×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Espiro 0,025 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Эплеренон
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- C03DA04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
40 000 s`om dan
PREDIZIN tabletkalari 35mg N60 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер, ООО Polsha
63 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 yoki 14 tabletkadan PVX/alyuminiy blisterda.

10, 20, 28, 30, 50 yoki 90 tabletka tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Savdoda barcha miqdordagi o‘ramlari bo‘lmasligi mumkin


Espiro 25 mg li plenka qobiq bilan qoplangan tabletka 25 mg eplerenon saqlaydi.

Espiro 50 mg li plenka qobiq bilan qoplangan tabletka 50 mg eplerenon saqlaydi.

Yordamchi moddalar:

Tabletkaning yadrosi: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmellozasi, gipermelloza 15sR, magniy stearati, natriy laurilsulьfati.

Tabletkaning qobig‘i: gipromelloza 6sR, makrogol 3350, titan dioksidi (E 171), laktoza monogidrati, triatsetin, temir II oksidi (E 172)



Epleronon odamdagi rekombinant glyukokortikoid, progesteron va androgen retseptorlari bilan bog‘lanishga nisbatan, odamdagi rekombinant mineralokortikoid retseptorlari bilan bog‘lanishi bo‘yicha selektiv hisoblanadi. Eplerenon, arterial bosimni boshqarishda va yurak-qon tomir kasalliklarining patofiziologiyasida ishtirok etadigan renin-angiotenzin-alьdesteron tizimi (RAAT)ning asosiy gormoni – alьdosteronni bog‘lanishini bartaraf etadi


Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga, qabul qilingandan so‘ng taxminan 2 soatdan keyin erishiladi. Muvozanatli kontsentratsiyasiga 2 kun davomida erishiladi. Ovqatlanish uni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. 

Eplerenonni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 50% ni tashkil etadi. 

Elerenonning metabolizmi sitoxrom R-450 tizimining CYP3A4 izofermenti ta'sirida amalga oshadi. Odamning qon plazmasida eplerenonning faol metabolitlari aniqlanmagan. 

Eplerenonning dozasini 5% dan kamrog‘i siydik va ahlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Radioaktiv izotop biln nishonlangan dori preparatining dozasi ichga bir marta qabul qilingandan so‘ng, dozaning taxminan 32% ahlat bilan va 67% siydik bilan chiqarilgan. Eplerenonning eliminatsiya fazasida yarim chiqarilish davri taxminan 

3-5 soatni tashkil etadi. Plazmadagi klirensi taxminan soatiga 10 l ni tashkil etadi


Nojo‘ya reaktsiyalar, organizmning ular tegishli bo‘lgan a'zolar tizimi va a'zolariga muvofiq va mutloq rivojlanishi chastotasi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan. Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan 1/100) gacha); noma'lum (uchrash tez-tezligini mavjud ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Infektsiyalar va parazitar invaziyalar

Tez-tez: infektsiyalar, piyelonefrit, faringit


Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: eozinofiliya

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: gipotireoz

Metabolizm va ovqatlanishni buzilishi

Tez-tez: giperkalemiya, giperxolesterinemiya

Tez-tez emas: giponatriyemiya, degidratatsiya, gipertriglitseridemiya

Ruxiy buzilishlar

Tez-tez: uyqusizlik

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi, xushdan ketish, bosh og‘rig‘i

Tez-tez emas: gipesteziya

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez: miokard infarkti

Tez-tez emas: chap qorincha yetishmovchiligi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, taxikardiya

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez: arterial gipotenziya

Tez-tez emas: oyoqlarning arteriyalarini trombozi, ortostatik gipotenziya

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

Tez-tez: yo‘tal

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qabziyat, qusish

Tez-tez emas:meteorizm

Teri va teri osti to‘kimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: toshma, qichishish

Tez-tez emas: kuchli terlash, angionevrotik shish

Skelet-mushak va birlashtiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar 

Tez-tez: mushaklarni tirishishi, belda og‘riq 

Tez-tez emas: suyak-mushak og‘riqlari

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: buyrak funktsiyasini buzilishi

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ginekomastiya

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi reaktsiyalar

Tez-tez: asteniya

Tez-tez emas: loxaslik

Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga ta'siri

Tez-tez: qonda mochevina darajasini oshishi, qonga kreatinin darajasini oshishi

Tez-tez emas: epidermal omili (ingl. EGF-R) retseptorlari sonini oshishi, qonda glyukoza darajasini oshishi.

EPHESUS tadqiqotida keksa yoshdagi bemorlarda (75 yoshdan katta) insultlar soni ko‘payishi kayd etildi. Shu bilan birga platsebo (22) va eplerenon (30) gruppalari orasidagi insultlar sonida statistik farq qayd etilmagan. EMPHASIS-HF tadqiqotida keksa patsiyentlar (≥75 yosh) orasida insultlar xolati qayd etilgan:  9ta eplerenonning  gruppasida va 8ta platseboning gruppasida. 

Yomon nojo‘ya reaktsiyalar xakidagi xabarlar

Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada ta'riflanmagan har qanday nojo‘ya holatning og‘irlashish yoki nojo‘ya holatlarning paydo bo‘lish hollarida, shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish zarur. Tibbiyot xodimi gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalarning barcha holatlari haqida xabar berishi kerak.

Nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi shunday xabarlar tufayli, preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha keng ma'lumotni to‘plash mumkin bo‘ladi


Giperkaliyemiya:

Eplerenon qo‘llanganida uning ta'sir mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Preparat bilan davolash boshlanganida va preparatning dozasi o‘zgartirilganida barcha patsiyentlarning qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Keyinchalik davolanish vaqtida, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshdagi bemorlar va qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar kabi giperkaliyemiyani rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda kaliyning kontsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

Giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, eplerenon bilan davolash boshlangandan so‘ng kaliy preparatlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Eplerenonning dozasini pasaytirish qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi isbotlangan.

Yana bir tadqiqotda eplerenon bilan davolanish fonida gidroxlortiazidni yuborish qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini oshishiga qarshilik ko‘rsatishi isbotlangan.

Angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlari (ingl. ACEI) yoki angiotenzin II retseptorining antagonistlari (ingl. ARV), bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari va (yoki) angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Buyrak funktsiyasini buzilishi, shu jumladan diabetik mikroalьbuminuriyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi. Buyrak funktsiyasi pasayganida giperkalimiyani rivojlanish xavfi oshadi. Qandli diabetning 2 turi va mikroalьbuminuriyasi bo‘lgan patsiyentlarga tegishli ma'lumotlari cheklangan, biroq ushbu patsiyentlar guruhida giperkalemiyani rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilgan. Shu sababli, bunday patsiyentlarda davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Eplerenon gemodializda organizmdan chiqarilmaydi.

Jigar funktsiyasini buzilishi

Jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rtacha darajadagi buzilishi (Chayld-Pьyu shkalasi bo‘yicha A va V sinf) bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini 55,5 mmolь/l dan oshishi aniqlanmagan. Jigar funktsiyasini yengil va o‘rtacha darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda elektrolitlar darajasini nazorat qilish kerak.

Jigar funktsiyasini nazorat qilish kerak. Jigar funktsiyasini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda eplerenonni qo‘llash o‘rganilmagan, shuning uchun uni buyurish mumkin emas.

CYP3A4 induktorlari

Eplerenonni CYP3A4 ning kuchli induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Eplerenon bilan davolanish vaqtida litiy, siklosporin, takrolimusni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Laktoza

Tabletkalar laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.

Bir tabletka Espiro 25 mg 39,51 mg laktoza saklaydi.

Bir tabletka Espiro 50 mg 79,02 mg laktoza saklaydi.


Eplerenon quyidagi hollarda qo‘llanadi:

• yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan so‘ng yurak yetishmovchiligining klinik ko‘rinishlari va yurakning chap qorinchasi funktsiyasini buzilishi (LVEF [chap qorinchaning zarb fraktsiyasi]≤40%) bo‘lgan klinik xolati barqaror bo‘lgan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfini kamaytirish maqsadida beta-adrenoblokatorlar bilan birga standart terapiya komponenti sifatida;

• Yurak yetishmovchiligi (surunkali) (NYHA tasnifi bo‘yicha II FK) va yurakning chap qorinchasi funktsiyasini buzilishi (LVEF ≤30%) bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfini kamaytirish maqsadida standart terapiya komponenti sifatida


Preparatning ta'sir etuvchi moddasiga yoki biron bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik

• Davolash boshlanishdan oldin zardobda kaliyning darajasi >5,0 mmolь/l

• Buyrak kalavalari filьtratsiyasi tezligining ko‘rsatkichi <30 ml/min/1,73 m2 asosida belgilanuvchi og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi

• Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo‘yicha S sinf)

• Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini (masalan, itrakonazol, ketokonazol, ritonavir, nelfinavir, klaritromitsin, telitromitsin va nefazodon) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas


Farmakodinamik o‘zaro ta'siri

Kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlari:

Giperkaliyemiyani rivojlanishini yuqori xavfini hisobga olib, kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga eplerenonni buyurish mumkin emas. Kaliyni tejovchi diuretiklar angiogipertenziv dori preparatlari va boshqa diuretiklarning samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (ing.ACEI), angiotenzin II retseptorlarining aylantiruvchi fermentning ingibitorlari va (yoki) angiotenzin (II) retseptorlarining antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Ayniqsa buyrak funktsiyasini buzilish xavf yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, masalan, keksa yoshdagi shaxslarda buyrak funktsiyasi va qon zardobidagi kaliyning darajasini nazorat qilish kerak. 3 ta preparatning majmuasini: angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini va angiotenzin II retseptorlarining antagonistini eplerenon bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Litiy

Eplerenonni litiy bilan o‘zaro ta'siri o‘rganilmagan, biroq diuretiklar va angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarini bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda litiy bilan zaxarlanish xollari qayd etilgan. Eplerenon va litiyni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Agar shunday davolash juda zarur bo‘lsa, plazmada litiyning darajasini nazorat qilish kerak.

Siklosporin, takrolimus

Siklosporin, takrolimus buyrak funktsiyasini buzilishiga va giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Eplerenon va siklosporin yoki takrolimusni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Shunday davolashni buyurish zarurati bo‘lganida, qon zardobida kaliyning darajasini va buyrak funktsiyasini yaxshilab nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari (NYaQP)

NYaQP bilan davolash, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlarda (keksa yoshdagi patsiyentlar va (yoki) organizmni suvsizlanishi bo‘lgan patsiyentlar) ushbu dori preparatlarni kalavalar filьtratsiyasiga bevosita ta'sir qilishi oqibatida o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Eplerenon va NYaQP ni olayotgan patsiyentlarga davolash boshlanishidan oldin adekvat ravishda gidratatsiya o‘tkazish, buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Trimetoprim

Trimetoprim va eplerenonni bir vaqtda qo‘llash giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi shaxslarda, buyrak funktsiyasini va qon zardobidagi kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.

Alьfa1 – adrenoblokatorlar (masalan, prazozin, alьfuzozin) alьfa1 – adrenoblokatorlar va eplerenon bir vaqtda qo‘llanganida gipotenziv samarani kuchayishi va (yoki) ortostatik gipotenziyani rivojlanish extimoli mavjud. Eplerenon va alьfa – adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash vaqtida ortostatik gipotenziyani klinik monitoringini o‘tkazish tavsiya etilgan.

Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, amifostin, baklofen

Ushbu dori preparatlarni eplerenon bilan bir vaqtda qo‘llash, gipotenziv samarani va ortostatik gipotenziya xavfini oshirish mumkin.

Glyukokortikosteroidlar, tetrakozaktid

Ushbu dori preparatlarni eplerenon bilan bir vaqtda qo‘llash antigipertenziv samarani susayishiga (organizmda natriy va suyuqlikni ushlanib qolishi) olib kelishi mumkin.


Espiro 25 mg: diametri 6 mm bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Espiro 50 mg: diametri 8 mm, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkadagi bo‘lish uchun riskasi yutish qulayroq bo‘lishi uchun faqat maydalashni yengillashtiradi

Eplerononni ovqat vaqtida yoki ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Dozasi 
Dozasini shaxsiy tanlash maqsadida 25 mg va 50 mg ta'sir etuvchi modda saqlovchi dori shakllari mavjud. Maksimal dozasi sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil etadi.
O‘tkazilgan miokard infarktidan keyin yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar:
Eplerenonning samarasini bir maromda ushlab turuvchi tavsiya etilgan dozasi sutkada 
1 marta 50 mg ni tashkil etadi. Davolashni sutkada bir marta 25 mg dozasi bilan boshlash, 4 hafta davomida sutkada bir marta 50 mg bo‘lgan kerakli dozaga erishilguncha, qon zardobidagi kaliyning darajasini nazorat qilib, asta-sekin oshirish kerak (1 jadvalga qarang). Odatda elerenon bilan davolashni o‘tkir miokard infarktidan so‘ng 3-14 kun davomida boshlash maqsadida muvofiqdir.
Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha II FS) bo‘lgan patsiyentlar:
Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha II FS) bo‘lgan patsiyentlarni davolashni sutkada bir marta 25 mg doza bilan boshlash va 4 hafta davomida sutkada bir marta 50 mg bo‘lgan kerakli dozaga erishilguncha, qon zardobdagi kaliyning darajasini hisobga olib, asta-sekin oshirish kerak (1-jadvalga qarang).
Qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasi >5,0 mmolь/l ni tashkil qilgan patsiyentlarni eplerenon bilan davolashni boshlash tavsiya etilmaydi. 
Qon zardobidagi kaliyning darajasi eplerenonni buyurishdan oldin, davolashning birinchi haftasi davomida va preparatni qo‘llash boshlanganidan so‘ng bir oydan keyin yoki doza o‘zgartirilganda aniqlash kerak. Keyinchalik, zarurat bo‘lganida qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Davolash boshlangandan so‘ng qon zardobidagi kaliyning darajasini hisobga olib, preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
1-jadval. Davolash boshlanishdan oldin dozasini tanlash
Qon zardobidagi kaliyning darajasi (mmolь/l) Ta'siri Dozaga tuzatish kiritish
<5,0 Oshirish 25 mg dan 25 mg gacha kunora sutkada 1marta 
sutkada bir marta 25 mg dan sutkada bir marta 50 mg gacha.
5,0-5,4 Saqlab turish dozasi o‘zgartirilmaydi.
5,5-5,9 Pasaytirish sutkada bir marta 50 mg dan sutkada bir marta 25 mg gacha
sutkada bir marta 25 mg dan kunora 25 mg gacha
25 mg dan kunora va preparat bekor qilingungacha
≥6,0 Bekor qilish tegishli emas

Qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasi ≥6,0 mmolь/l dan oshishi oqibatida eplerenon bekor qilingandan so‘ng, kaliyning kontsentratsiyasi 5,0 mmolь/l kam qiymatni tashkil qilgandagina eplerenonni 25 mg dozada kunora qo‘llashni qaytadan boshlash mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalar va o‘smirlarda eplerenonni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi shu paytgacha aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi shaxslar uchun boshlang‘ich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak funktsiyasini yoshi o‘tgan sayin yomonlashishi sababli, keksa yoshdagi shaxslarda giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Bu xavf organizmda dori vositasining kontsentratsiyasini oshiradigan yondosh kasalliklar borligi sababli, ayniqsa jigar funktsiyasini yengildan o‘rtacha og‘irlik darajadagi buzilishlarida qo‘shimcha ravishda oshishi mumkin. Qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Buyrak funktsiyasini yengil darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatning boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va dozani 1-jadvalga muvofiq tanlash tavsiya etiladi.
Buyrak funktsiyasini o‘rtacha darajadagi buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30-
60 ml) bo‘lgan patsiyentlarga preparatning boshlang‘ich dozasi kunora 25 mg ni tashkil etadi va kaliyning darajasiga qarab o‘zgartirilishi kerak (1-jadvalga qarang). Vaqti-vaqti bilan qon zardobidagi kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya qilinadi. 
O‘tkazilgan miokard infarktidan so‘ng yurak yetishmovchiligi rivojlangan, kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q. Bu patsiyentlarga eplerenon qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan patsiyentlarga preparat sutkada bir marta 25 mg dan dozada qo‘llash o‘rganilmagan.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarga eplerenonni qo‘llash mumkin emas.
Eplerenon dializda organizmdan chiqarilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rtacha darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatning boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Bunday patsiyentlarning organizmda eplerenonning kontsentratsiyasi oshishini hisobga olib, qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini, ayniqsa, keksa yoshdagi patsiyentlarda tez-tez va muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘llanishi
CYP3A4 ning kuchsiz yoki o‘rtacha ingibitorlari, masalan amiodaron, diltiazem va verapamil bir vaqtda qo‘llanganida, davolashni sutkada bir marta 25 mg doza bilan boshlash kerak. Dozasi sutkada bir marta 25 mg dan oshmasligi kerak.


Homiladorlik
Eplerenonni homilador ayollarga qo‘llash yuzasidan ishonchli ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, homiladorlikni kechishiga, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruqqa, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa preparatning bevosita va bilvosita salbiy ta'siri aniqlanmagan. Homilador ayollarga eplerenonni ehtityotkorlik bilan buyurish kerak.
Emizish davri 
Eplerenon ichga qabul qilingandan so‘ng ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma'lum, biroq klinika oldi tadqiqotlari natijalari eplereonon va (yoki) uning metabolitlari kalamushning sutida mavjud bo‘lishiini ko‘rsatadi. Ushbu moddani sut bilan qabul qilayotgan yosh kalamushlar normal rivojlangan. Emadigan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nojo‘ya samaralar bo‘lishi extimoli noma'lumligi sababli, patsiyent ayol uchun dori vositasini qo‘llash muximligiga qarab, uni bekor qilish yoki emizishni to‘xtatish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak.
Fertillik
Odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida fertillikka ta'siri yuzasidan tegishli ma'lumotlar yo‘q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Espiro 0,025 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Espiro 0,025 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Espiro 0,025 tabletkalari N30 dori vositasi ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Espiro 0,025 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Espiro 0,025 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LAYLENON tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya / Chexiya
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Synthon Hispania SL
  • Vakil: Grand Medical Group AG
LAYLENON tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya / Chexiya
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Synthon Hispania SL
  • Vakil: Grand Medical Group AG
Narh: 209 000 so'mdan Batafsil
ESPIRO tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод АО "Польфарма"
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
ESPIRO tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medana-PolPharma S.A
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
ESPIRO 0,05 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
  • Vakil: Polpharma S. A.
ESPIRO tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармацевтический завод АО "Польфарма"
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESPIRO 0,05 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Эплеренон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
  • Vakil: Polpharma S. A.
MAKSIGRA 0,05 tabletkalari N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Sildenafil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
MAKSIGRA 0,05 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Sildenafil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
MAKSIGRA 0,1 tabletkalari N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Sildenafil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПОЛЬФАРМА Фармацевтический завод, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9