×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2%

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, aminokislotalar.
Faol modda:
Аргинина гидрохлорид
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05ХB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

MANNIT infuziya uchun eritma 200ml 15% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
10 100 s`om dan
AKTOVEGIN tabletkalari 200mg N50 Такеда Фармасьютикалс, ООО Rossiya
297 000 s`om dan
YANTASOL infuziya uchun eritma 200ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
19 200 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: arginin gidroxloridi - 42,0 g. 

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 1000 ml.gacha.

Сhiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 4,2%, polipropilen flakonlarda 100 ml.dan eritma.

Infuziya uchuy eritma.
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: arginin gidroxloridi - 42,0 g. yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 1000 ml.gacha.
Arginin (a-amino-ᵟ-guanidinovalerian kislotasi) - shartli almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar turkumiga mansub aminokislota bo'lib, organizm ko'plab muhim funktsiyalarining faol va ko'p tomonlamali xujayra regulyatori hisoblanadi va organizmning og'ir holatida muhim protektor ta'sirlarini namoyon qiladi.

Largin antigipoksik, membranalarni barqrorlovchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik ko'rsatadi, o'zini oraliq almashinuv va quvvat ta'minlash jarayonlarining faol regulyatori sifatida namoyon qiladi, organizmda gormonal muvozanatni bir maromda saqlashda muayyan rol' o'ynaydi. Ma'lumki, arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin tarkibini ko'paytiradi, prolin, agmatin poliamini sintezida qatnashadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga qo'shiladi, membranani kutbsizlash ta'sirini ko'rsatadi.

Arginin jigarda mochevina sintezi tsiklida asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniemik samarasi ammiakning mochevinaga aylanishini faollashtirish orqali amalga oshiriladi. Antioksidant, antigipoksik va membranalarni barqarorlovchi faolligi tufayli gepatoprotektor ta'sirini ko'rsatadi, gepatotsitlarda quvvat ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Largin NO-sintaza - endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan ferment uchun substrat hisoblanadi. Preparat guanilattsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliyasida tsiklik guanidinmonofosfat (tsGMF) darajasini oshiradi, qon tomirlar endoteliyasiga leykotsitlar va trombotsitlar faollashishi va adgeziyasini kamaytiradi, vCAM-1 va MSR-1 adgeziyalar proteinlari sintezini to'xtatadi, bu orqali aterosklerotik toshmalar paydo bo'lishi va kuchayishining oldini oladi, qon tomir devorlari tekis miotsitlari proliferatsiyasi va migratsiyasini kuzgatuvchi va kuchli vazokonstriktori hisoblangan 1-endotelii sintezini bartaraf etadi.

Largin asimmetrik dimetilarginin - oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori sintezini ham bartaraf etadi. Preparat T-hujayralar ishlab chiqaradigan ayrisimon bez faoliyatini kuchaytiradi, jismoniy zo'rikishlar vaqtida qonda glyukoza tarkibini boshqaradi.

Kislotani saralash ta'sirini ko'rsatadi va kislota-ipshqor muvozanatini to'g'rilashga yordam beradi.

Uzluksiz infuziyada arginin gidroxloridning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga yuborish boshlangandan 20-30 minutdan so'ng erishiladi. Largin yo'ldosh to'siq orqali o'tadi, buyrak kalavalarida fil'trlanadi, biroq buyrak kanalchalarida deyarli to'liq qayta so'riladi.

U mumiy buzshishlar: gipertermiya, tana qizishi, zirqiragan og'riq sezilishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: bo'g'imlardagi og'riq.

Ovqat hazm qilish yo'li tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qusish.

Ter i va teri osti biriktiruvchi to'qimalar tomonidan: dori yuborilgan joydagi o'zgarishlar, shu jumladan giperemiya, qichima, akrotsianozgacha teri oqarishi.

Immun tizim tomonidan: o'ta sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma, eshakemi, angionevrotik shish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosim o'zgarishlari, yurak ritmini o'zgarishi, yurak sohasidagi og'riqlar.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, qo'rqinch hissi, holsizlik, tirishishlar, tremor, ko'pincha dori yuborish tezligi oshirilganda yuz beradi.  

Laboratoriya ko'rsatkichlari: giperkaliemiya.

Retsept bo'yicha
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda infuziyani boshlashdan oldin diurezni va qon plazmasida kaliy darajasini tekshirish zarur, chuunki preparat giperkaliemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Endokrin bezlarning funktsiyasini buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparat insuinni va o'sish gormonining sekretsiyasini rag'batlantirishi mumkin. og'iz kurishi paydo bo'lganida qonda qand darajasini tekshirish kerak.

Elektrolitlar almashuvini buzilishlarida, buyrak kassaliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari oshib borsa, davolashni bekor qilish kerak.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati

Avtotransportni bonsharish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh aylanishini chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shu tufayli homiladorlik davrida uni ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina qabul qo'llao' mumkin.

Emizish davrida preparatni qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.

Davolash: dozani oshirib yuborilish holatda preparatning infuziyasini to'statish kerak. Fiziologik reaktsiyalar va organizmning muhim funktsiyalarini ta'minlash monitoringini o'tkazish kerak. Zarur hollarda, ishqorlaydigan vositalar va diurezni tuzatish vositalari (saluretiklar), elektrolitlar eritmasi (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuborilishi kerak.

Yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, periferik qon tomirlar aterosklerozi, shu jumladan vaqt-vaqti bilan sodir bo'ladigan oqsoqlanish alomatlarini o'z ichiga olgan ateroskleroz, diabetik angiopatiya, yurak ishemiya kasalligi, arterial gipertenziya, o'tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishi o'tkir buzilishini boshdan kechirgandan keyingi holat, kardiomiopatiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, surunkali o'pka obstruktiv kasalliklari, interstitsial pnevmoniya, idiopatik o'pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o'pka gipertenziyasi, turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniemiya, gipoksik holatlar, rekonvalestsentsiya jarayonida astenik holatlar, shu jumladan infektsion kasalliklardan va jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlar, metabolik alkaloz, ayrisimon bez funktsiyalari pasayishi, homila rivojlanishi kechikishi va reeklampsiya holatlarida qo'llanilishi mumkin.

  • Preparatga yuqori sezuvchanlik.

• buyrak         funktsiyasini          og'ir buzilishlari.

• giperxloremik atsidoz.

• anamnezda allergik reaktsiyalar.

• kaliytejovchi diuretiklar, shu jumladan spironolakton qo'llanishi.

• bolalar va 18 yoshgacha o'smirlarda ko'llash mumkin emas.

 

Largin qo'llanganda preparat spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak yetishmovchiligi fonida ifodalangan va turg'un giperkaliemiyani paydo qilishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.

Oldindan kaliytejovchi diuretiklar qo'llanishi ham qonda kaliy kontsentratsiyasi darajasini oshishiga sharoit yaratishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtda qo'llash qonda insulin darajasi oshishi mumkin.

Nomutanosiblik. 

Preparat tiopental bilan nomutanosib.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan 25°C darajadan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar olomaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O'ramda ko'rsatilgan yarotslilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish suyuqlik.
Preparat vena ichidan birinchi 10-15 minut mobaynida bir minutda 10 tomchi tezligida tomchilab yuboriladi, so'ngra yuborish tezligi bir minutda 30 tomchigacha oshirilishi mumkin.

Sutkalik doza - 100 ml eritma. Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishi og'ir buzilishlarida, aniq ifodalangan intoksikatsiya, gipoksiya holatlarida, astenik holatlarda dozani sutkasiga 200 ml.gacha oshirish mumkin.

Infuziya eritmasini yuborish maksimal tezligi soatiga 20 mmol' dan yuqori bo'lmasligi kerak.

Metabolik alkalozni davolash uchun dozani kuyidagi tarzda hisoblab chiqish mumkin: arginin gidroxlorid (mmol')/ ishqorlar (Be) qoldig'iga bo'lish (mmol'/l) va 0,3 ga ko'paytirish hamda tana vazni kg.ga ko'paytirish.

Preparatni yuborilishini hisoblab chiqilgan dozaning yarmidan boshlash kerak.       Ehtimoliy qo'shimcha tuzatish yangilangan kislota-ishqor muvozanati natijalari olingandan so'ng amalga oshirilishi kerak.

Simptomlar: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.

Davolash: dozani oshirib yuborilish holatda preparatning infuziyasini to'statish kerak. Fiziologik reaktsiyalar va organizmning muhim funktsiyalarini ta'minlash monitoringini o'tkazish kerak. Zarur hollarda, ishqorlaydigan vositalar va diurezni tuzatish vositalari (saluretiklar), elektrolitlar eritmasi (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi) yuborilishi kerak.

Dori vositasi yo'ldosh orqali singib o'tadi, shu tufayli homiladorlik davrida uni ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina qabul qilish mumkin.

Emizish davrida dori vositasi qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LARGIN infuziya uchun eritma 100ml 4,2% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EPSIN infuziya uchun eritma 100ml 42mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Аргинина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt Ltd., Индия произведено: Guizhou Tiandi Pharmaceutical Co., Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
GLOVERTIN infuziya uchun eritma 100ml
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9