×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Niderlandlar
Faol modda:
ганиреликс
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon
ATX kodi:
- H01CC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

6 700 s`om dan
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10 Фармак, ПАО Ukraina
28 000 s`om dan
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10 ГНЦЛС ОЗ, ООО Ukraina
15 000 s`om dan
TEZARIN tabletkalari 100mkg N50 Insuphar Laboratories Ilacları Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ORGALUTRAN®

ORGALUTRAN

 

Preparatning savdo nomi: Orgalutran®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ganireliks.

Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

Oldindan to‘ldirilgan bir shpris quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,25 mg ganireliks asetati 0,5 ml suvli eritmada.

yordamchi moddalar: mannitol, 99,8% li sirka kislotasi, natriy gidroksidi va/yoki sirka kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suvli eritma

Farmakoterapevtik guruhi: gonadotropin-rilizing gormon antagonisti.

ATX kodi: N01S S01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Orgalutran® jinsiy bezlarda GnRG reseptorlari bilan bog‘lanish orqali gipotalamus-gipofiz-jinsiy bezlar tizimini boshqaradigan GnRG (gonadotropin-rilizing gormon) ning antagonisti hisoblanadi. Natijada GnRG agonistlari tomonidan induksiya qilingan boshlang‘ich stimulyasiyasini chaqirmay, endogen gonadotropinlarning tez, kuchli va qaytuvchan susaytirilishi kuzatiladi. Orgalutran® preparatini 0,25 mg dozada ayol-ko‘ngillilarga ko‘p marta qo‘llanganidan so‘ng qon zardobida LG, FSG va Ye2 larning konsentrasiyalari in‘eksiyadan so‘ng 4, 16 va 16 soatlardan keyin muvofiq ravishda maksimal darajada 74%, 32% va 25% ga oshgan. Qon zardobidagi gormonlarning darajasi oxirgi in‘eksiyadan so‘ng 2 kun davomida dastlabki ko‘rsatkichlarga qaytgan.

Tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasi o‘tkazilgan pasient ayollarda Orgalutran® preparatini o‘rtacha qo‘llash davomiyligi 5 kunni tashkil etgan. Orgalutran® preparati bilan davolanish vaqtida progesteronning darajasini oshishi (> 1 ng/ml) bilan bir vaqtda LG ni o‘rtacha oshish soni (> 10 XB/l) GnRG agonistlari bilan davolanish vaqtida 0,8% ga nisbatan 1,2% ni tashkil etgan.

Tana vazni yuqori (> 80 kg) bo‘lgan ayollarda progesteronning darajasini oshishi bilan bir vaqtda LG ning darajasini oshish holatlari miqdorini ko‘payishiga tendensiya aniqlangan, bunda davolashga nisbatan klinik javob reaksiyasiga ta‘siri kuzatilmagan. Shunday bo‘lsa ham, hozirgi vaqtgacha davolangan pasientlarning katta bo‘lmagan miqdoriga asoslanib, ushbu ta‘sirini istisno qilish mumkin emas. Stimulyasiyaning 6-kunida Orgalutran® preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin, LG ni muddatidan oldin oshishi asosan stimulyasiyaga tuxumdonlarni reaksiyasi yuqori bo‘lgan ayollarda kuzatilgan, ammo klinik natijasiga ta‘sir ko‘rsatmagan. Bunday ayol pasientlarda Orgalutran® preparati birinchi marta yuborilganidan so‘ng LG ishlab chiqarilishi tezda susaygan.

GnRG agonistlarini uzoq muddat davomida qo‘llash yuzasidan standart protokol bo‘yicha ishlatilgan Orgalutran® preparatini qo‘llab o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlarda, Orgalutran® preparati bilan davolash birinchi kunlari stimulyasiya qilish davomida follikulalarni tezroq o‘sishi bilan kechgan, ammo o‘sayotgan follikulalarning oxirgi avlodi biroz kichikroq bo‘lgan va o‘rtacha kamroq estradiol ishlab chiqarilgan. Follikulalarni o‘sishini bunday farqli hususiyati, FSG dozasiga tuzatish kiritish, qonda aylanib yurgan estradiolning miqdoriga emas, balki o‘sayotgan follikulalarning miqdori va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lishini talab etadi.

Farmakokinetikasi

0,25 mg preparatni teri ostiga bir marta yuborilganidan so‘ng, qon zardobidagi ganireliksning darajasi tez oshib, 1-2 soat (Tmax) davomida taxminan 15 ng/ml teng bo‘lgan maksimal konsentrasiyaga (Cmax) erishiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 13 soatni tashkil etadi, klirensi esa – soatiga taxminan 2,4 l ni tashkil etadi. Preparat axlat bilan (taxminan 75%) va siydik bilan (taxminan 22%) chiqariladi. Orgalutran® preparatining biokiralishligi teri ostiga yuborilganidan so‘ng taxminan 91% ni tashkil etadi.

Orgalutran® preparati teri ostiga ko‘p marta yuborilganidan so‘ng (sutkada bir in‘eksiya) farmakokinetik ko‘rsatkichlari bir martalik dozasi teri ostiga yuborilgandan keyingi ko‘rsatkichlar bilan bir xil bo‘lgan. Sutkada 0,25 mg dozada takroran yuborilganidan so‘ng muvozanat holatining darajasi taxminan 0,6 ng/ml ga teng bo‘lgan, unga 2-3 kun davomida erishilgan.

Farmakokinetik tahlil, tana vazni va Orgalutran® preparatining qon zardobidagi konsentrasiyalari o‘rtasida qaytuvchan bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi.

Metabolitlarining xarakteristikasi. Qon zardobida aylanib yuruvchi asosiy komponent ganireliks hisoblanadi. Ganireliks shuningdek siydik bilan chiqariladigan asosiy modda hisoblanadi. Faqat metabolitlari axlat bilan chiqariladi. Metabolitlar ma‘lum bir sohalarda ganireliksning fermentativ gidrolizida shakllanadigan peptidning katta bo‘lmagan fragmentlaridir. Odamlarda Orgalutran® preparatining metabolitlarini hususiyatlari hayvonlardagi metabolitlarning hususiyatlari bilan bir xil bo‘lgan.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Klinika oldi ma‘lumotlar havfsizligi, takroriy dozalarining toksikligi va genotoksikligi bo‘yicha tadqiqotlarning natijalaridan kelib chiqqan holda, odam uchun spesifik havfi yo‘qligidan dalolat beradi.

Reproduktiv faoliyatni o‘rganish bo‘yicha ganireliks preparatini kalamushlarda sutkada 0,1 mkg/kg dan 10 mkg/kg gacha bo‘lgan dozalarni (teri ostiga) va quyonlarda sutkada
0,1 mkg/kg dan 50 mkg/kg gacha bo‘lgan dozalarni (teri ostiga) qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar, preparatning maksimal dozalari qo‘llangan guruhlarda homilani rezorbsiya bo‘lish tez-tezligini oshishini namoyish qilgan. Teratogen samaralari kuzatilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Yordamchi reproduktiv texnologiya (YORT) yordamida tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasi (TNS) o‘tkazilayotgan ayollarda lyuteinlovchi gormon (LG) sekresiyasini muddatidan oldin cho‘qqi darajasigacha oshishini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.

Klinik tadqiqotlarda Orgalutran® preparati rekombinant follikulalarni stimullovchi gormon (FSG) bilan birga qo‘llangan.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Orgalutran® preparatini bepushtlikni davolash tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassisgina buyurishi mumkin.

Dozalash

Orgalutran® preparati tuxumdonlarning nazoratli stimulyasiyasi (TNS) o‘tkazilayotgan ayollarda lyuteinlovchi gormon (LG) sekresiyasini cho‘qqi darajasigacha oshishini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi. Follikulalarni stimullovchi gormon (FSG) tomonidan tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasini hayz ko‘rish siklining 2- yoki 3-kunidan boshlash mumkin. Orgalutran® preparati (0,25 mg) odatda FSG ni qo‘llashning 5-chi yoki 6-kunidan boshlab, korifollitropin alfa qo‘llanganidan so‘ng 5-chi yoki 6-kunida teri ostiga sutkada 1 marta yuborish kerak. Tuxumdonlarni stimulyasiyaga nisbatan yuqori reaksiyasi kuzatilganida, Orgalutran® preparatini FSG qo‘llashning 5-kunida yuborishni boshlab, LG ning darajasini muddatidan oldin oshishini oldini olish mumkin. Follikulalarni o‘sishi kuzatilmasa, Orgalutran® preparatini yuborishni kechroq boshlash mumkin.

Orgalutran® preparatini va FSG ni taxminan bir xil vaqtda yuborish kerak. Biroq, ushbu preparatlarni bir shprisda aralashtirish mumkin emas, ularni yuborish uchun tananing turli sohalari tanlanishi kerak.

FSG ning dozasiga tuzatish kiritish qonda aylanib yurgan estradiolning darajasiga emas, balki o‘sayotgan follikulalarning o‘lchami va miqdoriga bog‘liq bo‘lishi kerak (“Farmakodinamikasi” bo‘limiga qarang). Orgalutran® preparatini har kuni yuborilishi, kerakli o‘lchamdagi follikulalarning miqdori yetarli darajaga erishilmagunicha davom ettirilishi kerak. Follikulalarni yakuniy yetilishi odam xorionik gonadotropini (oXG) preparatini yuborish orqali inisiasiya qilinishi mumkin. Ganireliksning yarim chiqarilish davrining davomiyligi uzoq bo‘lganligi tufayli, Orgalutran® preparatining ikkita in‘eksiyasi o‘rtasidagi interval 30 soatdan oshmasligi kerak, shuningdek Orgalutran® preparatini va oXG ni yuborish o‘rtasidagi interval ham 30 soatdan oshmasligi kerak, aks holda LG muddatidan oldin cho‘qqi darajasiga yetishi mumkin. Shuning uchun Orgalutran® preparatini ertalab yuborilganida, uni gonadotropinni qo‘llashni butun davri mobaynida, shu jumladan ovulyasiya inisiasiya bo‘lgan kunida ham davom ettirish kerak. Agar Orgalutran® preparati kunning ikkinchi yarmida yuborilsa, oxirgi in‘eksiyani kunning ikkinchi yarmida, ovulyasiya inisiasiya bo‘lgan kundan oldin bajarish kerak.

Orgalutran® preparati ko‘p martalik davolash siklini o‘tayotgan pasient ayollarda qo‘llanganida havfsizlik va samaradorlikni namoyish qilgan.

Lyutein fazasini tutib turishni reproduktiv tibbiyot markazi qabul qilgan usulga muvofiq o‘tkazish kerak.

Bolalar. Bolalarda Orgalutran® preparatini qo‘llash ko‘rsatmalarga muvofiq kelmaydi.

Buyrak va jigar faoliyatini buzilishi.

Jigar va buyrak faoliyatini faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Orgalutran® preparatini qo‘llash tajribasi yo‘q, chunki bunday pasientlar klinik tadqiqotlarga kiritilmagan. Demak, buyrak faoliyatini o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).

Qo‘llash usuli

Orgalutran® preparatini teri ostiga yuborish kerak, in‘eksiyani son sohasiga amalga oshirgan afzal. Lipoatrofiyani oldini olish maqsadida, preparatni yuborish joyini o‘zgartirish kerak. Pasient ayol yoki uning sherigi Orgalutran® preparatini, ular muvofiq ravishda yo‘l-yo‘riq olganlaridan keyin va mutaxassis bilan maslahatlashganlaridan keyingina, mustaqil ravishda yuborishlari mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida tuxumdonlarni stimulyasiyasi uchun rekombinant FSG yordamida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida Orgalutran® preparati qo‘llangan ayollarda rivojlangan barcha nojo‘ya reaksiyalar ko‘rsatilgan. Tuxumdonlarni stimulyasiyasi uchun korifollitropin alfa yordamida Orgalutran® preparati qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar bir xil bo‘ladi. Nojo‘ya reaksiyalar a‘zo-sinf MedDRA tizimi va rivojlanish tez-tezligiga muvofiq tasniflangan; juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 < 1/100 gacha). O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanish tez-tezligi (juda tez-tez, < 1/10000) postmarketing kuzatuvlardan olingan.

Pasientning umumiy ahvolini va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar.

Juda tez-tez: Orgalutran® preparatini qo‘llash in‘eksiya bajarilgan joyda mahalliy teri reaksiyalari (asosan shish bilan yoki shishsiz kechuvchi qizarish) ni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Klinik tadqiqotlarda preparat in‘eksiya qilingandan so‘ng 1 soatdan keyin davolash sikli davomida o‘rtacha yoki og‘ir darajadagi kamida bitta mahalliy teri reaksiyasini rivojlanish tez-tezligi (pasientlarning xabarlariga muvofiq), Orgalutran® preparati bilan davolangan pasientlar o‘rtasida 12% ni, va teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan GnRG agonisti bilan davolangan pasientlar ichida 25% ni tashkil etgan. Mahalliy reaksiyalar, odatda preparat yuborilganidan so‘ng 4 soat davomida yo‘qolib ketgan.

Tez-tez emas: lohaslik.

Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Juda kam hollarda: Orgalutran® preparati qabul qilgan pasientlar ichida, preparatning birinchi dozasi qo‘llanganidan so‘ng turli simptomlar (toshma, yuzni shishi va dispnoe kabilar) dan iborat bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanish hollari yuzasidan postmarketing xabarlar juda kam bo‘lgan.

Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i.

MIY tomonidan kuzatiladigan buzilishlar

Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi.

Boshqa yuz bergan nojo‘ya reaksiyalar, xususan – chanoqda og‘riq, qorinni dam bo‘lishi, TGS (tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi), bachadondan tashqari homiladorlik va ixtiyorsiz homila tashlash YORT (yordamchi reproduktuv texnologiyalar) da tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasi (TNS) ni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • Gonadotropin-rilizing gormon (GnRG) yoki GnRG har qanday boshqa analogiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • Buyrak yoki jigar faoliyatini o‘rtacha yoki og‘ir darajada buzilishlari;
  • Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Orgalutran® preparatini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri o‘rganilmagan, shuning uchun keng qo‘llanadigan preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilish ehtimolini istisno qilish mumkin emas.

Nomutanosibligi

Preparatning mutanosibligi o‘rganilmaganligi sababli, ushbu preparatni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Faol allergik holatlarning belgilari yoki simptomlari bo‘lgan ayollarga nisbatan juda ehtiyotkorlik tavsiya etilgan. Postmarketing tadqiqotlar vaqtida birinchi dozasi qabul qilingandan so‘ng o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanganligi yuzasidan xabarlar berilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Og‘ir darajadagi allergik holatlari bo‘lgan ayollarda Orgalutran® preparatini qo‘llash tavsiya etilmagan, chunki yetarli darajada klinik tajriba yo‘q.

Ushbu dori vositasining o‘rami allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan tabiiy kauchukli lateks saqlaydi (“Chiqarilish shakli” bo‘limiga qarang).

Ovulyasiya stimulyasiyasini o‘tkazish vaqtida yoki o‘tkazilgandan so‘ng tuxumdonlar giperstimulyasiyasi sindromi (TGS) rivojlanishi mumkin. Gonadotropinlar bilan stimulyasiya o‘tkazilganida ushbu asoratni rivojlanish havfini hamisha hisobga olish kerak. TGSda simptomatik davolash o‘tkaziladi, masalan, yotoq holati, elektrolitlar yoki kolloid eritmalar va geparinni vena ichiga yuborish amalga oshiriladi.

Yordamchi reproduksiya, xususan – ekstrakorporal urug‘lantirish o‘tkaziladigan bepusht ayollarda bachadon naylari tomonidan patologiya ko‘proq o‘rin tutishi sababli, ularda bachadondan tashqari homiladorlikni rivojlanish tez-tezligi yuqori bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bachadondan tashqari homiladorlikni UTT yordamida imkon boricha tezroq tasdiqlash muhimdir.

Yordamchi reproduktiv texnologiya (YORT) dan so‘ng tug‘ma patologiyani rivojlanish chastotasi spontan urug‘langandagi tug‘ma patologiyaga nisbatan biroz yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Bunday biroz yuqori chastota ota-onaning hususiyatlaridagi farqlar (masalan, onaning yoshi, spermaning hususiyatlari) va YORT dan so‘ng ko‘p homilali homiladorlikni rivojlanish chastotasini kattaligi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Yordamchi reproduktiv texnologiyalarda GnRG antagonistlarini qo‘llash tug‘ma patologiyani rivojlanish havfini oshishi bilan kechishidan dalolat bermaydi. 1000 dan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan ma‘lumotlardan yig‘ilgan klinik tadqiqotlarda, Orgalutran® preparati qo‘llanganida tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasidan so‘ng tug‘ilgan bolalar o‘rtasida tug‘ma patologiyani rivojlanish chastotasi tuxumdonlarni nazoratli stimulyasiyasi GnRG agonistlari qo‘llanganida xabar berilgan chastotasi bilan bir xil ekanligini namoyish qilgan.

Tana vazni 50 kg dan kam yoki 90 kg dan ortiq bo‘lgan ayollarda Orgalutran® preparatini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Preparatning tarkibiga 1 mmol (23 mg) natriy kiradi, ya‘ni preparat deyarli natriy saqlamaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik. Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan klinik ma‘lumotlar yo‘q.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ganireliksni implantasiya vaqtida yuborish homilani rezorbsiyasiga olib kelgan (“Havfsizligi bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar” bo‘limiga qarang). Odam uchun ushbu ma‘lumotlarni qiymati aniqlanmagan.

Emizish davri. Ganireliksni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum.

Homiladorlik va emizish davrida Orgalutran® preparatini qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Orgalutran® preparatini avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri o‘rganilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanmasin!

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi ta‘sir davomiyligini uzayishiga olib kelishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganida Orgalutran® preparati bilan davolashni to‘xtatish (vaqtinchalik) kerak.

Odamda Orgalutran® preparatining o‘tkir toksikligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q, ammo zaharlanish belgilarini rivojlanish ehtimoli kam. Klinik tadqiqotlarda Orgalutran® preparati 12 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozalarda teri ostiga yuborilganida tizimli nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmagan. Kalamushlar va maymunlarda preparatning o‘tkir toksikligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda genireliks muvofiq 1 mg/kg va  3 mg/kg dan ortiq dozalarda vena ichiga yuborilgandan so‘ng faqat nospesifik toksik simptomlar kuzatilgan.

 

Chiqarilish shakli

0,5 ml dan steril, ishlatishga tayyor, suvli eritmasi saqlangan, tarkibida lateks bo‘lmagan rezina porshen bilan bekitilgan oldindan to‘ldirilgan bir martalik shprislar (I turdagi silikon shisha). Oldindan to‘ldirilgan har bir shprisga igna biriktirilgan, tabiiy kauchuk lateksdan tayyorlangan himoya qalpoqchasi bekitilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

1 yoki 5 oldindan to‘ldirilgan shprislar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

2-30oS haroratda, yorug‘likdan himoya qilish uchun original o‘ramda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 dori vositasi Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon tomonidan Niderlandlar mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ORGALUTRAN inyeksiya uchun eritma 0,5ml 0,25mg/0,5ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESMERON inyeksiya uchun eritma 5ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Rokuroniya bromid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Central East AG, Швейцария произведено: N.V.Organon
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9