×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Ибупрофен
Ishlab chiqaruvchi:
- «ПОЛЬФАРМА» АО
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- M01AE01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 6 ta dorixonasida topildi

ico 49 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 55 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 54 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GLOBAVIKS poroshok 4,7 g 1500 mg/1200 mg N15 Ind-Swift Limited Hindiston
204 000 s`om dan
FANIGAN tabletkalari N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
75 000 s`om dan
MEDROLGIN inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5 World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
37 500 s`om dan
DIKLORAN PLYUS gel 30g Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
120 ml kafolat halqasi bilan buraladigan qopqoqchasi va 1,25 ml, 2,5 ml, 5 ml li o'lchov-qoshiqchasi bilan bo'lgan shisha flakonda yoki 120 ml dan kafolat halqasi bilan buraladigan qalpoqchasi va 5 ml shpris-dozator bilan bo'lgan plastik flakonlar. Har bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga individual karton qutilarga joylanadi.
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ibuprofen - 100 mg;

yordamchi moddalar: makrogol gliserolgidroksistearati, ksantan kamedi, gliserol, natriy benzoati, limon kislotasi monogidrati, natriy fosfat digidrati yoki natriy fosfat dodekagidrati, natriy saxarinati, suyuq maltitol, apelsin aromatizatori, tozalangan suv.

Ibuprofen isitma tushiruvchi, og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi propion kislotasini hosilasi hisoblanadi.

Ibuprofenning ta'sir mexanizmi araxidon kislotasini prostaglandinlarga, prostasiklin va tromboksanga aylanishini boshqaruvchi tsiklooksigenaza (sog) fermentini faolligini kamayishi hisobiga prostaglandinlar biosintezini susayishi bilan bog'liq. Bunda prostaglandinlar hosil bo'lishi araxidon kislotasining metabolizmining sog yo'li bilan qaytmas tormozlanish natijasida kamayadi. Yallig'lanish joyida prostaglandinlar kontsentrasiyasini kamayishi bradikinin, endogen pirogenlar, boshqa biologik faol moddalar, kislorod va NO radikallar hosil bo'lishi kamayadi. Har doim bu yallig'lanish jarayonining faolligi (ibuprofenning yallig'lanishga qarshi samarasi) kamayishiga olib keladi va og'riq sezishni (analgetik samara) kamayishi bilan birga sodir bo'ladi. Tserebrospinal suyuqlikda prostaglandinlar kontsentrasiyasini kamayishi tana haroratini (antipiretik samara) normallashuviga olib keladi. Tana xaroratini pasayishi qabul qilgandan keyin 30 minut o'tgach boshlanadi va uning maksimal ta'siri 3 soatdan keyin namoyon bo'ladi.

Ovqat iste'mol qilish ibuprofenning so'rilishini sekinlashtiradi, lekin uning biokiraolishligini kamaytirmaydi. Suspenziya ko'rinishida 10 mg/kg dozada bolalar ibuprofen qabul qilishganda uning qondagi maksimal kontsentrasiyasi 55 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ibuprofen ovqat bilan qabul qilinganda sekinroq so'riladi: bunda (tmax) och qoringa qabul qilinganiga nisbatan 30-60 minut ko'proq bo'ladi va 1,5-3 soat ni tashkil qiladi.

Ibuprofen qon plazmasining oqsillari bilan 99% dan ko'proq bog'lanadi. Albuminlar dori vositasi bilan bog'langan asosiy oqsillar hisoblanadi. Kattalarda taqsimlanish hajmi taxminan 1 kg tana vazniga 0,12 l ni tashkil qiladi, ammo 11 yoshdan kichik yuqori tana harorati bo'lgan bolalarda u ko'proq va taxminan 1 kg tana vazniga 0,2 l ni tashkil qiladi.

Dori vositasi asosan jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Qabul qilingan dozani 70-90% siydik bilan metabolitlari va ularning kon'yugatlari ko'rinishida chiqariladi. Dozani qolgan miqdori o'zgarmagan holda va metabolitlar shaklida axlat bilan chiqariladi. Dori vositasi organizmda to'planmaydi.

Ibufen® D odatda yaxshi o'zlashtiriladi, lekin qo'llanganda nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli ibuprofenni reseptsiz beriladigan dozalarda qo'llaganda quyidagi samaralar kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat ibuprofenni qo'llash vaqtida boshqa ko'rsatmalarda boshqa nojo'ya samaralar kuzatilishi mumkin.

Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lish tez-tezligi bo'yicha quyidagicha tasniflanadi:

juda tez-tez (10 pasientdan bir nafar); tez-tez (100 pasientdan 1-10 nafardan ko'proq); tez-tez emas (1000 pasientdan 1-10 nafar dan ko'proq); kam hollarda (10000 nafar pasientdan 1-10 dan ko'proq); juda kam hollarda (10000 pasientdan bir nafardan kam).

Infektsion va parazitar kasalliklar:

Juda kam hollarda: nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar qo'llanishi bilan bog'liq infektsion-yallig'lanish reaktsiyalarni zo'rayishi (masalan, nekrotik fassiitni namoyon bo'lishi) ta'riflangan. Ehtimol bu nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar ta'sir mexanizmi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

Agar preparatni qo'llash vaqtida infektsiya simptomlari paydo bo'lsa yoki kuchaysa, pasient darhol shifokorga murojaat qilishi lozim. Infektsiyaga qarshi davolashga (antibiotikoterapiya) ko'rsatmalarni mavjudligini baholash lozim.

Ibuprofen qo'llanganda ensa mushaklarini rigidligi bilan aseptik meningit, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitma yoki ongni buzilish simptomlari kuzatilishi mumkin. Autoimmun buzilishlari bo'lgan pasientlar bunga moyillikni namoyon qiladi (SLE, biriktiruvchi to'qimalarni aralash kasalligi).

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: qon morfologiyasini ko'rsatkichlarini buzilishlari (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Isitma, tomoqda og'riq, yuzaki stomatit, grippsimon simptomlar, charchoqlik, burundan qon ketish va teridan qon ketishlar birinchi simptomlari hisoblanadi. Uzoq muddat davolanganda muntazam qon morfologiyasini tekshirish lozim.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: teri toshmasi va qichishish bilan allergik reaktsiyalar, shuningdek bo'g'ilish xurujlari (arterial qon bosimni pasayishi bilan birga kuzatilishi mumkin).

Pasientni ogoxlantirish lozim, ushbu holatda u darhol shifokorga murojaat qilsin

va Ibufen® D preparatini boshqa qabul qilmasin.

Juda kam hollarda: og'ir tizimli allergik reaktsiyalar. Ular shu jumladan hayotga xavf soluvchi shok, yuz, til shishi ko'rinishida, nafas yo'llarini o'tkazuvchanligini buzilishlari bilan xalqumni ichki shishi, nafas etishmovchiligi, taxikardiya, arterial qon bosimni pasayishi paydo bo'lishi mumkin.

Agar yuqorida ko'rsatilgan simptomlar paydo bo'lsa, bu preparatni birinchi qo'llangandan keyin paydo bo'lishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish zarur.

Ruhiyatni buzilishlari:

Juda kam hollarda: psixotik reaktsiyalar, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, ta'sirchanlik va charchoqlik xissi.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ko'rishni buzilishi.

Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari:

Kam hollarda: quloqlarda shovqin.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: yurak urishi, yurak etishmovchiligi.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: arterial gipertenziya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: jig'ildon qaynashi, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gazlar chiqishi bilan meteorizm, qabziyat va ayrim hollarda anemiyaga olib kelishi mumkin, kuchsiz bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi.

Tez-tez emas: potentsial qon ketishi va perforasiya bo'lishi bilan me'da-ichak yo'larini yaralanishi. Yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo'rayishi, gastrit.

Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakni membranoz torayishini hosil bo'lishi.

Epigastral sohada o'tkir og'riqlar, qatronsimon ahlat yoki qon bilan qusish paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni to'xtatish va darxol shifokorga murojaat qilish lozim.

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: jigar funktsiyasini buzilishlari, ayniqsa uzoq muddat qo'llanganda, jigar etishmovchiligi, o'tkir gepatit.

Teri va teri osti to'qimalar tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: turli teri toshmalari.

Juda kam hollarda: eksfoliativ dermatit, bullyoz reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og'ir teri reaktsiyalari.

Ayrim holatlarda suvchechak virusi yuqtirilganda og'ir teri infektsiyalari va yumshoq to'qimalarga tegishli asoratlar paydo bo'lishi mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: buyrak to'qimalarni jarohatlanishi (nekrotik papillit) va qonda siydik kislotasining kontsentrasiyasini oshishi paydo bo'lishi mumkin.

Juda kam hollarda: ayniqsa arterial gipertenziyasi yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda shishlarni hosil bo'lishi, nefrotik sindrom, o'tkir buyrak etishmovchiligi bilan birga kechuvchi interstisial nefrit. Shuning uchun buyrak funktsiyasini muntazam tekshirish lozim.

Klinik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llangandagi arterial trombotik asoratlar bilan (masalan miokard infarkti yoki insult) bog'liq bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.

Hamma, shu jumladan yo'riqnomada ko'rsatilmagan paydo bo'lgan nojo'ya (noxush) samaralar to'g'risida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.



Preparatni quyidagi holatlarda qo'llanganda:
  • tizimli qizil yugurik va biriktiruvchi to'qimalarning aralash kasalligida – aseptik meningitning yuqori xavfi;

  • me'da-ichak yo'llarining kasalliklari, shuningdek ichakni surunkali yallig'lanish kasalliklari (yara koliti, Kron kasalligi);

  • gipertoniya va (yoki) yurak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda chunki NYAQP qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan suyuqlikni tutilib qolishi va shishlar to'g'risida xabar berilgan;

  • porfirinlarning metabolizmni tug'ma buzilishlari (masalan o'tkir tez o'tib ketuvchi porfiriya);

  • bevosita xirurgik operasiyadan keyin;

  • buyrak funktsiyasini buzilishida;

  • jigar funktsiyasini buzilishida;

  • qon ivishini buzilishida (ibuprofen qon ketish vaqtini oshirishi mumkin);

  • boshqa moddalarga allergiyasi bo'lgan pasientlarda Ibufen® D preparati qabul qilinganda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin;

  • pichan isitmasi, burun poliplari yoki surunkali obstruktiv nafas buzilishlari bo'lgan pasientlarda, chunki ularda allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi. Bu reaktsiyalar bo'g'ilish xurujlari (aspirin astmasi deb nomlanadigan), Kvinke shishi yoki eshakemi ko'rinishida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Simptomlarni kamaytirish uchun zarur bo'lgan minimal samarali dozada, qisqa muddatda ibuprofenni qabul qilinishi nojo'ya samaralari xavfini kamaytiradi (miy va qon aylanish tizimiga ta'siriga qarang).

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda yosh pasientlarga qaraganda ibuprofenni qabul qilishi natijasida nojo'ya samaralar paydo bo'lish xavfi yuqori. Nojo'ya samaralarni paydo bo'lish tez-tezligi va jadalligini preparatning minimal terapevtik dozada eng qisqa samarali muddatda qo'llab kamaytirish mumkin.

Qon ketishi, yaralanish va miy perforasiyasi

O'limga olib kelishi yoki har doim bo'lmagan oldindan ogohlantiruvchi simptomlarsiz yoki ogohlantiruvchi simptomlar kuzatilgan pasientlarda me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish yoki perforasiyani paydo bo'lish xavfi mavjud. Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi yoki yaralanish paydo bo'lgan holatlarda preparatni qabul qilishni zudlik bilan to'xtatish lozim. Anamnezida me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan pasientlarga, ayniqsa keksa yoshdagi odamlarda davolashni boshlang'ich davrida me'da-ichak yo'llari bilan bog'langan hamma notipik simptomlar (ayniqsa qon ketishi) to'g'risida shifokorga xabar berish kerak. Ushbu pasientlar preparatni eng kichik dozasini qo'llashlari kerak.

Anamnezida, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan pasientlarda va keksa yoshli odamlarda me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish yoki perforasiya xavfi NYAQP dozasini oshishi bilan ortadi. Ushbu pasientlarda davolashni mumkin bo'lgan eng kichik dozadan boshlash lozim. Bu pasientlar va me'da-ichak yo'llaridagi o'zgarishlar xavfini oshirishi mumkin bo'lgan atsetilsalisil kislota yoki boshqa ta'sir etuvchi moddalarni kichik dozalarini bilan bir vaqtda davolanishi talab qiluvchi pasientlarda ham, himoya preparatlari bilan (masalan mizoprostol yoki proton nasosini ingibitorlari) majmuaviy davolashni ko'rib chiqish kerak.

Kortikosteroidlar yoki varfarin kabi antikoagulyantlar, serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari yoki atsetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda qo'llanishi qon ketishlar yoki me'da-ichak buzilishlari xavfini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa preparatlarni ishlatiladigan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Anamnezda me'da-ichak yo'llarining kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan shaxslarga NYAQP ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki ushbu kasalliklar zo'raishi mumkin.

Qon tizimiga ta'siri

Klinik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llash arterial trombotik asoratlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfini biroz oshishini ko'rsatgan. Umuman, epidemiologik tadqiqot natijalari ibuprofenni bilan assosiasiyalangan bo'lishi mumkinligini kichik dozalarda (masalan sutkada ≤1200 mg) qo'llash arterial trombotik asoratlarni rivojlanishini yuqori xavfi bilan assosiasiyalangan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmaydi.

Yomon nazorat qilinadigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha II – III sinfi), tashhislangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriya kasalliklari va/yoki tserebrovaskulyar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ibuprofenni faqat xavfni sinchkov baholangandan keyingina buyurish lozim, bunda undi yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) buyurishdan saqlanish lozim.

Kardiovaskulyar asoratlarini xavf omillari (masalan arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekuvchilar) bo'lgan pasientlarga ibuprofenni uzoq muddat buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini, ayniqsa agar ibuprofenni yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) qo'llash talab qilinsa sinchiklab baholash zarur.

Teri tomonidan reaktsiyalar

NYAQP guruhidan preparatlarni qo'llanishi bilan bog'liq og'ir teri reaktsiyalarining ba'zi o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik eksfoliativ nekroliz juda kam hollarda ta'riflangan. Ko'p hollarda davolashni birinchi oyida bu og'ir reaktsyalarni paydo bo'lishini eng katta xavfi kuzatiladi. Birinchi simptomlar: teri toshmasi, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki allergiyani boshqa simptomlari paydo bo'lgandan keyin preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.

Kamdan-kam hollarda suvchechak teri va yumshoq to'qimalarning og'ir infektsion asoratlarini

sababi bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu infektsiyalar kuchayishida NYAQP ning rolini inkor qilib bo'lmaydi. Shuning uchun preparatni suvchechak bo'lgan hollarda qo'llashdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Boshqa izoxlar

Turli og'riq qoldiruvchi preparatlarni uzoq muddat bir vaqtda qo'llash buyrak etishmovchiligi xavfi bilan bo'lgan buyraklarni jarohatlanishiga (analgetik nefropatiya) olib kelishi mumkin.

NYAQP guruhidan preparatlar infektsiya va isitma simptomlarini niqoblashi mumkin.

Juda kam hollarda o'tkir og'ir allergik reaktsiyalar (masalan anafilaktik shok) kuzatiladi. Ibufen®D preparatini qabul qilgandan keyin allergik reaktsiyalarning birinchi simptomlari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak. Ixtisoslashgan xodim paydo bo'lgan simptomlarga qarab zaruriyat tibbiy muolajalarini o'tkazishi kerak.

Ibufen®D preparatining ta'sir etuvchi moddasi ibuprofen trombositlarni faolligini (trombositlar agregasiyasi) vaqtincha susaytirishi mumkin. Shuning uchun qon ivishini buzilishlari bo'lgan pasientlarni diqqat bilan nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Preparat uzoq muddat qo'llanganda jigar, buyrak funktsiyasini ko'rsatkichlarini va qon morfologiyasini muntazam nazorat qilish kerak.

Tsiklooksigenazani (prostaglandinlar sintezi) susaytiruvchi preparatlar ovulyasiyaga ta'sir qilib ayollarda fertillikni buzilishini chaqiradi. Bu ta'sir vaqtinchalik va davolash to'xtatilgandan keyin o'tib ketadi.

Ibuprofen qo'llanganda toksik ambliopiyaning yagona holatlari kuzatilagan, shuning uchun ko'rishning xamma buzilishlari to'g'risida shifokorga xabar berish kerak.

Suvsizlangan bolalar va o'smirlarda buyrak etishmovchiligining xavfi mavjud.

Preparat maltitol saqlaydi va uni fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.

Preparat natriy benzoatini ham saqlaydi, shuning uchun o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa bolalarda uni o'ta ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Ibufen® D suspenziyasi isitma tushiruvchi, og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Patologik o'zgarish paydo bo'lgan joyda ta'sir qilish yo'li bilan yuqori tana xarorati, og'riq va shish kabi simptomlar ko'rinishini kamaytiradi. Preparat qand saqlamaydi, shuning uchun diabet bo'lgan shaxslarda qo'llash mumkin.

Ibufen® D quyidagi hollarda emizikli chaqaloqlarda va bolalarda qo'llash uchun mo'ljallangan:

  • Har xil genezli yuqori tana xarorati:

  • shamolash kasalliklari;

  • o'tkir respirator virusli infektsiyalar;

  • gripp;

  • angina (faringit);

  • tana xarorati oshishi bilan kechuvchi bolalar infektsiyalari;

  • vaktsinadan keyingi reaktsiyalarda qo'llanadi.

  • Engil va o'rtacha darajali kelib chiqishi har xil bo'lgan og'riq sindromi:

  • o'rta quloq yallig'lanishidagi quloq og'riqlari;

  • tish og'rig'i, tishlarni og'riqli yorib chiqishi;

  • bosh og'rig'i, migrenlar;

  • mushaklarda va bo'g'imlarda og'riqlar;

  • tayanch-xarakat aparatini jarohatlarida qo'llanadi.



Ibufen® D preparatini:
  • ibuprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda;

  • boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda;

  • ilgari atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilinganda tumov, eshakemi yoki bronxial astma ko'rinishida allergiya simptomlarini paydo bo'lishi;

  • NYAQP qo'llangandan keyin zo'rayish bosqichida yoki anamnezida perforasiya yoki qon ketishi bo'lganda avj olgan me'da va (yoki) o'n ikki barmoq ichak yara kasalligida;

  • og'ir jigar etishmovchiligi, buyrak etishmovchiligi yoki og'ir yurak etishmovchiligida (NYHA tasnifi bo'yicha IV sinf);

  • boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan sog-2 ingibitorlari bir vaqtda qabul qilinganda (nojo'ya samaralar paydo bo'lishini yuqori xavfi);

  • bosh miya qon tomirlaridan yoki boshqa o'tkir qon ketishi bo'lgan pasientlarda;

  • gemorragik diatezi yoki noma'lum genezli qon yaratish tizimining buzilishlari bo'lgan pasientlarda;

  • og'ir suvsizlanishi holatidagi bo'lgan pasientlarda (qusish, diareya yoki etarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilmaganlik bilan chaqirilgan);

  • homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Ibuprofenni (NYAQP guruhidagi boshqa dori preparatlari kabi) quyida ko'rsatilgan dori preparatlari bilan birga qo'llash mumkin emas:

  • boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlari bilan, chunki bir vaqtda bir necha NYAQP qo'llash sinergik ta'sir tufayli me'da-ichak yo'llarini yaralanishini va qon ketish xavfini oshirishi mumkin;

  • atsetisalisil kislotasi bilan: noxush samaralarni og'irlashishi mumkinligi tufayli, ibuprofen va atsetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda davolashni tavsiya qilinmaydi. Eksperimental ma'lumotlar birga davolash ibuprofenni atsetilsalisil kislotasini kichik dozalarini trombositlarni agregasiyasiga bo'lgan samarasini raqobatli susaytirishi mumkinligini ko'rsatadi. Garchi ushbu ma'lumotlar klinik ahamiyati nisbatan noaniqlik bo'lsada, muntazam uzoq muddat qabul qilishi atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarini kardioprotektiv samarasini ibuprofenni kamaytirish mumkinligini inkor qilib bo'lmaydi. Ibuprofenni vaqti vaqti bilan qabul qilinganda klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlashishi ehtimoli kam;

  • gipotenziv preparatlar bilan: NYAQP arterial qon bosimini pasaytiruvchi ta'siriga ega preparatlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin;

  • siydik haydovchi preparatlar bilan: siydik haydovchi preparatlarning samaradorligini kamayishi to'g'risida kam sonli dalillar bor;

  • antikoagulyantlar bilan: NYAQP qon ivishini kamaytiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin;

  • litiy va metotreksat bilan: NYAQP ham litiy, ham Metotreksatni qon plazmasida kontsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin, qon plazmasida litiy va metotreksatning kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi;

  • zidovudin bilan: ibuprofen va zidovudin bilan bir vaqtda davolangan pasientlarda qon ketish davomiyligini oshishi to'g'risida dalillar mavjud;

  • kortikosteroidlar bilan: me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya ta'sirlari xavfi oshadi;

  • digoksin bilan: qon zardobida digoksinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin;

  • fenitoin bilan: qon zardobida fenitoinning kontsentrasiyasi oshishi mumkin;

  • Tsiklosporin bilan: ayrim NYAQP Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilinganda Tsiklosporin qabul qilinishi tufayli buyraklarni jarohatlash ta'sir xavfi oshishi mumkin. Ushbu ta'sirni aniqlangan Tsiklosporin va ibuprofenni bir vaqtda qo'llangan hollarda inkor qilib bo'lmaydi;

  • takrolimus bilan: nefrotoksiklik ta'sir xavfi oshadi;

  • xinolin antibiotiklari bilan: NYAQV xinolin guruhidagi antibiotiklarni qo'llash bilan bog'liq tirishishlar xavfini oshirishi mumkin:

  • probenesid va sulfinpirazon bilan: probenesid yoki sulfinpirazon ibuprofenning chiqarilishini tormozlashi mumkin;

  • antitrombositar preparatlar va ayrim serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan: me'da-ichak yo'llaridan qon ketishini paydo bo'lish xavfini oshishi;

  • mifepriston bilan: mifepristonni qo'llangandan keyin NYAQP 8-12 kun davomida qo'llash mumkin emas, chunki NYAQP uni ta'sirini kamaytirishi mumkin;

  • kaliy tejovchi diuretiklar bilan: bir vaqtda qo'llash giperkaliemiyani paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy kontsentrasiyasini tekshirish tavsiya qilinadi).



Doza oshirib yuborilganda ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq yoki diareya, quloqlarda shovkin, bosh og'rig'i, me'da yoki ichakdan qon ketishi, apnoe va qon bosimini pasayishi paydo bo'lishi mumkin. Og'ir zaharlanish Markaziy nerv tizimiga ta'sir qiladi va uyquchanlik, juda kam hollarda qo'zg'alish, dezorientasiya yoki koma ko'rinishida namoyon bo'ladi. Juda kam hollarda tirishish xurujlari bo'lishi mumkin. Og'ir zaharlanishda metabolik asidoz paydo bo'lishi mumkin, protrombin vaqti oshishi mumkin. O'tkir buyrak etishmovchiligi yoki jigar shikastlanishi paydo bo'lishi mumkin. Astmasi bo'lgan pasientlarda astmaning simptomlari zo'rayishi mumkin.

Preparatni ko'rsatilgandan yuqoriroq dozada qo'llangan hollarida, zudlik bilan shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.



Agar zarur bo'lmasa ibuprofenni homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oylikda qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki ikkinchi va uchinchi uch oyligida bo'lgan ayollarda ibuprofenni qo'llash zarur bo'lganida kichik dozada qisqa muddat davomida qo'llash kerak.

Homiladorlikning III uch oyligida ibuprofenni qo'llash mumkin emas.

Ibuprofen va uning metabolitlari emizadigan ayollarni sutiga kichik kontsentrasiyada (qo'llangan dozani 0,0008%) o'tadi. Hozirgi kungacha preparatni chaqaloqlarga zararli ta'siri to'g'risida xabarlar yo'q, ibuprofenni og'riq va isitmani davolash uchun qo'llanadigan dozalarda emizishni to'xtatish zarur emas

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml dori vositasi «ПОЛЬФАРМА» АО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IBUFEN YUNIOR kapsulalar 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A., Польша произведено: Медана Фарма АО
  • Vakil: Polpharma S. A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9