×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Ибупрофен
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- M01AE01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 184 ta dorixonasida topildi

ico 38 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 60 900 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 54 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KYUPEN FORTE inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
53 000 s`om dan
KYUPEN tabletkalari 50mg/500mg N100 Avison Pharmaceutical Pvt. Ltd., India Coral Laboratories Limited Hindiston
65 000 s`om dan
VOVENAK gel 20g BioMedicare (India) Pvt. Ltd Hindiston
DIKLOTOL tabletkalari 100mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PETF dan tayyorlangan adapterli, bolalar uchun xavfsiz tiqinlab qo'yilgan, ochishni nazorat qiluvchi halqali polietilenli buraladigan qopqoqli flakonlarda 100 ml yoki 40 ml dan preparat. Har bir flakonga yorliq yopishtiriladi. Karton qutiga 1 tadan flakon joylashtiriladi. Qutilarga tasdiqlangan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalar va peroral yuborish uchun shpris joylashtiriladi.

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddasi: ibuprofen 200 mg

yordamchi moddalar: gipromelloza, ksantan kamedi, gliserin, natriy benzoati, suyuq maltitol, natriy tsitrati, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarinati, natriy xloridi, malina aromatizatori (xushbo'y tarkibiy moddalar, triatsetin (E1518), suv), tozalangan suv.

Ibuprofen isitmani tushiruvchi, og'riqni qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan propion kislotasining hosilasidir.

Ibuprofenning ta'sir mexanizmi, araxidon kislotasining prostaglandinlarga, prostasiklin va tromboksanga aylanishini boshqaruvchi tsiklooksigenaza(sog) fermentini faolligini kamayishi xisobiga prostaglandinlar biosintezini bostirilishi bilan bog'liq. Bunda prostaglandinlar hosil bo'lishi araxidon kislotasi metabolizmining sog yo'li bilan qaytmas tormozlanish natijasida kamayadi. Yallig'lanish joyidagi prostaglandinlar kontsentrasiyasining kamayishi bradikinin, endogen pirogenlar, boshqa biologik faol moddalar, kislorod radikallari va NO hosil bo'lishining kamayishi bilan birga kechadi. Bularning barchasi yallig'lanish jarayoni faolligining pasayishiga olib keladi (ibuprofenning yallig'lanishga qarshi samarasi) va og'riq resepsiyasining kamayishi bilan birga kechadi (og'riq qoldiruvchi samarasi).

Tserebrospinal suyuqlikda prostaglandinlar kontsentrasiyasining pasayishi tana haroratining normallashishiga olib keladi (isitma tushiruvchi samara). Haroratning pasayish samarasi taxminan 30 minutdan so'ng boshlanadi, uning eng yuqori ta'siri
3 soatdan keyin namoyon bo'ladi.

Ovqat qabul qilish ibuprofen so'rilishini sekinlashtiradi, lekin uning biokiraolishligini pasaytirmaydi. Suspenziya ko'rinishidagi ibuprofen 10 mg/kg dozada qabul qilinganda, qondagi maksimal kontsentrasiyasi 55 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ibuprofen ovqat bilan birgalikda qabul qilinganda, sekinroq so'riladi: bunda (tmax) och qoringa qabul qilingandagiga nisbatan 30-60 minutga uzoqroq bo'ladi va 1,5-3 soatni tashkil qiladi.

Ibuprofen qon plazma oqsillari bilan 99% dan ham ko'proq bog'lanadi. Ibuprofenni bog'lovchi asosiy oqsillar albuminlar hisoblanadi. Kattalarda- taqsimlanish xajmi taxminan 1 kg tana vazniga 0,12 l/kg ni tashkil qiladi, ammo 11 yoshdan kichik tana harorati ko'tarilgan bolalarda u ko'proq va taxmiman 1 kg tana vazniga 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.

Dori vositasi asosan jigarda bitransformasiyaga uchraydi. Qabul qilingan dozaning 70-90% siydik bilan metabolitlar va glyukuron kislotasi bilan ularning kon'yugat mahsulotlari shaklida chiqariladi. Dozaning qolgan qismi axlat bilan o'zgarmagan ko'rinishda va shuningdek metabolitlar shaklida chiqariladi. Ibuprofen organizmda to'planmaydi.  

Ibufen® Forte odatda yaxshi o'zlashtiriladi, lekin qo'llanganda nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin. Dori vositasini reseptsiz beriladigan dozalarda qisqa muddatda qo'llaganda quyidagi samaralar kuzatilishi mumkun. Ibuprofenni uzoq muddat qo'llash davomida yoki boshqa ko'rsatmalar bo'lganda, boshqa nojo'ya samaralar kuzatilishi mumkin.

Nojo'ya ta'sirlar quyidagi aniqlagichlardan foydalanilgan holda uchrash tez-tezligi bo'yicha tasniflangan: juda tez-tez (har 10 pasientdan 1 nafaridan ko'pida), tez-tez (har 100 pasientdan 1-10 nafaridan ko'pida), tez-tez emas (har 1000 pasientdan
1-10 nafaridan ko'pida), kam hollarda (har 10 000 pasientdan 1-10 nafaridan ko'pida), juda kam hollarda (har 10 000 pasientdan 1 nafaridan kamida), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlashning iloji yo'q).

Infektsion va parazitar kasalliklar:

Juda kam hollarda: nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatalarni qo'o'lash bilan bog'liq bo'lgan infektsion-yallig'lanish reaktsiyalari haqida aytib o'tilgan (masalan, nekrotik fassiitning paydo bo'lishi). Ehtimol, bu nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarning ta'sir qilish mexanizmi bilan bog'liq. Agar preparatni qo'llash vaqtida infektsiya simptomlari paydo bo'lsa yoki kuchaysa, pasient darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Infektsiyalarga qarshi davolashni qo'llashga (antibiotikoterapiya) ko'rsatma borligini baholash zarur.

Ibuprofenni qo'llash vaqtida boshning ensa qism mushaklarining rigidligi, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, isitmali titroq yoki ong buzilishlari bilan kechuvchi aseptik meningit simptomlari kuzatilgan. Aftidan, bunga moyillikni autoimmun buzilishlari bo'lgan pasientlar namoyon qilishadi (SLE, bog'lovchi to'qimaning aralash kasalligi).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: qon morfologiyasi ko'rsatkichlarining buzilishi (kamqonlik, leykopeniya, trombositopeniya, pantsitopeniya, agranulositoz). Ilk simptomlar bo'lib isitmali titroq, tomoqdagi og'riq, sirtqi stomatit, grippsimon simptomlar, toliqish, burundan qon ketishi va teri qon ketishlari hisoblanadi. Uzoq muddatli muolajada qon morfologiyasi ko'rsatkichlarini muntazam tekshirib turish kerak.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: teri toshmasi va qichishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar, shuningdek bo'g'ilish hurujlari (arterial bosimning pasayishi bilan birgalikda sodir bo'lishi mumkin). Bunday holatlarda darhol shifokorga murojaat qilish va Ibufen®Forte ni boshqa qabul qilmaslik kerak.

Juda kam hollarda: tizimli og'ir allergik reaktsiyalar. Ular yuz shishi, til shishi, nafas yo'llari o'tkazuvchanligining buzilishi bilan kechuvchi dimoqning ichki shishi, nafas etishmovchiligi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, jumladan hayot uchun xavf soluvchi shok ko'rinishlarida yuzaga chiqishi mumkin.

Agar preparatni ilk qo'llagandan so'ng yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan yuqorida ko'rsatilgan simptomlardan biri paydo bo'lsa, shoshilinch tibbiy yordam zarur.

Ruxiyat buzilishlari:

Juda kam hollarda: psixotik reaktsiyalar, depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik, hayajon, ta'sirchanlik va charchoq hissi.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: ko'rishning buzilishi.

Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar:

Kam hollarda: quloqlarda shovqin.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: yurak urishini his qilish, yurak etishmovchiligi.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: arterial gipertenziya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: jig'ildon qaynashi, qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, ich ketishi, gaz ajralishi bilan kechuvchi meteorizm, qabziyat va juda kam hollardan kamqonlikka olib kelishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan kuchsiz qon ketishi.

Tez-tez: potentsial ravishda qon ketishlar va perforasiya bilan kechuvchi me'da-ichak yo'llarining yaralanishlari. Yarali stomatit, kolitning zo'rayishi va Kron kasalligi, gastrit.

Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakning membranoz torayishlarining hosil bo'lishi.

Qorinning quyi qismida o'tkir og'riq, qatronsimon axlat yoki qon aralash qusish paydo bo'lgan holatda preparatni qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: jigar faoliyatining buzilishi, ayniqsa davomiy qo'llanganda; jigar etishmovchiligi, o'tkir gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: turli teri toshmalari.

Juda kam hollarda: eksfoliativ dermatit, bullyoz reaktsiyalar, jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og'ir teri reaktsiyalari.

Yakka holatlarda, suvchechak virusi bilan zararlanganda yumshoq to'qimalarga taalluqli og'ir teri infektsiyalari va asoratlari paydo bo'lishi mumkin.

Tez-tezligi noma'lum: preparatning eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan birga kechuvchi reaktsiyalari (DRESS sindromi), o'tkir umumiy ekzantematoz pustulez (AGEP). yorug'likka yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi.

Buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: buyrak to'qimalarining shikastlanishlari (nekrotik papillit) va qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasining ortishi ham sodir bo'lishi mumkin.

Juda kam hollarda: shishlar paydo bo'lishi, ayniqsa arterial gipertenziya yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda; nefrotik sindrom, o'tkir buyrak etishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin bo'lgan interstisial nefrit. Shuning uchun buyraklar funktsiyasini muntazam tekshirib turish kerak.

Klinik tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) qo'llash arterial trombotik asoratlarning ahamiyatsiz ortish xavfi bilan bog'lanishi mumkin (masalan, miokard infarkti yoki insult).

Istalgan, jumladan yo'riqnomada keltirilmagan nojo'ya (noodatiy) samaralarning paydo bo'lganligi haqida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.

Preparat qo'llanilganda quyidagilarga pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur:

·        tizimli qizil yugurak va bog'lovchi to'qimaning aralash kasalligi – aseptik meningitning yuqori xavfi,

·        Miy kasalliklari, shuningdek ichakning surunkali yallig'lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi),

·        gipertoniya va (yoki) yurak faoliyatining buzilishi, chunki NYAQP qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan suyuqlikning tutilishi va shishlar haqida xabar berilgan,

·        porfirinlar metabolizmining tug'ma buzilishlari (masalan, o'tkir tez o'tib ketuvchi porfiriya),

·        bevosita jarrohlik operasiyasidan so'ng,

·        buyraklar funktsiyasining buzilishi,

·        jigar funktsiyasining buzilishi,

·        qon ivishinig buzilishi (ibuprofen qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin),

·        boshqa moddalarga allergiyasi bo'lgan pasientlarda, chunki Ibufen®Forte preparatini qabul qilish ularda gipersezuvchanlik reaktsiyalarining yuqori xavfini chaqirishi mumkin,

·        toshmali isitma, burunda poliplar yoki nafas olishning surunkali obstruktiv buzilishlari, chunki ularda allergik reaktsiyalarning rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi. Ushbu reaktsiyalar bo'g'ilish hurujlari (shartli ravishda aspirinli astma deb ataladi), Kvinke shishi yoki eshakemi shaklida paydo bo'lishi mumkin.

Simptomlarni engillashtirish uchun ibuprofenni eng kichik samarador dozada eng qisqa vaqt ichida qabul qilish nojo'ya samaralar xavfini kamaytiradi (pastga qarang: Miy ta'siri va qon tomir tizimiga ta'siri).

Keksa yoshdagi shaxslar

Keksa yoshdagi pasientlarda ibuprofenni qabul qilish natijasida nojo'ya samaralarning paydo bo'lish xavfi yosh pasientlarga nisbatan yuqoriroq. Nojo'ya samaralarning paydo bo'lish tez-tezligi va jadalligini eng qisqa samarali muddatda eng kichik terapevtik dozani qo'llash bilan kamaytirish mumkin.

Miyga ta'siri

Ayrim holatlarda o'lim bilan yakunlangan me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi, yaralanish va perforasiya davolanishning me'da-ichak yo'llaridan qon ketish simptomlari yoki epizodlari bilan birga kechuvchi yoki birga kechmaydigan har bir davrida istalgan NYAQP qo'llangandan so'ng aniqlangan (jumladan nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi).

Me'da-ichak yo'llaridan qon ketish, yaralanish yoki perforasiya xavfi anamnezida yaralanishlar, ayniqsa asoratlangan qon ketish yoki perforasiyasi bo'lgan pasientlArda va keksa yoshdagi odamlarda NYAQP dozasi oshishi bilan ortib boradi. Ushbu pasientlarni davolash eng kichik mavjud doza bilan boshlanishi kerak.

Anamnezida me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan pasientlar, ayniqsa, keksa odamlar me'da-ichak yo'llari bilan bog'liq barcha noodatiy simptomlar haqida (ayniqsa, qon ketish haqida), birinchi navbatda muolajaning boshlang'ich davrida shifokorga xabar berishlari kerak.  

Preparatni bir vaqtning o'zida kortikosteroidlar yoki varfarin kabi antikoagulyantlar, serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari yoki atsetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar singari me'da-ichak yo'llari buzilishlari yoki qon ketish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan boshqa dori preparatlarini qo'llayotgan pasientlarda qo'llashda ehtiyotkorlika rioya qilish kerak.

Me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlar yoki yaralanish paydo bo'lgan holatda, darhol preparatni qabul qilishni to'xtatish zarur.

Qon tomirlar tizimiga ta'siri

Klinik tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, ibuprofenni ayniqsa yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) qo'llash arterial trombotik asoratlar xavfining ahamiyatsiz ortishi bilan assosiirlanishi mumkin (masalan, miokard infarkti yoki insult). Umuman olganda, epidemiologik tadqiqotlar natijalari ibuprofenni kichik dozalarda (masalan ≤1200 mg/sutka) qo'llash arterial tromboembolik asoratlar xavfining ortishi bilan assosiirlanishini ko'rsatmaydi.

Yomon nazorat qilinuvchi arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha II-III sinf) bo'lgan, yurak ishemik kasalligi tashxis qo'yilgan, periferik arteriyalar kasalligi va/yoki tserebrovaskulyar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga ibuprofen faqat xavfni qat'iy baholagandan keyingina buyurilishi kerak, bunda uni yuqori dozalarda buyurishning oldini olish lozim (2400 mg/sutka).

Kardiovaskulyar asoratlar xavf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo'lgan pasientlarga ham ibuprofen bilan uzoq muddatli muolaja buyurishdan oldin xavf/foyda nisbatini qat'iy baholash zarur, ayniqsa agar ibuprofenni yuqori dozalarda (2400 mg/sutka) qo'llash talab etilayotgan bo'lsa.

Teri tomonidan reaktsiyalar

NYAQP guruhidagi dori preparatlari qo'llanilishi bilan bog'liq og'ir shakllardagi teri reaktsiyalari, ulardan ayrimlari o'lim bilan yakunlangan, shu jumladan bullezli dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksikli epidermal nekroliz juda kam hollarda qayd etilgan. Ushbu og'ir reaktsiyalarning paydo bo'lish xavfi davolanish boshida, aksariyat holatlarda dori preparati qo'llanilishining dastlabki oyida eng yuqori bo'ladi. Tarkibida ibuprofen saqlanadigan preparatlarga nisbatan o'tkir generalizasiyalangan ekzantematoz pustulez (AGEP) haqida ma'lum qilingan. Teri toshmasi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatidagi o'zgarishlar dastlabki simptomlari yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa simptomlari aniqlangandan so'ng ibuprofen qo'llanilishini to'xtatish kerak.

Ayrim holatlarda, suvchechak teri va yumshoq to'qimalar tomonidan jiddiy yuqumli asoratlarga sabab bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu infektsiyalar zo'rayishida NYAQP rolini istisno qilib bo'lmaydi. Shu tufayli suvchechak holatida ibuprofen qo'llanilishidan saqlanish tavsiya etiladi.

Infektsiya

Ibufen® Forte infektsiya belgilarini yashirishi mumkin, masalan isitma va og'riq. Shu sababli, Ibufen® Forte infektsiyaga qarshi davolashni kechiktirishi mumkin, bu esa asoratlarni rivojlanish xavfini oshida. Bu bakteriyalar keltirib chiqargan pnevmoniya va suvchechak bilan bog'liq bo'lgan bakterial teri infektsiyalarida. Agar siz ush bu dori vositasini infektsiya paytida qabul qilayotganingizda infektsiya belgilari saqlanib qolsa yoki axvolingiz yomonlashsa, darxol shifokorga murojaat qiling.

Boshqa ko'rsatmalar

Turli og'riq qoldiruvchi preparatlarni davomiy ravishda birgalikda qo'llash buyrak etishmovchiligi xavfiga ega bo'lgan buyraklarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin (analgetik nefropatiya).

NYAQP guruhiga mansub preparatlar infektsiya va isitmali titroq simptomlarini yashirishi mumkin.

Juda kam hollarda og'ir o'tkir allergik reaktsiyalar (masalan, anafilaktik shok) kuzatilgan. Ibufen® Forte preparati qabul qilingandan so'ng allergik reaktsiyaning birinchi simptomlari paydo bo'lgandan so'ng davolanishni to'xtatish lozim. Maxsus tibbiy hodim paydo bo'lgan simptomlardan kelib chiqqan holda zarur tibbiy amallarni bajarishi kerak.

Ibuprofen Ibufen® Forte preparatining ta'sir qiluvchi moddasi hisoblanib, trombositlar faolligini vaqtinchalik ingibirlashi mumkin (trombositlar agregasiyasini). Shuning uchun qonning qovushish buzilishlari bo'lgan pasientlarni diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Preparatni davomiy qo'llash holatida jigar, buyraklar funktsiyasi va qon morfologiyasi ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilib turish kerak.

Og'riq qoldiruvchi vositalar davomiy qo'llanganda, bosh og'rig'i paydo bo'lishi mumkin, uni ushbu preparatning yuqori dozalari bilan davolash mumkin emas.

Ibuprofen qo'llanganda, toksik ambliopiyaning yakka holatlari aniqlangan, shuning uchun ko'rishning barcha buzilishlari haqida shifokorga xabar berish kerak.

Suvsizlangan bolalar va o'smirlarda buyrak etishmovchiligi xavfi mavjud.

Yordamchi moddalar

Preparat 5 ml suspenziyada suyuq 2,4 g maltitolni saqlaydi (E965). Preparat kam uchraydigan fruktozga irsiy chidamsizlik bo'lgan pasientlarda qo'llanilmasligi kerak.

Preparat har bir 5 ml suspenziyada 5 mg natriy benzoatni saqlaydi (E211).

Preparat har bir 5 ml da eng kamida 1 mmol (23 mg) miqdorda natriy saqlaydi, ya'ni amalda "tarkibida natriy saqlamaydigan preparat" hisoblanadi.

Turli genezli yuqori tana harorati mavjud bo'lgan quyidagi xolatlarda:

-      shamollash kasalliklari

-      o'tkir respirator virusli infektsiyalar

-      gripp

-      angina (faringit)

-      tana harorati oshishi bilan birga kechadigan bolalar yuqumli kasalliklari

-      postvaktsinal reaktsiyalar.

·       Quyidagi holatlarda turli sabablarga ko'ra paydo bo'lgan kuchsiz va o'rtacha intensivlikdagi og'riq sindromi:

-    o'rta quloq yallig'langanda quloq og'rishi

-    tish og'rishi, tishlarning og'riqli yorib chiqishi

-    bosh og'rishi, migrenlar

-    mushaklar, bo'g'imlardagi og'riqlar

-    tayanch-harakat apparat jarohatlanishlarida qo'llaniladi.

Ibufen®Forte preparatini quyidagi pasientlarda qo'llash mumkin emas:

·        ibuprofen yoki preparatning istalgan boshqa yordamchi moddaciga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlar;

·        boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) ga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasienlar;

·        ilgari atsetilsalisil kislotasiga yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP)ni qabul qilinganda tumov, eshakemi yoki bronxial astma ko'rinishida allergiya simptomlarini paydo bo'lishi;

·        NYAQP qo'llangandan so'ng me'da va (yoki) o'n ikki barmoqli ichakning zo'rayish bosqichidagi yoki anamnezidagi perforasiya yoki qon ketishi bilan kechuvchi faol yara kasalligi bo'lgan pasientlar;

·        og'ir jigar etishmovchiligi, buyrak etishmovchiligi yoki og'ir yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar (NYHA tasnifi bo'yicha IV sinf);

·        bir vaqtda boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, jumladan sog-2 ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlar (nojo'ya samaralar paydo bo'lishining yuqori xavfi mavjud);

·        miya qon tomirlaridan qon ketishi yoki boshqa o'tkir qon ketishlari bo'lgan pasientlar;

·        gemorragik diatezi yoki qon hosil qilish tizimining noaniq genezli buzilishlari bo'lgan pasientlar,

·        og'ir darajada suvsizlangan pasientlar (qusish, diareya yoki etarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilmaganlik bilan chaqirilgan);

homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Ibuprofenni (NYAQP guruhining boshqa preparatlari kabi) quyidagilar bilan qo'llash mumkin emas:

·        Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar; chunki bir nechta Nyaqpni bir vaqtda qo'llash, sinergik ta'sir oqibatida me'da-ichak yo'llarining yaralanishi va qon ketish xavfini oshirishi mumkin.

·        Atsetilsalisil kislotasi: ibuprofen va atsetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda muolaja o'tkazish, umuman olganda, nojo'ya samaralarning zo'rayish ehtimoli tufayli, tavsiya qilinmaydi. Tajriba ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, majmuaviy muolaja o'tkazilgan holatda ibuprofen atsetilsalisil kislotasining kichik dozalarining trombositlar agregasiyasiga nisbatan samarasini raqobatli so'ndirishi mumkin. Ushbu ma'lumotlarning klinik ahamiyati bo'yicha mavhumlik mavjud bo'lgani bilan ibuprofenni muntazam, uzoq muddat qabul Qilish atsetilsalisil kislotasi kichik dozalarining kardioprotektorlik samarasini pasaytirishi mumkinligi potentsial ehtimolini istisno qilish kerak emas. Ibuprofen qabul qilinganda, vaqt o'tgan sari klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlashuv ehtimoli juda kam;

·        gipotenziv preparatamlar: NYAQP qonning arterial bosimini pasaytiruvchi preparatlar ta'sirining samaradorligini pasaytirishi mumkin;

·        siydik haydovchi preparatlar: siydik haydovchi preparatlar samaradorligining pasayishi bo'yicha kam sonli isbotlar mavjud;

·        antikoagulyantlar: NYAQP qon qovushishini pasaytiruvchi preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin;

·        litiy va metotreksat: NYAQP qon plazmasida ham litiy, va ham metotreksat kontsentrasiyasining oshishini chaqirishi mumkin, qon plazmasida litiy va metotreksat kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi;

·        zidovudin: ibuprofen va zidovudin bilan bir vaqtda davolangan pasientlarda qon ketish davomiyligining uzayishi bo'yicha dalillar mavjud;

·        kortikosteroidlar: me'da-ichak yo'llari sohasida nojo'ya ta'sirlar xavfi ortadi;

·        digoksin: qon zardobida digoksin kontsentrasiyasi ortishi mumkin;

·        fenitoin: qon zardobida fenitoin kontsentrasiyasi ortishi mumkin;

·        Tsiklosporin: ayrim NYAQP bir vaqtda qabul qilingan holatda, Tsiklosporin qabul qilish oqibatida buyraklarni shikastlovchi ta'sir xavfi ortadi. Buni Tsiklosporin va ibuprofenni bir vaqtda qo'llash holatida ham istisno qilib bo'lmaydi;

·        takrolimus: nefrotoksik ta'sir xavfi ortadi;

·        xinolon guruhi antibiotiklari: Nyaqplar xinolonlar guruhi antibiotiklarini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan tirishishlar xavfini oshirishi mumkin;

·        probenesid va sulfinpirazon: probenesid yoki sulfinpirazon ibuprofenning chiqarilishi sekinlashtirishi mumkin;

·        antitrombositar preparatlar va serotoninni qayta qamrab olishning ayrim selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me'da-ichak yo'llaridan qon ketishining paydo bo'lish xavfi ortadi.

·        mifepriston: mifepriston qo'llangandan so'ng 8-12 kun davomida Nyaqpni qo'llash mumkin emas, chunki NYAQP uning ta'sirini susaytirishi mumkin;

·        kaliy tejovchi diuretiklar: bir vaqtda qo'llash giperkaliemiya paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy kontsentrasiyasini tekshirish tavsiya etiladi).

Original o'ramda yorug'likdan ximoya qilish maqsadida 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Mahkam yopilgan flakonda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilgan flakonni 6 oy davomida ishlatish kerak
Yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng qo'llanilmasin.

oq yoki deyarli oq rangli bir xil dispersiya, malina hidli suspenziya

Peroral qo'llash uchun.

Qabul qilishdan avval flakonni chayqatish kerak.

Preparat ovqatlangandan so'ng qabul qilinadi va ko'p miqdorda suyuqlik ichiladi.

 

Preparat qisqa muddatli davolash uchun mo'ljallangan.

Agar simptomlar 3 kundan ko'proq vaqt saqlanib qolsa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatni eng qisqa zarur bo'lgan vaqt ichida simptomlarni nazorat qilish imkonini beruvchi eng kichik samarador dozada qo'llash orqali noxush reaktsiyalarni kamaytirish mumkin.

Agar sizda infektsiya bo'lsa, darxol shifokorga murojaat qiling, agar simptomlar (og'riqlar va yuqori xarorat) saqlanib qolsa yoki kuchaysa, shifokorga murojaat qilish kerak (Maxsus ko'rsatmalar bo'limini o'qish kerAK).

 

Dozalar

Ibuprofen dozasini aniqlash uchun tana vazni (t.v.) va pasient yoshini inobatga olish kerak. Ibuprofenning bir marotabalik qo'llananadigan dozasi, 1 kg tana vazniga 7-10 mg/kg, maksimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 20-30 mg ni tashkil qiladi.

Preparat dozalari 6-8 soat interval bilan qabul qilinadi (yoki zarur hollarda, qabul qilishlar o'rtasida eng kamida 4 soatli intervalga rioya qilinishi kerak).

Tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas.

 

Preparat bir marotabalik dozalarda quyidagi keltirilgan sxema bo'yicha buyuriladi:

1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar (10-12 kg): bir martalik 2,5 ml doza (bu 100 mg ibuprofenga to'g'ri keladi). So'ngra, zarur hollarda, har 8 soatda 2,5 ml doza. Maksimal sutkalik doza 7,5 ml (bu 300 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).

3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar (13-19 kg): bir martali 2,5 ml doza (bu 100 mg ibuprofenga to'g'ri keladi). So'ngra, zarur hollarda, har 6 soatda 2,5 ml doza. Maksimal sutkalik doza 10 ml (bu 400 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).

6 yoshdan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar (20-29 kg): bir martali 5 ml doza (bu 200 mg ibuprofenga to'g'ri keladi). So'ngra, zarur hollarda, har 8 soatda 5 ml doza. Maksimal sutkalik doza 15 ml (bu 600 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).

10 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (30-39 kg): bir martali 5 ml doza (bu 200 mg ibuprofenga to'g'ri keladi). So'ngra, zarur hollarda, har 6 soatda 5 ml doza. Maksimal sutkalik doza 20 ml (bu 800 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).

12 yosh va undan katta yoshdagi bolalar va kattalar (40 kg dan ko'proq): bir martali 5-10 ml doza (bu 200-400 mg ibuprofenga to'g'ri keladi). So'ngra, zarur hollarda, har 6-8 soatda 5-10 ml doza. Maksimal sutkalik doza 30 ml (bu 1200 mg ibuprofenga to'g'ri keladi).

 

Keksa yoshdagi pasientlar: dozani alohida tanlash talab qilinmaydi. Ushbu guruh pasientlariga nisbatan nojo'ya samaralar mavjudligi yuzasidan monitoring o'tkazish talab qilinadi.

Buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar: engil va o'rtacha darajali buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlarda dozani kamaytirish zaruriyati yo'q.

Jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar: engil va o'rtacha darajali jigar funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlarda dozani kamaytirish zaruriyati yo'q.

 

O'ramga shpris-dozator qo'shib beriladi.

Shpris-dozatorni qo'llash bo'yicha

1. Flakon qopqog'ini burash lozim (pastga bosish va soat millariga teskari ravishda buraladi).

2. Dozatorni flakon teshigiga kuchli bosish kerak.

3. Flakonni yaxshilab chayqatish kerak.

4. Dozatorni to'ldirish uchun flakon tubini tepaga qilib aylantirish kerak, so'ngra ehtiyotkorlik bilan porshenni pastga tushirib, o'lchov shkalasining kerakli joyigacha suspenziya bilan to'ldirish kerak.

5. Flakonni boshlang'ich holatiga keltirilsin va ehtiyotkorlik bilan dozatorni burab, flakondan chiqarib olinsin.

6. Dozator uchini go'dak og'ziga kiritish lozim, so'ngra sekinlik bilan porshenni bosib, ehtiyotkorlik bilan dozator ichidagi suyuqlik siqib chiqarilsin.

7. Qo'llanilgandan so'ng, flakonni burab yopiluvchi qopqog'i bilan yopish kerak, dozatorni esa yuvish va quritish zarur.

Ibufen® Forte preparati dozasini qabul qilishni o'tkazib yuborish

Agar preparat aniq belgilangan vaqtda qabul qilinmagan bo'lsa, uni imkon qadar tezroq qabul qilish kerak (agar preparatni qabul qilishning navbatdagi vaqtigacha ancha ko'p vaqt mavjud bo'lsa) yoki preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak. O'tkazib yuborilgan doza o'rnini to'ldirish maqsadida ikki karra dozani qabul qilish mumkin emas.

Doza oshirib yuborilganda quyidagilar paydo bo'lishi mumkin: ko'ngil aynishi, qorinning quyi qismida og'riq yoki ich ketish, quloqlarda shovqin, bosh og'rig'i, me'da yoki ichakdan qon ketishi, apnoe va qon bosimining pasayishi. Og'ir zaharlanish Markaziy nerv tizimiga ta'sir ko'rsatadi va uyquchanlik, juda kam holatlarda esa hayajon va dezorientasiya yoki koma bilan namoyon bo'ladi. Juda kam hollarda tirishish hurujlari yuzaga chiqishi mumkin. Og'ir zaharlanishlarda metabolik asidoz paydo bo'lishi, protrombin vaqti esa uzayishi mumkin. Quyidagilar paydo bo'lishi mumkin: o'tkir buyrak etishmovchiligi yoki jigarning zararlanishi. Astmasi bo'lgan pasientlarda a stma simptomlarining zo'rayishi sodir bo'lishi mumkin.

Preparat buyurilgandagiga nisbatan yuqoriroq dozada qo'llanilgan holatda darhol shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

Ibuprofenni homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida, agar bu mutloq zarur bo'lmasa, qo'llash mumkin emas. Ibuprofenni homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligidagi ayollarda qo'llash zaruriyati bo'lganda, imkon qadar qisqa vaqt ichida eng kichik dozani qo'llash kerak. Homiladorlikning uchinchi uch oyligida ibuprofenni qo'llash mumkin emas.

Ibuprofen va uning metabolitlari emizayotgan ayollar sutiga kichik kontsentrasiyada (qo'llanilgan dozaning 0,0008%) kiradi. Hozirgi vaqtgacha preparatning go'daklarga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo'qligi tufayli, ibuprofenning og'riq va isitmali titroqni davolashda qo'llaniladigan dozalari bilan qisqa muddatli davolashda emizishni to'xtatish majburiy hisoblanmaydi.

Tsiklooksigenazani ingibirlovchi (prostaglandinlar sintezi) preparatlar ovulyasiyaga ta'sir ko'rsatib, ayollarda fertillikning buzilishini chaqirishi mumkinligi haqida dalillar mavjud. Bu ta'sir vaqtinchalik hisoblanadi va muolaja yakunlangandan so'ng tugaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml dori vositasi Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml
Narh: 49 800 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUFEN FORTE suspenziya 40 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ALLESTIL tomchilar 20 ml 1 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: MEDANA PHARMA SA
ALLESTIL gel 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: MEDANA PHARMA SA
Другие формы препарата
IBUFEN YUNIOR kapsulalar 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A., Польша произведено: Медана Фарма АО
  • Vakil: Polpharma S. A.