×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Niderlandlar
Faol modda:
Рокурония бромид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon
ATX kodi:
- M03AC09
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
ALENDRA tabletkalari 70mg N4 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
105 900 s`om dan
IBRA tabletkalari N30 Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi Turkiya
78 000 s`om dan
MUSKOMED kapsulalar 8mg N20 World Medicine Ltd Buyuk Britaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ESMERON®

ESMERON

 

Preparatning savdo nomi: Esmeron®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rokuroniy bromidi

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma. pH: 3,8–4,2

Tarkibi:

Faol modda: rokuroniy bromidi 10 mg

Yordamchi moddalar: natriy asetati, natriy xloridi, konsentrasiyalangan sirka kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsizdan och jigarranggacha bo‘lgan tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: periferik ta‘sirga ega bo‘lgan qutbsizlanmaydigan miorelaksant.

ATX kodi: M03AS09

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Esmeron® (rokuroniy bromidi) – preparatlarning ushbu sinfi uchun xos bo‘lgan barcha farmakologik samaralarga (kuraresimon) ega bo‘lgan oraliq ta‘sirli tez ta‘sir qiluvchi, qutbsizlanmaydigan miorelaksantdir. U mushakdagi harakat nervining yakuniy plastinkasidagi nikotinli xolinergik reseptorlarni bloklaydi. Bu ta‘sirning antagonistlari bo‘lib neostigmin, edorfonium va piridostigmin kabi asetilxolinesteraza ingibitorlari hisoblanadi.

Farmakodinamik ta‘siri

YeD90 (tirsak nervini qo‘zg‘atuvchi bosh barmoq mushaklarining qisqarish reaksiyalarini 90% ga qisqartirish uchun zarur bo‘lgan doza) vena ichiga umumiy anesteziyada taxminan
0,3 mg/kg -1 rokuroniy bromidini tashkil qiladi. ED95 chaqaloqlar va bolalarga qaraganda pastroq bo‘ladi (mos ravishda 0,25, 0,35 va 0,40 mg/kg -1).

Rokuroniy bromidining 0,6 mg/kg-1 dozasida klinik davomiyligi (skelet mushaklarining qisqarish qobiliyatini spontan nazorat darajasining 25% gacha tiklangunicha bo‘lgan vaqt) 30-40 minutni tashkil qiladi. Umumiy davomiyligi (skelet mushaklarining qisqarish qobiliyatini spontan nazorat darajasining 90% gacha tiklangunicha bo‘lgan vaqt) 50 minutni tashkil qiladi. Rokuroniy bromidining 0,6 mg/kg-1 dozasidan keyin qisqarish qobiliyatini nazorat darajasining 25% dan 75% gacha spontan qayta tiklashning o‘rtacha vaqti (qayta tiklanish indeksi) 14 minutga teng. Rokuroniy bromidining 0,3-0,45 mg/kg -1 ga teng quyiroq dozalarda (1-1½ × ED 90) ta‘sir keyinroq yuz beradi va uning davomiyligi kamroq bo‘ladi. 2 mg/kg-1 dozada klinik davomiyligi
110 minutni tashkil qiladi.

Oddiy anesteziya vaqtidagi intubasiya

0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidi (vena ichiga umumiy anesteziyada 2 × ED90) vena ichiga yuborilgandan keyingi 60 sekund davomida deyarli barcha pasientlarda intubasiya uchun adekvat sharoitlarga erishiladi, ularning 80% da esa intubasiya uchun sharoitlar a‘lo sifatida baholanadi. Har qanday muolaja uchun mos bo‘lgan mushaklarning umumiy falajiga 2 minut davomida erishiladi. 0,45 mg/kg -1 rokuroniy bromidi yuborilgandan keyin intubasiya uchun maqbul sharoitlar 90 sekunddan keyin yaratiladi.

Tezkor ketma-ket induksiya

1,0 mg/kg-1 dozadagi rokuroniy bromidi yuborilganidan keyin propofol yoki fentanil/tiopental qo‘llash bilan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi jarayonida intubasiya uchun mos sharoitlar 93% va 96% pasientlarda mos ravishda 60 sekund davomida yaratiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan paspientlarning 70% da intubasiya uchun sharoitlar a‘lo sifatida baholanadi. Bu dozadagi rokuroniy bromidi ta‘sirining klinik davomiyligi taxminan 1 soatni tashkil qiladi, keyin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi qayta tiklanishi mumkin. 0,6 mg/kg-1 dozadagi rokuroniy bromidi yuborilgandan keyin propofol yoki fentanil/tiopental qo‘llash bilan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi jaaryonida intubasiya uchun mos sharoitlar 81% va 75% pasientlarda mos ravishda 60 sekund davomida yaratiladi.

Pasientlarning alohida guruhlari

0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidiga teng intubasion dozada chaqaloqlar va bolalarda preparat ta‘siri boshlanishining o‘rtacha vaqti kattalardagiga nisbatan bir muncha qisqaroq bo‘ladi. Relaksasiya davomiyligi va qisqarish qobiliyatining qayta tiklanish vaqti bolalarda chaqaloqlar va kattalardagiga qaraganda qisqaroq bo‘lishi mumkin.

Rokuroniy bromidining 0,15 mg/kg-1 ga teng samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasi ta‘sirining davomiyligi enflyuran va izofluran anesteziyasidan foydalanilganda keksa yoshdagi va jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (taxminan 20 minut) vena ichiga anesteziyadagi ekskretor a‘zolarning faoliyatini buzilishlari bo‘lmagan pasientlardagiga (13 minut) nisbatan biroz yuqori bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza ko‘p marta yuborilganda to‘planish samarasi (ta‘sir davomiyligini oshib borishi) kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

Rokuroniy bromidining bolyus dozasi bir marta vena ichiga yuborilgandan keyin uning qon plazmasidagi konsentrasiyasini o‘zgarishi uchta eksponensial bosqichdan o‘tadi. Sog‘lom katta yoshdagi odamlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri (95% ishonch oralig‘i) 73 (66-80) minutni, muvozanat sharoitlaridagi (taxminiy) taqsimlanish hajmi 203 (193-214) ml/kg-1 ni, plazma klirensi 3,7 (3,5-3,9) ml/kg-1/min-1 ni tashkil qiladi.

Nazoratlangan tadqiqotlarda keksa yoshdagi pasientlar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda plazma klirensi sekinlashgani ko‘rsatildi, biroq tadqiqotlarning ko‘pchiligida kuzatilayotgan farqlar statistik jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan. Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri o‘rtacha 30 minutga oshadi, klirens 1 ml/kg-1/min-1 ga pasayadi.

Chaqaloqlarda (3 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan) muvozanat sharoitlaridagi (taxminiy) taqsimlanish hajmi kattalar va bolalardagi ushbu ko‘rsatgichlarga nisbatan oshgan.

Kattaroq yoshdagi bolalarda (3-8 yosh) kattalar, kichikroq yoshdagi (1-3 yosh) va chaqaloqlarga nisbatan klirensni oshishi va yarim chiqarilish davrini qisqarishi (taxminan 20 minut) kuzatiladi.

O‘pkaning mexanik ventilyasiyasini yengillashtirish uchun 20 soat yoki ko‘proq vaqt davomida preparatni uzluksiz infuziya shaklida yuborilganda muvozanat sharoitlarida o‘rtacha yarim chiqarilish davri va o‘rtacha taqsimlash hajmi (taxminiy) oshadi. Nazoratlangan klinik tadqiqotlar doirasida (multi) a‘zolar yetishmovchiligining tabiati va darajasi va pasientlarning shaxsiy xususiyatlarga bog‘liq ravishda jiddiy farqlar aniqlangan. Ko‘p a‘zolar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘rtacha (± standart chetlanish (SD)) yarim chiqarilish davri 21,5 (±3,3) soatni, muvozanat sharoitdagi (taxminiy) taqsimlanish hajmi – 1,5 (±0,8) l/kg-1 ni va plazma klirensi –
2,1 (±0,8) ml/kg-1/min-1 ni tashkil qilgan.

Rokuroniy bromidi siydik va safro bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilish 12-24 soat davomida 40% ga yetadi. Rokuroniy bromidining radioaktiv izotopi bilan nishonlangan in‘eksiya qilingandan keyin uning ekskresiyasi 9 kun davomida o‘rtacha siydik bilan 47% va axlat bilan 43% ni tashkil qildi. Preparatning taxminan 50% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Jadal davolash bo‘limi

Jadal davolash bo‘limida rokuroniy bromidining uzluksiz infuziyasidan keyin to‘rt razryadli rag‘batlantirish ko‘rsatkichining 0,7 gacha qayta tiklanish vaqti infuziya oxiridagi blokada darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Uzluksiz infuziyadan keyin 20 soat yoki ko‘proq vaqt davomidagi infuziyadan keyin T2 ning to‘rt razryadli rag‘batlantirishga qaytishi bilan to‘rt razryadli rag‘batlantirish ko‘rsatkichining 0,7 gacha qayta tiklanishi o‘rtasidagi o‘rtacha vaqt (diapazon) ko‘p a‘zolar yetishmovchiligi bo‘lmagan pasientlarda 1,5 (1-5) soatni va ko‘p a‘zolar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda 4 (1-25) ni tashkil qiladi.

Yurak-qon tomir jarrohligi

Yurakda operasiya o‘tkazish rejalashtirilayotgan pasientlarda Esmeron® preparatining  0,6-0,9 mg/kg-1 dozasi yuborilgandan keyin maksimal blokning rivojlanish vaqtida kuzatiladigan eng ko‘p uchraydigan o‘zgarishlar bo‘lib pulsning nazorat darajalarining 9% gacha kuchsiz va klinik jihatdan ifodalanmagan tezlashishi va o‘rtacha arterial bosimning 16% gacha ortishi hisoblanadi.

Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini tiklanishi

T2 takroran paydo bo‘lganida yoki klinik qayta tiklanishning dastlabki belgilarida asetilxolinesteraza ingibitorlarining (neostigmin, piridostigmin yoki edrofoniy) yuborilishi Esmeron® preparati ta‘sirida hosil qilingan blokdan keyin nerv-mushak o‘tkazuvchanligining qayta tiklanishiga olib keladi.

 

Qo‘llanilishi

Esmeron® preparati quyidagilar uchun qo‘llaniladi:

  • rejali jarrohlik operasiyalar va anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazishda traxeya intubasiyasini yengillashtirish va kattalarda turli ko‘rinishdagi jarrohlik aralashuvlar vaqtida skelet mushaklari relaksasiyasini ta‘minlash uchun;
  • rejali jarrohlik operasiyalar va anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazishda traxeya intubasiyasini yengillashtirish va 1 oylikdan katta bolalarda turli ko‘rinishdagi jarrohlik aralashuvlar vaqtida skelet mushaklari relaksasiyasini ta‘minlash uchun;
  • kattalarda jadal davolash bo‘limlarida o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasini o‘tkazishda traxeya intubasiyasini yengillashtirish (bolalar va keksa yoshdagi bemorlardan tashqari) uchun.

Qo‘llash usuli va dozalari

Boshqa miorelaksantlar kabi Esmeron® faqat bunday preparatlarning ta‘siri yoki qo‘llanilishini biladigan tajribali klinisist tomonidan yoki tajribali klinisist nazorati ostida yuborilishi kerak.

Esmeron® preparati dozasini boshqa miorelaksantlarni qo‘llashdagi bo‘lgani kabi har bir bemor uchun shaxsiy ravishda tanlab olinishi kerak. Dozani tanlashda anesteziya usuli va operasiyaning ko‘zda tutilgan davomiyligi, sedasiya usuli va mexanik ventilyasiyaning kutilayotgan davomiyligi, birga buyurilgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri mumkinligi, shuningdek pasientning umumiy holatini hisobga olish lozim.

Nerv-mushak blokini baholash va o‘tkazuvchanlikni qayta tiklash uchun nerv-mushak monitoringining tegishli usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Ingalyasion anestetiklar Esmeron® preparati chaqirgan nerv-mushak blokini kuchaytiradi. Biroq ushbu kuchayish faqat umumiy anesteziya jarayonida to‘qimalardagi uchuvchan moddalar konsentrasiyasi shunday o‘zaro ta‘sir uchun yetarli bo‘lgan darajaga yetgan hollardagina klinik jihatdan ahamiyatga ega bo‘ladi.

Shuning uchun Esmeron® preparatining dozalarini tanlashni uzoqroq intervallar bilan pastroq samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarni yuborish yo‘li bilan yoki ingalyasion narkozdan foydalangan holda o‘tkaziladigan uzoq davom etuvchi (1 soatdan ko‘proq) muolajalar vaqtida Esmeron® preparati infuziyasining pastroq darajadagi tezliklaridan foydalangan holda o‘tkazish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Katta pasientlarda endotraxeal intubasiyani o‘tkazishdagi umumiy sxema sifatida va turli davomiylikdagi operasiyalarda mushaklar relaksasiyasini ta‘minlash va jadal davolash bo‘limida foydalanish uchun quyidagi dozalar tavsiya qilinishi mumkin.

Jarrohlik muolajalari

Traxeal intubasiya:

Oddiy anesteziya vaqtida endotraxeal intubasiyani o‘tkazish uchun rokuroniy bromidining standart dozasi 0,6 mg/kg1 ni tashkil qiladi, shundan keyin traxeya intubsiyasi uchun mos sharoitlar ko‘pchilik pasientlarda taxminan 60 sekunddan keyin rivojlanadi.

Traxeya intubasiyasi sharoitlarini yengillashtirish uchun anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazishda rokuroniy bromidining tavsiya etilgan dozasi 1,0 mg/kg-1 ni tashkil qiladi, shundan keyin traxeya intubasiyasi uchun mos sharoitlar ko‘pchilik pasientlarda taxminan 60 sekunddan keyin rivojlanadi.

Anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazish uchun rokuroniy bromididan
0,6 mg/kg-1 dozada foydalanilganda pasientda traxeya intubasiyasini preparat yuborilgandan keyin 90 sekund o‘tgach o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Kesarev kesish operasiyasi o‘tkazilayotgan pasientlarga nisbatan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazishga zarur bo‘lgan rokuroniy bromidi dozasini aniqlash uchun “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang.

Yuqori dozalar

Yuqoriroq dozani tanlash har bir pasient uchun asoslangan bo‘lishi kerak. Jarrohlik operasiyalarni o‘tkazishda rokuroniy bromidining 2 mg/kg gacha bo‘lgan boshlang‘ich dozalarda yuborish yurak-qon tomir tizimi tomonidan hech qanday nojo‘ya samaralarsiz o‘tganligi qayd qilingan. Rokuroniy bromidini bu dozalarda qo‘llash uning ta‘sirining boshlanish vaqtini qisqartiradi va ta‘sir davomiyligini uzaytiradi («Farmakodinamikasi» bo‘limiga qarang).

Samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalar

Rokuroniy bromidining tavsiya qilingan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozasi 0,15 mg/kg-1 tashkil qiladi; uzoq ingalyasion narkoz holatida uni 0,075-0,1 mg/kg-1 gacha kamaytirish kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarni mushaklarning qisqarishlari amplitudasi nazorat darajasining 25% gacha qayta tiklanganda yoki to‘rt razryadli rahbatlantirish tartibida 2-3 ta javob reaksiyalari paydo bo‘lganda yuborish afzalroqdir.

Uzluksiz infuziya:

Agar rokuroniy bromidi uzluksiz infuziya yordamida yuborilsa, 0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidi bo‘lgan yuklama dozadan boshlash, nerv-mushak o‘tkazuvchanligi qayta tiklana boshlaganda esa infuziyani boshlash tavsiya qilinadi. Yuborish tezligini shunday tanlab olish kerakki, mushaklar qisqarishi kattaligi nazorat darajasining 10% darajasida bo‘lishi yoki to‘rt razryadli rahbatlantirish tartibida 1-2 ta javob reaksiyalarining mavjud bo‘lishi ushlab turilishi kerak.

Katta pasientlarda vena ichiga anesteziyada nerv-mushak blokadasini shu darajada ushlab turish uchun zarur bo‘lgan infuziya tezligi 0,3-0,6 mg/kg-1·soat-1ni tashkil qiladi, ingalyasion narkozda esa preparatni yuborish tezligi 0,3 mg/kg-1·soat-1 dan
0,4 mg/kg-1·soat-1 gacha o‘zgaradi. Nerv-mushak o‘tkazuvchanligining doimiy monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi, chunki infuziyaning kerakli tezligi pasientning o‘ziga xos xususiyatlari va anesteziyaning turli usullariga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.

Bolalar:

Chaqaloqlar (28 kunlikdan – 23 oylikkacha), bolalar (2-11 yosh) va o‘smirlar (12-18 yosh) uchun preparatning intubasiyada standart anesteziya sifatida foydalaniladigan tavsiya qilingan dozalari va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalari katta pasientlarniki bilan bir xildir.

Pediatriyada uzluksiz infuziyani o‘tkazishda infuziya tezligi katta yoshdagilardagi bilan bir xildir, infuziyaning yuqoriroq tezliklari talab qilinishi mumkin bo‘lgan bolalar bundan mustasno. Bolalar uchun infuziyaning tavsiya qilingan tezligi kattalar uchun tavsiya qilingan tezligi bilan bir xildir. Muolajani o‘tkazish vaqtida mushaklar qisqarishi kattaligi nazorat darajasining 10% darajasida bo‘lishi yoki to‘rt razryadli rag‘batlantirish tartibida 1-2 ta javob reaksiyalarining mavjud bo‘lishini ushlab turish uchun tezlikka tuzatish kiritish kerak.

Hozirgi vaqtda rokuroniy bromidini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (0-1 oylik) qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas. Bolalarda anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi muolajasi vaqtida rokuroniy bromidini qo‘llash tajribasi cheklangan. Shuning uchun bolalarda anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi muolajasi vaqtida traxeya intubasiyasini o‘tkazishni yengillashtirish uchun rokuroniy bromidi tavsiya qilinmaydi.

Keksa pasientlar va jigar va/yoki o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklariga va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar:

Oddiy anesteziya uchun keksa pasientlar va jigar va/yoki o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklari va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar intubasiyasida qo‘llaniluvchi preparatning standart dozasi 0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidi hisoblanadi.

Miorelaksant ta‘sirining uzaytirilgan davomiyligi ko‘zda tutilgan pasientlarda tezkor ketma-ket induksiya muolajasini o‘tkazishda 0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidiga teng dozadan foydalanish tavsiya qilinadi. Yuborish usulidan qat‘iy nazar ushbu pasientlar uchun tavsiya qilingan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 0,075-0,1 mg/kg-1 rokuroniy bromidini, tavsiya qilingan infuziya tezligi esa – 0,3-0,4 mg/kg-1·soat-1 ni tashkil qiladi (yana “Uzluksiz infuziya” ga ham qarang).

Ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan va semiz pasientlar

Preparatni ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan yoki semiz pasientlarda (tana vazni indeksi qiymati 30 dan baland bo‘lgan bemorlar shunday bemorlar hisoblanadi) ushbu yosh va jins uchun me‘yorida bo‘lgan tana vazni indeksi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda ularni hisoblash orqali rokuroniy bromidi dozasini kamaytirish kerak.

Jadal davolash bo‘limidagi muolajalar

Traxeya intubasiyasi

Traxeya intubasiyasi uchun yuqoridagi jarroxlik muolajalariga bag‘ishlangan bo‘limda ta‘riflangan preparat dozalaridan foydalanish lozim.

Samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalar:

0,6 mg/kg-1 rokuroniy bromidi bo‘lgan dozadan boshlash, keyin mushaklar qisqarishi kattaligi nazorat darajasining 10% darajasigacha qayta tiklanishi yoki to‘rt razryadli rag‘batlantirish tartibida 1-2 ta javob reaksiyalarini olinishi bilan preparatning uzluksiz infuziyasiga o‘tish tavsiya qilinadi. Dozalash doimo har bir pasient uchun shaxsiy ravishda titrlangan bo‘lishi kerak.

Nerv-mushak blokini 80-90% darajasida (to‘rt razryadli rahbatlantirish tartibida 1-2 ta javob) samarani bir maromda ushlab turish uchun infuziyaning tavsiya qilingan boshlang‘ich tezligi katta pasientlarda yuborishning dastlabki soati davomida 0,3-
0,6 mg/kg-1·soat-1 ni tashkil qiladi, keyin 6-12 soat davomida infuziya tezligini pasientning o‘ziga xos javobiga muvofiq holda pasaytirish kerak. Shunday qilib, preparatning ma‘lum dozasiga bo‘lgan shaxsiy ravishdagi ehtiyoj nisbatan o‘zgarmasdan qoladi.

Nazoratlangan klinik tadqiqotlar doirasida preparatni pasientlarga yuborishning soat bo‘yicha tezliklarida jiddiy farqlar aniqlandi, ularning o‘rtacha qiymatlari a‘zolar yetishmovchiligining tabiati va darajasi, yondosh preparatlar va pasientlarning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq ravishda 0,2 mg/kg-1·soat-1 dan 0,5 mg/kg-1·soat-1 gacha o‘zgargan. Pasient holatining optimal nazorati va nerv-mushak o‘tkazuvchanlik kuzatini ta‘minlash qat‘iy tavsiya qilinadi. Dori vositasini 7 kun davomida yuborish davri o‘rganilgan.

Pasientlarning alohida guruhlari

Preparatning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning cheklanganligi tufayli bolalar va keksa pasientlarda jadal davolash bo‘limlarida o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasini o‘tkazishni yengillashtirish uchun Esmeron® dan foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni yuborish

Esmeron® bolyus in‘eksiyalar va uzluksiz infuziyalar ko‘rinishida vena ichiga yuboriladi (“Preparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma” bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlariga quyidagilar kiradi: in‘eksiya joyidagi reaksiyalar/og‘riq, organizm holati asosiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi va nerv-mushak bloki davomiyligini oshishi. Postregistrasion davrda preparatning eng ko‘p xabar qilingan jiddiy nojo‘ya ta‘sirlari sifatida «anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar» va ular bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar bo‘lgan. Quyidagi jadvalda keltirilgan tushintirishlarga ham qarang.

 

MedDRA bo‘yicha tizim-a‘zolar sinfi

Uchrash tez-tezligi a
Tez-tez emas/kam xollardab

(<1/100, >1/10 000)

Juda kam xollarda

(<1/10 000)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

 

 

  O‘ta yuqori sezuvchanlik

Anafilaktik reaksiya

Anafilaktoid reaksiya

Anafilaktik shok

Anafilaktoid shok

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar   Sust falaj
Yurak faoliyati tomonidan buzilishlar Taxikardiya  
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar Gipotenziya Qon tomirlar yetishmovchiligi va shok

Giperemiya

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolar tomonidan buzilishlar   Bronxospazm
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

 

  Angionevrotik shish

Eshakemi

Toshma

Eritematoz toshma

Skelet mushaklari va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar   Mushak kuchsizligis

Steroid miopatiyas

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar Preparatning samarasizligi

Dori vositasining samarasi/terapevtik javobni susayishi

Dori vositasining samarasi/terapevtik javobni kuchayishi

In‘eksiya joyida og‘riq

In‘eksiya joyida reaksiya

Yuzni shishi

Xavfli gipertermiya

 

 

 

 

Jarohatlar, zaharlanishlar va mualajalarning asoratlari Nerv-mushak blokining uzayishi

Anesteziyadan keyin nerv-mushak o‘tkazuvchanligi qayta tiklanishining sekinlashishi

Anesteziyadan keyingi nafas olishdagi asoratlar

MedDRA 8.1-versiyasi

a Uchrash tez-tezligi postregistrasion davrda preparatni kuzatishda olingan ma‘lumotlar va umumiy adabiyotlardagi ma‘lumotlar asosida baholanadi.

b Postregistrasion davrda preparatni kuzatishda olingan ma‘lumotlar aniq uchrash tez-tezligini aniqlashga imkon bermaydi. Shu sababli, xabar qilingan tez-tezligi beshta toifaga emas, balki ikki toifaga bo‘lingan.

s Jadal davolash bo‘limida uzoq vaqt qo‘llanganidan keyin.

Anafilaktik reaksiyalar

Juda kam hollarda, biroq miorelaksantlar, shu jumladan Esmeron® qo‘llanilishi natijasida og‘ir anafilaktik reaksiyalarning vujudga kelishi to‘g‘risida xabar qilingan. Anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar: bronxospazm, yurak-qon tomirlari tomonidan buzilishlar (masalan, gipotenziya, taxikardiya, tomir kollapsi – shok) va teri tomonidan o‘zgarishlar (masalan, angionevrotik shish, eshakemi). Ayrim hollarda bu reaksiyalar o‘limga olib kelgan. Ushbu reaksiyalarning og‘ir bo‘lishi mumkinligi tufayli doimo ularning vujudga kelishi mumkinligini hisobga olish va tegishli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim.

Miorelaksantlarning in‘eksiya joyida ham, tizimli ravishda ham gistaminni ajratib chiqarishi mumkinligi yaxshi ma‘lum, shuning uchun ushbu preparatlarni yuborishda in‘eksiyalar joyida qichishish va eritematoz reaksiyalar va/yoki tarqalgan gistaminsimon (anafilaktoid) reaksiyalarning vujudga kelishi mumkinligini hisobga olish kerak (shuningdek yuqoridagi anafilaktik reaksiyalarga qarang).

0,3-0,9 mg/kg-1 rokuroniy bromidi tezkor bolyus yuborilganidan keyin plazmadagi gistaminning o‘rtacha konsentrasiyasini faqat ahamiyatsiz darajada oshishi ko‘rsatilgan.

Nerv-mushak blokining davomiyligini uzayishi

Miorelaksantlarning dori preparatlari sinfi sifatidagi eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiyasi bo‘lib ularning farmakologik ta‘siri davrining kerakli davrdan ortiqcha darajada uzayishi hisoblanadi. Bu reaksiyalarning darajasi skelet-mushaklarning kuchsizlanishidan tortib nafas yetishmovchiligi yoki apnoega olib keluvchi skelet mushaklarining chuqur va davomli falajigacha o‘zgarishi mumkin.

Miopatiya

Miopatiya jadal davolash bo‘limida turli miorelaksantlardan glyukokortikosteroidlar bilan birga foydalanilgandan keyin qayd qilingan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang)

Preparatni yuborish joyidagi reaksiyalar

Anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi vaqtida ayniqsa bemor hali hushida bo‘lganida va ayniqsa anesteziya induksiyasi uchun vosita sifatida propofol qo‘llanilganda in‘eksiya qilingandagi og‘riqni his qilishlar to‘g‘risida xabar qilingan. Klinik tadqiqotlarda in‘eksiya vaqtidagi og‘riqlar to‘g‘risida propofol qo‘llash bilan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi o‘tkazilgan pasientlarning 16% da hamda fentanil va tiopental natriy qo‘llash bilan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi o‘tkazilgan pasientlarning 0,5% kamrog‘ida qayd qilingan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Rekuroniy yoki bromid-ion yoki har qanday yordamchi moddaga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyida sanab o‘tilgan dori preparatlarning qutbsizlanmaydigan miorelaksantlarning ta‘sir kuchiga va davomiyligiga ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rsatib berilgan.

Boshqa dori preparatlarining Esmeron® ga ta‘siri

Samarani kuchayishi

  • Galogenlashtirilgan uchuvchan anestetiklar Esmeron® preparati chaqirgan nerv-mushak blokini kuchaytiradi. Bu samara faqat samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarni yuborilganda sezilarli bo‘ladi (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Asetilxolinesteraza ingibitorlari yordamida nerv-mushak o‘tkazuvchanligining qayta tiklanishi sekinlashishi mumkin.
  • Avval suksametoniyning yuborilishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
  • Jadal davolash bo‘limida uzoq vaqt davomida glyukokortikosteroidlarni va Esmeron® preparatini bilan birga yuborish nerv-mushak blokining davomiyligining oshishi yoki miopatiyaga olib kelishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limlariga qarang).

Boshqa guruhlardagi preparatlar

  • Antibiotiklar: aminoglikozidlar, linkozamidlar va polipeptid antibiotiklar, asilamino-penisillin qatori antibiotiklari;
  • Diuretiklar, xinidin va uning izomeri xinin, magniy tuzlari, kalsiy kanallari blokatorlari, litiy tuzlari, mahalliy anestetiklar (vena ichiga yuboriluvchi lidokain, epidural bupivakain) va fenitoin yoki β-adrenoblokatorlarning o‘tkir yuborilishi.
  • Rekurarizasiya operasiyadan keyingi yuborishlarda qayd qilingan: aminoglikozidlar, linkozamid, asilamino-penisillin qatori polipeptidlari va antibiotiklari, xinidin, xinin va magniy tuzlari (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Samarani pasayishi

  • Avval fenitoin yoki karbamazepinning uzoq vaqt yuborilishi.
  • Proteaza ingibitorlari (gabeksat, ulinastatin).

Samarani o‘zgarishi

  • Esmeron® preparati bilan birga boshqa qutbsizlamaydigan miorelaksantlarni yuborilishi yuborish ketma-ketligi va qo‘llanilayotgan miorelaksantga bog‘liq ravishda nerv-mushak blokini susayishi yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.
  • Esmeron® preparatidan keyin yuboriladigan suksametoniy Esmeron® preparati tomonidan chaqirilgan nerv-mushak blokini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Esmeron® preparatining boshqa dori preparatlariga ta‘siri

Esmeron® preparatining lidokain bilan majmuasi lidokainning ta‘sirini tezroq boshlanishiga olib kelishi mumkin.

Nomutanosiblik

Quyidagi preparatlarni saqlovchi eritmalarga qo‘shilganda Esmeron® preparatining fizik nomutanosibligi hujjatlashtirilgan: amfoterisin, amoksisillin, azatioprin, sefazolin, kloksasillin, deksametazon, diazepam, enoksimon, eritromisin, famotidin, furosemid, natriy suksinat gidrokortizoni, insulin, metogeksital, metilprednizolon, prednizolon natriy suksinat, tiopental, trimetoprim va vankomisin. Esmeron® preparati shuningdek Intralipid preparati bilan ham nomutanosib.

Esmeron® preparatini “Preparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma” bo‘limida ko‘rsatilganlaridan boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Agar Esmeron® preparati boshqa dori preparatlari bilan bitta infuzion tizim orqali yuborilsa, Esmeron® preparati va u bilan nomutansib, shuningdek mutanosibligi aniqlanmagan preparatni yuborish o‘rtasida tizimni (masalan, 0,9% li NaCl eritmasi yordamida) yaxshilab yuvish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Esmeron® nafas olish mushaklari falajini chaqirganligi sababli ushbu preparatni qabul qiluvchi bemorlarda mustaqil nafas olish adekvat qayta tiklangunicha o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasini o‘tkazish juda zarur. Boshqa miorelaksantlar bilan bo‘lgani kabi ayniqsa preparatdan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi usuli tarkibida foydalanilgan hollarda traxeya intubasiyasida qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkinligini ko‘zda tutish muhimdir.

Boshqa miorelaksantlar bilan bo‘lgani kabi Esmeron® preparati qo‘llanilganidan keyin ham qoldiq blokning rivojlanish holatlari qayd etilgan. Qoldiq blokning rivojlanishi natijasidagi asoratlarning oldini olish uchun traxeya ekstubasiyasini faqat nerv-mushak o‘tkazuvchanligi yetarli darajada tiklanganidan keyingina o‘tkazish tavsiya qilinadi. Geriatrik pasientlar (65 yosh va undan katta) nerv-mushak o‘tkazuvchanligining qoldiq blok rivojlanishini yuqori xavfiga egalar. Operasiyadan keyingi davrda ekstubasiyadan keyin qoldiq blokning rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa omillarni ham hisobga olish lozim (masalan, dorilarning o‘zaro ta‘siri yoki bemorning holati). Ayniqsa qoldiq blokning vujudga kelish ehtimoli eng baland bo‘lgan holatlarda nerv-mushak o‘tkazuvchanligini qayta tiklovchi dori vositalarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

Miorelaksantlar yuborilgandan keyin anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun maqsadi shunday reaksiyalarni davolash bo‘lgan ehtiyotkorlik choralarini doimo ko‘rish kerak. Ayniqsa anamnezda miorelaksantlarga nisbatan anafilaktik reaksiyalar mavjud bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak, chunki miorelaksantlarga nisbatan kesishgan allergik reaktivlik holatlari ma‘lum.

Jadal davolash bo‘limida bo‘lgan pasientlarga uzoq vaqt miorelaksantlar yuborilgandan keyin uzaygan nerv-mushak bloki va/yoki mushaklarning kuchsizlanishining rivojlanishi qayd qilinishi mumkin. Nerv-mushak blokini uzayishi mumkinligi va/yoki dozasini oshirib yuborilishining oldini olish uchun miorelaksantlar qo‘llash davri davomida nerv-mushak o‘tkazuvchanligini hamda pasientlarning adekvat og‘riq qoldiruvchi va sedativ preparatlarni qabul qilishlarini monitoring qilish amalga oshiriladi. Bundan tashqari miorelaksantlarni pasientning shaxsiy reaksiyalariga mos holda sinchkovlik bilan tanlab olingan dozalarda yuborish lozim, bunda yuborish miorelaksantlarning ta‘siri bilan tanish bo‘lgan tajribali shifokor tomonidan yoki uning nazorati ostida, shuningdek tegishli nerv-mushak monitoringi texnikasidan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar glyukokortikosteroidlarbilan davolash bilan majmuada jadal davolash bo‘limida uzoq vaqt yuborilgandan keyin miopatiya rivojlanishi mumkin. Shuning uchun ham miorelaksantlar, ham glyukokortikosteroidlarni qabul qiluvchi pasientlarda miorelaksantlarni yuborish davri iloji boricha cheklangan bo‘lishi kerak.

Agar intubasiya uchun suksametoniy qo‘llanilsa, Esmeron® preparatini yuborishni suksametoniy tomonidan hosil qilingan blokdan keyingi nerv-mushak o‘tkazuvchanligi klinik qayta tiklangunicha kechiktirish kerak.

Quyidagi omillar Esmeron® preparatining farmakokinetikasi va/yoki farmakodinamikasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin:

Jigar va/yoki o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklari  va buyrak yetishmovchiligi

Rokuroniy bromidi siydik va safro bilan chiqarilganligi sababli jigar va/yoki safro chiqarish yo‘llarining klinik jihatdan yaqqol ifodalangan kasalliklari va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda undan ehtiyotlik bilan foydalanish lozim. Pasientlarning bu guruhida 0,6 mg/kg-1 dozadagi rokuroniy bromidi ta‘sirini uzayishi kuzatilgan.

Qonda aylanib yurish vaqtini oshishi

Yurak-qon tomirlari kasalliklari, keksalar va taqsimlash hajmini oshishiga olib keluvchi shish kabi preparatning qonda aylanib yurish vaqtini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar preparat ta‘sirining kechroq boshlanishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi klirensi pasligi tufayli ta‘sir davomiyligi ham oshishi mumkin.

Nerv-mushak tizimi kasalliklari

Boshqa miorelaksantlar kabi Esmeron® preparatini nerv-mushak tizimi kasalliklari bo‘lgan yoki poliomielitni boshidan kechirgan pasientlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki bunday holatlarda mushak relaksantlariga reaksiya jiddiy ravishda o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Ushbu o‘zgarishlarning ifodalanganligi va yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin. Og‘ir miasteniya yoki miastenik sindromi (Iton-Lambert sindromi) bo‘lgan pasientlarda Esmeron® preparatining kichik dozalari yaqqol ifodalangan nerv-mushak blokini hosil qilishi mumkin, shuning uchun Esmeron® preparatining dozasini pasientning shaxsiy ravishdagi reaksiyasiga mos holda tanlash lozim.

Gipotermiya

Gipotermiya fonida jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganda Esmeron® preparatining nerv-mushak tizimiga bo‘lgan bloklash samarasi kuchayadi, ta‘sirining davomiyligi esa oshadi.

Semizlik

Boshqa miorelaksantlar bilan bo‘lgani kabi semiz pasientlarda foydalanilganda ta‘sir davomiyligi va nerv-mushak o‘tkazuvchanligining spontan tiklanish vaqtini oshishi Esmeron® preparati uchun ham xos bo‘lishi mumkin (doza haqiqiy tana vaznidan kelib chiqib hisoblangan hollarda).

Kuyishlar

Kuyishlar mavjud bo‘lgan pasientlarda qutbsizlamaydigan miorelaksantlarga nisbatan chidamlilik rivojlanishi mumkin. Samarali dozani titrlash usuli bilan tanlashni o‘tkazish lozim.

Esmeron® preparatining samarasini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan holatlar

Gipokaliemiya (masalan, og‘ir ko‘ngil aynishi, diareya yoki diuretiklar bilan davolashdan keyin), gipermagniemiya, gipokalsiemiya (juda ko‘p quyishlardan keyin), gipoproteinemiya, suvsizlanish, asidoz, giperkapniya, kaxeksiya.

Shuning uchun elektrolitlar muvozanatining og‘ir buzilishlari, qondagi pH o‘zgarishlari yoki degidratasiya iloji boricha muvofiqlashtirilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik

Rokuroniy bromidini homilador ayollarda qo‘llanilishi to‘g‘risidagi klinik ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda hozirgacha homiladorlikning borish jarayoni, embrional/homilani rivojlanishi, tug‘ruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy ta‘sir ko‘rsatishi aniqlanmagan. Homilador ayollarga Esmeron® preparatini buyurish masalasiga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim.

Kesarev kesish

Kesarev kesish operasiyalarini o‘tkazishda, agar traxeya intubasiyasida qiyinchiliklar ko‘zda tutilmagan va anestetikning yetarli dozasi yuborilgan bo‘lsa yoki suksametoniy qo‘llash bilan o‘tkazilgan intubasiyadan keyin, Esmeron® preparatidan anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasi usuli tarkibida foydalanish mumkin. 0,6 mg/kg-1 dozadagi Esmeron® preparatining kesarev kesish operasiyasini o‘tkazgan ayollar uchun xavfsiz ekanligi ko‘rsatilgan. Esmeron® preparati Apgar shkalasi bo‘yicha bahoga, homilaning mushak tonusiga yoki uning kardiorespirator moslashuviga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Kindik tasmasidan olingan qon namunasi tahlillari rokuroniy bromidi juda oz miqdorining yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishini ko‘rsatadi, bu esa yangi tug‘ilgan chaqaloqda klinik jihatdan jiddiy bo‘lgan noxush samaralarning vujudga kelishiga olib kelmaydi.

1-izoh: 1,0 mg/kg-1 doza anesteziyaning tezkor ketma-ket induksiyasini o‘tkazishda o‘rganilgan, biroq kesarev kesish operasiyasini o‘tkazgan pasientlarda o‘rganilmagan. Shuning uchun pasientlarning ushbu guruhida faqat 0,6 mg/kg-1 doza tavsiya qilingan doza hisoblanadi.

2-izoh: nerv-mushak o‘tkazuvchanligining qayta tiklanishi homiladorlikdagi toksikozni davolash uchun magniy tuzlarini qabul qilayotgan pasientlarda miorelaksantlar yuborilgandan keyin sekinlashgan yoki to‘liq bo‘lmasligi mumkin, chunki magniy tuzlari nerv-mushak blokini kuchaytiradi. Shuning uchun bunday pasientlarda Esmeron® preparatining dozasi pasaytirilgan bo‘lishi va mushak javobiga bog‘liq ravishda ularni titrlash zarur.

Laktasiya

Esmeron® preparatining ko‘krak sutiga o‘tish-o‘tmasligi noma‘lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘krak sutida oz miqdordagi Esmeron® preparatining mavjudligini ko‘rsatgan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari ushbu preparatning homiladorlikning borish jarayoni, embrional/homilani rivojlanishi, tug‘ruq yoki postnatal rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ko‘rsatmaydi. Esmeron® preparatini emizikli onaga faqat uni kuzatib borayotgan shifokorning fikriga ko‘ra preparatdan foydalanishning kutilgan afzalliklari xavflardan ustun bo‘lgan hollardagina buyurilishi kerak.

Avtotronsportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Esmeron® preparatidan umumiy anesteziyani o‘tkazishda yordamchi vosita sifatida foydalanilganligi uchun ambulator pasientlar uchun umumiy anesteziyani o‘tkazishdan keyingi tavsiya qilingan oddiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan va nerv-mushak blokini uzayishi yuz bergan hollarda pasientda o‘pkaning yordamchi sun‘iy ventilyasiyasi va sedativ preparatlarni yuborishni davom ettirish kerak. Nerv-mushak o‘tkazuvchanligining spontan qayta tiklanishi boshlanganda asetilxolinesteraza (masalan, neostigmin metilsulfonati, edrofoniy xloridi, piridostigmin bromidi) ingibitorining tegishli dozasini yuborish lozim. Agar yuborilgan asetilxolinesteraza ingibitori Esmeron® preparatining bloklash samarasini bartaraf eta olmasa, mustaqil nafas olish tiklanmagunicha ventilyasiyani davom ettirish kerak. Asetilxolinesteraza ingibitorini takroriy yuborish xavfli bo‘lishi mumkin.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda yakunda yurakning to‘xtab qolishiga olib keluvchi o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi 750 × ED90 (135 mg·kg-1 rokuroniy bromidi) ga teng kumulyativ doza yuborilmagunicha vujudga kelmagan.

 

Preparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma

Quyidagi infuzion suyuqliklar bilan mutanosibligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan:

0,5 mg/ml va 2,0 mg/ml ga teng nominal konsentrasiyalarda Esmeron® preparati 0,9% li natriy xloridi, 5% li dekstroza, 0,9% li natriy xloridi eritmasidagi 5% li dekstroza, in‘eksiyalar uchun steril suv, Ringer eritmas va Gemassel preparati bilan mutanosib.

Yuborish aralashtirilgandan keyinoq darhol boshlanishi va 24 soat davomida yakunlanishi kerak. Foydalanilmay qolgan eritmani to‘kib tashlash kerak.

Chiqarilish shakli

Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan 10 mg/ml eritma 5 ml yoki 10 ml dan 1-turdagi (YeF) rezina tiqin va qisqichli qalpoqchalar bilan yopilgan 1-turdagi rangsiz shishadan tayyorlangan flakonlarda.

5 ml dan 10 flakon, 10 ml dan 10 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga joylangan.

Saqlash sharoiti

Sovutgichda 2–8°S haroratlarda saqlansin. Preparat shuningdek sovutgichdan tashqarida 30°S haroratda yaroqlilik muddatining 12 haftasigacha bo‘lgan davr mobaynida saqlash ham mumkin. Har qanday saqlash muddati nihoyasiga yetishi bilan Esmeron® preparatini sovutgichga qayta joylashtirish mumkin emas, preparat utilizasiya qilinishi kerak. Saqlash muddati yaroqlilik muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Esmeron® preparati tarkibida konservantlar bo‘lmaganligi sababli eritmadan flakonni ochgandan keyinoq darhol foydalanish kerak. Infuzion suyuqliklar bilan eritilgandan keyin («Preparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma» bo‘limiga qarang) preparat 30°C haroratda 72 soat davomida kimyoviy va fizik jihatdan turg‘un holatda qoladi. Mikrobiologik nuqtai nazardan eritilgan preparatdan darhol foydalanish lozim. Agar eritish nazoratlangan va validasiya qilinuvchi aseptik sharoitlarda o‘tkazilmasa, foydalanilmay qolgan preparatni 2°S-8°S haroratlarda ko‘pi bilan 24 soat davomida qo‘llash mumkin.

Dorixonadan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 dori vositasi Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: ganireliks ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9