×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPRONITIN granuli 5,0g N10

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Орнитин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- СП ООО "Remedy Group"
Vakil:
- Izida Pharma
ATX kodi:
- A05BA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
GALSTENA tomchilar 20ml Рихард Биттнер АГ Avstriya
179 000 s`om dan
GALSTENA gomeopatik tomchilar 20ml Richard Bittner AG Avstriya
179 000 s`om dan
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30 Фармак, ПАО Ukraina
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEPRONITIN granuli 5,0g N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEPRONITIN

GEPRONITIN

Preparatning savdo nomi: Gepronitin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): L-ornitin L-aspartat

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

Tarkibi:

faol modda: L-ornitin-L-aspartat

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Gepatoprotektor vosita.

ATX kodi: A05VA

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamika. Organizmda ammiakning yuqori miqdorini pasaytiradi, xususan, jigar kasalliklarida. Preparatning ta‘siri uning Krebs mochevina hosil bo‘lishi (ammiakdan mochevina hosil bo‘lishi) ornitin halqasida ishtirok etishi bilan bog‘liq.

Insulin va somatotrop gormonining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Parenteral ozuqlantirish talab etiladigan kasalliklarda oqsil almashishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi. Ornitin aspartat tarkibiga kiruvchi aminokislotalar – ornitin va aspartat komponentlariga dissosiyalanadi. Ular esa ingichka ichakda ichak epiteliyasi orqali so‘riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Giperammoniemiya bilan birga kechuvchi jigarning utkir va surunkali kasalliklari. Jigar ensefalopatiyasi, jumladan ongning buzilishlarini (prekoma va komatoz holatlar) majmuaviy davolash tartibida.

Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda parenteral oziqlantirish uchun preparatlarga to‘g‘rilovchi qo‘shimcha sifatida.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ampulalarning ichidagisini 500 ml infuzion eritmada eritib, sutkada 4 ampulagacha vena ichiga yuboriladi. Jigar ensefalopatiyasida holatning og‘irlik darajasiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi va soni va davolashning muddati shaxsiy belgilanadi. Vena ichiga quyishning maksimal tezligi soatiga 5 g.

500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ortiq eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, kam hollarda ko‘ngil aynishi, qayt qilish kuzatilishi mumkin. Ko‘rsatilgan nojo‘ya holatlar odatda o‘tib ketadi va preparatni to‘xtatilishini talab etmaydi. Nojo‘ya holatlar kuzatilganda, preparatning yuborilish dozasi va tezligi mo‘‘tadillashtiriladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

L-ornitin-Laspartatga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Kreatinin ko‘rsatgichi 3 mg/100 ml dan yuqori bo‘lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi:

Preparatni (infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat) homilaga bo‘lgan ta‘siri to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot mavjud bo‘lmaganligi sababli homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Preparatdagi ta‘sir etuvchi modda ona sutiga o‘tishi ma‘lum emas, shu sababli laktasiya davrida qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Agar preparat bilan davolanish shart bo‘lsa, u holda shifokorning nazorati ostida qo‘llanilishi darkor.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Asosiy kasallik tufayli jigar ensefalopatiyasi tashxisi qo‘yilganida avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatning yuqori dozalarida qon zardobi va siydik tarkibidagi mochevinaning miqdorini nazorat qilish kerak. Agar jigar faoliyati sezilarli darajada buzilgan bo‘lsa, bemorning individual holatini inobatga olgan holda, ko‘ngil aynishi va qayt qilishini oldini olish maqsadida, preparatni kiritish tezligini to‘g‘rilash mumkin.

Bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘isida mavjud emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatida intoksikasiyalanish belgilari qayd etilmagan.

Doza oshirib yuborilganda simptomatik terapiya qo‘llaniladi.

Chiqarilish shakli

Infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat, 10 ml ampulalarda.

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPRONITIN granuli 5,0g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPRONITIN granuli 5,0g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPRONITIN granuli 5,0g N10 dori vositasi СП ООО "Remedy Group" tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPRONITIN granuli 5,0g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPRONITIN granuli 5,0g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GEPAZA granuli 5,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Орнитин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9