×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEKSORAL aerozol 40ml 0,2%

Kategoriya:
- Stomatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
гексетидин
Ishlab chiqaruvchi:
- Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Фамар Орлеан
ATX kodi:
- A01AB12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

DENTINOKS gel 10g Dentinox Gesellschaft fur pharmazeuiticshe Preparate Lenk & Schuppan Germaniya
XOLISAL gel 10g Валеант, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. Polsha
55 000 s`om dan
GERVETIN eritma 1,5mg REPLEK FARM Ltd. Makedoniya
SHALFEY tabletkalari N30 Рубикон, ООО Belarusiya
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEKSORAL®

HEXORAL

 

Preparatning savdo nomi: GEKSORAL®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): geksetidin

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun aerozol

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: geksetidin – 2,0 mg;

yordamchi moddalar: polisorbat 80, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarinati, levomentol, evkalipt xivichsimon barglari moyi, natriy kalsiy edetati, 96% li etanol, natriy gidroksidi, tozalangan suv, azot.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, yalpiz hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.

ATX kodi: A01AV12.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

“GEKSORAL®” preparatining mikroblarga qarshi ta‘siri bakteriyalarning metabolizmini oksidlanish reaksiyalarini susaytirishi bilan bog‘liq (tiamin antagonisti). Preparat antibakterial va zamburug‘larga qarshi ta‘sir, xususan grammusbat bakteriyalar va Candida oilasi zamburug‘lariga nisbatan keng ta‘sir doirasiga ega, ammo “GEKSORAL®” preparati, masalan Pseudomonas aeruginosa yoki Proteus spp. chaqirgan infeksiyalarni davolashda ham samara ko‘rsatishi mumkin. 100 mg/ml konsentrasiyada preparat bakteriyalarning ko‘pchilik shtammlarini susaytiradi. Chidamlilikni rivojlanishi kuzatilmagan. Geksetidin shilliq qavatga kuchsiz og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Geksetidin shilliq qavatga yaxshi yopishadi (adgeziya) va deyarli so‘rilmaydi.

Faol modda bir marta qo‘llanganidan keyin uning qoldiqlari milklarning shilliq qavatida 65 soat davomida aniqlanadi. Tish karashida faol konsentrasiyalar qo‘llanganidan keyin 10-14 soat davomida saqlanadi.

Qo‘llanilishi

Simptomatik vosita sifatida.

  • Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq infeksion yallig‘lanish kasalliklarida simptomatik davolash;
  • tonzillit, angina (shu jumladan Plaut-Vinsent anginasi yonbosh valiklar anginasi), faringit, gingvit, stomatit, glossit, paradontoz;
  • zamburug‘li kasalliklar
  • Jarohatlarda og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq xirurgik aralashuvlardanavval yoki keyin va jarohatlarda infeksion asoratlarni oldini olish, shu jumladan tishlar olinganidan keyin alveolalarni infeksiyalanishi oldini olish.
  • Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi, shuningdek og‘izdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llaniladi.

3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: preparatni tibbiy xodim bilan maslahatlashgan keyin qo‘llash mumkin.

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: shikastlangan sohani nafasni tutib turib ishlov beriladi, 1-2 sekund davomida sutkada 2 marta purkaladi.

Geksetidin shilliq qavatga yopishadi va shu tufayli turg‘un samara beradi. Shu sababli preparatni ovqatdan keyin qo‘llash kerak.

Yuborish bo‘yicha umumiy tavsiyalar

Preparat og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoqqa purkaladi. Aerozol yordamida shikastlangan sohalarga yengil va tez ishlov berish mumkin. Quyidagi harakatlarni bajarish kerak:

  • aerozol ballonga purkagich–uchlik o‘rnatiladi;
  • purkagich-uchlik og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoqning shikastlangan sohasiga yo‘naltiriladi;
  • preparatni yuborish vaqtida, flakonni doimo rasmda ko‘rsatilgan kabi vertikal holatda ushlab turish kerak;
  • purkagich-uchlikning boshchasini 1-2 sekund davomida bosib, zarur miqdordagi preparat yuboriladi, aerozolni yuborishda nafas olinmasin.

Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dori preparatining ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qo‘llanganda aniqlangan nojo‘ya reaksiyalar quyidagi shaklda tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga asoslanib kelib chiqishi tez-tezligini baholash mumkin emas).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (shu jumladan eshakemi), angionevrotik shish.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: agevziya, disgevziya.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar. Kam hollarda: yo‘tal, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan hansirash.

Me‘da-ichak tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: og‘iz qurishi, disfagiya, ko‘ngil aynishi, so‘lak bezlarini kattalashishi, qusish.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar. Juda kam hollarda: yuborish joyida reaksiyalar (shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatida ta‘sirlanish, achishish hissi, og‘iz bo‘shlig‘i paresteziyasi, til rangini o‘zgarishi, tishlarni rangini o‘zgarishi, yallig‘lanishi, pufakchalar shakllanishi va yaralanishi).

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponetlariga yuqori sezuvchanlik;
  • og‘iz bo‘shlig‘ini shilliq qavatida eroziv-deskvamoz shikastlanishlari;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

Aerozol qo‘llanganida uni nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yutib yuborilganidan xavf tug‘ilmaydigan yoki og‘izda yot jismga (purkagichga) qarshilik ko‘rsatmaydigan, shuningdek preparat purkalganda nafasni ushlab tura oladigan yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash mumkin.

Etanol tarkibi preparatda 5,15% ni tashkil qiladi. Preparatni bitta dozasi 20,3 mg etanol saqlaydi (absolyut spirtga qayta hisoblanganda).

Aerozol ballon ichidagisi bosim ostida bo‘ladi. Agar xattoki ballon bo‘sh bo‘lsa ham, ochilmasin, teshilmasin va siqilmasin.

Agar dori vositasini yaroqsiz holatga kelsa yoki yaroqlilik  muddati tugagan bo‘lsa, uni oqar suvga oqizmang va ko‘chaga tashlamang!

Dori vositasini paketga joylashtiring va ahlat konteyneriga soling. Ushbu choralar, atrof muhitni himoya qilish uchun yordam beradi!

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

“GEKSORAL®” preparatini homiladorlik va emizish davrida noxush samarasi haqida biron-bir xabarlar yo‘q. Shunga qaramasdan, “GEKSORAL®” preparatini homilador va emizuvchi ayollarga buyurishdan oldin shifokor preparatni yo‘ldosh orqali va ona sutiga kirishi haqida yetarli ma‘lumotlar mavjud emasligini hisobga olib, davolashning foyda va xavfini sinchiklab baholash kerak.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobilyatiga ta‘siri

Mahalliy qo‘llash uchun aerozol “GEKSORAL®” dori preparati transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli turdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Geksetidinni dori preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llanganda toksik ta‘sirini ko‘rsatishini ehtimoli kam.

Etanol saqlovchi preparatni katta miqdorini yutib yuborish alkogolli intoksikasiya belgilari/simptomlari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishini har qanday holatlari bo‘lsa, tezda shifokor bilan maslaxatlashing. Alkogolli intoksikasiyadagi kabi, davolash simptomatik. Ortiqcha dozani yutib yuborgandan keyin 2 soat davomida me‘dani yuvish lozim.

Chiqarilish shakli

Mahalliy qo‘llash uchun 0,2% li aerozol.

40 ml dan preparat ichi lak bilan qoplangan alyumin aerozol ballonda. 1 aerozol ballondan purkovchi-uchlik va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Aerozol ballon ichidagisini birinchi qo‘llashdan keyin 6 oy davomida qo‘llash mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% dori vositasi Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Фамар Орлеан tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEKSORAL aerozol 40ml 0,2% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
STOMATIDIN eritma 200ml 0,1%
Narh: 47 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIKROLAKS eritma 5ml N4
MIKROLAKS eritma 5ml N12
Другие формы препарата
GEKSORAL eritma 200ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: гексетидин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фамар Орлеан
GEKSORAL tabletkalari so vkusom meda i limona N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL tabletkalari so vkusom limona N16
GEKSORAL TABS KLASSIK tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL TABS KLASSIK tabletkalari so vkusom limona N16
GEKSORAL TABS EKSTRA tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL TABS tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Зольдан Холдинг+Бонбонспециалитетен ГмбХ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9