×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Armaniston
Faol modda:
фенилэфрина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Ликвор, ЗАО
ATX kodi:
- S01FB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TAFAZOL ko'z tomchilari 10ml World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Turkiya
53 000 s`om dan
LEKROLIN ko'z tomchilari 5ml 4% Santen OY Finlyandiya
46 000 s`om dan
APFEKTO ko'z tomchilari 1,7ml 0,3% N1 World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
77 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIDOPTIK

MYDOPTIC

Preparatning savdo nomi: Midoptik.

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): fenilefrin.

Dori shakli: 2,5% li ko‘z tomchilari.

Tarkibi:

Faol modda: fenilefrin gidroxloridi – 0,25 g;

Yordamchi moddalar: borat kislotasi – 0,05 g, natriy metabisulfiti – 0,004 g, dinatriy edetati – 0,0005 g, konservant – benzalkoniy xloridi – 0,001 g, in‘eksiya uchun suv –
10 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yoki sarg‘ish tusli tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: alfa-adrenomimetik, vazokonstriktor vosita.

ATX kodi: S01FB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Alfa-adrenergik reseptorlarni rag‘batlantiruvchi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sirga ega sintetik simpatomimetik amindir. Ko‘z qorachig‘i dilatatorining alfa-adrenoreseptorlariga ta‘sir qilib, qorachiqni kengaytiradi va akkomodasiyaga ta‘sir qilmaydi; kon‘yunktiva arteriolalarining alfa-adrenoreseptorlariga ta‘sir qilib, arteriolalarni torayishini chaqiradi. Fenilefrin kipriksimon mushakka biroz ta‘sir qilganligi sababli, midriaz sikloplegiyasiz ro‘y beradi. Ochiq burchakli glaukomada miotiklar bilan majmuada ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin.

Maksimal midriazga erishish vaqti 15-60 minut.

Ta‘sir davomiyligi 1-3 soatni tashkil qiladi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng fenilefrin tizimli so‘rilishi, simpatomimetik samarani namoyon etishi mumkin.

Preparat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan va uning faolligi qon plazmasidagi faol moddalarning konsentrasiyasi bilan mos kelmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Intraokulyar jarrohlikda qorachiqni kengaytirish; diagnostik tekshirishlarda: oftalmoskopiyani, retinoskopiyani, refraksiyani o‘tkazish; sinexiyalar bilan asoratlangan uveitlarni davolash; sinexiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Midriaz va vazokonstriksiya qilish maqsadida – 1 tomchidan buyuriladi, zarurat bo‘lganida 1 soatdan keyin takrorlanadi. Sinexiyalar bilan asoratlangan uveitlarni davolashda va sinexiyalarni oldini olishda – 1 tomchidan kuniga ko‘pi bilan 3 marta buyuriladi.

Zarurat bo‘lganida davolash kelasi kuni takrorlanadi.

Jarrohlik aralashuvidan oldin 1 tomchidan operasiyadan 30-60 minut oldin.

Oftalmoskopiyada 1 tomchidan tekshiruvdan 15-30 minut oldin.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: allergik reaksiyalar (ko‘zni achishishi, sanchiq, kon‘yunktiva giperemiyasi), qoshning yuqori sohasida og‘riq, ko‘z yoshini oqishi, fotosezuvchanlik.

Tizimli reaksiyalar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, kuchli terlash, oqarish, xavotirlik.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Fenilefrin va sulfitlarga yuqori sezuvchanlik, yuqori qorinchalari fibrillyasiyasi, angiospazmlarga moyillik, bosh miya qon aylanishini jiddiy buzilishlari, dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi, YUIK og‘ir shakllari, feoxromositoma, gipertireoz, og‘ir ateroskleroz, yopiq burchakli glaukoma, yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri (tana vazni kichik bo‘lgan bolalar uchun).

Ehtiyotkorlik bilan: stenokardiya III-IV funksional sinfi, qandli diabet, arterial gipertenziya, idiopatik ortostatik arterial gipotenziya, homiladorlik, laktasiya davri, keksalik yoshi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qon tomirlarni toraytiruvchi (pressor) samarasini kuchayishi trisiklik antidepressantlarni, maprotilin, MAO ingibitorlari, shu jumladan furazolidon, prokarbazin va selegilin bir vaqtda buyurilganida kuzatilishi mumkin.

Guanadrel yoki guanetidin midriatik va pressor samarani kuchayishi, arterial bosimni oshishi va aritmiyalarni rivojlanish xavfini chaqiradi.

Mahalliy anestetik butakain bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni qo‘llash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.

Kontakt linzalarini taqadigan shaxslarga, ularni taqib yurgan vaqtda preparatni tomizish qilish mumkin emas.

Tizimli so‘rilishni kamaytirish uchun eritmani instillyasiya qilinganidan so‘ng kon‘yunktiva qopchasini 2-3 minut bosib turish kerak.

Preparat keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki tizimli nojo‘ya ta‘sirlari ko‘proq shu yosh toifasida rivojlanadi.

Ko‘z tomchilarini bolalarda va keksa yoshdagi pasientlarda takroriy qo‘llash aks samaraga – miozga va midriatik samarani susayishiga olib kelishi mumkin.

Fenilefrinni MAO ingibitorlarini olayotgan yoki uni bundan oldingi 3 hafta davomida olgan pasientlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ular simpatomimetiklarning adrenergik ta‘sirlari yaqqolligini kuchaytirishi va yurak qon-tomir tizimi tomonidan bo‘ladigan nojo‘ya ta‘sirlarining paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Emizikli onalarga va homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyurilsin.

Gipotrofiyali bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Mahalliy qo‘llanganida odatda tizimli nojo‘ya reaksiyalar yuz bermaydi, shunday bo‘lsada, keragidan ortiq dozalarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, oqarish kuzatilishi mumkin.

Spesifik davolash: gipertenziv ta‘sirida fentolamin kabi alfa-adrenoblokatorlarni 5-10 mg v/i, zarurat bo‘lganida takroran, yuborish mumkin.

Chiqarilish shakli

10 ml dan polietilen flakon-tomchilagichlarda.

10 flakon-tomchilagich karton blokda.

 

Saqlash sharoiti

8oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Ochilganidan keyin flakonning ichidagisi bir oy davomida ishlatilsin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 dori vositasi Ликвор, ЗАО tomonidan Armaniston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор, ЗАО
RELIF maz 28,4mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
RELIF suppozitorii N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 73 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIDOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор, ЗАО
ARGININ LIKVO konsentrat 20ml 21,07%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор, ЗАО
ZET OPTIK tomchilar 10 mg/ml+5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор, ЗАО
FELOFRIN tomchilar 10 ml 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор, ЗАО
Narh: 67 999 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9