×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Мелоксикам
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
ATX kodi:
- M01AC06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

REKLIN tabletkalari 15mg N20 Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje Makedoniya
72 990 s`om dan
23 500 s`om dan
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
17 900 s`om dan
SUARON tabletkalari 100mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRAMELL

GRAMELL

 

Preparatning savdo nomi: Gramell

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meloksikam

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula (1,5 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meloksikam – 15 mg;

yordamchi moddalar: meglumin, glikofurol, poloksamer 188, natriy xloridi, glisin, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, och sariq rangli, rangsiz shisha ampulada.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Oksikamlar.

ATX kodi: M01AS06.

Farmakologik xususiyatlari

Gramell nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparati (NYAQP) hisoblanib, yenol kislotasi hosilasiga mansub va yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va antipiretik ta‘sir ko‘rsatadi.

Meloksikamning ta‘sir mexanizmi yallig‘lanishning mediatorlari bo‘lish – prostaglandinlar sintezini ingibirlash qobiliyatidan iborat.

Meloksikam in vivo sharoitida me‘da shilliq qavati yoki buyrakka nisbatan prostaglandinlar sintezini yallig‘lanish joyida ko‘proq darajada ingibirlaydi.

Bu farqlar siklooksigena-1 (SOG-1) ga nisbatan siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni ko‘proq darajada selektiv ingibirlashi bilan bog‘liq. SOG-2 ni ingibirlash NYAQP larning terapevtik ta‘sirini ta‘minlaydi deb hisoblanadi, ayni vaqtda doimo mavjud bo‘lgan SOG-1 izofermentini ingibirlash me‘da va buyrak tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarga javobgar bo‘lishi mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mushak ichiga yuborilganidan keyin meloksikam to‘liq so‘riladi. Ichga qabul qilgandagiga nisbatan nisbiy biokiraolishi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Shuning uchun in‘eksiondan peroral shakliga o‘tishda dozani tashlash talab etilmaydi. 15 mg dozada mushak ichiga yuborilganidan keyin Smax 1,62 mkg/ml ni tashkil etadi va taxminan 60 minut davomida erishiladi.

Taqsimlanishi

Meloksikam plazma oqsillari, ayniqsa albuminlar (99%) bilan yaxshi bog‘lanadi. Sinovial suyuqlikka kiradi, sinovial suyuqlikdagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasining taxminan 50% ni tashkil etadi. Vd past, o‘rtacha 11 l ni tashkil etadi. Individlar orasidagi farq 30-40% tashkil etadi.

Metabolizmi

Meloksikam 4 farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil qilib, jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti 5′-karboksimeloksikam (dozaning 60%) kamroq darajada ajraluvchi (dozaning 9%) oraliq metaboliti 5′-gidroksimetilmeloksikamni oksidlanishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi.

Chiqarilishi

Teng miqdorda axlat va siydik bilan, asosan metabolitlari shaklida chiqariladi. Sutkalik dozani 5% kamrog‘i o‘zgarmagan holda axlat bilan chiqariladi, siydikda preparat o‘zgarmagan holda juda kam miqdorda aniqlanadi. O‘rtacha T1/2 20 soatni tashkil qiladi. Plazma klirensi o‘rtacha minutiga 8 ml ni tashkil qiladi.

Meloksikam mushak ichiga yuborishda 7,5-15 mg dozada to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyatini yetishmovchiligi, shuningdek kuchsiz yoki o‘rtacha yaqqollikdagi buyrak yetishmovchiligi meloksikamning farmakokinetikasiga ahamiyatli darajada ta‘sir qilmaydi.

Terminal buyrak yetishmovchiligida Vd ni oshishi erkin meloksikamning yuqori konsentrasiyalariga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday pasientlarda sutkalik doza 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshli pasientlarda yosh pasientlarga nisbatan farmakokinetikaning turg‘un holati davrida o‘rtacha plazma klirensi biroz pastroq.

Qo‘llanilishi

  • revmatoid artrit
  • osteoartritlar
  • ankilovlanuvchi spondilit
  • Bexterev kasalligi
  • revmatik isitma
  • podagraning o‘tkir xuruji
  • norevmatik yallig‘lanish
  • operasiyadan keyingi davr, jarohatdagi, tish og‘rig‘idagi og‘riq sindromida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Gramellni davolashning birinchi bir necha kunida mushak ichiga (mushakka chuqur yuboriladi) yuborish mumkin.

Keyingi davolash uchun preparatning peroral shakllarini (tabletkalar) qo‘llash kerak. Og‘riq va yallig‘lanish reaksiyasining og‘irlik darajasiga bog‘liq holda preparatning tavsiya etilgan dozasi sutkada 7,5 yoki 15 mg ni tashkil qiladi.

Kattalar uchun maksimal doza 15 mg ni tashkil etadi.

Keksa yoshli pasientlar va nojo‘ya samaralar rivojlanishi yuqori xavfi bo‘lgan pasientlar

Keksa yoshli pasientlar uchun tavsiya etilgan doza kuniga 7,5 mg ni tashkil etadi. Nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni davolash kuniga 7,5 mg (1,5 ml xajmli ampulaning yarmi) dan boshlanadi.

Buyrak yetishmovchiligida:

Ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Bolalar: Meloksikam bolalar va 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatga nojo‘ya reaksiyalar tez-tezligi bo‘yicha quyidagicha ta‘riflangan: birinchi – tez-tezroq, shunday gradasiyani qo‘llab: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qabziyat, abdominal og‘riq, meteorizm; kam hollarda – gastrointestinal qon ketishlar, me‘da yoki ichak yarasi (qon ketishi yoki perforasiya bilan yoki usiz), ezofagit, stomatit; juda kam hollarda – ichak perforasiyasi, gastrit, kolit.

Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – anemiya, trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam – quloqda shovqin, uyquchanlik; juda kam hollarda – dezorientasiya, xotirani buzilishi.

Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – yurak urishini his qilish, ko‘krakda og‘riq.

Tomir tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – arterial gipertenziya, yuzga qonni oqib kelishi.

Ruhiy buzilishlar: juda kam hollarda – kayfiyatni o‘zgarishi, uyqusizlik.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi.

Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar: kam hollarda – astma, bronxospazm.

Gepatobiliar buzilishlar: tez-tez emas – transaminazalar miqdorini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi; kam – gepatit; juda kam hollarda – gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – qichishish, toshma; kam – eshakemi; juda kam hollarda – bullyoz toshma, ekzema, eritemaning turli shakllari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), allergik purpura.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – buyrak faoliyatining laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi, kreatinin yoki mochevina miqdorini oshishi; juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – in‘eksiya joyida reaksiya, og‘riq, zichlashish; kam hollarda – in‘eksiya joyida shish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Meloksikam yoki Gramell preparatining boshqa komponentlari yoki shunga o‘xshash faollikka ega moddalar, masalan, NYAQP, aspiringa yuqori sezuvchanlik.
  • Aspirin yoki boshqa NYAQP larni qo‘llash fonida astma simptomlari, nazal poliplari, angionevrotik shish yoki eshakemi rivojlanuvchi pasientlar tomonidan qo‘llanmasligi kerak.
  • Anamnezida peptik yara yoki peptik yara/qon ketishini qaytalanishi.
  • Yaqqol jigar yetishmovchiligi.
  • Dializ yo‘qligida og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi.
  • Me‘da-ichak, serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlar.
  • Gemostazni buzilishlari, bir vaqtda antikoagulyantlarni qabul qilish.
  • Jiddiy nazorat qilib bo‘lmaydigan yurak yetishmovchiligi.
  • Homiladorlik yoki emizish davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Meloksikamni farmasevtik mutanosibligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shu sababli, in‘eksiya uchun meloksikam eritmasini boshqa preparatlar bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Meloksikamni boshqa NYAQP lar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Meloksikam va diuretiklarni qabul qilayotgan pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak. Bunday bemorlarda meloksikam bilan davolashni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini tekshirish kerak.

Antikoagulyantlar va trombolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llashda trombositlar faoliyatini ingibirlanishi va gastroduodenal shilliq qavatni shikastlanishi yo‘li bilan qon qetishlar xavfi ahamiyatli darajada ortadi.

Meloksikam beta-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, vazodilatatorlar, diuretiklar, bachadon ichi kontraseptivlarining samaradorligini kamaytiradi.

Meloksikam metotreksatning gematotoksikligini kuchaytirishi mumkin, shu sababli ularni bir vaqtda qo‘llashda periferik qonni laborator nazorat qilish zarur.

Meloksikam siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytiradi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llashda buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Meloksikam qonda litiy miqdorini oshiradi.

Xolestiramin meloksikamni chiqarilishini tezlashtiradi. Ushbu o‘zaro ta‘sir klinik ahamiyatga ega.

Antasidlar, simetidin va digoksinni meloksikam bilan bir vaqtda qo‘llashda klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Peptik yaralar yoki me‘da-ichakdan qon ketishi paydo bo‘lishi, teri va shilliq qavatlar tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishida preparatni bekor qilish kerak. Aylanib yuruvchi qon hajmi va kalavalar filtrasiyasi (degidratasiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, nefrotik sindrom, klinik yaqqol namoyon bo‘lgan buyrak kasalliklari, diuretiklarni qabul qilish, katta xirurgik operasiyalardan keyin suvsizlanish) kamaygan bemorlarda preparatni bekor qilishdan keyin to‘liq qaytuvchan klinik yaqqol namoyon bo‘lgan surunkali buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi mumkin (bunday pasientlarda davolashni boshida sutkalik diurez va buyrak faoliyatini tekshirish kerak). Transaminazalar miqdorini turg‘un va ahamiyatli darajada oshishi va jigar faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlarini o‘zgarishida preparatni bekor qilish va nazorat sinamalarini o‘tkazish kerak. Nojo‘ya samaralari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda davolash 7,5 mg dozadan boshlanadi. Dializda bo‘lgan terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda doza sutkada 7,5 mg dan oshmasligi kerak.

Meloksikam boshqa NYAQP kabi infeksion kasalliklarning simptomlarini niqoblashi mumkin.

Preparatni boshqa NYAQP lar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar meloksikamning yaqqol teratogen samaralarini ko‘rsatmadi, ammo homilaga nisbatan toksiklikka ega. Meloksikamni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajribasi yo‘q. Prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini uchinchi uch oylikda qo‘llash bachadonning qisqaruvchanlik faolligini bostirilishi sababli tug‘ruq faoliyatini kechikishi yoki uzayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun meloksikamni homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya

Meloksikam ona sutida aniqlangan, shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida preparatni qabul qilishda emizish mumkin emas deb hisoblanadi.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

NYAQP larni qabul qilishda ko‘rishni buzilishi, bosh aylanishi, uyquchanlik, charchoqlik yoki markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Ko‘ngil aynishi, uyquchanlik, bosh aylanishi, hushdan ketish, bosh miya ichki bosimini oshishi.

Davolash choralari

NYAQP bilan o‘tkir zaharlanishni davolash, birinchi navbatda tutib turuvchi choralar va simptomatik davolashdan iborat.

Tutib turuvchi choralar va simptomatik davolash gipotenziya, buyrak yetishmovchiligi, tirishishlar, gastrointestinal buzilishlar va nafasni susayishi kabi asoratlarni bartaraf qilish uchun zarur.

Xolestiraminni 4 g dozada kuniga uch marta peroral qabul qilishda meloksikamni chiqarilishini tezlashishiga yordam berish klinik jihatdan tasdiqlangan.

Chiqarilish shakli

1,5 ml dan ampulalarda, 3 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 dori vositasi Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GRAMELL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MELOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N5
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Турция произведено Idol Ilac Dolum San.Ve Tic.A.S
Narh: 34 900 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
LOKSIDOL inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS gel 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сотекс,ФармФирма,ЗАО, произведено Озон,ООО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 72 990 so'mdan Batafsil
REKLIN tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegapharm LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
MELOKSIKAM suppozitorii 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Farmaprim S.R.L
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
MELOKSIKAM suppozitorii 7,5mg N10
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 7,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 25 941 so'mdan Batafsil
ARTROZAN inyeksiya uchun eritma 2,5ml 6mg/ml N10
MELOKSIKAM DS inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co. Ltd, Вьетнам произведено: Zhangjiakou Kaiwei Pharmaceutical Co. Ltd.
MESIPOL inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
MELOFLAM tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
MELOKS tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
MAKSIKAM tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Credence Remedies Private Limited
MELBEK FORTE tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK tabletkalari 7,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
MELBEK inyeksiya uchun eritma 15mg/1,5ml N3
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MEKSILON inyeksiya uchun eritma 1,5ml 15mg/1,5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medicus S.A., Греция произведено: Help S.A.
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LOKSIDOL suppozitorii 15mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 53 800 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM suppozitorii 15mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 1% N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
KAMELOT tabletkalari 15mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AMELOTEKS tabletkalari 15mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya / Rossiya
  • Faol modda: Мелоксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: РЕПЛЕК ФАРМ ООО Скопье /ФармФирма Сотекс,ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MEDEFER inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
SATURID inyeksiya uchun eritma 5,0ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Mephar Ilac Sanayii A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9