×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Gilan Ultra Komfort eritmasi,4 ml N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Qadoqda soni:
- 30
Vakil:
- Pharmline Plus MChJ
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Eritma 0,4 ml dan polietilen yoki polipropilen tyubik-tomchilagichda (yunidoza) yoki 10 ml dan tomchilagich-dozator bilan jihozlangan plasmassa flakonlarda.

Qadoq:

10 yoki 30 dona tyubik-tomchilagich yoki 1 flakon tomchilagich dozator bilan jihozlangan folgali plyonkada, rus va o'zbek tillaridagi qo'llash bo'yicha yo'riqnomalar bilan birga karton qutiga joylangan.

Eritmani oftalmologiyada kon'yunktival qopchaga tomizish orqali ko'zlarni parvarishlash uchun qo'llashga mo'ljallangan.


Namlantiruvchi oftalmologik gilan Ultra komfort eritmasi tabiiy ko'z yosh xarakatini ishga tushiradi, ko'zlar yuzasini himoyalaydi va namlantiradi, va moylab turadi. Bu vosita quyidagi sabablardan biridan kelib chiqqan ko'zlarning qurib qolishidagi uzoq muddatli engillashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi:


ko'z yosh pardasining buzilishi, va bu ko'z yoshlarining sekresiyasini pasaytiradi va diskomfort belgilarini keltirib chiqaradi

tashqi atrof-muhit ta'siri (Markaziy isitish, iqlim sharoitlari, flouressentli lampalar, xlorlangan suv, shamollatilgan havo, turli tabiiy hodisalar – shamol, sovuq, chang, tutun, bug').

kompyuter monitori qarshisidagi uzoq vaqtli ishlash

qontomirlarini toraytiruvchi yoki shamollashga qarshi oftalmologik preparatlardan foydalanish

gormonal fonning o'zgarishi (menopauza)

katta yosh (aholining 65 yoshdan katta qatlamining 75 % ko'zlarning qurishi sindromidan aziyat chekadi)


Hususiyatlari va samaradorligi:

Gilan Ultra komfort tibbiy vositasi tarkibida natriy gialuronatning 0.3 % li sterilli suvli eritmasini saqlaydi, tarkibida konvervantlar yo'q. Faol modda – yuqori tozalash hususiyatiga ega – natriy gialuronat bo'lib, u bakterial fermentasiya usulida olingan. Natriy gialuronat fiziologik polisaxaridli birikma bo'lib, ko'z to'qimalari kabi, inson tanasining boshqa to'qima va suyuqliklarida saqlanadi.

Natriy gialuronat molekulalarining asosiy fizikaviy-kimyoviy xususiyati bo'lib uning suv molekulalarini bir biriga bog'lashidir. Natriy gialuronatning suvli eritmasi (gilan) zaruriy yopishqoqlik va yuqori darajadagi adgeziv xususiyatlarga ega.


Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llayotganda, ko'zdagi shoh pardasi epiteliy qatlamida yupqa bir xil parda hosil bo'ladi va u ko'zlarni qurib ketish, qichish va ko'z soqqasi oldingi yuzasinng shamollashidan saqlaydi. Himoya qobig'ining xarakati tezda boshlanadi, va bunda kompyuterda ishlash, kondisioner yoki boshqa ofis jihozidan uzoq vaqt foydalanish, yoki ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatida kelib chiqadigan ko'zlarning uzoq vaqt ichida qurish hissi, achishish, begona organ hissi, qichish kabi hislardan himoya qiladi.


Kontakt linzalaridan tizimli foydalanishda, gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo'llash tavsiya etiladi, va ushbu eritma ko'zlarni uzoq vaqt namlantiradi, chunki uning ta'sir tabiiy ko'z yosh suyuqligi ta'siri bilan bir xil.


Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi konservantlar saqlamaydi, va shuning uchun ko'z to'qimalariga yoqimsiz toksik ta'sirlari mavjud emas.


Gilan Ultra komfort tarkibida yuqori miqdorda natriy gialuronat saqlashi va eritmaning 9.0-18.0 MPa.s dagi yuqori yopishqoqlikka egaligi hisobiga uzoq vaqt ta'sir qiladi.

Namlantiruvchi oftalmologik eritma "Gilan Ultra Komfort" (matndan keyin "eritma") rangsiz biroz yopishqoq hidsiz eritmadir.

Gilan Ultra Komfortning bitta tyubik-tomchi eritmasi (yunidoza) yoki flakoni tarkibida quyidagilarni saqlaydi: natriy gialuronat 0.3 % (3.0±0.60 mg/ml), sorbitol (18.00 – 22.00 mg/ml), dinatriy gidrofosfat digidrat (7.48 – 9.14 mg/ml), natriy digidrofosfat digidrat (2.83-3.45 mg/ml) in'ektsiya uchun suv (0.4 ml yoki 10 ml gacha).

Kamdan kam hollarda allergik reaktsiyalar

Eritmaning yopishqoqligi hisobiga elimlanish hissi paydo bo'lishi mumkin.

Homilador eritman va Qirg'iziston bilan ham buzilishi mumkin. 
Eritma odamning psixomotor holati, avtotransport vositalari va mexanizmlari bilan ishlash apostiga effekt kiluvchi asboblar doifasiga chervidi.
-ko'z yuzasi (shohparda va kon'yunktiva) ni o'rta darajali, shuningdek og'ir darajali "quruq ko'z" sindromida namlantirish uchun

-ko'zlarning qurish hissi, ko'zlardagi tuproq, achishish, ko'z yosh tomishi, qizarishi, qichishi, charchashi, ofis sindromining, shuningdek ko'zdagi begona vositalarni sezish hissi, ko'z bilan bog'liq bo'lib o'tgan kasalliklardan keyin, ayniqsa turli etiologiyali kon'yunktivit va keratitlardan keyingi charchash hissining oldini olishda

-dori vositalari (gormonal vosita, shamollashga qarshi vosita, antibiotiklar va XK.) dan uzoq vaqt va tizimli foydalanish hollarida quruq ko'z sindromidan kelib chiqqan surunkali blefaritni kompleks da'volashda

-kosmetik vositalardan uzoq vaqt foydalanish xollarida, shuningdek yuzdagi plastik jarrohliklardan keyingi ko'z quruqligini kompleks da'volashda 

-oftalmologik jarrohlik operasiyalari, jumladan refraktsion aralashuvlar (lazik, frk va XK.), shunindek shohpardaning kichik zararlanishidan keyin ko'zning oldingi yuzasini namlantirish uchun kompleks terapiya tarkibida

-qattiq va yumshoq kontakt linzalaridan foylananishdan kelib chiqqan diskomfortning oldini olish uchun, shuningdek ko'rishning kontakt korrektsiyasida quruq ko'z sindromi profilaktikasi uchun

-ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning ifloslanishi (tutun, buh, chang va XK.) va uzoq muddatli tomosha qilish yuklamalari natijasida shohparda-kon'yunktival kserozning profilaktikasi va kompleks da'volashda

-Shegren sindromida

Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi tarkibiga kiruvchi biror bir komponentlarga yuqori sezuvchanlik hissi

Tibbiy vositadan foydalanishdagi ehtiyotkorlik choralari:

Foydalanish oldidan qadoq va eritmani ko'zda kechiring. Qadoq yoki tyubik-tomchi zararlangan bo'lsa eritmadan foydalanmang.

+5°С  dan + 25°С  gacha haroratda saqlang Bolalardan uzoqda saqlang.

Yaroqlilik muddati:

3 yil. Qadoq ochilgandan keyin 1 yil. 

Paketcha ochilganidan so'ng flakondagi eritma 1 yil davomida ishlatilsin. 

Yaroqlilik muddati tugagach foydalanmang

Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi kon'yunktial qopchaga 1-2 tomchidan, kuniga 6 martagacha tomiziladi.


Eritmani tomizish usullari:

Tyubik-tomchi (yunidoza) bilan ishlash tartibi:


1.Bitta tyubik-tomchini ajratib oling

2.Tyubik-tomchini oching (bunda aylanma xarakatlar bilan tyubik-tomchini aylantiring va eritmaning quyida ekanligiga ishonch hosil qiling va klapanni ajratib oling)

3.Eritmaning zaruriy miqdorini ko'zga tomizing


Tyubik-tomchida saqlangan doza, ikki ko'zga bir marotaba tomizishga etadi. Tyubik-tomchidan bir marta foydalangandan so'ng uni tashlab yuboring, garchi tarkibida tomchi dori qolgan bo'lsada.


Tomchilagich dozator bilan jihozlangan flakon bilan ishlash tartibi:


1.Dastlab flakonni ochishdan oldin himoya xalqasini olib tashlansin.
2.Flakondan qalpoqchasi ehtiyotkorlik bilan echib olinsin. Dozatorga tegmasdan, dozatorini pastga qaragan holda flakonni aylantiring, bunda flakon bosh va ko'rsatkich barmoqlar o'rtasida ushlab turilsin. Qo'llashni boshlashdan avval ko'rsatkich barmoq yordamida flakonga yuqoriga bir necha marta bosish yo'li bilan eritmaning birinchi tomchisi paydo bo'lgunigacha dozatorni chayqatish tavsiya etiladi.
3.Boshni orqaga tashlab, ko'zning yuqorisiga flakonli dozator to'g'rilanadi va bir qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan pastki qovoq pastga tortiladi. Flakon asta-sekin bosiladi va eritmaning kerakli miqdori kon'yunktivaga tomiziladi. Ochiq flakonning uchligini ko'zni yuzasiga va qo'llar bilan kontaktda bo'lishdan saqlansin.
4.Ishlatilganidan so'ng flakonga qalpoqchasi kiydiriladi.
Paketcha ochilganidan so'ng flakon 1 yil davomida ishlatilsin. Ushbu muddat tugaganidan so'ng eritmani yo'qotish lozim. Flakonda ko'zga ko'rinadigan shikastlanishlar bo'lganida Gilan Ultra komfort eritmasini qo'llash mumkin emas.

Oftalmologik preparatlar bilan birgalikda qo'shib ishlatganda, gilan Ultra komfort eritmasini tomizish bilan ko'z tomchilaridan foydalanish oralig'i 30 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak. Ko'z tomchilari doimo gilan Ultra komfort eritmasi tomizilgandan keyin tomizilishi kerak.

Рустам 02.05.2024
excellent
Fikringiz:
Давно искал такой флакон, который нормально дозирует. Капли неплохие, от сухости глаз действительно помогли и хорошо увлажнили.
Ойширин 26.04.2024
excellent
Fikringiz:
Мне понравились капли. Кроме гиалуронки в составе ничего нет, никаких консервантов. Очень хорошо увлажняют глаза, снимают зуд и покраснение. Можно тем, кто носит линзы
 
Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Gilan Ultra Komfort eritmasi,4 ml N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Gilan Ultra Komfort eritmasi,4 ml N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Gilan Ultra Komfort eritmasi,4 ml N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9