmuaviy preparat AMRAning farmakologik taʼsiri komponentlardan xar birining aloxida xususiyatlarining qoʻshilishi bilan bogʻliq . Perindopril va indapamidning majmuasi ularning xar birining taʼsirini kuchaytiradi.

Amra Forte xam sistolik, xam diastolik AB ga yaqqol dozaga bogʻliq gipotenziv taʼsir koʻrsatadi. Preparatning taʼsiri 24 soat davom etadi. Barqaror klinik samara davolash boshlanganidan keyin koʻpi bilan 1 oydan keyin boshlanadi va taxikardiya bilan birga kechmaydi .Davolashni toʻxtatish bekor qilish sindromining rivojlanishi bilan birga kechmaydi.

Amra Forte chap qorinchaning gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi, arteriyalarning elastikligini yaxshilaydi, UPTQ ni pasaytiradi, lipidlarning ( umumiy xolestirin, YUZLP, PZLP, triglitseridlar) metabolizmiga taʼsir qilmaydi va karbonsuvlarning metabolizmiga (shu jumladan qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi.

Perindopril - angiotenzin I ni, qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsirga ega boʻlgan angiotenzin II ga aylanishini, xamda tomirlarning kengaytiruvchi taʼsirga yega bradikininning parchalanishini amalga oshiruvchi angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. Natijada perindopril aldosteronning sekretsiyasini pasaytiradi, salbiy teskari aloqa tamoyili boʻyicha qon plazmasida rereninning faolligini oshiradi, uzoq vaqt qoʻllanganida UPTK ni kamaytiradi, bu asosan mushaklar va buyraklardagi tomirlarga taʼsiri bilan bogʻliq. Bu samaralari tuzlar va suvning tutilishi yoki reflektor taxikardiyaning rivojlanishi bilan kechmaydi.

Tiazid diuretiklarning yoʻldosh buyurilishi antigipertenziv taʼsirining yaqqolligini kuchaytiradi. Bundan tashqari, AAF ingibitori va tiazid diuretikning majmuasi shuningdek diuretiklarni qabul qilish fonida gipokaliyemiyaning xavfini pasayishiga olib keladi. Perindopril old yuklama va keyingi yuklamani kamaytirib, yurak ishini normallashtiradi.

Indapamid farmakologik xususiyatlari boʻyicha tiazid diuretiklariga yaqin, indapamid natriy ionlarining reabsorbsiyasini ingibirlaydi, bu natriy, xlor ionlarini va kamroq darajada kaliy va magniy ionlarini siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi va shu yoʻl bilan diurezni kuchaytiradi.

Indapamid qon tomirlarining adrenalinga nisbatan giperreaktivligini pasaytiradi. Indapamid qon plazmasidagi lipidlarning (triglitseridlar, xolesterin, PZLP vaYUZLP)

miqdoriga va karbonsuvlarning almashinuviga

(shu jumladan yoʻldosh qandli diabeti boʻlgan bemorlarda) taʼsir qilmaydi, yurakning chap qorinchasining gipertrofiyasini kamayishiga yordam beradi.

Perindopril va indapamidning farmakokinetik parametrlari majmuada , ular aloxida qoʻllanganidagi bilan solishtirganda oʻzgarmaydi.

Ichga qabul qilinganidan keyin perindopril tez soʻriladi. Biokiraolishligi

65-70% ni tashkil qiladi. Soʻrilgan perindoprilning umumiy miqdorining taxminan 20% faol metaboliti - perindoprilatga aylanadi. Qon plazmasida perindoprilatning S max ga, perindopril ichga qabul qilinganidan keyin 3-4 soatdan keyin erishiladi. Perindopril organizmdan siydik bilan chiqariladi. T ½ -3-5 soatni tashkil qiladi.

Indapamid MIY dan tez va toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi S max ga peroral qabul qilinganidan keyin 1 soat oʻtgach erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi -79%. T ½ 14-24 soatni (oʻrtacha 19 soat) tashkil qiladi. Asosan siydik bilan (yuborilgan dozaning 70%) va axlat bilan (22%) faol boʻlmagan metabolitlar koʻrinishida chiqariladi.
Suv-elektrolit balansi tomonidan : gipokaliyemiya boʻlishi mumkin, natriy darajasini kamayishi;

Yurak-tomir tizimi tomonidan : AB ni xaddan tashqari pasayishi, ortostatik gipotenziya ;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam-buyraklarning faoliyatini pasayishi, proteinuriya, siydikda va qon plazmasida kreatinin konsentratsiyasini axamiyatsiz oshishi;

Modda almashinuvi tomonidan: qon plazmasida mochevina va glyukoza miqdori oshishi mumkin;

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, yuqori charchoqlik, asteniya, bosh aylanishi, kayfiyatning beqarorligi, koʻrishni buzilishi, quloqlarda shovqin, uyquni buzilishi, tirishishlar, paresteziyalar, anoreksiya, taʼm sezishni buzilishi;

aloxida xollarda – ongni chalkashishi;

Nafas tizimi tomonidan: quruq yoʻtal; kam- nafasni qiyinlashishi, bronxospazm;

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: qorinda ogʻriq, koʻngil aynashi, qusish, qabziyat, diareya; kam - ogʻizni qurishi; aloxida xollarda - jigar transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya;

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, kam - gipogemoglobinemiya, trombotsitopeniya, gematokritning pasayishi, aloxida xollarda - agranulotsitoz, pansitopeniya;

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi kam - eshakemi, angionevrotik shish; aloxida xollarda - koʻpshaklli eritema.
-boshlangʻich davolashga yetarli darajada javob beruvchi essensial arterial gipertenziya.
AB ni pasayishi, koʻngil aynishi bosh aylanishi anuriyaga oʻtishi (gipovolemiya natijasida) mumkin boʻlgan poluriya yoki oliguriya, bradikardiya, elektrolit buzilishlari.

Davolash : meʼdani yuvish, adsorbentlarni buyurish, suv-elektrolit balansini toʻgʻrilash. Perindoprilat organizmdan dializ yordamida chiqarilishi mumkin. Amra Forteni litiy bilan, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, sitostatik yoki immunodepressiv vositalar, tizimli kortikosteroidlar bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Eritromitsin (vena ichiga yuborish uchun), pentamidin, sultoprid, vinkamin, bepridil va indapamid bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivojlanishi mumkin.

APF ingibitorlari qoʻllanganida insulin va sulfonilmochevina xosilalarining gipoglikemik taʼsiri kuchayishi mumkin.

NYAQV AAF ingibitorlarining gipotenziv taʼsirini susaytiradi. NYAQV va AAF ingibitorlarining giperkaliyemiyaga nisbatan additiv taʼsirga egaligi aniqlangan, bunda shuningdek buyraklarning faoliyatini susaytirishi mumkin.

Amra Forte va tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar bir vaqtda qoʻllanganida gipotenziv taʼsirini kuchayishi va ortostatik gipotenziyaning rivojlanishini xavfi (additiv samara) oshishi mumkin.

Indapamid IA (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid) va III sinf (amiodaron, bretiliy,sotalol) antiaritmik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida “piruyet” turidagi aritmiyalar rivolanishi mumkin.

Surgi vositalarini buyurish zarurati tugʻilganida, ichak motorikasiga ragʻbatlantiruvchi taʼsirsiz preparatlarni ishlatish kerak.

Amra Forte yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida kaliy darajasini va EKG ni nazorat qilish va zarurati boʻlganida, oʻtkazilayotgan davolashni toʻgʻrilash kerak.
Kattalarga Amra Forte 1 tabletkadan sutkada 1-marta buyuriladi, afzalrogʻi ertalab. Ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi (KK 60 ml/min dan koʻproq ) boʻlgan patsiyentlarga dozani toʻgʻrilash talab etilmaydi (kreatinin va kaliyning miqdorini doimiy nazorati ostida sutkada 1-marta 1 tabletkadan Amra forte).

Keksa yoshdagi patsiyentlarda va ogʻirlik darajasi yengil buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda (KK 60-30 ml/min) davolashni minimal dozadan boshlash kerak (sutkada 1-marta Amra yoki Amra Forte-sutkada 1-marta ½ tabletka), afzalrogʻi ertalab.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 dori vositasi GM Pharmaceuticals Ltd. tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMRA FORTE tabletkalari 4mg/1,25mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
GLYUKOTON MR tabletkalari 30mg N30
ALBEZ tabletkalari 200mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N6
Narh: 45 100 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 500mg N3
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ISMIJEN tabletkalari 7mg N30
Narh: 242 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 10mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
Narh: 42 700 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 28 500 so'mdan Batafsil
PEO poroshok 1g N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
SEDAREKS tabletkalari 2mg N30
Narh: 69 900 so'mdan Batafsil
KAFRA tabletkalari 400mg N5
VALTAN tabletkalari 80mg N30
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20
Narh: 21 700 so'mdan Batafsil
SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
TRIMEKOR MR tabletkalari 35mg N30
Narh: 69 200 so'mdan Batafsil
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
Narh: 179 000 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
Narh: 59 300 so'mdan Batafsil
SUARON tabletkalari 100mg N20
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SUARON poroshok 100mg N10
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
VENO RITZ tabletkalari 450mg+50mg N30
LORANEKS tabletkalari 5mg N10
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
ALER G tabletkalari 10mg N20
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
Narh: 60 900 so'mdan Batafsil
Narh: 82 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9