×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FEROMINA sirop

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
комплекс витаминов
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabros Pharma Pvt. Ltd
Vakil:
- Healthcare Business MChJ
ATX kodi:
- A11AA03
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
SERTOGAMMA eritma 2 ml N5 Dr Sertus ilaç sanayi ve ticaret limited şirketi Turkiya
60 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Siropning har 15 ml quyidagilarni saqlaydi:
Temir glyukonati VR 300 mg
V1 vitamini VR 5 mg
V2 vitamini VR 5 mg
V6 vitamini VR 1.5 mg
V12 vitamini VR 15 mkg
Niatsinamid VR 45 mg
Folat kislotasi VR 1 mg
Yordamchi moddalar: natriy metilparaben, natriy propilparaben, limon kislotasi, saxaroza, natriy benzoat, dinatriy EDTA, karmozin bo'yovchisi, aralash meva ta'mi, tiomochevina, bronopol, xloroform, tozalangan suv.
Feromina preparatining ta'siri uning tarkibiga kiruvchi, metabolik jarayonlarining muhim omillari hisoblangan vitaminlar va temirning samaralariga bog'liq. B1, B2, B6, B12 vitaminlari, folat kislotasi gemoglobin va energiya almashinuvining boshqa oqsillarini biosintezi uchun, nerv tizimini normal holatda tutib turish uchun zarurdir.
Temir glyukonati organizmda temir tanqisligini o'rnini qoplaydi va temir tanqisligi anemiyalarida gemoglobin sintezini rag'batlantiradi. Yaxshi so'riladi va o'zlashtiriladi. Plazma oqsillari bilan bog'langanda transferrin hosil bo'ladi, u qizil suyak ko'migi va boshqa to'qimalarga tushadi. Jigar, retikuloendotelial tizim, mushak to'qimasi xujayralarida to'planadi.
V1 vitamini koferment sifatida uglevodlar almashinuvida va nerv tizimining faoliyatida ishtirok etadi.
V2 vitamini xujayra nafasi va ko'rish qobiliyatining katalizatori, DNK shakllanishida muhim rolь o'ynaydi, to'qimalar regeneratsiyasi (shu jumladan teri xujayralari) jarayoniga yordam beradi.
V6 vitamini koferment sifatida aminokislotalar va oqsillar metabolizmida va neyromediatorlar sintezida ishtirok etadi.
V12 vitamini suvda eruvchi vitaminlar guruhiga kiradi. Yuqori biologik faollikka ega. Normal qon yaratilishi uchun zarur (eritrotsitlarni yetilishiga zamin yaratadi). Labil metil guruhlarni sintezida va metionin, nuklein kislotalari, xolin, kreatinni hosil bo'lishida ishtirok etadi. Eritrotsitlarda sulьfgidril guruhlarni saqlovchi birikmalarni to'planishiga yordam beradi. Jigar va nerv tizimi faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, yuqori dozalarda tromboplastin va protrombin faolligini oshishini chaqirib, qonning ivish tizimini faollashtiradi.
Niatsinamid to'qima nafasi, yog'lar va uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.
Folat kislotasi - V guruhi vitamini. Organizmda folat kislotasi turli metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi koferment hisoblangan tetragidrofolat kislotasi hosil bo'ladi. U megaloblastlarni yetilishi va normoblastlarni hosil bo'lishi uchun zarurdir. Eritropoezni rag'batlantiradi, aminokislotalar (metionin, serin va boshq.) sintezida, nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlik davrida teratogen omillarning ta'siriga nisbatan ma'lum darajada himoya vazifasini bajaradi.
Temir glyukonati past ionlanish konstantasi hisobiga peroral qabul qilinganda yuqori biokiraolishlikka ega. Asosan o'n ikki barmoq ichakda va och ichakning proksimal qismida so'riladi. 90% dan ortig'i qon plazmasi oqsillari (asosan globulin) bilan bog'lanadi. Ferritin yoki gemosiderin ko'rinishida gepatotsitlarda va retikuloendotelial tizimida to'planadi, ozgina miqdori – mioglobin ko'rinishida mushaklarda to'planadi.
Allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, enteritda, yarali kolitda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Temir glyukonati qabul qilinganda ahlatni qora rangga bo'yalishi kuzatiladi, lekin bu klinik ahamiyatga ega emas.
Temir tanqisligi anemiyasi (profilaktika va davolash); Homiladorlik va emizish davrida, hayz ko'rish vaqtida anemiyani oldini olish; V guruhi vitaminlarini qo'shimcha qabul qilish zarur bo'lgan holatlar, masalan vegetarian parhezda yoki muvozanatlanmagan ovqatlanishda; Bolalar va o'smirlarni jadal o'sish davrida; Uzoq muddatli qon ketishlari, shu jumladan jarrohliq operatsiyalari, me'da-ichak yo'llarida temirni so'rilishini buzilishi oqibatidagi temir tanqisligi holatlari (shu jumladan anemiyalar) ni davolashda qo'llaniladi.
Gemoxromatoz, gemosideroz, gemolitik (nasliy va orttirilgan) va temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan boshqa anemiyalar, jigar sirrozi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Preparat temir saqlaydi, shuning uchun tetratsiklin guruhi antibiotiklari va mikroblarga qarshi vositalar – ftorxinolon hosilalari bilan birga qo'llanganda, oxirgilarni me'da-ichak yo'llaridan so'rilishi sekinlashadi. Tarkibiga alyuminiy, kalьtsiy, magniy kiruvchi antatsid preparatlarni, shuningdek kolestiraminni bir vaqtda qo'llanganda, preparatning tarkibiga kiruvchi temirni so'rilishini sekinlashishi yuz beradi.
Ichga buyuriladi.
Kattalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta; 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga 1 choy qoshiqdan kuniga 2 marta; 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan kuniga 2 marta buyuriladi.
Simptomlari: ko'ngil aynishi, qorinda og'riqlar, qusish, diareya, bosh aylanishi, holsizlik, terini oqarishi yoki sianoz, ongni chalkashishi, giperventilyatsiya simptomlari, arterial gipotenziya.
Davolash: spetsifik davolashni o'tkazishgacha me'da – ichak yo'lidan preparatni chiqarilishi bo'yicha choralar (qusishni chaqirish, me'dani yuvishni o'tkazish) keyinchalik ichga sut, xom tuxum buyurish kerak, ko'rsatmalar bo'yicha – simptomatik davolashni o'tkazish kerak. 
Spetsifik davolashni temirni bog'lab oluvchi xelatlarni hosil qiluvchi vositalar - deferoksaminni (temir bilan kompleks birikma hosil qiladi) ichga va parenteral ravishda buyurish bilan o'tkaziladi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan keyin ishlatilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FEROMINA sirop dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FEROMINA sirop dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FEROMINA sirop dori vositasi Nabros Pharma Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FEROMINA sirop dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FEROMINA sirop dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ZENVIT sirop 200ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: комплекс витаминов ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
  • Vakil: Medlife Pharm
FEROMINA kapsulalar N30
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLEDROKS gel 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
MONOPOUZ ESSEL kapsulalar N30
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
DOLAREN gel 20g
DOLAREN BEYBI suspenziya 60ml
KOFANOL sirop 100ml
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLAREN tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
KALSIY D3 NABROS tabletkalari so vkusom limona N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
ESSEL FORTE kapsulalar N50
MONOPOUZ ESSEL kapsulalar N10
DOLAREN gel 50g
FLYUKON kapsulalar 150mg N1
FEROMINA kapsulalar N30
XIL krem 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
LIVERESS FORTE inyeksiya uchun eritma 5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
FERROMINA eritma 5 ml 100 mg/5 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
XIL krem 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 50mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
NOVIGRA tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
LIVERESS N kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
Другие формы препарата
FEROMINA kapsulalar N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9