×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GIDROKORTIZON 10,0 maz 1%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Гидрокортизон
Ishlab chiqaruvchi:
- Биохимик, ПАО
ATX kodi:
- S01ВА02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
63 800 s`om dan
DIAKARB tabletkalari 250mg N30 Фармацевтический завод «Polpharma», АО Polsha
60 000 s`om dan
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5% Алкон-Куврер Н.В. С.А. Belgiya
SINOZOL ko'z tomchilari 10ml N1 Aseptica, ООО O'zbekiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GIDROKORTIZON

HYDROCORTISON

 

Preparatning savdo nomi: Gidrokortizon

Ta‘sir etuvchi modda(XPN): gidrokortizon

Dori shakli: ko‘z surtmasi

Tarkibi

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: gidrokortizon asetati – 5,0 mg.

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoati (nipagin), vazelin, suvsiz lanolin.

Ta‘rifi: oq rangli surtma, sarg‘ishdan to ko‘kimtir tusli yoki kulrang rangligacha bo‘lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar.

ATX kodi: S01BA02.

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Glyukokortikosteroid vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishli hujayra infiltratlarini kamaytiradi, yallig‘lanish sohasiga leykositlar va limfositlarning migrasiyasini pasaytiradi. Hujayra va subhujayra, shu jumladan, lizosomal membranalarni va semiz hujayralarning membranalarini barqarorlashtiradi. Hujayra yuzasida immunoglobulinlarni reseptorlar bilan bog‘lanishini kamaytiradi va limfositlardan sitokinlarning (interleykinlar va interferon) sintezini yoki ajralib chiqarilishini tormozlaydi. Ekssudativ reaksiyani kamaytiradi, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasayishiga yordam beradi. Erta immunologik javobning yaqqolligini kamaytiradi. Antimetabolik ta‘sir ko‘rsatadi va biriktiruvchi to‘qima va chandiqlanish rivojlanishini tormozlaydi.

Farmakokinetikasi

Gidrokortizon shox parda orqali ko‘z ichi suyuqligiga yomon kiradi; epidermis va shilliq qavatning epiteliysiga kiradi, tizimli qon oqimiga ahamiyatsiz darajada so‘rilishi va tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Epidermisda va shilliq qavatning epiteliysida bevosita metabolizmga uchraydi, keyinchalik esa so‘rilgandan so‘ng uning ahamiyatsiz miqdori umumiy qon oqimiga tushadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Qonda 80% transkortin bilan va 10% albumin bilan bog‘lanadi. Gidrokortizonning metabolitlari buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • ko‘zni va qovoqlarning allergik kasalliklari (qovoqlar dermatiti, blefarit, kon‘yunktivit va keratokon‘yunktivit, uveit);
  • shox parda epiteliyining butunligini buzilishi bo‘lmaganida ko‘zning oldingi qismini yallig‘lanish kasalliklari (blefarit, kon‘yunktivit va keratokon‘yunktivit, surunkali uveit);
  • shox pardani kimyoviy, radiasion yoki termik, shuningdek yod jismlarni tushishi oqibatidagi shikastlanishi;
  • shox pardaning tiniqligini tiklanishi va keratitlar, kimyoviy yoki termik kuyishlardan so‘ng revaskulyarizasiyaga (tomirli neoangiogenez) to‘sqinlik qilish (shox pardaning nuqsonlarini to‘liq epitelizasiyasidan so‘ng);
  • ko‘zning ayrim bakterial infeksiyalarida muvofiq antibakterial davolanish bilan birgalikda yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida. Neomisin sulfati va polimiksin bilan majmuada qo‘llash mumkin. Agar muvofiq majmuaviy davolash buyurilgan bo‘lsa, sulfat bilan yoki neomisin sulfati, polimiksin V sulfati va basitrasin rux bilan qo‘llash mumkin. Oftalmologik mikroblarga qarshi vositalar bilan majmuada qo‘llanilganda foyda va xavf nisbatini baholash lozim.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llaniladi. Surtmaning 1-2 sm tizimchasi pastki qovoqning orqasiga kuniga 2-3 marta qo‘yiladi. Davolash kursi 1-2 hafta. Davolashning aniq davomiyligini shifokor davolashning samaradorligi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar va kasallikning klinik manzarasiga qarab belgilaydi.

Jarohatdan keyingi holatlarda – shox pardaning to‘liq epitelizasiyasidan so‘ng kuniga 1-2 marta qo‘llaniladi.

Surtmani aplikasiyasi vaqtida tyubikni terining yuzasiga yoki kon‘yunktivaga tegishidan saqlanish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, achishish, oqsil pardani qon tomirlarini kengayishi, ko‘rishni qisqa muddatli noaniqligi.

Gidrokortizon saqlovchi shunga o‘xshash preparatlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kontaktli dermatit, dermatokon‘yunktivit va qovoqlar ekzemasi kabi allergik reaksiyalarning rivojlanishi xaqida xabar berilgan.

Uzoq muddat 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida kuzatilishi mumkin: ko‘z ichki bosimini oshishi, o‘z navbatida ko‘z nervini shikastlanishi bilan steroid glaukomani rivojlanishi va ko‘rish maydonini buzilishi (shuning uchun glyukokortikosteroidlar 10 kundan ko‘proq qo‘llanganida ko‘z ichi bosimini muntazam o‘lchash kerak), orqa subkapsulyar katarakta hosil bo‘lishi, jarohatlarni bitishi jarayonini sekinlashishi (shox pardani yupqalashishini chaqiradigan kasalliklarda teshilishi) mumkin.

Ikkilamchi bakterial infeksiya organizmning ximoya reaksiyasini bostirilishi oqibati sifatida rivojlanishi mumkin. O‘tkir yiringli kasalliklarda glyukokortikosteroidlar niqoblashi yoki mavjud infeksion jarayonni kuchaytirishi mumkin.

Shox pardani zamburug‘li shikastlanishi glyukokortikosteroidlar uzoq muddat qo‘llanganida ayniqsa, tez-tez rivojlanish tendensiyasiga ega. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolashdan so‘ng shox pardada bitmaydigan yaralarni paydo bo‘lishi zamburug‘li invaziyaning rivojlanganidan dalolat berishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gidrokortizonga, boshqa kortikosteroidlarga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; ko‘zlarning yiringli, virusli (masalan, oddiy gerpes virusi, suv chechak virusi va boshqalar chaqirgan epitelial keratit), tuberkulyozli, zamburug‘li kasalliklari, glaukoma, traxoma, vaksinasiya davri, ko‘z pardalarining butunligini buzilishi, bolalar (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlik, emizish davri.

 

 

Dorilarning  o‘zaro tasiri

Preparat uzoq muddat qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘rilishi mumkinligi oqibatida, gidrokortizon plazmada insulin, peroral gipoglikemik, gipotenziv dori vositalari, antikoagulyantlar, salisilatlarning konsentrasiyasi va prazikvantelning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Gidrokortizonning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradilar: androgenlar, estrogenlar, peroral kontraseptivlar, anabolik steroidlar (girsutizm, xusnbuzar toshmasi); antipsixotik dori vositalari, karbutamid, azatioprin (katarakta); xolinoblokatorlar, antigistamin dori vositalari, trisiklik antidepressantlar, nitratlar (glaukoma); diuretiklar (gipokaliemiya).

Yurak glikozidlari bilan qo‘llanganida digitalis intoksikasiyasi rivojlanishi mumkin.

Qo‘rg‘oshin va kumush preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash o‘zaro faolsizlanishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash muddatini uzaytirish mumkin emas.

Tashhisi qo‘yilmagan ko‘zlarni qizarishida mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni buyurish  mumkin emas, chunki dori vositasini noto‘g‘ri qo‘llash ko‘rlikka olib kelishi mumkin.

Ko‘zning ichki bosimini oshishi xavfi, kataraktani yoki  ikkilamchi infeksiyani rivojlanishini bartaraf etish uchun muntazam nazoratni o‘tkazmasdan  turib, kortikosteroidlar bilan davolashni takrorlash yoki uzaytirish mumkin emas. Metilparagidroksibenzoat saqlaydi, bu allergik reaksiyalarning (sekinlashgan ta‘siri) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Davolash vaqtida kontakt linzalarini taqish tavsiya qilinmaydi.

Boshqa ko‘z preparatlarini bir vaqtda qo‘llaganda, ularni qo‘llash va surtmani surtish orasidagi intervali 15 minutdan kam vaqtni tashkil qilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va lavtasiya davrida Gidrokortizonni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida ko‘krak sutiga o‘tish haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q, biroq havf to‘liq istisno qilinishi mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya davrida Gidrokortizon faqat kutilayotgan davolash samarasi homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda qo‘llashni davomiyligi 7-10 oshmasligi kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llanilishi bilan darhol ko‘rish o‘tkirligining qisqa muddatli buzilishi kelib chiqishi mumkin, bu ruhiy va jismoniy reaksiyalarni sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun mexanizmlar bilan ishlash va avtotransportni boshqarishdan oldin preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi juda kam hollarda kuzatiladi.

Simptomlari: mahalliy nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin.

Preparat bekor qilinganida dozani oshirib yuborilishini ko‘rinishlari mustaqil o‘tib ketadi.

 

 

Chiqarilish shakli

 0,5% li ko‘z surtmasi. 3 g va 5 g dan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

50S dan 200S gacha bo‘lgan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% dori vositasi Биохимик, ПАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GIDROKORTIZON 10,0 maz 1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LOKOID krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID LIPOKREM krem 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
LOKOID KRELO emulsiya 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia s.r.l.
GIDROKORTIZON maz 5g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Арпимед, ООО
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 3g 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
LOKOID maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Гидрокортизон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.l.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SALVISAR maz 25,0g N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
SALVISAR maz 25,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
KETOPROFEN eritma 2ml 0,05/ml N10
KLAMOSAR poroshok 1000mg/200mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
KLAMOSAR poroshok 1000mg/200mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
KLAMOSAR poroshok 500mg/100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биохимик, ПАО
ONDANSETRON eritma 4 ml 2 mg/ml N5
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GIDROKORTIZON ROMFARM liofilizat 100 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L.
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 25mg/ml N10
GIDROKORTIZON RIXTER 0,025+0,005/ML suspenziya 5ml
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2 ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: MERRYMED FARM, ООО
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2 ml 2,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: MERRYMED FARM, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9