×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Zamburug'larga qarshi vosita
Faol modda:
Аморолфин
Ishlab chiqaruvchi:
- Ro'yxatdan o'tkazilganlik guvohnomasining egasi Sandoz Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Ishlab chiqaruvchi Lek Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- D01AE16
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 62 ta dorixonasida topildi

ico 80 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 280 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PANTESEPT vaginal suppozitorlar 16mg/100mg N10 Рубикон, ООО Belarusiya
99 000 s`om dan
DERILAYF krem 50g 0,05% N1 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
68 990 s`om dan
TUNAZOL krem 15g Bilim Ilac Sanayii ve Ticaret A.S. Turkiya
64 500 s`om dan
SINAFLAN maz 15g 0,025% Dentafill Plyus ЧП O'zbekiston
3 400 s`om dan
Saqlash shartlari 30 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang. Ochilgan flakon 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi kerak.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Chiqarilish shakli
Teflon qoplamali yuqori zichlikdagi polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonlar.
2,5 ml lak saqlovchi 1 flakon maxsus buyumlari (10 lopatka-applikator, 30 tozalovchi salfetka, 30 tirnoq uchun egovcha) va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
Dori shakli: Tirnoqlar uchun lak.
Ta’sir etuvchi modda: amorolfin (amorolfin gidroxlorid ko‘rinishida).

Ushbu dori vositasi 5% amorolfin (50 mg/ml) saqlovchi tirnoqlar uchun davolovchi lakdan iborat.

2,5 ml lak 125 mg amorolfin saqlaydi (125 mg/2,5 ml), bu 139,3 mg amorolfin gidroxloridiga mos keladi.

Yordamchi moddalar: ammoniy-metakrilat sopolimeri (A tip), suvsiz etil spirti, etilatsetat, butilatsetat, triatsetin.

Amorolfin sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi. U morfolin hosilalari guruhiga mansub. Uning fungistatik va fungitsid ta’siri sterinlar biosintezini izdan chiqarish yo‘li orqali zamburug‘ xujayra membranasida o‘zgarishlarni chaqirish qobiliyati bilan bog‘liq.

Amorolfin quyidagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan samarali: 

Dermatofitlar: trixofitlar, mikrosporalar, epidermofitlar;

Achitqi zamburug‘lari: Candida, Malassezia or Pityrosporum spp., Cryptococcus;

Mog‘or zamburug‘lari: Alternaria, Hendersonula, Scopulariopsis, Scytalidium, Aspergillus;

Dematsiylar oilasiga mansub zamburug‘lar: Cladosporium, Fonsecaea, Wangiella;

Dimorf zamburug‘lar: Coccidiodes, Histoplasma, Sporothrix.

Actinomyces dan tashqari bakteriyalar amorolfinga sezgir emas.


Amorolfin lak ko‘rinishida tirnoq plastinkasi ichiga kiradi va tirnoq o‘rnidagi zamburug‘ni bartaraf etadi
Sirtga qo‘llaganda ta’sir etuvchi moddaning tizimli so‘rilishi juda past.
Hatto uzoq vaqt qo‘llaganda ham dori vositasini organizmda to‘planishining belgilari aniqlanmagan.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas (≥ 1/1000 – < 1/100): o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergik reaksiya).
Teri teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda (≥ 1/10 000 – < 1/1000): tirnoqlarni shikastlanishi, onixoklaziya (tirnoq plastinkalarini mo‘rtligi), tirnoq rangini o‘zgarishi, onixoreksis (tirnoq plastinkalarini qavatlarga ajralishi) va tirnoqlarni zaifligi.
Juda kam xollarda (< 1/10 000): terida achishish hissi.
Tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi): eritema, qichishish, kontakt dermatit, eshakemi, pufaklar.

Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Kattalarda tirnoqlarning zamburug‘li infeksiyalarini davolash uchun qo‘llanadi. Faqat, agar infeksiya tirnoqning yuqori yarmi yoki yon qirralarini shikastlagan bo‘lsa qo‘llanilsin.

Ta’sir etuvchi moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

O'zaro ta'sir qilish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Ochilgan flakon 6 oygacha saqlansin.

Tiniq eritma.


Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Lak shikastlangan qo‘l yoki oyoq tirnoqlariga xaftada 1 marta surtiladi.
Tirnoqni tayyorlash

Erituvchi yordamida avvalgi surtilgan lak qavatini olib tashlang. Yangi egovcha yordamida tirnoqning butun yuzasini, ayniqsa shikastlangan sohasini tozalang. Egovcha bilan tirnoq atrofidagi teriga tegib ketmaslikka harakat qiling.
OGOHLANTIRISH! Infeksiyani tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shikastlangan va sog‘lom tirnoqlarga bitta egovchadan foydalanmang. Sizning egovchangizdan Sizdan tashqari hech kim foydalanmasligini ta’minlang.
 
Tirnoqni tozalash
 Lakni surtish
 
Ilova qilingan salfetkalardan biri bilan tirnoqlarni tozalang va uni yog‘sizlantiring. Keyinroq lopatka-applikatorni artish uchun salfetkani saqlang.

Ko‘p martalik lopatka-applikatorlardan birini lak saqlovchi flakonga tushiring. Lakning ortiqchasini flakon devoriga surtmang.

Tirnoqning butun yuzasiga yetarli miqdorda lak surting.


Lak qurishini (3–5 minut) kuting. 
Surtilgandan keyin
Lakni har bir surtilgandan keyin lopatka-applikatorni ilova qilingan salfetka bilan sinchkovlik bilan artish juda muhim. Boshqa tirnoqlarni zararlanishini oldini olish uchun lakni har bir surtgandan keyin lopatkani artish sharti bilan uni bir necha marta ishlatish mumkin. Tirnoqlarni tozalagan salfetkani ishlating.
Shu salfetka bilan ishlov berilgan tirnoqlarga tegmang.
Agar qo‘llash vaqtida Siz lak bilan qalpoqchaning tashqi tomoniga tegib ketgan bo‘lsangiz, uni ilova qilinadigan salfetka bilan artish kerak.
Flakonni zich yoping.

Har bir shikastlangan tirnoq uchun yuqorida ta’riflangan muolajani takrorlang.

Muolaja yakunlangandan keyin qo‘llarning yuving. Agar lak qo‘l tirnoqlariga surtilgan bo‘lsa, avval uni to‘liq qurishini kuting. Qurigandan keyin lak na suv bilan, na sovun bilan yuvilmaydi, shuning uchun qo‘l va oyoqlarni odatdagidek yuvish mumkin.

Kosmetik lakni davolovchi lak surtilgandan keyin 24 soat o‘tgandan keyin ishlatish mumkin.

Keyingi surtishdan oldin lakning qoldiqlarini olib tashlangtva tirnoqqa egovcha bilan takroran ishlov bering, uni ilova qilinadigan salfetka yordamida tozalang va lakni yuqorida ta’riflangandek surting.
Shuningdek lakni olib tashlash uchun oddiy suyuqlik bilan namlangan salfetkalardan foydalanish mumkin.

Davolash davomiyligi
Davolash sog‘lom tirnoq to‘liq o‘sib chiqmaguncha uzluksiz davom ettiriladi.
Odatda davolash davomiyligi qo‘l barmoqlari tirnoqlari uchun 6 oyni va oyoq barmoqlari tirnoqlari uchun 9-12 oyni (infeksiya joylashgan joyi va shikastlangan soha maydoniga qarab) tashkil qiladi.
Agar lakni 3 oy qo‘llagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorgamurojaat eting.
Bolalar va o‘smirlar
Ekzoderil lakni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, uni bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Keksa patsiyentlar
Dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalar mavjud emas.

O‘rnatilgan kuni lakni qo‘llash o‘tkazib yuborilganda uni yodga tushishi bilanoq surting. Keyinchalik lakni avvalgidek, aynan bir xafta interval bilan surtishda davom eting.
Ushbu lakni sirtga surtgandan keyin dozani oshirib yuborilishining tizimli belgilarini rivojlanishi kutilmaydi.
Lakni to‘satdan ichga qabul qilinganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Ushbu preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashdan saqlanish kerak.

Ushbu vosita bilan davolash vaqtida o‘rnatiluvchi tirnoqlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Ekzoderil® lakning yangi qavatini surtishdan oldin tirnoq uchun har qanday lak olib tashlanishi kerak.
Kosmetik lakni Ekzoderil® lak surtilgandan keyin kamida 24 soat o‘tmasdan surtish tavsiya etilmaydi.

Organik erituvchilar bilan ishlaganda germetik qo‘lqoplarni taqish kerak, aks holda qo‘l tirnoqlariga surtilgan davolovchi lak ko‘chib ketishi mumkin.

Lakni ko‘zlarga, quloqlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Agar lak ko‘z, quloq yoki shilliq qavatlarga to‘satdan tushsa, ularni suv bilan yuving va shifokorga murojaat eting.

Periferik qon-tomirlar kasalliklari, qandli diabet, immun tizimi faoliyatini buzilishlari, tirnoqlar distrofiyasi yoki tirnoqlarning jiddiy shikastlanishlari (tirnoq plastinasi yuzasining uchdan ikki qismidan ko‘proq shikastlanishi) bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak. U davolashni va tirnoqlarni parvarish qilishni belgilaydi. Bunday xolatlarda tizimli davolash ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek davolashni boshlashdan oldin, agar tirnoqlarni shikastlanishi bo‘lsa yoki avval bo‘lgan bo‘lsa, psoriaz yoki terining boshqa surunkali kasalliklari kabi teri kasalliklari, shishlar, nafas olishni buzilishlari (sariq tirnoqlar sindromi), tirnoq sohasida og‘riq, qiyshayish (deformatsiya) yoki har qanday buzilishlar bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml dori vositasi Ro'yxatdan o'tkazilganlik guvohnomasining egasi Sandoz Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Ishlab chiqaruvchi Lek Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
OFLOMIL LAK DLYA NOGTEY 2,5ml 5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аморолфин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гленмарк Фармасьютикалз Лтд
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
EKZODERIL® eritmasi 10ml 1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Naftifin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: QAYD QILISH GUVOHNOMASINING EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI Sandoz Gmbx, Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya; Globofarm farmasoytishe Produktons und Xandelsgezellshaft MBX, Avstriyada ishlab chiqarilgan.
  • Vakil: Sandoz Pharmaceuticals d.d.
EKZODERIL® krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Naftifin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Qayd qilish guvoxnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi Sandoz Gmbx, Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya; Avstriya, Merk KGaA va ko da ishlab chiqarilgan.
  • Vakil: Sandoz Pharmaceuticals d.d.
EKZODERIL® lak 5% 2,5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аморолфин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ro'yxatdan o'tkazilganlik guvohnomasining egasi Sandoz Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya. Ishlab chiqaruvchi Lek Farmasyutikalz D. D., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
  • Vakil: Sandoz Pharmaceuticals d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9