×
×
  • IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Qadoqda soni:
- 56
Ishlab chiqaruvchi:
- Les Laboratoires Servier
ATX kodi:
- C07FX05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BIDOP tabletkalari 5mg N28 Gedeon Richter PLC Vengriya
25 800 s`om dan
EMOPROKS ko'z tomchilari 5ml 1% World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
49 700 s`om dan
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
9 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot

Implikor (Implicor) 50 mg/5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Implikor (Implicor) 50 mg/7,5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Metoprolol tartrati/ivabradin

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin, avval mazkur ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni yana qaytadan o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Ushbu preparat qabul qilish uchun shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Bu, hattoki, ularning simptomlari Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar sizda biron-bir nojo‘ya samaralarlar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling. Bu shuningdek mazkur varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 10-bo‘limga qarang.

  1. SAVDO NOMI

Implikor

  1. DORI SHAKLI

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg/5 mg, 50 mg/7,5 mg

  1. TA‘SIR ETUVCHI MODDALARNING NOMI

Metoprolol tartrati va ivabradin

  1. MAZMUNI

Implikor preparatining tarkibi

  • Faol moddalari bo‘lib, metoprolol tartrati va ivabradin (gidroxloridi ko‘rinishida) hisoblanadi.

Implikor 50 mg/5 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 50 mg metoprolol tartrati va 5 mg ivabradin saqlaydi, bu 5,390 mg gidroxloridi ko‘rinishidagi ivabradinga ekvivalent.

Implikor 50 mg/7,5 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka 50 mg metoprolol tartrati va 7,5 mg ivabradin saqlaydi, bu 8,085 mg gidroxloridi ko‘rinishidagi ivabradinga ekvivalent.

  • Tabletka yadrosining tarkibiga kiruvchi boshqa ingredientlar: oldindan jelatinlangan kraxmal (makkajo‘xori), mikrokristall sellyuloza, maltodekstrin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi (Ye551) va magniy stearati (Ye470b); plyonka qobiq tarkibi: gliserin (Ye422), gipromelloza (Ye464), makrogol 6000, magniy stearati (Ye470b), titan dioksidi (Ye171).

Implikor preparatining chiqarilish shakli va o‘ram ichidagisi

Dumaloq shaklli, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan (50 mg/5 mg) diametri 8,5 mm bo‘lgan, bir tomonida  soni va boshqa tomonidan  simvoli gravirovka qilingan tabletkalar.

Uzunchoq shaklli, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan (50 mg/7,5 mg) uzunligi 10,8 mm va kengligi 6,7 mm bo‘lgan, bir tomonida  soni va boshqa tomonidan  simvoli gravirovka qilingan tabletkalar.

Tabletkalar plyonka qobiq bilan qoplangan 14, 28, 56, 98 yoki 112 tabletkadan chop etilgan taqvim (kalendar) bilan yoki plyonka qobiq bilan qoplangan 100 tabletkadan konteynerlarda chiqariladi.

Savdoda barcha turdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

  1. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI

Farmakoterapevtik guruhi: stenokardiya xurujlarini oldini olish uchun vosita.

  1. FARMAKOLOGIK TA‘SIRI

Farmakodinamik ta‘siri

Ivabradin

Ta‘sir mexanizmi

Ivabradin – sinus-bo‘lmacha tuguni xujayralarining spontan diastolik depolyarizasiyasida muhim rol o‘ynovchi va yurak qisqarishlari sonini boshqaruvchi yurak ritmini yurgazuvchisining If kanali bo‘ylab impuls tanlab va spesifik ingibisiya qiluvchi haqiqiy bradikardik agent bo‘lib hisoblanadi. Yurakka ta‘siri sinus tuguniga spesifik ta‘siridan iborat. Ushbu agent bo‘lmachalararo, atrioventrikulyar yoki qorinchalararo o‘tkazishga ham, miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ham, yurak qorinchalari repolyarizasiyasiga ham ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ivabradin shuningdek yurakning If kanali bo‘ylib impuls o‘xshash ko‘z to‘r pardasidagi Ih kanali bo‘ylib impuls bilan ham o‘zaro ta‘sirga kirishishi mumkin. U ko‘rish tizimining ma‘lum vaqt davomida aniq ko‘rish xususiyatini namoyon bo‘lishida ishtrok etadi, chunki ko‘z to‘r pardasining kuchli yorug‘lik bilan rag‘batlantirishga bo‘lgan reaksiyasini qisqartiradi. Ayrim hollarda (masalan yorug‘likni tez o‘zgarishi) ivabradin Ih tokining elektrik impulsini ingibisiya qiladi, bu ba‘zi hollarda ayrim pasientlarda yorug‘lik hissiyotlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu yorug‘lik hissiyotlari (fosfenlar) ko‘rish maydonining cheklangan sohasida yuqori yorug‘likni qisqa vaqt his qilish sifatida ta‘riflanadi (4.8-bo‘limga qarang).

Farmakodinamik samarasi

Ivabradinning odamdagi asosiy farmakodinamik samarasi bo‘lib, yurak qisqarishlari sonini (YUQS) spesifik, dozaga bog‘liq kamayishi hisoblanadi. Kuniga ikki marta 20 mg dozadan yuqori dozalarda YUQS kamayishining tahlili, plato samarasi yuz berishiga moyillikni namoyish qiladi, bu og‘ir bradikardiya (minutiga 40 zarbadan kam) paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi (4.8 bo‘limga qarang). Odatda tavsiya etiladigan dozada YUQS ni kamayishi tinch holatda va jismoniy yuklamada taxminan minutiga 10 zarbani tashkil etadi. Bu yurakka bo‘lgan yuklamani kamayishi va miokard tomonidan kislorodni iste‘mol qilinishini kamayishiga olib keladi. Ivabradin yurakning ichki o‘tkazuvchanligiga ham, qisqaruvchanlik qobiliyatiga ham (manfiy inotrop ta‘sirsiz), yurak qorinchalarining repolyarizasiyasiga ham ta‘sir ko‘rsatmaydi:

  • klinik elektrofiziologik tadqiqotlar ivabradin atrioventrikulyar va qorinchalararo o‘tkazuvchanlikka ham, muvofiqlashtirilgan QT intervallarga ham ta‘sir ko‘rsatmasligini namoyish qilgan;
  • yurak chap qorinchasi disfunksiyasi (chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmi (LVEF) 30% dan 40% gacha) bo‘lgan pasientlarda ivabradin LVEF ga salbiy ta‘sir ko‘rsatmagan.

Metoprolol

Ta‘sir mexanizmi

Metoprolol yurak-qon tomirlarning beta-blokatori hisoblanadi; u beta-2-reseptorlarni (asosan bronxlarda va periferik qon tomirlarda joylashgan) bloklash uchun zarur dozalardan pastroq dozalarda beta-1-adrenergetik reseptorlarni bloklaydi. U membranalarni barqarorlashtiruvchi samaraga ham, ichki simpatomimetik faollikni (ISF) ga ham ega emas.

Farmakodinamik samaralari

Metoprolol yurakka katexolaminlarning ta‘sirini kamaytiradi yoki susaytiradi, bu yurak ritmi, qisqaruvchanligi va qon oqimining xajmiy tezligini pasayishiga olib keladi. Metoprolol ortostatik holatda ham, yotgan holatda ham gipertoniyaga qarshi samaraga ega. U shuningdek jismoniy yuklamada oshgan arterial bosimni ham kamaytiradi.

  1. FARMAKOKINETIKASI

Farmakokinetik xususiyatlari

Implikor tarkibidagi ivabradin va metoprololning so‘rilish tezligi va darajasi ivabradin va metoprololni monoterapiya sifatida alohida qabul qilgandagidan ahamiyatli darajada farq qilmaydi.

Ivabradin

Organizmga tushgandan keyin ivabradin tabletkadan tez ajralib chiqadi va suvda yaxshi (>10 mg/ml) eriydi. Ivabradin in vivo sharoitda biologik o‘zgarishlarga moyillikni namoyish etmagan S-enantiomerdir. Ivabradinning N-demetilizasiyaga uchragan metaboliti odamdagi asosiy metaboliti ekanligi aniqlangan.

So‘rilishi va biokiraolishligi

Ivabradin peroral qabul qilinganda tez va deyarli to‘liq so‘riladi, uning plazmadagi cho‘qqi ko‘rsatkichiga och qoringa qabul qilinganda taxminan 1 soatdan keyin erishiladi.

Ivabradinning plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkasining mutloq biokiraolishligi ichak va jigar orqali birinchi o‘tish samarasi tufayli, taxminan 40% ni tashkil qiladi.

Ovqat qabul qilish so‘rilishni taxminan 1 soatga sekinlashtiradi va plazmadagi ekspozisiyasini 20-30% ga oshiradi. Ekspozisiyaning intraindividual o‘zgarishlarini kamaytirish uchun tabletkalarni ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi (4.2-bo‘limga qarang).

Taqsimlanishi

Ivabradin plazma oqsillari bilan taxminan 70% ga bog‘lanadi va pasientlarda barqaror holatdagi taqsimlanish hajmi 100 l ga yaqin. 5 mg tavsiya etilgan dozada kuniga ikki marta doimo qabul qilinganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 22 ng/ml (CV=29%) ni tashkil etadi. Barqaror holatdagi o‘rtacha konsentrasiyasi 10 ng/ml (CV=38%) ni tashkil etadi.

Biotransformasiyasi

Ivabradin faqat sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) tomonidan oksidlanish yo‘li bilan jigarda va ichakda ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti bo‘lib N-demetilizasiyaga uchragan metaboliti (S 18982) hisoblanadi, uning ekspozisiyasi dastlabki birikmaning ekspozisiyasini 40% ni tashkil qiladi. Faol metabolitning metabolizmida shuningdek CYP3A4 ham ishtirok etadi. Ivabaradin CYP3A4 ga nisbatan kam yaqinlikka ega, lekin CYP3A4 ga klinik relevant induksiya yoki ingibisiya qilmaydi va shunday qilib, u CYP3A4 substratining metabolizmini o‘zgartirishi yoki uning plazmadagi konsentrasiyasini o‘zgartirishining ehtimoli past. Va aksincha, kuchli ingibitorlar va induktorlar ivabradinning plazmadagi konsentrasiyasiga ahamiyatli darajada ta‘sir ko‘rsatishi mumkin (4.5-bo‘limga qarang).

Chiqarilishi

Ivabradinni plazmadan asosiy yarim chiqarilish davri 2 soatni tashkil qiladi (AUC maydonining 70-75%), yakuniy yarim chiqarilish davri esa 11 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi taxminan minutiga 400 ml ni, buyrak klirensi – taxminan minutiga 70 ml ni tashkil qiladi. Metabolitlarini chiqarilishi siydik va axlat bilan bir xil darajada amalga oshadi. Peroral dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan mahsulot ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

 

 

Proporsionallik/teskari proporsionallik

Ivabradinning 0,5 mg dan 24 mg gacha bo‘lgan barcha peroral dozalari uchun kinetikasi proporsional hisoblanadi.

Populyasiyaning alohida toifalari

  • Keksa populyasiya: keksa (≥ 65 yosh) va juda keksa (≥ 75 yosh) pasientlar orasida va umuman populyasiyada farmakokinetik farqlar (AUC va Cmax) kuzatilmagan (4.2-bo‘limga qarang).
  • Buyrak yetishmovchiligi: buyrak yetishmovchiligining (kreatinin klirensi minutiga
    15 ml dan 60 ml gacha) ivabradinning farmakokinetikasiga ta‘siri cheklangan, bu ivabradinni va uning asosiy metaboliti S 18982 ni umumiy chiqarilishida buyrak klirensining ishtirokini pastligi (taxminan 20%) bilan bog‘liq (4.2-bo‘limga qarang).
  • Jigar yetishmovchiligi: yengil jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 ballgacha) bo‘lgan pasientlarda ivabradin va uning faol metabolitining bog‘lanmagan AUC jigar funksiyasi normada bo‘lgan shaxslarga nisbatan taxminan 20% ga yuqori bo‘lgan. O‘rtacha jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar haqida xulosa qilish uchun ma‘lumotlar yetarli emas. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar haqida ma‘lumotlar yo‘q (4.2 va 4.3-bo‘limlariga qarang).

Farmakokinetikasi (FK) va farmakodinamikasi (FD) orasidagi bog‘liqlik

FK va FD orasidagi bog‘liqlik tahlili, YUQS ni kamayishi, hatto 15-20 mg gacha dozalarda har kuni ikki marta qabul qilinganda ivabradin va S 18982 metabolitining plazmadagi konsentrasiyasini oshishiga deyarli proporsional bog‘liqlikda bo‘ladi. Yuqoriroq dozalarda YUQS ivabradinning plazmadagi konsentrasiyasiga proporsional ravishda kamaymaydi va platoga erishish moyilligiga ega. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlar bilan majmuada qabul qilinganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan ivabradinning eqori ekspozisiyasi YUQS ni haddan tashqari kamayishiga olib kelishi mumkin, lekin CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari ta‘sirida bu xavf kamayadi (4.3, 4.4 va 4.5-bo‘limlariga qarang).

Metoprolol

So‘rilishi va taqsimlanishi

Metoprolol peroral doza qabul qilingandan keyin to‘liq so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga doza qabul qilingandan 1,5-2 soatdan keyin erishiladi. Metoprololning yaqqol birinchi o‘tish samarasi (tizimoldi metabolizmi) tufayli, bir martalik peroral dozasining biokiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganda biokiraolishligi taxminan 30-40% ga oshadi. Metoprololning faqat ozgina qismi (taxminan 5-10%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi.

Biotransformasiyasi

Metoprolol jigarda oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Ma‘lum uchta metabolitlari beta-reseptorlarni klinik samarali bloklamasligi namoyish qilingan.

Metoprolol asosan sitoxrom (CYP) 2D6 jigar fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi, lekin faqatgina shu ferment ishtirokida emas. CYP2D6 genining poliformizmi tufayli, almashinuv tezligi turli odamlarda farq qiladi. Metabolik sig‘im yetishmovchiligi bo‘lgan odamlarda (taxminan 7-8%) yaxshi metabolik sig‘imga ega bo‘lgan odamlarga nisbatan plazmadagi konsentrasiyasini yuqoriligi va chiqarilishning past ko‘rsatkichlari kuzatiladi.

Chiqarilishi

Turli odamlarda plazmadagi konsentrasiyalari barqaror va takroriy hisoblanadi, lekin peroral dozaning 95% dan ko‘prog‘i siydik bilan chiqariladi. Dozaning taxminan 5% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi; ayrim hollarda – hatto 30% gacha. Metoprololning plazmadan yarim chiqarilish davri o‘rtacha 3,5 soat (interval 1-9 soat) ni tashkil qiladi. Umumiy klirensi taxminan minutiga 1 l ni tashkil qiladi.

 

 

Populyasiyaning alohida toifalari

  • Keksa odamlar: keksa odamlarda metoprololning farmakokinetikasi yosh populyasiyadagidan ahamiyatli darajada farq qilmaydi.
  • Jigar yetishmovchiligi: biokiraolishligi oshadi, umumiy klirensi esa pasayadi.
  • Homiladorlik: metoprolol yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Kinlik qoni va ona qonidagi metoprolol konsentrasiyasining o‘rtacha nisbati 1 ni tashkil etadi.
  • Emizish: metoprolol ko‘krak suti bilan ajraladi; ko‘krak suti/ona qonidagi metoprolol konsentrasiyasining o‘rtacha nisbati 3,7 ni tashkil etadi.

  1. QO‘LLANILISHI

Implikor kattalarda simptomatik barqaror stenokardiyani (ko‘krakda og‘riq chaqiruvchi) davolash uchun qo‘llanadi. Ivabradin va metoprololni alohida tabletka ko‘rinishida qabul qilish o‘rniga, Siz ikkala ingredientlarni xuddi shu konsentrasiyada saqlovchi Implikorning bitta tabletkasini qabul qilasiz.

  1. QO‘LLASH USULI VA DOZALASH TARTIBI

Ushbu preparatni har doim shifokoringiz yoki farmasevt ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, albatta shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.

Tabletkalarni sutkada ikki marta, bittasini ertalab va bittasini kechqurun ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.

Agar Siz Implikorni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar Siz Implikor dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

Agar Siz Implikorni qabul qilishni to‘xtatayotgan bo‘lsangiz

Implikorni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi, chunki yurak ritmi yoki yurak qisqarishlari sonini og‘ir o‘zgarishlarini chaqirishi va yurak xuruji xavfini oshirishi mumkin. Dozani o‘zgartirish yoki davolashni to‘xtatishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin amalga oshirish mumkin. Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash yuzasidan biron-bir qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. NOJO‘YA SAMARALARI

Har qanday dori preparatlari kabi, ushbu dori vositasi ham garchi barchada kuzatilmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.

Juda keng tarqalgan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatilishi mumkin):

  • Yorug‘lik ko‘rish hissiyotlari (yorug‘lik jadalligini to‘satdan o‘zgarishlari chaqirgan yorug‘likni qisqa vaqt oshishi). Ularni shuningdek galo, rangli chaqnashlar, tasvirni noaniqligi yoki ko‘p sonli tasvir kabi ta‘riflash mumkin. Ular odatda davolashning birinchi ikki oyi davomida yuzaga keladi, shundan so‘ng ular takroran paydo bo‘lishi mumkin va davolash vaqtida yoki davolagandan keyin yo‘q bo‘ladi.
  • Charchoqlik hissi.

Tarqalgan nojo‘ya samaralar (10 pasientdan maksimum 1 nafarida kuzatilishi mumkin):

  • dahshatli tush ko‘rishlar,
  • bosh og‘rig‘i,
  • uyquchanlik,
  • uyqu bilan bog‘liq muammolar,
  • bosh aylanishi,
  • ko‘rishni noaniqligi (tumanligi),
  • yurak faoliyatida o‘zgarishlar (sekinlashishi, yurakni nomuntazam tez qisqarishi),
  • yurakni qo‘shimcha qisqarishlari,
  • yurak urib ketishini patologik his etish,
  • yurak urib ketishini his qilish,
  • nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial bosim,
  • arterial bosimni, masalan turganda pasayishi,
  • qo‘l kaftlari va panjani sovushi,
  • sovuq ta‘sirida qo‘l va oyoq barmoqlarida sanchiq va rangini o‘zgarishi (oqarishi, ko‘karishi, so‘ngra qizarishi) (Reyno kasalligi),
  • jismoniy mashqlarni bajarganda nafas olishni qiyinlashishi,
  • ko‘ngil aynishi,
  • qabziyat,
  • diareya,
  • qusish,
  • qorinda og‘riq,
  • jinsiy mayillikni buzilishi.

Tarqalmagan nojo‘ya samaralar (100 pasientdan maksimum 1 nafarida kuzatilishi mumkin):

  • eozinofillar (oq qon xujayralarining turi) sonini oshishi,
  • psoriazni zo‘rayishi,
  • qonda siydik kislotasi darajasini oshishi,
  • qonda qand (glyukoza) darajasini pasayishi,
  • deressiya,
  • ongni chalkashishi,
  • gallyusinasiyalar,
  • diqqatni jamlashni pasayishi,
  • hushdan ketish,
  • qo‘l kaftlari yoki panjada sanchiq/achishish yoki uvishish,
  • atrof-muhitga reaksiyani yo‘qligi (stupor),
  • ko‘rishni buzilishi,
  • ko‘zni qurishi,
  • ko‘zlarni ta‘sirlanishi,
  • jismlarni ikkita ko‘rish,
  • bosh aylanishini his qilish (vertigo),
  • yurak yetishmovchiligi simptomlarini yomonlashishi,
  • juda past arterial bosim oqibatidagi jiddiy yurak kasalliklari,
  • ko‘krakda og‘riq yoki diskomfort hissi,
  • yurakni sekin urishi oqibatida arterial bosimni pasayishi,
  • yurganda paydo bo‘ladigan bir yoki ikkala oyoqdagi mushak og‘riqlari,
  • nafas olishni qiyinlashishi (dispnoe),
  • hushtasimon nafas yoki hansirash (bronxospazm),
  • angionevrotik shish (masalan yuz, til yoki tomoqni shishi, nafas olishni yoki yutishni qiyinlashishi),
  • terida toshmalar,
  • oq yoki kulrang rangdagi toshmalar (psoriaz),
  • eshakemi,
  • ko‘p terlash,
  • mushak spazmlari,
  • mushak tortishishlari,
  • holsizlik hissi,
  • shish,
  • tana vaznini oshishi,
  • qonda kreatinin (mushaklarda hosil bo‘ladigan moddalar almashinuvining mahsuloti) darajasini oshishi,
  • EKG da yurak o‘qini og‘ishi.

Kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (1000 pasientdan maksimum 1 nafarida kuzatilishi mumkin):

  • qon ketishi yoki gematomalar hosil bo‘lishiga odatdagidan yuqori moyillik (trombositlar darajasini pasayishi),
  • yuqori qo‘zg‘aluvchanlik,
  • havotirlik,
  • ko‘zlarni yallig‘lanishi,
  • tinnitus (quloqlarda gumburlagan ovoz, shivirlash, hushtak, shang‘illash yoki boshqa doimiy tovushlar),
  • tumov/burun bitishi,
  • og‘izni qurishi,
  • ta‘m bilishni buzilishi,
  • jigarning funksional sinamalari ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi,
  • jigar funksiyasini buzilishi,
  • terini qizarishi,
  • qichishish,
  • sochlarni to‘kilishi,
  • mushakni kuchsizligi,
  • o‘zini yomon his etish,
  • jigarning ayrim fermentlari darajasini oshishi,
  • jinsiy funksiyani buzilishi, impotensiya.

Juda kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar (10000 pasientdan maksimum 1 tasida kuzatilishi mumkin):

  • oq qon xujayralarini yetishmovchiligi,
  • shaxsiyatni o‘zgarishi,
  • xotirani yo‘qolishi,
  • eshitishni yomonlashishi,
  • karlik,
  • yurakni nomuntazam urishi,
  • stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda xurujlarni kuchayishi,
  • qo‘l-oyoqlarni qon bilan ta‘minlanishini yetishmovchiligi hollarida gangrena,
  • qorin pardasi ortidagi fibrozi (ko‘krak qafasining pastki sohasida to‘qimalarni ortiqcha o‘sishi),
  • gepatit (jigar kasalligi),
  • terini quyoshga sezgirligini oshishi,
  • bo‘g‘imlarni shishi/og‘riqliligi (artralgiya),
  • og‘riqli ereksiya (Peyroni kasalligi).

 

Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish

Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokorga murojaat eting. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida ma‘lumotlar to‘plashga yordam berasiz.

  1. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Implikorni quyidagi holatlarda qabul qilmang:

  • agar Sizda ivabradinga, metoprololga yoki bu dori preparatining har qanday ingredientiga (6 bo‘limda ko‘rsatilgan) yoki boshqa beta-blokatorlarga allergiya bo‘lsa;
  • agar davolashdan oldin Sizda tinch holatda yurak qisqarishlari sonini haddan tashqari kam, ong darajasi pasaygan, hansirash, gipotenziya bo‘lsa, agar Sizda holsizlik yoki ko‘krakda og‘riq (simptomatik bradikardiya tufayli) his qilayotgan bo‘lsangiz
  • agar Sizda kardiogen shok (arterial bosimni haddan tashqari pasayishi oqibatida yuzaga keladigan stasionarda davolanadigan jiddiy yurak kasalligi) bo‘lsa
  • agar Sizda yurak ritmini buzilishlari bo‘lsa (yurak ritmi nomuntazam bo‘lsa)
  • agar Sizda yurak xuruji yoki agar quyidagi holatlar: yurak qisqarishlari soni haddan tashqari kamayishi; pulsni sekinlashishi yoki muntazam bo‘lmasligi; arterial bosimning yuqori ko‘rsatkichi 100 mm sim. ust. dan past va (yoki) og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak xurujiga shubha bo‘lsa
  • agar Sizda arterial bosim haddan tashqari past bo‘lsa
  • agar Sizda yurak yetishmovchiligi bo‘lsa va yaqinda yomonlashish kuzatilgan bo‘lsa
  • agar Siz yurak yetishmovchiligi tufayli dobutamin kabi beta-reseptorlar agonistlari bilan davolanayotgan bo‘lsangiz
  • agar Sizning pulsingiz faqat kardiostimulyator bilan boshqarilsa
  • agar Sizda nostabil stenokardiya (stenokardiyaning og‘ir shakli, unda jismoniy yuklama bo‘lganda yoki bo‘lmaganda ko‘krakda og‘riq tez-tez paydo bo‘ladi)
  • agar Sizda og‘ir qon tomir buzilishlari bo‘lsa
  • agar Sizda buyrak sohasidagi o‘sma (davolanmagan feoxromositoma) oqibatida arterial bosim yuqori bo‘lsa
  • agar Sizda og‘ir jigar kasalliklari bo‘lsa
  • agar Sizda qonda haddan tashqari yuqori kislotalik muhit (metabolik asidoz) bo‘lsa
  • agar Siz zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun dori preparatlarini (ketokonazol, itrakonazol kabi), makrolid antibiotiklari (klaritromisin, peroral eritromisin, djozamisin va telitromisin kabi), OITV proteaza ingibitorlari (nelfinavir, ritonavir) va nefazodon (depressiyani davolash uchun preparat) yoki diltiazem, verapamil (yuqori arterial bosim yoki stenokardiyani davolaganda qo‘llanadigan) qabul qilayotgan bo‘lsangiz
  • agar Siz tug‘ruq yoshidagi ayol bo‘lsangiz va kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmasangiz
  • agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz
  • agar Siz emizsangiz.

  1. BOSHQA DORI PREPARATLARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.

Boshqa preparatlarni qabul qilish Implikor bilan davolashga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz albatta shifokorga xabar bering, chunki ularni qabul qilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • flukonazol va terbinafin (zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
  • rifampisin (infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • barbituratlar (tutqanoq yoki uyqu bilan bog‘liq muammolarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
  • fenitoin (tutqanoqni davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • teshik dalachoy yoki oddiy dalachoy (depressiyada qo‘llanadigan o‘simlik moddasi)
  • QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar, yurak ritmini buzilishida yoki boshqa kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar:
    • xinidin, dizopiramid, ibutilid, sotalol, amiodaron (yurak ritmini buzilishlarini davolashda qo‘llanadigan preparatlar)
    • bepridil (stenokardiyani davolashda qo‘llanadigan preparat)
    • pimozid, ziprazidon, sertindol (havotirlik, shizofreniya yoki boshqa psixotik buzilishlarni davolashda qo‘llanadigan preparatlar)
    • mefloxin va xalofantrin (bezgakni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
    • vena ichiga yuborish uchun eritromisin (antibiotik)
    • pentamidin (parazitar infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
    • sizaprid (ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarni davolash uchun preparat)
  • furosemid, gidroxlortiazid, indapamid (shish va yuqori arterial bosimni davolash uchun qo‘llanadigan, qonda kaliyning darajasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan diuretiklarning turi)
  • flekainid, propafenon, tokainid, prokainamid, aymalin (yurak ritmini buzilishlarida qo‘llanadigan preparatlar)
  • paroksetin, fluoksetin, sertralin, trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar (masalan xlorpromazin, triflupromazin, xlorprotiksen) va pentobarbital (depressiya yoki shizofreniya kabi ruhiy buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
  • selekobsib, indometasin va floktafenin (yallig‘lanish, ichitma va og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llanadigan nosteroid yallig‘lanishga qarshi/revmatizmga qarshi preparatlar (NYAQP))
  • difengidramin (allergik reaksiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • gidroksixloroxin (autoimmun kasalliklari bo‘lgan odamlarda yallig‘lanishni kamaytirish uchun qo‘llanadigan preparat)
  • boshqa beta-blokatorlar (masalan ko‘z tomchilari)
  • monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari (depressiya va Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
  • simetidin (jig‘ildon qaynashi va me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • insulin va peroral diabetga qarshi vositalar
  • lidokain (mahalliy anestetik)
  • ingalyasion anestetiklar
  • adrenalin (allergik reaksiyalarni shoshilinch davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • Alsgeymer kasalligi yoki glaukoma kabi kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan parasimpatomimetiklar
  • dipiridamol (yurakda qon oqimini tekshirish uchun qo‘llanadigan preparat)
  • alfuzozin, doksazozin, prazozin, tamsulozin va terazozin (siydikni tutilishini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar)
  • ergotamin (migrenni davolash uchun qo‘llanadigan preparat)
  • miorelaksant
  • antasid (me‘da tomonidan buzilishlarda qo‘llanadigan preparat).

  1. MAXSUS KO‘RSATMALAR

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Implikorni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Sizda quyidagi holatlardan birontasi bo‘lsa yoki bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar berishingiz kerak:

  • agar Sizda yurak ritmni buzilishlari (aritmiya, yurak urishini his qilish, ko‘krakda og‘riqni kuchayishi), yurak bo‘lmachalarini turg‘un fibrillyasiyasi (aritmiyaning bir turi) yoki QT intervalini uzayishi sindromi deb nomlanadigan elektrokardiogramma (EKG) ko‘rsatkichlarida og‘ishlar bo‘lsa
  • agar Sizda yuqori toliqish, bosh aylanishi yoki hansirash kabi simptomlar bo‘lsa (bu Sizda yurak qisqarishlar tez-tezligi haddan tashqari pastligidan, masalan minutiga 50 zarbadan kamligidan dalolat beradi)
  • agar Sizda yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi (tinch holatda puls tez-tezligi odatdagidan yuqori bo‘lsa (minutiga 100 zarbadan ko‘p) yoki biron-bir sababsiz pulsni nomuntazamligi va uni o‘lchash qiyinligi)
  • agar Siz yaqinda insult (bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi) o‘tkazgan bo‘lsangiz
  • agar Sizda ko‘z to‘r pardasining surunkali kasalliklari bo‘lsa yoki agar Sizda ko‘rishni yomonlashsa
  • agar Sizda arterial bosim pasaysa yoki nazorat qilinmasa, ayniqsa gipertenziyani davolash o‘zgartirilgandan keyin
  • agar Sizga elektroimpuls davolash (yurak urishini tezlashishi yoki nomuntazamligini normallashtirishga yordam beruvchi tibbiy muolaja) o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa
  • agar Sizda og‘ir yurak yetishmovchiligi yoki Gis tutami blokadasi deb nomlanuvchi EKG ko‘rsatkichlarini og‘ishlarisiz kechuvchi yurak yetishmovchiligi bo‘lsa
  • agar Sizda astma bo‘lsa yoki O‘SOK (o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi) deb nomlanuvchi nafas yo‘llarining ahamiyatli torayishi bo‘lsa
  • agar Sizda qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar (masalan Reyno kasalligi) bo‘lsa
  • agar Sizda buyrak usti bezi o‘smasi (feoxromositoma) bo‘lsa yoki borligiga shubha bo‘lsa
  • agar Sizda qandli diabet bo‘lsa
  • agar Sizda Prinsmetal stenokardiyasi bo‘lsa (tinch holatda ko‘krak qafasida og‘riq sezsangiz)
  • agar Sizda psoriaz (og‘ir teri toshmasi) bo‘lsa
  • agar Sizda qalqonsimon bezi faolligini oshishi bo‘lsa (simptomlari tremor, yurak urishini tezlashishi, ko‘p terlash yoki tana vaznini kamayishini o‘z ichiga oladi)
  • agar Sizga umumiy og‘riqsizlantirish talab etiladigan jarroxlik operasiyasi rejalashtirilgan bo‘lsa
  • agar Siz keksa bo‘lsangiz
  • agar Sizda og‘ir buyrak kasalligi bo‘lsa
  • agar Sizda o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar kasalligi bo‘lsa
  • agar Sizda anamnezda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lsa yoki Siz sezuvchanlikni kamaytirish yuzasidan davolanayotgan bo‘lsangiz

Implikorni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, chunki bu yurak ritmini yoki yurak qisqarishlari tez-tezligini og‘ir buzilishlarini chaqirishi va yurak xuruji xavfini oshirishi mumkin.

Agar Implikorni qabul qilishdan oldin yoki qabul qilish vaqtida Sizda yuqorida ta‘riflangan holatlardan birontasi kuzatilsa, darhol shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Bolalar va o‘smirlar

Implikor bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.

Implikorni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Implikor bilan davolanish vaqtida greypfrut sharbatini iste‘mol qilmang. Bu preparatni qabul qilganda alkogolni iste‘mol qilishni minimumga yetkazish kerak, chunki bu metoprololning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Ovqat metoprololning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Homiladorlik va esmizish davri

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, ehtimol homiladorman deb hisoblasangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Bu preparatni homiladorlik vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar homiladorlik rejalashtirilgan yoki aniqlangan bo‘lsa, iloji boricha tezroq muqobil preparatga o‘tish tavsiya etiladi. Agar Siz tug‘ruq yoshida bo‘lsangiz, faqat kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanilgan holatlardagina Implikorni qabul qiling (“Implikorni quyidagi holatlarda qabul qilmang” bo‘limiga qarang).

Implikorni emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar Siz emizsangiz yoki emizishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, chunki Implikorni qabul qilganda emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlash

Implikor vaqtincha yorug‘lik ko‘rish hissiyotlarini (ko‘rish maydonining yorqinligini vaqtincha oshishi) chaqirishi mumkin (“Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar” bo‘limiga qarang). Agar Sizda shunday simptomlar yuzaga kelsa, yoruklik jadalligini tez o‘zgarishlari sharoitida, masalan tungi vaqtda avtomobilni boshqarganda avtomobilni boshqarish yoki mashinalar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qiling.

Shuningdek Implikorni alkogol bilan birga qabul qilganda yoki boshqa preparatga o‘tilganda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu mashinalarni boshqarish yoki ishlatish qobiliyatingizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Agar Siz tabletkalarni qabul qilganingizda bosh aylanishi, toliqish yoki bosh og‘rig‘i yuzaga kelsa, transport vositalarini boshqarmang va mashinalardan foydalanmang.

  1. DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Agar Siz buyurilganda ko‘proq tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqindagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat eting yoki darhol shifokorga xabar bering. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan samaralarga yurak urishini sekinlashishi bilan bog‘liq bosh aylanishi, hushdan ketish oldi holatini his qilish va nafas olishni qiyinlashishi hisoblanadi.

  1. SAQLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Ushbu preparatni bolalar ko‘rmaydigan, ular ololmaydigan joyda saqlang.

Karton o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparatni qabul qilmang. Yaroqlilik muddati tegishli oyning so‘nggi kuniga mos keladi.

Hech qanday dorilarni oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Boshqa ishlatilmaydigan dorilarni qanday utilizasiya qilish kerakligi haqida farmasevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.

  1. SAQLASH MUDDATI

18 oy.

  1. BERISH TARTIBI

Dori preparati shifokor resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 dori vositasi Les Laboratoires Servier tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N56 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PREDUKTAL OD kapsulalar 80mg N30
Narh: 149 000 so'mdan Batafsil
PRESTILOL tabletkalari 5mg/10mg N30
Narh: 114 200 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 10mg/10mg N30
Narh: 138 000 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 5mg/10mg N30
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 5mg/5mg N30
Narh: 114 200 so'mdan Batafsil
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
Narh: 160 000 so'mdan Batafsil
PRESTANS tabletkalari 10mg/5mg N30
Narh: 133 000 so'mdan Batafsil
PRESTILOL tabletkalari 5mg/5mg N30
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
LONSURF tabletkalari 15mg/6,14mg N60
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/7,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier
IMPLIKOR tabletkalari 50mg/5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Les Laboratoires Servier
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9