×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKSAN kapsulalar N24

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- XXR
Faol modda:
диаммония глицирризинат
Qadoqda soni:
- 24
Ishlab chiqaruvchi:
- Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd
ATX kodi:
- A05BA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 183 ta dorixonasida topildi

ico 90 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 111 300 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 97 400 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
URSOSAN kapsulalar 250mg N100 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
380 000 s`om dan
PROLARJ granuli so vkusom limona 5g N10 Unicure (India) Pvt. Ltd. Hindiston
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50 Гриндекс, АО Latviya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EKSAN kapsulalar N24 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EKSAN®

ECSAN®

Preparatning savdo nomi: Eksan®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diammoniy glisirrizinati

Dori shakli: ichakda eruvchan kapsulalar.

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: diammoniy glisirrizinati – 50 mg;

yordamchi moddalar: kraxmal, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati, lesitin.

Ta‘rifi: korpusi limon-sariq rangli va qopqoqchasi yashil meva rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsulaning tarkibi – sariq rangli granulalar yoki kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor

ATS kodi: A05VA

Farmakologik hususiyatlari

Diammoniy glisirrizinati yallig‘lanishga qarshi samarali ta‘sir ko‘rsatadi, jigar hujayralarining membranalarini himoya qiladi va jigarning faoliyatini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng Eksan ichakda so‘riladi. Ichakda ovqat bo‘lishi preparatning biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Qon zardobida preparat maksimal konsentrasiyasiga, enterogepatik sirkulyasiya hisobiga, qabul qilingandan so‘ng 8-12 soatdan keyin erishiladi. Preparat va uning metabolitlari plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Preparatning taxminan 70% organizmdan safro orqali, 20% nafas yo‘llari orqali karbonad angidrid gazi ko‘rinishida, 2% esa siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • alaninaminotransferazaning miqdori yuqori bo‘lgan o‘tkir va surunkali gepatitlar;
  • jigar kasalliklari (alkogolli bo‘lmagan steatogepatit, jigarning yog‘li kasalligi, jigarni tuberkulyozga qarshi preparatlar ta‘sirida shikastlanishi) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 3 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Davolash kursi 3 dan 6 oygacha yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.

Me‘da yoki o‘nikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak., shuningdek dozani kuniga 3 marta 2 kapsulagacha kamaytirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi;

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tez-tez ko‘tarilib turishi;

Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida ezilish xissi bo‘lishi mumkin.

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha nojo‘ya reaksiyalar yengil holda namoyon bo‘ladi. Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • diammoniy glisirrizinatga yoki lesitinga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol gipokaliemiya, gipernatriemiya;
  • arterial gipertenziya;
  • yurak yetishmovchiligi;
  • buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Eksan preparatini boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

  1. Davolashni boshlashdan oldin arterial bosimning darajasini, qon zardobidagi kaliy va natriyning miqdorini tekshirish kerak.
  2. Eksan preparatini qo‘llash vaqtida arterial bosim oshib ketganida, gipokaliemiya rivojlanganida, qon zardobida natriy ushlanib qolganida, davolashni to‘xtatish yoki preparatning dozasini pasaytirish kerak.
  3. Me‘da yoki 12-barmoq ichak yarasi bo‘lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlik va laktasiya davri. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va go‘daklarda Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar. Yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Dori vositasini avtotransport va potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilish xususiyati. Aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Yetarli ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

12 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.

2 kontur uyali o‘ram, davlat va rus tilidagi qo‘llash uchun yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKSAN kapsulalar N24 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKSAN kapsulalar N24 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKSAN kapsulalar N24 dori vositasi Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd tomonidan XXR mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKSAN kapsulalar N24 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKSAN kapsulalar N24 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LIVERIN kapsulalar 0,1g N24
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
LIVERIN inyeksiya uchun eritma 2ml 0,6g/2ml N7
Narh: 234 800 so'mdan Batafsil
KLOSAN tabletkalari 300 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co., Ltd
Narh: 185 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9