×
×
  • GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Makedoniya
Qadoqda soni:
- 24
Ishlab chiqaruvchi:
- Abbott Laboratories GmbH, Германия произведено: Alkaloid AD Skopje
ATX kodi:
- A02AD01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
VERABEZ kukuni 20mg N1 Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: United Biotech (P) Limited Hindiston
NOLPAZA poroshok 40mg N1 KRKA d.d. Sloveniya
54 000 s`om dan
PANZAK tabletkalari 40mg N30 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GASTROGARD

GASTROGUARD

 

Preparatning savdo nomi: GastroGard

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kalsiy karbonati, magniy karbonati

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalari.

Tarkibi:

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kalsiy karbonati – 680 mg, magniy karbonati – 80 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, qisman oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, kopovidon, ksilit, quyialmashingan gidroksipropilsellyuloza, aromatizator (yalpiz, mentol), talk, magniy stearti.

Ta‘rifi: kvadrat, ikki yoqlama bukilgan burchaklari dumaloqlangan oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antasid vositalar, alyuminiy, kalsiy va magniy birikmalari bilan majmualar va komplekslar.

ATX kodi: A02AD01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Bu preparat ikkita antasid vositalari kalsiy karbonati va magniy karbonatining majmuasi hisoblanadi. Kalsiy karbonati va magniy karbonatning ta‘sir qilish usuli mahalliy xisoblanadi, me‘da kislotasini neytrallashuviga asoslangan va u tizimli so‘rilishiga bog‘liq emas. Kalsiy karbonat va magniy karbonat me‘dada me‘da shirasining kislotasi bilan reaksiyaga kirishib suv va eruvchan mineral tuzlarni hosil qiladi.

CaC03+2HC1=>CaCl2+H20+C02

MgC03+2HCl=>MgCl2+H20+C02

Kalsiy karbonat tez, uzoq va kuchli neytrallovchi ta‘sirga ega. Bunday samara u shuningdek kuchli neytrallovchi ta‘sirga ega bo‘lgan magniy karbonatni qo‘shilishi hisobiga oshadi. In vitro sharoitida preparatni umumiy kislotani neytrallovchi xususiyati 15,5 mdkvN+(rN 2,5 oxirgi nuqtasigacha titrlanadi) tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda me‘da shirasining rN dastlabki rN darajasidan ahamiyatli darajada oshishiga preparat qabul qilgandan keyin 1 dan 6 minutgacha bo‘lgan vaqt chegarasida erishilgan.

Farmakokinetikasi

Kalsiy karbonat va magniy karbonat me‘dada me‘da shirasining kislotasi bilan reaksiyaga kirishadi, suv va suvda eruvchan mineral tuzlarni hosil qiladi. Kalsiy va magniy bu eruvchan tuzlarga so‘rilishi mumkin. Ammo so‘rilish darajasi konkret pasientga va qo‘llanadigan dozaga bog‘liq. 10% dan kam kalsiy va 15-20% magniy so‘riladi. Sog‘lom shaxslarda so‘rilgan kalsiy va magniyni oz miqdori odatda buyraklar orqali organizmdan tez chiqariladi. Buyrak funksiyasi buzilganida plazmada kalsiy va magniyni darajasi oshishi mumkin. Me‘dadan tashqari turli ovqat hazm qilish sharbatlarni ta‘siri tufayli, eruvchan tuzlar ichakda erimaydigan tuzlarga aylanadi va organizmdan axlat bilan chiqariladi.

 

 

 

Qo‘llanilishi

GastroGard me‘da shirasining yuqori kislotaligini pasaytiradi va shuningdek jig‘ildon qaynashi va meteorizmni kamaytiradi. GastroGard chaynash uchun tabletkalarini me‘dada:

  • dispepsiya, jumladan homiladorlik vaqtida ovqat hazm bo‘lishini buzilishi;
  • ovqat va ichimliklarni haddan ziyod ko‘p ist‘mol qilish;
  • gastrit, me‘da-ichak yarasi, reflyuks-ezofagit, “achchiq” kekirish, oqibatida chaqirilgan diskomfortni yengillashtirish uchun qo‘llanadi

 

Qo‘llash usuli va dozalari

GastroGard tabletkalarini chaynab yoki shimib ichga qabul qilish lozim.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar:

Bitta yoki ikkita tabletkani odatda asosiy ovqatni qabul qilgandan keyin bir soatdan so‘ng yoki uyqudan oldin yoki o‘tkir diskomfort hollarida chaynash yoki shimish lozim.

Maksimal doza 11 tabletkani (bu 8 g kalsiy karbonatiga to‘g‘ri keladi), tashkil qiladi.

Buyrak funksiyasi buzilganida qo‘llanishi “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang.

Bolalar

12 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Maxsus qabul qilish tartibi talab qilinmaydi, ammo “qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga va “ehtiyotkorlik”larga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar spontan tushgan xabarlarga asoslangan, shunday qilib, ularni CIOMS III uchrash tezligi mezonlariga muvofiq tasniflashni axamiyati yo‘q.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari to‘g‘risida juda kam xabar qilingan. Klinik simptomlarga toshma, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaksiya tegishli bo‘lishi mumkin.

Meda-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada diskomfort va diareya paydo bo‘lishi mumkin.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar

Preparatni ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda, yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, giperkalsemiyaga yoki gipermagniemiyaga va alkalozga olib kelishi mumkin, va o‘z navbatida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlarni va mushak zaifligini chaqirishi mumkin (quyiga qarang)

Tayanch-xarakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Mushak zaifligi kuzatilishi mumkin.

Faqat sut-ishqor sindromida paydo bo‘ladigan nojo‘ya samaralar (“Dozani oshirib yuborilishi”ga qarang).

Nerv tizim tomonidan buzilishlar – bosh og‘rig‘i;

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – ta‘m bilishni yo‘qotish;

Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar – azotemiya

Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi holatlar – kalsinoz va asteniya;

Shubha qilingan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risidagi xabarlar

Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilinadigan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabar qilish juda muhim. Bu dori vositasi uchun foyda/xavf nisbatini uzluksiz nazorat qilish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlariga har qanday shubha qilingan nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida davlat xabar berish tizimi orqali xabar berishingiz iltimos qilinadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lgan holatlar

Preparatning har qanday ingredientlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik (“Tarkibi”ga qarang). Giperkalsimiya, giperkalsiuriya va/yoki giperkalsiemiyaga olib keluvchi holatlar, masalan, sarkoidoz. Kalsiy cho‘kmalarini saqlagan konkrementlarni hosil bo‘lishi natijasidagi nefrolitiaz. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi.

Gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar bilan davolash vaqtida yuz beradigan me‘da shirasining kislotaligini o‘zgarishi boshqa preparatlarni, ular bir vaqtda qo‘llanganda so‘rilish tezligini va darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Kalsiy va magniy tuzlari, shuningdek fosfatlar, ftoridlar va temir saqlaydigan preparatlarni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Tiazid diuretiklar kalsiyni siydik bilan chiqarilishini pasaytiradi. Tiazid diuretiklarni yondosh qo‘llash vaqtida giperkalsemiyani rivojlanish xavfi oshishi sababli, kalsiyning qon zardobidagi darajasini muntazam nazorat qilish zarur. Kalsiy va magniy saqlagan antasid vositalari ayrim moddalar bilan, masalan, antibiotiklar (tetrasiklin, xinolonlar) va yurak glikozidlari masalan, digoksin, levotiroksin va eltrombopag bilan, bilan komplekslarni hosil qilishi mumkin, bu esa ularni so‘rilishini pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Bu dori vositalari birga qo‘llanganida yuqoridagini e‘tiborga olish lozim. GastroGard tabletkalarini eltrombopagni qabul qilishdan 4 soat oldin yoki keyin va har qanday dori preparatini qabul qilgandan keyin 1-2 soatdan so‘ng qo‘llash lozim.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Uzoq vaqt qabul qilishdan saqlanish lozim. Ko‘rsatilgan dozadan oshirmaslik lozim va agar simtomlar 7 kun o‘tgach ham saqlansa, tibbiy mutaxassis bilan qo‘shimcha ravishda maslahatlashish zarur.

Preparat buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Dori vositasini bunday pasientlarda qo‘llanganida plazmada kalsiy, fosfat va magniyning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish lozim.

Buyrak yetishmovchiligida magniy tuzlari markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin.

Boshqa antasidlar bilan bo‘lgani kabi, bu dori vositasi me‘dada xavfli o‘sma borligini yashirishi mumkin.

Preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llash, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda giperkalsiemiya, gipermagniemiya va sut-ishqor sindromi kabi nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Preparatni ko‘p miqdordagi sut va sut mahsulotlari bilan qabul qilish mumkin emas. Uzoq vaqt qo‘llash buyraklarda toshlarni hosil bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.

Fertillik, homiladorlik va emizish

Kalsiy karbonat va magniy karbonatni homiladorlik vaqtida ishlatilgandan keyin tug‘ma nuqsonlar xavfini oshishi kuzatilmagan. Preparatni yuqori dozalarda, davomli qo‘llanganda yoki buyrak yetishmovchiligida qo‘llanganda, giperkalsemiya va/yoki gipermagniemiya xavfini to‘liq istisno qilish mumkin emas. Agar GastroGard tabletkalarini ularning yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llansa, uni homiladorlik vaqtida ham qo‘llash mumkin, ammo preparatni yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilishdan saqlanish lozim.

Agar GastroGard tabletkalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llansa, uni emizish vaqtida ishlatish mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida GastroGard tabletkalarini ovqat mahsulotlari bilan istemol qilinadigan kalsiyga qo‘shimcha ravishda kalsiyni axamiyatli miqdorda tushishini ta‘minlanishini e‘tiborga olish lozim. Shu sababli homilador ayollar GastroGard chaynash uchun tabletkalarini qo‘llashni maksimal tavsiya qilinadigan sutkalik dozagacha qat‘iy cheklashlari (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang) va yondosh sut va sut mahsulotlarini haddan ziyod iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak. Bunday ogohlantirishdan asosiy maqsad organizmga kalsiyni haddan ziyod tushishini oldini olish hisoblanadi, chunki u sut-ishqor sindromini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta‘siri.

Ta‘siri yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni yuqori dozalarda ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda uzoq vaqt qo‘llash gipermagniemiyaga yoki giperkalsiemiyaga va alkalozga olib kelish mumkin va u o‘z navbatida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat) simtomlarini va mushakni zaiflashishini chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va suyuqlikni adekvat miqdorda ist‘emol qilinishini ta‘minlash tavsiya qilinadi. Dozani oshirib yuborilishini og‘ir hollarida (masalan, sut-ishqor sindromi rivojlanganida), shifokor bilan maslaxatlashish lozim, chunki boshqa regidratasiya usullari (masalan,infuziya) kerak bo‘lishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Chaynash uchun tabletkalari PVX/PVDX/Al blisterlarga joylangan; har bir blister
8 tabletkani saqlaydi. 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25º Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda, saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resepsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 dori vositasi Abbott Laboratories GmbH, Германия произведено: Alkaloid AD Skopje tomonidan Makedoniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GASTROGARD tabletkalari 680mg/80mg N24 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9