×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2%

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Ginekologik kasalliklarni davolashda boshqa dori vositalari. Mahalliy qo’llash uchun kontratseptivlar. Intravaginal kontratseptivlar
Faol modda:
Бензалкония хлорид
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- G02BB
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 220 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 148 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

100 g kremda

Faol modda:

2,4 g benzalkoniy xloridining 50% eritmasi, bu 1,2 g benzalkoniy xloridiga muvofiq keladi;

Yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, makrogol va etilenglikol palmitostearati (TefozÒ 63), lavanda moyi essensiyasi, natriy gidrogenofosfat dodekagidrati, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli  

Qin kremi 1,2%

72 g dan krem membranali va membranani teshish uchun peforatorli yuqori zichlikdagi polietilendan buraladigan qopqoqli alyuminiy tubalarda. Tuba ichidan himoyalovchi epoksifenol lak bilan qoplangan. Bir tuba qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi va past zichlikdagi polietilendan dozator bilan karton qutida.


Qin kremi
Benzalkoniy xloridi bir vaqtda spermitsid va antiseptikdir Spermitsid ta’siri ta’sir qiluvchi moddaning spermatozoid membranalarini parchalash (avval dumini, so’ngra boshchasini) qobiliyati bilan bog’liq, bu shikastlangan spermatozoid tomonidan tuxum xujayrani urug’lantiraolmasligiga olib keladi. Samarasi qinga yuborilganidan keyin darhol rivojlanadi.

Farmateks preparatini qo’llash homiladorlikni paydo bo’lish xavfini kamaytiradi, lekin butunlay bartaraf etmaydi.

Qinning normal mikroflorasiga (shu jumladan, Doderlyayn tayoqchasiga) ta’sir qilmaydi.

Farmateks xayz davri, libido va ayollar fertil davriga ta’sir ko’rsatmaydi.

In vitro Neisseria gonorrhoeae, Chlamydia spp., Trichomonas vaginalis., Herpes simplex 2 turi, Staphylococcus aureus nisbatan faol. Mycoplasma spp. ga ta’sir ko’rsatmaydi va Gardnella vaginalis, Candida albicans, Haemophilus ducreyi va Treponema pallidum ga kuchsiz ta’sir qiladi.

Benzalkoniy xloridi qin shilliq qavatidan so’rilmaydi, oddiy suv bilan yuvilganda bartaraf qilinadi va normal fiziologik ajralmalar bilan chiqariladi.
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, qin va/yoki sherikning jinsiy olatida qichishish va achishish, og’riqli siyish.

Ular paydo bo’lgan hollarda Farmateksni qo’llash to’xtatilsin.

Agar yo’riqnomada ko’rsatilgan har qanday nojo’ya samaralar og’irlashsa, yoki Siz yo’riqnomada ko’rsatilmagan har qanday boshqa nojo’ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Retseptsiz.
Farmateks homiladorlikdan saqlanish uchun samarali preparatdir, agar  preparat to’g’ri  qo’llanilsa. Biroq, spermitsid mahalliy kontratsepsiyasi doim gormonal kontratsepsiyasi,  bachadon ichki kontratsepsiyasi, qin diafragmasi, servikal qopqog’i yoki prezervativlarga nisbatan doim samarasiz.

Jinsiy aloqadan 2 soat oldin va keyin jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi, chunki sovun Farmateksning ta’sir qiluvchi moddasini parchalaydi.

Jinsiy aloqadan keyin tashqi jinsiy a’zolarni faqat toza suv bilan tozalash mumkin. Jinsiy aloqadan 2 soatdan keyin qinni tozalash mumkin.

Qinga yuborilgan Farmateksning kontratseptiv ta’sirini pasayishi xavfi sababli, vanna qabul qilish, dengizda, basseynda va suv xavzalarida cho’milish mumkin emas.

Qin kasalliklarini davolashda qin dori vositalari bilan davolash to’xtamagunigacha Farmateksni qo’llashni vaqtincha to’xtatish kerak.

Bu kontratsepsiya usuli jinsiy aloqa yo’li bilan o’tadigan yoki Odam immun tanqisligi virusi sabab bo’lgan infeksiyalardan himoya qilmaydi. Ushbu kasallliklardan faqat to’siqli kontratseptiv usuli –prezervativ mavjud.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning salbiy ta’siri to’g’risida ma’lumotlar yo’q.

Reproduktiv yoshdagi ayollar uchun mahalliy kontratsepsiya, ayniqsa:

  • peroral kontratseptivlar va bachadon ichki kontratsepsiyasini qo’llash mumkin bo’lmaganda;

  • menopauzadan oldingi davrda;

  • muntazam bo’lmagan jinsiy aloqalarda;

  • qin diafragmasi yoki bachadon ichi spirali qo’llanganida qo’shimcha mahalliy kontratsepsiya sifatida qo’llaniladi, ayniqsa uzoq vaqt  nosteroid yallig’lanishga qarshi preparatlar qo’llanilganda

  • doimiy qo’llaniladigan peroral kontratseptivlarni qabul qilishni o’tkazib yuborish yoki kechikishda. Bu holatda xayz davrigacha bo’lgan kun davomida ikki turdagi kontratsepsiyani qo’llash tavsiya etiladi.

  • tug’ruqdan keyingi davrda, laktatsiya davrida, homiladorlikni to’xtatishda,
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, vaginit, qin va bachadon bo’yni shilliq qavatini yaralanishi va ta’sirlanishi.
Qin ichiga qo’llaniladigan har qanday dori vositasi  preparatning spermitsid ta’sirini pasaytirishi mumkin. Faol modda —  benzalkoniy xlorid sovun ta’sirida parchalanadi, shuning uchun  xattoki  kam miqdorda bo’lsa ham jinsiy a’zolarni tozalash uchun sovundan foydalanish ta’qiqlanadi. 
25°C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Lavanda hidiga ega oq bir xil krem
Vaginal qo’llash uchun.

Dozatorni tubaga qopqoqning o’rniga o’rnating. Tubani ichidagisini sekin bosib dozator to’lgunicha (porshenning oxirigacha) shunday chiqarish kerakki, bunda havo pufakchalarni hosil bo’lmasligi kerak. Dozatorni tyubikdan yechib oling. Tubani qopqoqcha bilan yoping.

CHalqancha yotgan holda, kremni dozator yordamida asta-sekin porshenga bosib qinga chuqur kiritish kerak. Ta’sir davomiyligi — 10 soat. Har bir qayta jinsiy aloqa oldidan albatta kremning yangi porsiyasini kiritish kerak.

Bir doza (5 g krem) bir jinsiy aloqaga mo’ljallangan.

Dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Homiladorlik

Preparat kontratseptiv vosita hisoblanadi, homiladorlik vaqtida qo’llanmaydi. Homiladorlik vaqtida bu spermitsidni tasodifan qo’llanganda, homilaga xech qanday salbiy ta’sirlar aniqlanmagan.

Laktatsiya davri

Onaning sutiga kirib borishi juda kam miqdorda ma’lum salbiy ta’sirlar ko’rsatmasdan amalga oshirilishi mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qo’llash mumkin . Ona suti bilan ajralmaydi, laktatsiya davrida qo’llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FARMATEKS krem vaginalniy 72g 1,2% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
SEPTOLETE D pastilkalar so vkusom mentola N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
Narh: 79 500 so'mdan Batafsil
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
FARMATEKS krem 72,0g 1,2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лаборатории Шемино/Иннотера Шузи
Narh: 220 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 35 900 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 187 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 332 304 so'mdan Batafsil
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
Narh: 36 900 so'mdan Batafsil
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml
Другие формы препарата
FARMATEKS suppozitorii 18,9mg N10
FARMATEKS vaginal kapsulalar 18,9mg N6
FARMATEKS vaginal kapsulalar N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Бензалкония хлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Каталент Франс Бейнхейм С.А./Иннотера Шузи
FARMATEKS tabletkalari 20mg N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9