×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
доцетаксел
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy's Laboratories Limited
ATX kodi:
- L01CD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FTORAFUR kapsulalar 400mg N100 Гриндекс, АО Latviya
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
ANASTROZOL tabletkalari 1mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
98 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DOSETER

DOCETERE

 

Preparatning savdo nomi: Doseter

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dosetaksel

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 20 mg/ml, 80 mg/ml

Tarkibi:

1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 20 mg dosetaksel;

yordamchi moddalar: polisorbat 80, suvsiz limon kislotasi, etanol.

Ta‘rifi: och-sariqdan jigar rang-sariq rangligacha bo‘lgan eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita.

ATX kodi: L01CD02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Dosetaksel – ta‘sir mexanizmi tubulinni barqaror mikronaychalarga birikishini rag‘batlantirish va ularni parchalanishini ingibisiya qilishdan iborat bo‘lgan antineoplastik birikmadir, bu erkin tubulin darajasini sezilarli pasayishiga olib keladi. Dosetaksel mikronaychalar bilan birikkanida protofilamentlar miqdori o‘zgarmaydi. Dosetaksel invitrosharoitda xujayralarda mitoz va interfaza bosqichlarida xujayraning hayotiy muhim funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mikrotubulyar to‘rni parchalaydi.

Dosetaksel in vitro sharoitda odam, sichqonlar yoki kalamushlar o‘smalarining turli xujayra liniyalariga nisbatan va odamdan olib tashlangan o‘smalarga nisbatan sitotoksik ta‘sir namoyon qiladi. Dosetaksel xujayra ichida yuqori konsentrasiyalarda to‘planadi va xujayralarda uzoq vaqt saqlanadi. Dosetaksel polirezistentlik geni bilan kodlanadigan r-glikoproteinni ortiqcha miqdorda ishlab chiqaruvchi ayrim (garchi barchasiga bo‘lmasada) xujayralar liniyalariga nisbatan faol hisoblanadi. Dosetaksel in vivo sharoitda qo‘llash sxemasidan qat‘iy nazar sichqonlar tarqalgan o‘smalariga va odamning o‘smalariga nisbatan keng ta‘sir doirasidagi o‘smalarga qarshi ta‘sir namoyon qiladi.

So‘rilishi

Dosetakselning farmakokinetikasi rak bilan kasallangan bemorlarda I faza tadqiqotlari jarayonida 10-115 mg/m2 preparat yuborilgandan keyin o‘rganilgan. Dosetakselning farmakokinetik profili dozaga bog‘liq emas va α-, β- va γ- fazalar uchun muvofiq ravishda 4 minut, 36 minut va 11,1 soatlik yarim chiqarilish davri bilan uch kamerali farmakokinetik modelga mos keladi. So‘ngi fazada bu ko‘rsatkichning bunday davomiyligi ko‘pincha dosetakselni periferik kameradan nisbatan sekinroq ajralib chiqishi bilan bog‘liq.

Taqsimlanishi

100 mg/m2 doza 1 soatlik infuziya yo‘li bilan yuborilgandan keyin preparatning plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi, AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) ko‘rsatkichi soatiga 4,6 mkg/ml bilan 3,7 mkg/ml ni tashkil qiladi. Umumiy klirens va muvozanat xajmining o‘rtacha ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda soatiga 21 l/m2 va 113 l ni tashkil qiladi. Umumiy klirens ko‘rsatkichining individlar orasidagi farq taxminan 50% ni tashkil qiladi. Dosetaksel plazma oqsillari bilan 95% dan ko‘proq bog‘lanadi.

Chiqarilishi

Rak bilan kasallangan uch nafar pasientlarda 14S-dosetaksel nishonlangan radioizotopni qo‘llash bilan tadqiqot o‘tkazilgan. Dosetaksel sitoxrom R450 ishtirokida tret-butil efir guruhini oksidlanuvchi metabolizmidan keyin yetti kun davomida siydik va axalat bilan chiqarilgan; siydik va axlat bilan chiqarilishi muvofiq ravishda yuborilgan izotopning 6% va 75% ni tashkil qilgan. Axlatda aniqlangan izotopning taxminan 80% birinchi 48 soat davomida bitta asosiy nofaol metaboliti, uchta biroz nofaol metaboliti va juda kam miqdorda o‘zgarmagan preparat ko‘rinishida chiqarilgan.

Pasientlarning alohida guruhlarida qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumot

Pasientlarning yoshi va jinsi

Dosetakselni qo‘llash bilan o‘tkazilgan populyasion farmakokinetik tahlil 577 nafar pasientlarda o‘tkazilgan. Bu model yordamida baholangan farmakokinetik ko‘rsatkichlar I faza tadqiqotlarida olingan natijalarga juda o‘xshash bo‘lgan. Dosetakselning farmakokinetikasi pasientning yoshi va jinsiga qarab o‘zgarmagan.

Jigar yetishmovchiligi

Biokimyoviy ko‘rsatkichlari jigar funksiyasini biroz yoki o‘rtacha buzilishidan (ALT va AST faolligi normaning yuqori chegarasidan 1,5 marta yoki undan ko‘proq yuqori, ishqoriy fosfotaza faolligi esa – 2,5 marta va undan ko‘proq) dalolat beruvchi oz miqdordagi (n=23) pasientlarda umumiy klirens o‘rtacha 27% ga pasaygan.

Organizmda suyuqlikni tutilishi

Organizmda yengil yoki o‘rtacha darajada suyuqlikni tutilishi bo‘lgan pasientlarda dosetakselning klirensi o‘zgarmagan. Og‘ir darajada suyuqlikni tutilishi bo‘lgan bemorlar yuzasidan ma‘lumotlar mavjud emas.

Majmuaviy davolash

Doksorubisin

Majmuaviy qo‘llanilganda dosetaksel doksorubisinning klirensiga va doksorubisinol (doksorubisinning metaboliti) ning darajasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganda dosetaksel, doksorubisin va siklofosfamidning farmakokinetikasini o‘zgarishi aniqlanmagan.

Kapesitabinni dosetakselning farmakokinetikasiga va aksincha ta‘sirini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan I faza klinik tadqiqotda, na kapesitabinni dosetakselning farmakokinetikasiga (Cmax va AUC), na dosetakselning kapesitabinning tegishli metaboliti – 5 ‘-DFUR (5’-dezoksi-5-ftoruridin) ning farmakokinetikasiga ta‘sirini aniqlamagan.

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanilgan dosetakselning klirensi dosetaksel bilan monoterapiyadagidek bo‘lgan. Dosetaksel infuziyasidan keyin darhol yuborilgan sisplatinning farmakokinetikasi sisplatin bilan monoterapiyadagidek bo‘lgan.

Dosetaksel, sisplatin va 5-ftorurasilni solid o‘smalari bo‘lgan 12 nafar pasientlarda majmuaviy qo‘llash bu dori preparatlarining hech qaysi birining farmakokinetikasini o‘zgartirmagan.

Deksametazon bilan standart premedikasiyadan keyin prednizonni dosetakselning farmakokinetikasiga ta‘siri 42 nafar pasientlarda o‘rganilgan. Prednizonni dosetakselning farmakokinetikasiga ta‘siri kuzatilmagan.

Qo‘llanilishi

Sut bezi raki

Dosetaksel doksorubisin va siklofosfamid bilan majmuada quyidagilari bo‘lgan pasientlarda ad‘yuvant davolash uchun buyuriladi:

  • limfa tugunlarini shikastlanishi bilan kechuvchi sut bezining operasiya qilib bo‘ladigan raki;
  • limfa tugunlarini shikastlanishisiz kechuvchi sut bezining operasiya qilib bo‘ladigan raki.

Limfa tugunlarini shikastlanishisiz kechuvchi sut bezining operasiya qilib bo‘ladigan raki bo‘lgan pasientlarda, agar pasientda sut bezi rakining erta bosqichlarini birlamchi davolash uchun qabul qilingan halqaro mezonlarga mos keluvchi ximioterapiya o‘tkazish zarur bo‘lsa, ad‘yuvant davolashni o‘tkazish kerak.

Avval kasallik tufayli davolanmagan sut bezining mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun dosetaksel doksorubisin bilan majmuada qo‘llanadi.

Antrasiklin yoki alkillovchi preparatlarni o‘z ichiga olgan samarasiz sitotoksik davolashdan keyin sut bezining mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun dosetaksel monoterapiyada buyuriladi.

Avval metastazlar tufayli ximioterapiya olmagan o‘sma xujayralarining HER-2 ekspressiyasi yuqori bo‘lgan sut bezining metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun dosetaksel trastuzumab bilan majmuada qo‘llanadi.

Antrasiklinlarni o‘z ichiga olgan samarasiz ximioterapiyadan keyin sut bezining mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun dosetaksel kapesitabin bilan majmuada buyuriladi.

O‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki

Dosetaksel samarasiz ximioterapiyadan keyin o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun buyuriladi. Agar avval ximioterapiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, dosetaksel sisplatin bilan majmuada o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan operasiya qilib bo‘lmaydigan, mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Prostata bezi raki

Dosetaksel prednizon yoki prednizolon bilan majmuada prostata bezining gormonorefrakter metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Me‘da adenokarsinomasi

Dosetaksel sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada avval metastazlar tufayli ximioterapiya olmagan me‘daning metastatik adenokarsinomasi, shu jumladan gastroezofageal soha adenokarsinomasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun buyuriladi.

Bosh va bo‘yin raki

Dosetaksel sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada bosh va bo‘yinning mahalliy avj oluvchi skvamoz-xujayrali karsinomasini induksion davolash uchun ko‘rsatilgan.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dosetakselni qo‘llash sitotoksik ximioterapiyaga ixtisoslashtirilgan bo‘limlar bilan cheklanishi kerak. Dosetakselni faqat o‘smalarga qarshi ximioterapiya o‘tkazishga kompetent terapevt kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.

Tavsiya etilgan dozalar.

Sut bezi raki, o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki, me‘da raki va bosh va bo‘yin rakini davolaganda 3 kun davomida sutkada 16 mg (masalan 8 mg kuniga ikki marta) deksametazon kabi peroral qo‘llash uchun kortikosteroidlar bilan premedikasiya o‘tkazish mumkin (agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa); birinchi dozani dosetakselni birinchi marta yuborishdan 1 kun oldin qabul qilinadi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Dosetaksel toksikligining gematologik ko‘rinishlari xavfini kamaytirish uchun granulositar koloniya-rag‘batlantiruvchi faktor (G-KRF) ni profilaktik qo‘llash mumkin.

Prostata bezi rakini davolaganda prednizon yoki prednizolonni bir vaqtda qo‘llashni hisobga olib peroral deksametazon bilan tavsiya etilgan premedikasiya tartibi 8 mg preparatni dosetakselning birinchi infuziyasidan 12 soat, 3 soat va 1 soat oldin qabul qilishni o‘z ichiga oladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Dosetaksel har 3 haftada bir soat davomida infuzion yuboriladi.

Sut bezi raki.

Limfatik tugunlarni shikastlanishi bilan yoki usiz kechuvchi sut bezining operasiya qilib bo‘ladigan rakini ad‘yuvant davolaganda dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, u har 3 haftada doksorubisin (50 mg/m2) va siklofosfamid (500 mg/m2) qo‘llanilgandan 1 soatdan keyin yuboriladi, umumiy 6 sikllar (shuningdek «Davolash vaqtida dozaga tuzatish kiritish» kichik bo‘limiga qarang).

Sut bezining mahalliy avj oluvchi yoki metastatik raki bo‘lgan pasientlarni davolash uchun monoterapiya uchun dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 100 mg/m2 ni tashkil qiladi. Birinchi qator davolash sifatida 75 mg/m2 dosetaksel doksorubisin (50 mg/m2) bilan mamjuada qo‘llanadi.

Trastuzumab (har hafta yuboriladigan) bilan majmuada dosetaksel har 3 haftada 100 mg/m2 tavsiya etilgan dozada qo‘llanadi. Dosetakselning asosiy tadqiqotida preparatning birinchi infuziyasi trastuzumabning birinchi dozasi yuborilgandan keyingi kuni o‘tkazilgan. Keyinchalik dosetakselning dozalari, agar yuborilgan trastuzumab bemor tomonidan yaxshi o‘zlashtirilsa, trastuzumab infuziyasi yakunlanishi bilanoq buyurilgan.

Kapesitabin bilan majmuada dosetakselhar 3 haftada 75 mg/m2 tavsiya etilgan dozada qo‘llanadi; bunda kapesitabin 1250 mg/m2 dozada kuniga ikki marta (ovqatdan keyin ko‘pi bilan 30 minutdan keyin) 2 hafta davomida, keyinchalik 1 haftalik tanaffus bilan yuborilgan.

O‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki.

Avval ximioterapiya olmagan o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan pasientlarni davolaganda dosetakselni 75 mg/m2dozada qo‘llash tavsiya etiladi, shundan so‘ng 30-60 minut davomida 75 mg/m2sisplatin yuboriladi. Platina asosidagi ximioterapiya samarasiz bo‘lgan pasientlarni davolash uchun 75 mg/m2 dozada dosetaksel bilan monoterapiya tavsiya etilgan.

Prostata bezi raki.

Dosetakselning tavsiya etilgandozasi 75 mg/m2ni tashkil etadi. Bunda shuningdek 5 mg prednizon yoki prednizolon kuniga ikki marta peroral uzluksiz kurs bilan buyuriladi («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang).

Me‘da asinokarsinomasi.

Dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi, u 1 soat davomida infuzion yuboriladi, undan keyin darhol 1-3 soat davomida 75 mg/m2 sisplatin infuzion buyuriladi (ikkila preparat faqat siklning 1-chi kuni qo‘llanadi); sisplatinni yuborish yakunlaganidan keyin darhol 5-ftorurasil (sutkada
750 mg/m2) buyuriladi, u uzluksiz 5 sutka davom etadi. Bu sikl har 3 haftada takrorlanadi. Bunda pasientlar sisplatinni yuborish fonida antiemetik preparatlar bilan premedikasiya va tegishli gidratasiya (etarli miqdorda suyuqlik qabul qilish) olishlari kerak. Ximioterapiyaning toksikligining gematologik ko‘rinishlari xavfini kamaytirish uchun G-KRF ni profilaktik qo‘llash kerak («Davolash vaqtida dozaga tuzatish kiritish» kichik bo‘limiga qarang).

Bosh va bo‘yin raki.

Pasientlar antiemetik preparatlar bilan premedikasiya va tegishli gidratasiya (etarli miqdorda suyuqlik qabul qilish) olishlari kerak.Ximioterapiyaning toksikligining gematologik ko‘rinishlari xavfini kamaytirish uchun G-KRF ni profilaktik qo‘llash mumkin. TAX 323 va TAX 324 klinik tadqiqotlarda dosetaksel buyurilgan guruh tarkibida ishtirok etgan barcha pasientlar profilaktika maqsadida antibiotiklar qabul qilishgan.

  • Induksion ximioterapiya, undan keyin nur bilan davolash buyuriladi (TAX 323 tadqiqotiga muvofiq). Bosh va bo‘yinning operasiya qilib bo‘lmaydigan mahalliy avj oluvchi skvamoz-xujayrali karsinomasini (BBSXK) induksion ximioterapiyasi uchun dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, u 1 soat davomida infuzion yuboriladi, undan keyin siklning 1-chi kuni 75 mg/m2sisplatin 1-3 soat davomida infuzion buyuriladi; sisplatinni yuborish yakunlanishi bilan darhol 5-ftorurasil (sutkada 750 mg/m2) infuziyasi boshlanadi, u uzluksiz 5 kun davom etadi. Bunday tartibda bu preparatlar har 3 haftada 4 sikl davomida buyuriladi. Ximioterapiyadan keyin pasientlar nur bilan davolashni olishlari kerak.
  • Induksion ximioterapiya, undan keyin ximioradioterapiya buyuriladi (TAX 324 tadqiqot ma‘lumotlariga muvofiq). Mahalliy avj oluvchi BBSXK ni (texnik rezeksiya qilib bo‘lmaydigan, jarroxlik yo‘li bilan davolash ehtimoli past yoki a‘zoni saqlab qolish bilan yondoshish talab etiladigan) induksion ximioterapiya uchun dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil qiladi, undan keyin siklning 1-chi kuni 100 mg/m2 sisplatin0,5-3 soat davomida infuzion buyuriladi; sisplatinni yuborish yakunlanishi bilan darhol 5-ftorurasil (sutkada 1000 mg/m2) infuziyasi boshlanadi, u uzluksiz 4 kun davom etadi.Bunday tartibda bu preparatlar har 3 haftada 5 sikl davomida buyuriladi. Ximioterapiyadan keyin pasientlar ximioradioterapiya olishlari kerak.

Davolash vaqtida dozaga tuzatish kiritish.

Umumiy prinsiplar

Neytrofillar soni ≥1500 xujayra/mm3 bo‘lganda dosetakselni qo‘llash mumkin. Agar dosetaksel bilan davolash fonida yoki febril neytropeniya rivojlansa, yoki bir haftadan ortiq davomida neytrofillar soni <500 xujayra/mm3 ni tashkil qilsa, yoki teri tomonidan o‘tkir og‘ir kumulyativ reaksiyalar yuzaga kelsa yoki avj olsa, yoki periferik neyropatiya ahamiyatli darajada namoyon bo‘lsa, dosetakselning dozasini 100 dan 75 mg/m2 gacha yoki 75 dan 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. Agar 60 mg/m2 dozani qo‘llash fonida shunday reaksiyalar kuzatilsa, preparatni bekor qilish kerak.

Sut bezi rakini ad‘yuvant davolash

Dosetaksel, doksorubisin va siklofosfamid (TAS sxema) bilan ad‘yuvant davolanayotgan pasientlarda G-KRF yordamida birlamchi profilaktikani maqsadga muvofiqligini baholash kerak. Febril neytropeniya va/yoki neytropenik infeksiya rivojlangan pasientlarda davolashning barcha keyingi sikllarida dosetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limlariga qarang). 3 yoki 4 yaqqollik darajasidagi stomatit rivojlangan pasientlarda dosetakselning dozasini 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak.

Sisplatin bilan majmuada

Sisplatin bilan majmuada 75 mg/m2 dozada dosetakselni qabul qilish fonida avvalgi kurs vaqtida leykositlarning darajasini pasayish cho‘qqisi <25 000 xujayra/mm3 bo‘lgan pasientlarda, dosetakselni qabul qilish fonida febril neytropeniya rivojlangan pasientlarda, shuningdek preparatning jiddiy nogematologik ko‘rinishlari yuzaga kelgan pasientlarda keyingi kurslarda dosetakselning dozasini 65 mg/m2 gacha kamaytirish kerak.

Kapesitabin bilan majmuada

Kapesitabinning dozasiga tuzatish kiritishning xususiyatlari kapesitabin dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha tegishli yo‘riqnomasida ta‘riflangan.

II darajadagi toksiklik ko‘rinishlari birinchi marta yuzaga kelgan va dosetaksel/kapesitabinni keyingi yuborish vaqtida ham saqlanib qolgan pasientlarda, toksiklik ko‘rinishlari 0-I darajagacha pasaymaguncha davolashni to‘xtatish kerak, so‘ngra esa preparatlarni 100% dastlabki dozada qo‘llashni takroran boshlash kerak.

Davolash sikli davomida har qanday vaqtda II darajadagi toksiklik ko‘rinishlari ikkinchi marta yuzaga kelgan yoki III darajadagi toksiklik ko‘rinishlari birinchi marta yuzaga kelgan pasientlarda toksiklik ko‘rinishlari 0-I darajagacha pasaymaguncha davolashni to‘xtatish kerak, so‘ngra esa dosetakselni 55 mg/m2 dozada qo‘llab davolashni takroran boshlash kerak.

Toksik ko‘rinishlarni keyingi yuzaga kelishlarida yoki agar IV darajadagi toksiklik ko‘rinishlari yuzaga kelsa, dosetaksel bilan davolashni bekor qilish kerak.

Trastuzumabning dozasiga tuzatish kiritishning xususiyatlari trastuzumab dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha tegishli yo‘riqnomasida ta‘riflangan.

Sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada. Agar G-KRF qabul qilishga qaramasdan pasientda febril neytropeniya, davomli neytropeniya yoki neytropeniya fonida infeksiya epizodlari rivojlansa, dosetakselning dozasini 75 dan 60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. Agar keyinchalik asoratlangan neytropeniya epizodlari rivojlansa, preparatning dozasini 60 dan 45 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. Agar pasientda IV og‘irlik darajasidagi trombositopeniya epizodi rivojlansa, dosetakselning dozasini 75 dan
60 mg/m2 gacha kamaytirish kerak. Qonda neytrofillar darajasi >1500 xujayra/mm3, trombositlar – >100 000 xujayra/mm3 darajagacha qaytmaguncha, keyingi sikllarda davolash kursini takrorlash mumkin emas. Agar toksiklik ko‘rinishlari bunday choralardan keyin ham saqlanib qolsa, dosetaksel bilan davolashni bekor qilish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

1 jadval. Dosetaksel, sisplatin va 5-ftorurasil majmuasini qabul qilayotgan pasientlarda ximiopreparatlarning dozasiga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiya etilgan choralar

Toksiklik ko‘rinishlari Dozalarga tuzatish kiritish
ІІІ og‘irlik darajasidagi diareya Birinchi epizod: 5-ftorurasilning dozasini 20% ga kamaytirish.

Ikkinchi epizod: dosetakselning dozasini 20% ga kamaytirish.

ІV og‘irlik darajasidagi diareya birinchi epizod:  dosetaksel va 5-ftorurasilning dozalarini 20% ga kamaytirish.

Ikkinchi epizod: davolashni bekor qilish.

ІІІ og‘irlik darajasidagi stomatit yoki shilliq qavatlarning yallig‘lanish jarayonlari Birinchi epizod: 5-ftorurasilning dozasini 20% ga kamaytirish.

Ikkinchi epizod: davolashning keyingi barcha sikllarida 5-ftorurasilni bekor qilish.

Uchinchi epizod: dosetakselning dozasini 20% ga kamaytirish.

ІV og‘irlik darajasidagi stomatit yoki shilliq qavatlarning yallig‘lanish jarayonlari Birinchi epizod: davolashning keyingi barcha sikllarida 5-ftorurasilni bekor qilish.

Ikkinchi epizod: dosetakselning dozasini 20% ga kamaytirish.

Sisplatin va 5-ftorurasilning dozalariga tuzatish kiritish xususiyatlari tegishli dori vositalarini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarida ta‘riflangan. Dosetakselning asosiy tadqiqotlarida BBSXK ni davolash fonida asoratlangan neytropeniya (shu jumladan davomli neytropeniya, febril neytropeniya yoki infeksion kasalliklar) rivojlangan pasientlarda ximioterapiyaning barcha keyingi sikllarida G-KRF (masalan siklni 6-chi dan 15-chi sutkasigacha) profilaktik qo‘llash tavsiya etilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

100 mg/m2 dozada bu preparat bilan monoterapiya sharoitida dosetakselning farmakokinetikasini o‘rganish yuzasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, transaminazalar (ALT va/yoki AST) darajasi normaning yuqori chegarasi (NYUCH) ga nisbatan 1,5 martadan ko‘proqqa oshgan, shuningdek ishqoriy fosfotaza – NYUCH ga nisbatan 2 martadan ko‘proqqa oshgan pasientlar uchun dosetakselning tavsiya etilgan dozasi 75 mg/m2 ni tashkil etadi. Ishqoriy fosfotaza darajasini NYUCH ga nisbatan 6 martadan ko‘proqqa oshishi bilan kechuvchi zardobda bilirubin (>NYUCH) va/yoki ALT va AST darajasini NYUCH ga nisbatan 3,5 martadan ko‘proqqa oshishi kuzatiladigan pasientlar uchun dozani kamaytirish tavsiya etilmaydi, lekin umuman olganda agar juda zarur bo‘lmasa, dosetakselni qo‘llash mumkin emas.

Me‘da adenokarsinomasi bo‘lgan bemorlarda dosetakselni sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada o‘tkazilgan asosiy klinik tadqiqotda tadqiqotdan chiqarishning mezonlaridan biri bo‘lib ALT va/yoki AST darajasini NYUCH ga nisbatan 1,5 martadan ko‘proqqa oshishi, ishqoriy fosfotaza darajasini – 2,5 martadan ko‘proqqa oshishi hisoblanadi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Populyasion farmakokinetik tahlil natijalariga ko‘ra, preparatni keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llash yuzasidan maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

60 yoshdan oshgan pasientlarda dosetakselni kapesitabin bilan majmuaviy qo‘llaganda kapesibinning boshlang‘ich dozasini 75% gacha kamaytirish tavsiya etiladi.

Bolalar

Bu toifadagi bemorlar uchun preparatning xavfsizligi va/yoki samaradorligi yuzasidan isbotlovchi ma‘lumotlar cheklanganligi tufayli, bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bolalar uchun preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan tadqiqot natijalari olinmagan. 1 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda burun-halqum karsinomasini davolash uchun preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. ІІ va ІІІ ipdagi burun-halqumning past differensirovkalangan karsinomasidan tashqari sut bezi raki, o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki, prostata bezi raki, shuningdek bosh va bo‘yin rakini davolash uchun preparatni bolalarda qo‘llash haqidagi ahmiyatli dalillari yo‘q.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha ko‘rsatmalar uchun preparatning xavfsizligi profilining umumlashtirilgan ma‘lumotlari.

Ehtimol dosetakselni qo‘llash bilan bog‘liq deb baholangan nojo‘ya reaksiyalar haqidagi ma‘lumotlar quyidagi pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan:

  • 100 mg/m2 va 75 mg/m2 dozalarda dosetakselni monoterapiya sifatida qabul qilgan muvofiq ravishda 1312 va 121 nafar pasientlar;
  • Dosetakselni doksorubisin bilan majmuada qabul qilgan 258 nafar pasientlar;
  • Dosetakselni sisplatin bilan majmuada qabul qilgan 406 nafar pasientlar;
  • Dosetakselni trastuzumab bilan majmuada qabul qilgan 92 nafar pasientlar;
  • Dosetakselni kapesitabin bilan majmuada qabul qilgan 255 nafar pasientlar;
  • Dosetakselni prednizon yoki prednizolon bilan majmuada qabul qilgan 332 nafar pasientlar (davolash bilan bog‘liq klinik ahamiyatli nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan);
  • Dosetakselni doksorubisin va siklofosfamid bilan majmuada qabul qilgan 1276 nafar (744 va 532 nafar pasientlar muvofiq ravishda TAX 316 va GEICAM 9805 tadqiqotlarida) pasientlar (davolash bilan bog‘liq klinik ahamiyatli nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan);
  • Dosetakselni sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada qabul qilgan me‘da adenokarsinomasi bo‘lgan 300 nafar (221 nafar pasientlar preparatning klinik tadqiqotlarining III fazasi qismida va 79 nafar pasientlar II fazasi qismida) pasientlar (davolash bilan bog‘liq klinik ahamiyatli nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan);
  • Dosetakselni sisplatin va 5-ftorurasil bilan majmuada qabul qilgan bosh va bo‘yin raki bo‘lgan 174 va 251 nafar pasientlar (davolash bilan bog‘liq klinik ahamiyatli nojo‘ya reaksiyalar keltirilgan).

Bu reaksiyalar Kanadaning Milliy onkologik institutining toksiklikning umumiy mezonlari [National Cancer Institute, NCI] (3 yaqqollik darajasi= G3; 3-4 yaqqollik darajasi = G3/4; 4 yaqqollik darajasi = G4), nojo‘ya reaksiyalar terminlar lug‘ati uchun kodlashtirish simvollari (COSTART) va normativ-huquqiy faoliyatning Tibbiy lug‘ati terminlari yordamida ta‘riflangan.

Nojo‘ya samaralar rivojlanishi tez-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), tez-tez emas (>1/1000 va <1/100), kam hollarda (>1/10 000 va <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Har bir guruh tarkibida nojo‘ya samaralar jiddiyligini kamayishi tartibida keltirilgan.

Dosetaksel bilan monoterapiya fonida ko‘pincha yuzaga kelgan nojo‘ya reaksiyalar: neytropeniya (qaytuvchan va nokumulyativ xarakterga ega; qonda neytrofillar sonini kamayishining o‘rtacha cho‘qqisi 7-chi sutkada kuzatiladi; og‘ir neytropeniyaning (<500 xujayra/mm3) davomiyligi 7 kunni tashkil qiladi), anemiya, alopesiya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, diareya, asteniya. Dosetakselni qo‘llash bilan bog‘liq nojo‘ya ko‘rinishlarning yaqqolligi preparatni ximioterapiya uchun boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llaganda oshishi mumkin. Dosetakselni trastuzumab bilan majmuada qo‘llaganda nojo‘ya samaralar (har qanday darajadagi) ≥10% pasientlarda kuzatilgan. Dosetaksel bilan monoterapiyaga nisbatan bunday majmua jiddiy nojo‘ya samaralar tez-tezligini (31% ga nisbatan 40%) va IV darajadagi nojo‘ya samaralar tez-tezligini (23% ga nisbatan 23%) oshirgan.

Dosetakselni qo‘llaganda ko‘pincha quyida ta‘riflangan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan:

Immun tizimi tomonidan buzilishlar. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari odatda dosetaksel infuziyasi boshlanganidan keyin bir necha minut davomida rivojlangan va og‘irlik darajasi bo‘yicha yengildan to o‘rtacha darajagacha o‘zgargan. Ko‘pincha terini qizarishi, toshma (teri qichishish bilan yoki usiz), ko‘krakda qisilish hissi, belda og‘riq, hansirash, isitma yoki qaltirash kabi simptomlar haqida xabar berilgan. Og‘ir nojo‘ya reaksiyalar arterial gipotenziya va/yoki bronxospazm yoki tarqalgan toshma/eritema ko‘rinishida namoyon bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Og‘ir periferik neyrotoksik reaksiyalarni rivojlanishi preparatning dozasini kamaytirishni talab etadi (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limlariga qarang). Yengil va o‘rtacha darajadagi neyrosensor reaksiyalar ko‘rinishlari paresteziya, dizesteziya yoki og‘riq hislari, shu jumladan achishish hissini o‘z ichiga olgan. Neyromotor reaksiyalar umumiy xolsizlik bilan namoyon bo‘lgan.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar. Odatda og‘irlik darajasi yengil yoki o‘rtacha bo‘lgan teri tomonidan qaytuvchan reaksiyalar kuzatilgan. Bu reaksiyalar toshma, shu jumladan pashja va qo‘l kaftlaridagi chegaralangan (shu jumladan kaft-panja sindromi), shuningdek qo‘llarda, yuzda yoki ko‘krak qafasida namoyon bo‘lgan, ular ko‘pincha qichishish bilan kechgan. Ko‘pincha toshma dosetaksel infuziyasidan keyin bir hafta davomida namoyon bo‘lgan. Og‘ir ko‘rinishlar, masalan ayrim hollarda davolashni vaqtincha to‘xtatish yoki dosetakselni to‘liq bekor qilishga olib keluvchi keyinchalik epiteliy deskvamasiyasi bilan kechuvchi toshma kam hollarda namoyon bo‘lgan (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlariga qarang). Tirnoqlarning jiddiy shikastlanishi pipo- yoki giperpigmentasiya, ayrim hollarda – og‘riq va onixolizis bilan namoyon bo‘lgan.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar. Preparatni yuborish joyidagi reaksiyalar asosan yengil bo‘lgan va giperpigmentasiya, yallig‘lanish, qizarish yoki terini qurishi, flebit yoki qon quyilishi va preparat infuziyasi amalga oshirilgan venani shishi bilan namoyon bo‘lgan.

Organizmda suyuqlikni tutilishi holatlari periferik shishlar, kam hollarda plevral yoki perikardial suyuqlikni to‘planishi, assit va tana vaznini oshishi kabi ko‘rinishlar bilan namoyon bo‘lgan. Periferik shishlar ko‘pincha oyoqlardan boshlangan va tana vaznini 3 kg va undan ko‘proqqa oshishiga olib keluvchi tarqalgan xarakterga ega bo‘lgan. Suyuqlikni tutilishi, bu nojo‘ya ko‘rinish rivojlanishi tez-tezligi yuzasidan ham, uning yaqqollik darajasi yuzasidan ham kumulyativ xarakterga ega (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

2 jadval. 100 mg/m2 dozada dosetaksel preparatini monoterapiya sifatida qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchramay-digan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasalliklar (G3/4: 5,7%; shu jumladan sepsis va pnevmoniya, o‘limga olib kelgan holatlar – 1,7% holatlar) G4 neytropeniya bilan bog‘liq infeksiyalar

(G3/4: 4,6%)

 
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G4: 76,4%);
anemiya (G3/4: 8.9%);
febril neytropeniya
Trombositopeniya

(G4: 0,2%)

 
Immun tizimi tomonidan buzilishlar O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (G3/4: 5,3%)    
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya    
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Periferik sensor neyropatiya (G3: 4,1%);
periferik motor neyropatiya (G3/4: 4%);
disgevziya (og‘ir: 0,07%)
   
Yurak tomonidan buzilishlar   Aritmiya (G3/4: 0,7%) Yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar   Arterial gipotenziya;
arterial gipertenziya;

Gemorragik asoratlar

 
Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Hansirash (og‘ir: 2,7%)    
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan buzilishlar Stomatit (G3/4: 5,3%);

diareya (G3/4: 4%);
ko‘ngil aynishi (G3/4: 4%);
qusish (G3/4: 3%)

qabziyat (og‘ir: 0,2%);
qorinda og‘riq

(og‘ir: 1%);
me‘da-ichakdan qon ketishi (og‘ir: 0,3%)

Ezofagit

(og‘ir: 0,4%)

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Alopesiya;
teri reaksiyalari

(G3/4: 5,9%);
tirnoqlarni shikastlanishi

(og‘ir: 2,6%)

   
Tayanch-harakat appa-rati va biriktiruv-chi to‘qima tomoni-dan buzilishlar Mialgiya (og‘ir: 1,4%) Artralgiya  
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Organizmda suyuqlikni tutilishi (og‘ir: 6,5%);

asteniya (og‘ir: 11,2%);

og‘riq

Preparat yuborilgandan keyin mahalliy reaksiyalar;

Ko‘krakda nokardial og‘riq (og‘ir: 0,4%)

 
Tekshiruv natijalari   G3/4 qonda bilirubin darajasini oshishi (<5%);

G3/4 ishqoriy fosfataza darajasini oshishi (<4%);

G3/4 AST darajasini oshishi (<3%);
G3/4 ALT darajasini oshishi (<2%)

 

100 mg/m2 dozada dosetaksel preparatini monoterapiya sifatida qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar. Kam hollarda: ІІІ/ІV darajadagi trombositopeniya fonida qon ketishi yoki qon quyilishi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. 100 mg/m2 dozada dosetaksel preparatini monoterapiyadan keyin 35,3% pasientlarda rivojlangan nerv tizimini qaytuvchan shikastlanishi yuzasidan ma‘lumotlar ma‘lum. Bu buzilishlar 3 oy davomida o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: tadqiqotning yakunida qaytmas alopesiya rivojlanishining bir holati haqida ma‘lum. Teri tomonidan reaksiyalarning 73% qaytuvchan bo‘lgan va 21 sutka davomida yo‘q bo‘lgan.

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar. Preparatni bekor qilguncha bo‘lgan o‘rtacha kumulyativ doza 1000 mg/m2 ni, organizmda suyuqlikni qaytuvchan tutilishigacha bo‘lgan vaqt esa – 16,4 hafta (0 dan 42 haftagacha) ni tashkil qilgan. Premedikasiya o‘tkazilmagan pasientlarga nisbatan (o‘rtacha kumulyativ doza – 489,7 mg/m2) premedikasiya olgan pasientlarda (o‘rtacha kumulyativ doza – 818,9 mg/m2) o‘rtacha va og‘ir darajadagi organizmda suyuqlikni tutilishi kechroq rivojlangan; lekin davolashning erta kurslari vaqtida bu nojo‘ya ko‘rinishni paydo bo‘lishining bir necha holatlari haqida xabar berilgan.

3 jadval. 75 mg/m2 dozada dosetaksel preparatini monoterapiya sifatida qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasalliklar (G3/4: 5%)  
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G4: 54,2%);

anemiya (G3/4: 10,8%); trombositopeniya (G4: 1,7%)

Febril neytropeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar   O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (og‘ir holatlar kuzatilmagan)
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya  
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Periferik sensor neyropatiya (G3/4: 0,8%) Periferik motor neyropatiya (G3/4: 2,5%)
Yurak tomonidan buzilishlar   Aritmiya (og‘ir holatlar kuzatilmagan)
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar   Arterial gipotenziya
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi (G3/4: 3,3%);
stomatit (G3/4: 1,7%);
qusish (G3/4: 0,8%);
diareya (G3/4: 1,7%)
Qabziyat
Teri va teri osti kletchat-kasi tomonidan buzilishlar Alopesiya;
teri reaksiyalari (G3/4: 0,8%)
Tirnoqlarni shikastlanishi (og‘ir: 0,8%)
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan   Mialgiya
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Asteniya (og‘ir: 12,4%);
organizmda suyuqlikni tutilishi (og‘ir: 0,8%); og‘riq
 
Tekshiruv natijalari   G3/4 qonda bilirubin darajasini oshishi (<2%)

4 jadval. 75 mg/m2 dozada dosetakselni doksorubisin bilan majmuada qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasallik-lar (G3/4: 7,8%)    
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya

(G4: 91,7%); anemiya (G3/4: 9,4%);
febril neytropeniya;
trombositopeniya

(G4: 0,8%)

   
Immun tizimi tomo-nidan buzilishlar   O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (G3/4: 1,2%)  
Metabolik va nutritiv buzilishlar   Anoreksiya  
Nerv tizimi tomoni-dan buzilishlar Periferik sensor neyropatiya (G3: 0,4%) Periferik motor neyropatiya

(G3/4: 0,4%)

 
Yurak tomonidan buzilishlar   Yurak yetishmovchiligi;

aritmiya (og‘ir holatlar kuzatilmagan)

 
Qon tomirlar tomo-nidan buzilishlar     Arterial gipotenziya
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi (G3/4: 5%);
stomatit (G3/4: 7,8%);
diareya (G3/4: 6,2%);
qusish (G3/4: 5%);
qabziyat
   
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Alopesiya; tirnoqlarni shikastlanishi

(og‘ir: 0,4%);
teri reaksiyalari (og‘ir holatlar kuzatilmagan)

   
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan   Mialgiya  
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Asteniya (og‘ir: 8,1%); organizmda suyuq-likni tutilishi (og‘ir: 1,2%); og‘riq Preparat yuborilgandan keyin mahalliy reaksiyalar  
Tekshiruv natijalari   G3/4 qonda bilirubin darajasini oshishi (<2,5%);

G3/4 ishqoriy fosfataza darajasini oshishi (<2,5%)

G3/4 AST daraja-sini oshishi (<1%); G3/4 ALT darajasini oshishi (<1%)

5 jadval. 75 mg/m2 dozada dosetakselni sisplatin bilan majmuada qo‘llanilganda o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchray-digan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasalliklar

(G3/4: 5,7%)

   
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G4: 51,5%);
anemiya (G3/4: 6,9%);
trombositopeniya (G4: 0,5%)
Febril neytropeniya  
Immun tizimi tomo-nidan buzilishlar O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (G3/4: 2,5%)    
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya    
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Periferik sensor neyropatiya (G3: 3,7%);
periferik motor neyropatiya (G3/4: 2%)
   
Yurak tomonidan buzilishlar   Aritmiya

(G3/4: 0,7%)

Yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar   Arterial gipotenziya

(G3/4: 0,7%)

 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi (G3/4: 9,6%);
qusish (G3/4: 7,6%);
diareya (G3/4: 6,4%);
stomatit (G3/4: 2%)
Qabziyat  
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Alopesiya; tirnoqlarni shikastlanishi (og‘ir: 0,7%);
teri reaksiyalari

(G3/4: 0,2%)

   
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan Mialgiya (og‘ir:

0,5%)

   
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Asteniya (og‘ir:

9,9%); organizmda suyuqlikni tutilishi (og‘ir: 0,7%);
isitma (G3/4: 1,2%)

Preparat yuborilgandan keyin mahalliy reaksiyalar;
og‘riq
 
Tekshiruv natijalari   G3/4 qonda bili-rubin darajasini oshishi (2,1%);

G3/4  ALT darajasini oshishi (1,3%)

G3/4 AST daraja-sini oshishi (0,5%);

G3/4 ishqoriy fosfataza darajasini oshishi (0,3%)

6 jadval. 100 mg/m2 dozada dosetakselni trastuzumab bilan majmuada qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G3/4: 32%); febril neytro-peniya (shu jumladan isitma va antibiotik-larni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan neytropeniya) yoki neytropenik sepsis  
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya  
Ruhiyat tomonidan buzilishlar Uyqusizlik  
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Paresteziya; bosh og‘rig‘i; disgevziya; gipesteziya  
Yurak tomonidan buzilishlar   Yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar Limfedema  
Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Burundan qon ketishi; faringolaringeal og‘riq; nazofaringit; hansirash;
yo‘tal; rinoreya
 
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi; diareya;qusish; qabziyat; stomatit; dispepsiya; qorinda og‘riq  
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Alopesiya; eritema; toshma; tirnoqlarni shikastlanishi  
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan Mialgiya; artralgiya; qo‘l-oyoqda og‘riq; suyakda og‘riq; belda og‘riq  
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Asteniya; periferik shishlar; isitma; yuqori toliqish; shilliq qavatlarni yallig‘lanishi; og‘riq; o‘tkir respirator kasallik; ko‘krakda og‘riq; qaltirash Letargiya
Tekshiruv natijalari Tana vaznini oshishi  

100 mg/m2 dozada dosetakselni trastuzumab bilan majmuada qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda tez-tez: dosetaksel bilan monoterapiyaga nisbatan trastuzumab va dosetaksel bilan majmuaviy davolashning gematologik toksikligi oshgan (agar NCI-CTC [National Cancer Institute – Common Toxicity Criteria; AQSH ning rak Milliy institutining toksiklikning umumiy qabul qilingan] mezonlari ishlatilsa, ІІІ/ІV og‘irlik darajasidagi neytropeniya rivojlanishi 22% ga nisbatan 32%). Bu toifadagi pasientlarda bu nojo‘ya ko‘rinishning rivojlanish tez-tezligi yaxshi baholanmasligi mumkinlini e‘tiborga olish kerak, chunki hatto 100 mg/m2 dozada dosetaksel monoterapiyada, mavjud ma‘lumotlarga ko‘ra 97% pasientlarda yuzaga keladi, bunda 76% da – ІV darajada (qonda neytrofillarning pasayish cho‘qqisiga muvofiq). Gerseptin va dosetaksel majmuasini qabul qilgan pasientlarda ham febril neytropeniya yoki neytropenik sepsis rivojlanishi tez-tezligi oshadi (dosetaksel bilan monoterapiyada bo‘lgan 17% pasientlarga nisbatan 23%).

Yurak tomonidan buzilishlar. Monoterapiyada bo‘lgan pasientlarda 0% holatlarga nisbatan trastuzumab va dosetaksel  majmuasini qabul qilgan 2,2% pasientlarda simptomli yurak yetishmovchiligi aniqlangan. Dosetaksel va trastuzumab buyurilgan tadqiqot guruhlarida 64% pasientlar avvalgi davolash kurslarida ad‘yuvant davolash sifatida antrasiklinlarni qabul qilishgan, ayni vaqtda dosetaksel bilan monoterapiya buyurilgan guruhda 55% pasientlar antrasiklinlarni qabul qilishgan.

7 jadval. 75 mg/m2 dozada dosetakselni kapesitabin bilan majmuada qo‘llanilganda sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar   Og‘iz shilliq qavati kandidozi (G3/4: <1%)
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G3/4: 63%); anemiya (G3/4: 10%) Trombositopeniya (G3/4: 3%)
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya (G3/4: 1%);
ishtahani pasayishi
suvsizlanish (G3/4: 2%)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Disgevziya (G3/4: <1%);
paresteziya (G3/4: <1%)
Bosh aylanishi;
bosh og‘rig‘i (G3/4: <1%);

periferik neyropatiya

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar Lakrimasiya  
Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Faringolaringeal og‘riq (G3/4: 2%) hansirash (G3/4: 1%);
yo‘tal (G3/4: <1%);
burundan qon ketishi (G3/4:

<1%)

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Stomatit (G3/4: 18%);
diareya (G3/4: 14%);
ko‘ngil aynishi (G3/4: 6%);
qusish (G3/4: 4%);
qabziyat (G3/4: 1%);
qorinda og‘riq (G3/4: 2%);
dispepsiya
Qorinning yuqori qismida og‘riq;
og‘izni qurishi
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Kaft-panja sindromi (G3/4: 24%);

alopesiya (G3/4: 6%);

tirnoqlarni shikastlanishi (G3/4: 2%)

Dermatit;
eritematoz toshma (G3/4: <1%);

Tirnoqlar rangini o‘zgarishi;
onixolizis (G3/4: 1%)

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan Mialgiya (G3/4: 2%);
artralgiya (G3/4: 1%)
Qo‘l-oyoqda og‘riq (G3/4:

<1%);

Belda og‘riq (G3/4: 1%)

Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Asteniya (G3/4: 3%);
isitma (G3/4: 1%);
yuqori toliqish/ umumiy holsizlik (G3/4: 5%);

Periferik shishlar (G3/4: 1%)

Letargiya;
og‘riq
Tekshiruv natijalari   Tana vaznini kamayishi;
qonda bilirubin darajasini oshishi (G3/4:9%)

8 jadval. 75 mg/m2 dozada dosetakselni prednizon yoki prednizolon bilan majmuada qo‘llanilganda prostata bezining raki bo‘lgan pasientlarda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasalliklar (G3/4: 3,3%)  
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Neytropeniya (G3/4: 32%);
anemiya (G3/4: 4,9%)
Trombositopeniya (G3/4:

0,6%);
febril neytropeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar   O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (G3/4: 0,6%)
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya (G3/4: 0,6%)  
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Periferik sensor neyropatiya (G3/4: 1,2%);

disgevziya (G3/4: 0%)

Periferik motor neyropatiya (G3/4: 0%)
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar

 

  Lakrimasiya (G3/4: 0,6%)
Yurak tomonidan buzilishlar   Chap qorincha funksiyasini yomonlashishi (G3/4: 0,3%)
Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar   Burundan qon ketishi (G3/4: 0%);
hansirash (G3/4: 0,6%);
yo‘tal (G3/4: 0%)
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi (G3/4: 2,4%);
diareya (G3/4: 1,2%);
stomatit/faringit

(G3/4: 0,9%);

qusish (G3/4: 1,2%)

 
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Alopesiya;
tirnoqlarni shikastlanishi (og‘ir holatlar kuzatilmagan)
Kepaklanish bilan kechuvchi toshma (G3/4: 0,3%)
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan   Artralgiya (G3/4: 0,3%);
mialgiya (G3/4: 0,3%)
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar Yuqori toliqish (G3/4: 3,9%);

Organizmda suyuqlikni tutilishi (og‘ir: 0,6%)

 

9 jadval. Limfatik tugunlariga metastazlari bo‘lgan (TAX 316 tadqiqoti) va usiz (GEICAM 9805 tadqiqoti) sut bezining raki bo‘lgan pasientlarda 75 mg/m2 dozada dosetaksel preparatini doksorubisin va siklofosfamid bilan majmuada qo‘llanilganda qayd etilgan nojo‘ya reaksiyalar – umumlashtiruvchi ma‘lumotlar

MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ko‘rinishlar
Infeksion va parazitar kasalliklar Infeksion kasallik-lar (G3/4: 2,4%);

neytropenik infek-siyalar (G3/4: 2,6%);

   
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar Anemiya (G3/4: 3%);
neytropeniya

(G3/4: 59,2%);
trombositopeniya (G3/4: 1,6%);

febril neytropeniya (G3/4:NZ)

   
Immun tizimi tomonidan buzilishlar   O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

(G3/4: 0,6%)

 
Metabolik va nutritiv buzilishlar Anoreksiya

(G3/4: 1,5%)

   
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Disgevziya

(G3/4: 0,6%);

periferik sensor neyropatiya (G3/4: <0,1%);

Periferik motor neyropatiya (G3/4: 0%);
neyrokortikal buzilishlar (G3/4:

0,3%);
miyacha buzilishlari (G3/4: 0,1%)

Sinkope (G3/4: 0%);

Neyrotoksiklik ko‘rinishlari (G3/4: 0%);

uyquchanlik (G3/4:

0%)

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar Kon‘yunktivit

(G3/4: <0,1%);

Lakrimasiya

(G3/4: <0,1%)

 
Yurak tomonidan buzilishlar   Aritmiya (G3/4: 0,2%);

Dimlangan yurak yetishmovchiligi

 
Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar Vazodilatasiya

(G3/4: 0,5%)

Arterial gipotenziya (G3/4: 0%); flebit (G3/4: 0%) Limfedema

(G3/4: 0%)

Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar   yo‘tal (G3/4: 0%)  
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi (G3/4: 5,0%);
stomatit (G3/4: 6,0%);
qusish (G3/4: 4,2%);
diareya (G3/4: 3,4%);
qabziyat (G3/4: 0,5%)
Qorinda og‘riq

(G3/4: 0,4%)

Kolitlar/enteritlar/ yo‘g‘on ichak perforasiyasi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 dori vositasi Dr.Reddy's Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOSETER konsentrat 1ml 20mg/ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TAKSOTER konsentrat 20mg/1ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: доцетаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: 1) Авентис Фарма (Дагенхэм), Великобритания
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
AVISEL konsentrat 120mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: доцетаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
TAKSOTER konsentrat 80mg/4ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: доцетаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aventis Pharma S.A., Франция произведено: Sanofi-Aventis Deutschland GmbH
AVISEL konsentrat 80mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: доцетаксел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LN PHARMA, Индия произведено: Admac Lifesciences
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NAYZILAT tabletkalari 600mg N10
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
KETOROL tabletkalari 10mg N20
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
SETRIN tabletkalari 10mg N20
LEVOLET infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
PLAGRIL A kapsulalar 75mg 75 mg+ 75 mg N30
VINDUZA liofilizat 100mg N1
KETOROL EKSPRESS tabletkalari 10 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
KETOROL EKSPRESS tabletkalari 10 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
REDIVEK kapsulalar 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
REDIVEK kapsulalar 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
REDIVEK kapsulalar 100mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
PEMDJEM liofilizat 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
PEMDJEM liofilizat 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9