×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Бензалкония хлорид
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Иннотера Шузи
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- G02BB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

ico 45 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Saqlash shartlari При температуре не выше 25 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Продажа Retseptsiz.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:

Benzalkoniy xloridining 50% suvli eritmasi                         37,8 mg,

bu 18,9 mg benzalkoniy xloridiga mos keladi         

Yordamchi moddalar:

dimetikon 1000                                                                      1042,2 mg

kolloid kremniy dioksidi                                                       90,0 mg

giproloza                                                                                105,0 mg

Makrogol-7-glitserilkokoati                                                   150,0 mg

makrogol 400                                                                        75,0 mg

Qobiqning tarkibi:

jelatin                                                                                     385,25 mg

glitserol                                                                                  189,75 mg

Chiqarilish shakli  

Qin kapsulalari 18,9 mg.

6 kapsuladan PVX/alyumin blisterda.

1 yoki 2 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Qin kapsulalari
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir. Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.

Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.

Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.

Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.

In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.

Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherikning jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.

Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.

Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Retseptsiz.
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar  preparat to’g’ri  qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi,  bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.

Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.

Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.

Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.

Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.

Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.

Avtomobilni  va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:

-peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;

— tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,

— menopauzada;

-muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;

-qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa, YAQNDV (Yallig’lanishga qarshi nosteroid dori vositalari) kabi preparatlarini uzoq muddat qo`llanilishida.

-doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda  qo’shimcha usul sifatida.

Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin yoki bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishida qo’llash mumkin emas.

Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi  preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda-benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun  xattoki  kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi. 


25oC dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

Yumshoq, yarim tiniq, och-sariq rangli, oval shaklli kapsulalar. 

Kapsula ichidagisi – oqdan sarg’ish tusli oq rangligacha bo’lgan emulsiya. 

Kapsula ichidagisi biroz qavatlarga ajralishi mumkin.

Qin ichiga qo’llash uchun.

Chalqancha yotgan holda, kapsulani jinsiy aloqadan 10 minut oldin qinga chuqur yuboriladi. Ta’sir davomiyligi – 4 soat. Har bir takroriy jinsiy aloqadan oldin albatta yangi kapsulani yuborish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.

Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 dori vositasi Иннотера Шузи tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEPTOLETE D pastilkalar so vkusom mentola N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Narh: 69 800 so'mdan Batafsil
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
Narh: 220 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
GELMINTOKS 0,125 tabletkalari N6
GELMINTOKS 0,25 tabletkalari N3
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Narh: 69 800 so'mdan Batafsil
ATRIKAN 250 250mg
Другие формы препарата
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laboratoire Innotech International manufactured by Innothera Chouzy
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9