×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

P ZERO gel 30g

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
кеторолака трометамин
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- M01AB15
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 10 ta dorixonasida topildi

ico 22 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sirtga qo'llash uchun gel.

30 g dan plastmassa tubada, tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Har bir 1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ketorolak trometamini – 20 mg;

yordamchi moddalar: karbomer-940, benzil spirti, polisorbat-80, gliserin, trietanolamin, propilenglikol, tozalangan suv.

Sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo'lib, yaqqol og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi araxidon kislotasidan og'riq, yallig'lanish va isitmani patogenezida muhim rol o'ynaydigan prostaglandinlar hosil bo'lishini katalizlaydigan tsiklooksigenaza (sog) sog-1 va sog-2 fermentlarining faolligini noselektiv susayishi bilan bog'liq. Ketorolak [-]S va [+]R enantiomerlarning ratsemik aralashmasi bo'lib, bunda uning og'riq qoldiruvchi ta'siri [-]S shakli bilan bog'liq.
Mahalliy qo'llanganida gel surtilgan joyda og'riqni kamayishi yoki yo'qolishiga, shu jumladan tinch holatda va xarakatda bo'g'imlardagi og'riqlarni kamayishi va yo'qolishiga olib keladi, bo'g'imlarning ertalabki tangligi va shishini kamaytiradi. Xarakatlarni hajmini oshishiga yordam beradi.
 Ketorolakning biologik qiymati taxminan 80-100% ni tashkil etadi. Ketorolakning farmakokinetikasi odatdagi dastlabki dozalar diapazonida proportsional bo'ladi. Dori preparatining qon plazmasidagi kontsentrasiyasi tinch holatda bir martalik dozasi yuborilgandan keyingi kontsentrasiyasiga nisbatan taxminan 50% ga yuqori. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi, ketorolak plazma oksillari bilan deyarli to'liq (>99%) bog'lanadi, bu katta bo'lmagan taqsimlanish hajmiga (Vd) [<0,3 l/kg] olib keladi. U dastlab glyukoron kislotasi bilan bog'lanish orqali jadal metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi. Metabolitlari ahamiyatli darajada og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi. Sog'lom ko'gillilarda ketorolakning o'rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri (T½ β) taxminan 5 soatni tashkil etgan.

Mahalliy reaktsiyalar: qichishish, eshakemi, terini qipiqlanishi.
Gel terining katta yuzasiga surtilganida tizimli nojo'ya reaktsiyalar: jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatida yaralarni hosil bo'lishi, "jigar" transaminazalarining faolligini oshishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi; suyuqlikni ushlanib qolishi, gematuriya; allergik reaktsiyalar (anafilaktik shok, teri toshmasi); trombositopeniya, leykopeniya, aneimya, agranulositoz, qon ketish vaqtini uzayishi kabi reaktsiyalarni rivojlanishini istisno qilish mumkin emas. 
Biror bir nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lganida preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanib, preparatni terining faqat shikastlanmagan sohalariga qo'llash tavsiya etiladi. Gelni ko'zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Gel havo o'tkazmaydigan bog'lovlar ostiga qo'llanilmasin. Gel surtilganidan keyin qo'llarni sovun bilan yuvish kerak. Gel ishlatilgandan keyin tubani yaxshilab yopish kerak. 

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Og'ir darajadagi jigar etishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Buyrak funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Bolalarda qo'llanishi

16 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda preparatni qo'llash mumkin emas.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo'llanishi

Keksa yoshdagi pasientlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Quyidagi kasalliklarda og'riq sindromini bartaraf qilish uchun mahalliy qo'llanadi:

jarohatlarda (yumshoq to'qimalarni lat eyishi, yumshoq to'qimalarni yallig'lanishi, shu jumladan posttravmatik yallig'lanishi va lat eyishi, bog'lamlarni shikastlanishi);

bursit, tendinit, epikondilit, sinovit;

mushaklardagi (mialgiya) va bo'g'imlardagi (artralgiya) og'riqlarda, nevralgiyalar, radikulit, revmatik kasalliklarda qo'llanadi. 

Preparat simptomatik davolash, qo'llash vaqtida og'riq va yallig'lanishning jadalligini kamaytirish uchun mo'ljallangan, kasallikni zo'rayishiga ta'sir qilmaydi.

‒ketorolakka yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; 

‒namlanuvchi dermatozlar, ekzema, infektsiyalangan yoki ochiq jarohatlar (gel surtiladigan joyda);

‒bronxial astma, burun va burunning yondosh bo'shliqlarini qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP o'zlashtirolmaslikni to'liq yoki to'liq bo'lmagan birga kechishi (jumladan anamnezida atsetilsalisil kislotasini qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan bronxospazm, eshakemi yoki rinit);

‒homiladorlik (III uch oyligi);

‒emizish (laktasi) davri; 

-16 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar porfiriyasini zo'rayishi; miyni eroziv-yarali shikastlanishlar; og'ir darajadagi buyrak yoki jigar etishmovchiligi; surunkali yurak etishmovchiligi; bronxial astma; keksalik yoshi; homiladorlikning I va II uch oyliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Qon plazmasining oqsillari bilan bog'lanish uchun raqobatlashadigan preparatlar bilan farmakokinetik o'zaro ta'sirini istisno qilish mumkin emas.

Ketorolak, digoksin, fenitoin, litiy preparatlari, diuretiklar, Tsiklosporin, metotreksat, boshqa NYAQP, gipotenziv va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 

Agar siz ko'rsatilgan dori vositalarni qo'llayotgan bo'lsangiz yoki shifokorning nazoratida bo'lsangiz, gelni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 30С dan past haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! 


Yaroqlilik muddati-3 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

 

oq rangli bir jinsli gel
Sirtga qo'llash uchun mo'ljallangan.
Gelni surtishdan oldin terining yuzasi yuviladi va quritiladi. Gelning taxminan 1-2 sm uzunlikdagi tasmasini maksimal og'riqli sohalariga yupqa qatlam qilib bir tekis sutkada 3-4 marta surtiladi. Preparatni yumshoq uqalovchi xarakatlar bilan surtish lozim, shu orqali gelni shikastlangan sohaga bir tekis taqsimlanishi kuzatiladi. 
Preparatni kamida 4 soatdan keyin takroran qo'llash lozim. Preparatni sutkada 4 martadan ko'p qo'llash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. 
Agar preparat 10 kun davomida ishlatilganidan keyin simptomlar saqlanib tursa yoki og'irlashsa, yoki yaxshilanish kuzatilmasa, davolashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Shifokorning maslahatisiz gel 10 kundan ortiq qo'llanilmasin.

P-zero gel preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari ta'riflanmagan. Gel tasodifan ichga qabul qilinganida me'dani yuvish (qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish) va shifokorga murojaat qilish kerak. Zarurat bo'lganida keyingi davolash simptomatik bo'ladi.

Preparatni homiladorlikning III uch oyligida va laktasiya (emizish) davrida qo'llash mumkin emas.  Homiladorlikning I va II uch oyliklarida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

P ZERO gel 30g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
P ZERO gel 30g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
P ZERO gel 30g dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
P ZERO gel 30g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
P ZERO gel 30g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO DT tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALSERA tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
ALSERA tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 55 800 so'mdan Batafsil
ALSERA tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
TADAL tabletkalari 20 mg 20 mg+ 60 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
P ZERO tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
P ZERO tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd