×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Аргинина гидрохлорид
Ishlab chiqaruvchi:
- СП ООО «REKA-MED FARM»
Vakil:
- Global Pharm Group MChJ
ATX kodi:
- A05BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
MONOPOUZ ESSEL kapsulalar N30 Nabros Pharma Pvt. Ltd Hindiston
BONDJIGAR kapsulalar N60 Herbion Pakistan (Pvt) Ltd Pokiston
57 000 s`om dan
ESSEL DIABETIK krem 50g OOO “Life Pharma Systems”, Узбекистан O'zbekiston
68 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLOVERTIN

GLOVERTINUM

 

Preparatning savdo nomi: Glovertin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): arginin gidroxloridi

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: arginin gidroxloridi – 4,2 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Aminokislotalar.

ATX kodi: B05BA01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Arginin (α-amino-δ-guanidin-valerian kislotasi) – shartli ravishda almashtirib bo‘lmaydigan, organizmda keng bioregulyator ta‘sir doirasiga ega aminokislotadir. Arginin oqsil sintez qiluvchi aminokislota bo‘lib, butun organizm uchun qurilish materiali rolini bajaradi. Kritik vaziyatlarda protektor ta‘sir ko‘rsatadi. Arginin glutamin, prolin, poliaminlar va agmatinning o‘tmishdoshidir. Gormonal gomeostazni tutib turishda boshqaruvchi rolni o‘ynaydi. Qonda somatotrop gormon (STG), insulin, glyukagon va prolaktinning miqdorini oshiradi, spermatogenez jarayonida ishtirok etadi.

Arginin dezintoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant, membranalarni barqarorlashtiruvchi, antigipoksik, sitoprotektor ta‘sirlarga ega.

Arginin organizmda, sintezi endoteliositlarda NO-sintaza ta‘siri ostida kechuvchi azot oksidining donatori hisoblanadi.

Azot oksidi yurak-qon tomir gomeostazida katta rol o‘ynaydi: qon tomirlari endoteliysida guanilatsiklazani faollashtirish va sGMF miqdorini oshirish qon tomir tonusini boshqaradi; tromb hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi; adgeziya proteinlarini sintezini susaytiradi, past zichlikdagi lipoproteinlar – PZLP darajasini pasaytirib, shu yo‘l bilan aterosklerotik blyashkalarni hosil bo‘lishini barataraf qiladi; qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi; kuchli vazokonstriktor va qon tomir devorining silliq mushak hujayralarini ortiqcha sintezi va akkumulyasiyasini stimulyatori – endotelin sintezini susaytiradi.

Arginin oksidativ stressning endogen stimulyatori – asimmetrik dimetilargininning kuchli antagonisti hisoblanadi.

Arginin (azot oksidi) – angiotenzin-2 ning fiziologik antagonisti, natriyurezni yaxshilaydi.

Dimlangan yurak yetishmovchiligida argininni alohida yuborilishi kichik qon aylanish doirasida bosimni pasaytiradi. O‘pka gipertenzyaisi bo‘lgan pasientlarda argininni qisqa muddatda yuborilishi, o‘pka arteriyasida bosimni pasayishiga yordam beradi, o‘pka arteriyalarida va bronxiolalarda spazmni kamaytiradi.

Preparat ayrisimon bez faoliyatini rag‘batlantirib, T-limfositlarning proliferasiyasini faollashtiradi. Jismoniy zuriqishda glyukozani utilizasiyasiga yordam beradi, laktat-asidozni kamaytiradi.

Arginin organizmdan azot saqlovchi moddalarning o‘ta toksik metaboliti – ammiakni organizmdan chiqarilishi va neytrallanishi bo‘yicha biokimyoviy jarayonlarni ta‘minlashda muhim rol o‘ynaydi. Preparatning gipoammoniemik samarasi, mochevina sintezining ornitin siklida ammiakni zararsizlanishi jarayonlarini faollashuvi, shuningdek ammiakni markaziy nerv tizimidan chiqarilishi va uni organizmdan chiqarilishini kuchayishi natijasida amalga oshadi. Bu xususiyatlari tufayli, preparat ammiakning umumiy toksik, shuningdek neyrotoksik ta‘sirini pasaytiradi.

Arginin gepatositlarda kreatinfosfatni birlamchi to‘planishi hisobiga energiya almashinuvini yaxshilaydi, antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek sitolitik fermentlarning faolligini pasaytirish hisobiga gepatositlarning membranalarini barqarorlashtiradi.

Klinik tadqiqotlar, argininni qo‘llanishi chala tug‘ilgan bolalarda nekrotik enterokolitni rivojlanishi xavfini pasaytirishini ko‘rsatdi.

Arginin (azot oksidi) ichak mikrosirkulyasiyasi tizimida qon tomirlarning vazomotor faoliyatini boshqaradi; me‘da-ichak yo‘llarining motor faoliyatini ta‘minlaydi; immunoglobulinlarning lokal sekresiyasini oshirib va lokal immun javobni kuchaytirib, ichak devorida mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini modulyasiya qiladi. Azot oksidi me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni shikastlovchi kimyoviy, mexanik va toksik ta‘sirlarda nospesifik himoya mediatorlariga kiradi. Arginin – ichakning shilliq qavatini butunligini tutib turuvchi, va shu yo‘l bilan ichak mikroflorasini bakterial translokasiyasini oldini oluvchi ingichka ichakning nukleotidlari va glyukozaminlari sintezi uchun ishlatiladigan glutaminning o‘tmishdoshi hisoblanadi.

Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga binoan, qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda argininning darajasi past va o‘ta kuchli prooksidant va azot oksidi sintazasining ingibitori – asimmetrik dimetilargininning darajasi esa yuqori bo‘ladi. Arginin qandli diabetining II turida insulinni ishlab chiqarilishini, glyukozani insulinga bog‘liq utilizasiyasini rag‘batlantiradi; jigar va periferik to‘qimalarni insulinga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi; qon aylanishini yaxshilaydi va qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda mikrotomir asoratlarini chastotasini ancha pasaytiradi; buyrak va retinal qon oqimini yaxshilaydi; oksidativ stressni ishonchli darajada cheklaydi; plazmada gomosistein miqdorini kamaytiradi.

Preeklamsiyasi bo‘lgan homilador ayollarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, argininni qo‘llanishi arterial bosimni sezilarli pasayishiga, feto-plasentar qon oqimini yaxshilanishiga olib keladi, ona qornida homilani o‘sishiga yordam berar ekan.

Arginin g‘ovak tanalarning silliq mushaklarini relaksasiyasini chaqiradi va ularga keluvchi qon oqimini kuchaytiradi, bu erkaklarda erektil faoliyatni yaxshilanishiga yordam beradi.

Klinik tadqiqotlarda, arginin makrofaglarning sitotoksikligini faollashtirishi, sut bezi rakida T-xelperlarning, tabiiy va limfokin bilan faollashtirilgan killerlarning soni va funksional faolligini oshirishi ko‘rsatilgan. 

Farmakokinetikasi

Arginin jigarda metabolizmga uchraydi, gidroliz natijasida mochevina va ornitin hosil bo‘ladi. Kalava filtrasiyasi davomida chiqariladi va buyraklarda deyarli to‘liq qayta so‘riladi.

Qo‘llanilishi

Yurak-qon tomir kasalliklari: yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, periferik qon tomirlari aterosklerozi, shu jumladan o‘xtin-o‘xtin cho‘loqlikning ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yuark ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti yoki miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishidan keyingi kechki davr, surunkali yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, giperxolesterinemiya;

Pulmonologiyada: o‘pkaning surnkali obstrutiv kasalligi, idipatik o‘pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasi;

Akusherlikda: preeklampsiya, homilani o‘sishini tutilishi;

Gepatologiyada: turli etiologiyali o‘tkir va surnkali gepatit, jigarning o‘tkir va surunkali toksik shikastlanishlari (qo‘ziqorin, alkogol, dori vositalari, kimyoviy agentlar bilan zaharlanish);

Imunologiyada/onkologiyada: immunomodulyator sifatida;

Modda almashinuvini buzilishi: giperammoniemiya, metabolik alkaloz, giperxolesterinemiya;

Endokrinologiyada: Gipofiz tomonidan o‘sish gormonining ajralib chiqishini rag‘batlantirish, ayrisimon bez faoliyatini pasayishi, II tur qandli diabetini kompleks davolashda, diabetik angiopatiya, o‘sishni buzilishida diagnostik vosita sifatida qo‘llanadi;

Neonatalogiyada: chala tug‘ilgan bolalarda nekrotik enterokolitni oldini olish, chala tug‘ilgan bolalarda retinopatiyani oldini olish;

Gipoksik va ishemik holatlarni oldini olish va davolash;

Astenik holatlar.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat birinchi 10-15 minut davomida minutiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, so‘ngra yuborish tezligi minutiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin. Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma.

Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining og‘ir buzilishlarida, intoksikasiyaning yaqqol ko‘rinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.

Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 200 mmoldan oshmasligi kerak.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga  preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil qiladi.

Metabolik alkaloz davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha  hisoblash mumkin:

arginin gidroxloridi (mmol)

————————— x 0,3 x kg tana vazni

ortiqcha ishqor (Be) (mmol/l)

yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozani qo‘shimcha to‘g‘rilash kislota ishqor balansini natija olinganidan keyin qayta o‘tkazilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, giperkaliemiya (buyrak yetishmovchiligida), o‘tkinchi gipotenziya, giperxloremik asidoz, juda kam hollarda  – allergik reaksiyalar.

Yuqori dozalarda qo‘llanganda – ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, quloqlarni jaranglashi, qo‘l-oyoqlarni uvishishi, lokal ta‘sirlanish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Argininga o‘ta yuqori sezuvchanlik, buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (diagnostika maqsadida katta dozalar yuborilganda), giperxloremik asidoz. O‘tkazilgan o‘tkir miokard infarktidan keyingi ilk davrda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminofillin bilan bir qaqtda qo‘llanganida qonda insulinning konsentrasiyasi oshishi mumkin. Arginin kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton) ni qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida giperkaliemiyani chaqirishi mumkin. Arginin azot oksidi donatorlarning ta‘sirini potensiyalaydi. Arginin tiopental bilan nomutanosib.

Maxsus ko‘rsatmalar

Endokrin bezlarining faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga buyurilganida, preparat insulin va o‘sish gormonining sekresiyasini rag‘batlantirish qobiliyatiga egaligini hisobga olish kerak.

Infuziyaning haddan tashqari yuqori tezligida mahalliy ta‘sirlanish va qizarish; ko‘ngil aynishi va qusish rivojlanishi mumkin.

Arginin azot saqlovchi birikmalarga metabolizmga uchrashi mumkin.

Organizmda azotning darajasini vaqtinchalik oshishi buyraklar uchun, ayniqsa buyraklar faoliyatini buzilishida qo‘shimcha yuklamadir, buni preparatni buyurishdan oldin hisobga olish lozim.

Preparat xlor ionlarini saqlaydi, buni, arginin gidroxloridini elektrolitlar almashinuvi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanganida nazarda tutish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Homiladorlik va emizish davrida preparat homiladorlik patologiyasi bo‘lgan hollarda (preeklampsiya, homilani ona qornida o‘sishini tutilishi) qo‘llanadi.

Preparat ko‘krak sutiga bolaga zararali ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmagan miqdorda ajralib chiqishiga qaramasdan, preparatni emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Mashinalarni haydash va ishlatish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat terapevtik dozalarda avtotransportni haydash va diqqatni jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi murakkab texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni yuqori dozalarda qo‘llaganda mashinani haydash yoki murakkab texnika bilan ishlash mumkin emas.

Keksa yoshli pasientlar

Preparat yosh va keksa yoshli pasientlarda qo‘llanganida farqlar aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Argininning dozasini oshirib yuborilishi preparatni yuqori dozalarda qo‘llanganda (masalan, diagnostika maqsadida) yuz berio‘i mumkin; giperventilyasiya simptomlari bilan kechuvchi metabolik asidozga olib kelishi mumkin. Holatni ishqoriy moddalarning dozasini hisoblab chiqish yo‘li bilan kompensasiya qilish lozim.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 150 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +15oS dan +25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi СП ООО «REKA-MED FARM» tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2%
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
EPSIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Аргинина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt Ltd., Индия произведено: Guizhou Tiandi Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9