×
×
  • Indapamid SR tabletkalari N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Indapamid SR tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Индапамид
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- «ПОЛЬФАРМА» АО
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- C03BA11
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
AMLORUS tabletkalari 2,5mg N30 Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
3 400 s`om dan
TIOTRIN S.T inyeksiya uchun eritma 4ml 2,5% N10 Samsun-Tashkent Farm Ltd, СП ООО O'zbekiston
35 000 s`om dan
TORSID tabletkalari 5mg N30 Фармак, ПАО Ukraina
52 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
15 tabletkadan PVC/PVDC va alyumin folgali kontur-uyali o'ramida (blister).

2 kontur o'ramda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1,5 mg indapamid;

yordamchi moddalar:

Tabletka yadrosi: laktoza monogidrati, karbomer, gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk;

Qobiq: gipromelloza, titan dioksidi (E 171), laktoza monogidrati, makrogol 3000, gliserin triatsetati, temir (II) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172), temir (IV) oksidi (E172).

Indapamid SR diuretik dori preparatidir. U notiazid sulfonamid hosilalari guruhiga kiradi va indol halqasini saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari bo'yicha u tiazid diuretiklarga yaqin. Tiazid diuretiklar kabi, u nefronning distal burma naychalarini proksimal qismiga ta'sir qiladi, u erda natriy va xloridlarning va kamroq darajada – kaliy va magniyning sekresiyasini oshishini chaqiradi va shu yo'l bilan chiqarilayotgan siydik hajmini oshiradi.

II va III bosqich (faza) klinik tadqiqotlar indapamidning gipotenziv samarasi 24 soat davomida saqlanishini ko'rsatdi.

Ushbu samara kuchsiz diuretik ta'sirni chaqiruvchi dozalarni qabul qilganda ham aniqlanadi.

Indapamidning antigipertenziv xususiyatlari arteriyalar devorining egiluvchanligini yaxshilanishi va arteriolalarning qarshiligini, shuningdek qon tomirlarning umumiy periferik qarshiligini kamayishi bilan bog'liq.

Indapamid chap yurak qorinchalari gipertrofiyasini kamaytiradi.

Tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar uchun doza aniqlangan, terapevtik samarasi kuchaymaydi, shu vaqtda nojo'ya ta'sirlarining paydo bo'lishi oshadi. Shuning uchun agar o'tkazilayotgan davolash samarasiz bo'lsa, dori preparatining dozasini oshirish mumkin emas.

Gipertoniyasi bo'lgan pasientlarda turli davomiylikdagi (qisqa, o'rta va uzoq muddatli) davolash kursini o'tkazishda, indapamid:

- lipidlar: trigliseridlar, LPNP-xolesterin va LPVP-xolesterin metabolizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi;

- shuningdek, qandli diabeti tashxisi qo'yilgan arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda uglevodlar metabolizmini izdan chiqarmaydi.

Indapamid SR preparatining dori shakli – ta'siri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ta'sir etuvchi modda tabletkani ichidagi matrisa tizimida joylashgan, bu indapamidni asta-sekin ajralib chiqishini ta'minlaydi.

So'rilishi: indapamid tabletkadan sekin ajralib chiqadi va me'da-ichak yo'llarida tez va to'liq so'riladi. Ovqat so'rilish tezligini biroz tezlashtiradi, ammo so'rilgan dori preparatning miqdoriga ta'sir qilmaydi. Dori preparatining zardobdagi maksimal kontsentrasiyasi yuborilgandan so'ng taxminan 12 soatdan keyin aniqlanadi. Ko'p marta qabul qilish, qabul qilishlar orasidagi intervallarda dori preparatining zardobdagi kontsentrasiyasining farqlarini kamayishiga yordam beradi. Shaxsiy farqlar mavjud.

Taqsimlanishi: indapamid plazma oqsillari bilan 79% bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri eliminasiya bosqichida 14 dan 24 soatgachani tashkil qiladi (o'rtacha 18 soat). To'yinish holatiga 7 kundan keyin erishiladi. Dozani takrorlash dori preparatining to'planishiga olib kelmaydi.

Chiqarilishi: indapamid organizmdan asosan siydik bilan (70%) va ahlat bilan (22%) faol bo'lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Dozaning faqat 5% dan 7% gachasi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.

Yuqori xavfli bo'lgan guruh pasientlar: buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda farmakokinetik ko'rsatkichlar o'zgarmaydi.

Har bir dori preparatiga indapamid SR nojo'ya ta'sirni chaqirishi mumkin, garchi ular har bir pasientda ham paydo bo'lavermaydi.

Ko'pgina klinik va laborator nojo'ya ta'sirlar dozaga bog'liq hisoblanadi.

Tiazidsimon diuretik dori preparatlari, shu jumladan indapamid quyidagi nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin:

Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (ma'lum bo'lgan ma'lumotlarga asoslanib baxolash mumkin emas).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, aplastik anemiya, gemolitik anemiya.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Klinik tadqiqotlarda 10% pasientlarda gipokaliemiya kuzatilgan (qon plazmasida kaliyni miqdori kamida 3,4 mmol/l) va 4-6 hafta davolashdan so'ng 4% pasientlarda kamida 3,2 mmol/l. 12 xafta davomida davolangandan so'ng qon plazmasida kaliyni tarkibi o'rtacha 0,23 mmol/l ga kamaygan.

Juda kam hollarda: giperkaltsiemiya.

Tez-tezligi noma'lum:

- kaliyni yo'qotilishi va gipokaliemiyani rivojlanishi, ayniqsa yuqori xavf guruhiga mansub bo'lgan pasientlarda ahamiyatlidir;

- degidratasiya va ortostatik gipotenziyani chaqiruvchi gipovolemiya bilan kechuvchi giponatriemiya. Xlor ionlarini bir vaqtda yo'qotilishi kompensator xarakterdagi ikkilamchi metabolik alkalozga olib kelishi mumkin: ushbu samarani ehtimoli va og'irligi ahamiyatli hisoblanmaydi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: toliqish hissi, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, paresteziyalar.

Tez-teziligi no'malum: hushdan ketish.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Tez-teziligi no'malum: xorioidal sirqish, miopiya, loyqalanish kuzatilishi, ko'rish qobiliyati buzilishi.

Yurak tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya.

Tez-tezligi no'malum: torsade de pointes potentsial o'lim xavfi.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma'lum: arterial gipotenziya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: qusish.

Kam hollarda: ko'ngil aynishi, qabziyat, og'iz bo'shlig'ini qurishi.

Juda kam hollarda: pankreatit.

Jigar va o't chiqaruvchi yo'llar tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: jigar funktsiyasini buzilishi.

Tez-tezligi no'malum: jigar etishmovchiligi fonida jigar entsefalopatiyasini rivojlanishi mumkin, gepatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, asosan terida, allergik reaktsiyalar va astma reaktsiyalari paydo bo'lishiga moyilligi bo'lgan pasientlarda.

Tez-tez: dog'li-papulyoz toshma.

Tez-tez emas: purpura.

Juda kam hollarda: angionevrotik shish va (yoki) eshakemi, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.

Tez-tezligi no'malum: tizimli qizil yugurigi simptomlarini xurujlari bo'lishi mumkin.

Fotosensibilizasiya holatlari aniqlangan.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: buyrak etishmovchiligi

Laborator va instrumental tadqiqotlar natijalariga ta'siri

Tez-tezligi no'malum: EKG da QT intervalini uzayishi: davolash vaqtida qonda siydik kislotasini va glyukozaning kontsentrasiyasini oshishi: qandli diabeti yoki podagrasi bo'lgan pasientlarda diuretik dori preparatlarini qo'llashni maqsadga muvofiqligini maxsus ehtiyotkorlik bilan qayta ko'rib chiqish zarur; jigar fermentlarini faolligini oshishi.

Noxush nojo'ya ta'sirlar holatlari haqida xabar

Biron-bir nojo'ya ta'sir kuchaygan yoki mazkur yo'riqnomada qayd etilmagan nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lgan holatda, ular haqida shifokorga yoki farmasevtga ma'lum qilish kerak. Tibbiyot xodimi barcha shubhalaniladigan nojo'ya ta'sirlar holatlari haqida ma'lum qilishi kerak.

Bunday nojo'ya ta'sirlar haqida xabarlar tufayli preparat qo'llanilishining xavfsizligi to'g'risida keng axborot to'plash mumkin.

retsept bo'yicha
Indapamid SR preparati qo'llanilishini boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Ogohlantirishlar

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda tiazidsimon diuretik dori preparatlar jigar entsefalopatiyasini rivojlanishini tezlashtirishi mumkin, asosan elektrolitlar almashinuvini buzilishida. Jigar entsefalopatiyasining simptomlari paydo bo'lgan hollarda indapamidni bekor qilish kerak.

Fotosezuvchanlik

Tiazid diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlarini qo'llanishi bilan bog'liq fotosensibilizasiya hollari aniqlangan. Agar davolanish vaqtida fotosensibilizasiya reaktsiyalari paydo bo'lsa, dori preparatini bekor qilish tavsiya etiladi. Agar diuretikni takroran qo'llash zarurati kelib chiqsa, teri yuzasini quyosh nurlarining ta'sirdan yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishdan himoya qilish tavsiya etiladi.

Xorioidal nazla, o'tkir darajali miopiya va ikkilamchi yopiq burchakli glaukoma

Sulfonamidlar yoki sulfonamid hosilalari ko'rish maydoni nuqsoni, o'tkir darajali qisqa vaqtli miopiya va o'tkir darajali yopiq burchakli glaukoma bilan xorioidal nazla rivojlanishiga olib keluvchi idiosinkrazik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Simptomlar ko'rish o'tkirligi yo'qotilishi yoki ko'zlardagi og'riqni o'z ichiga olib, ular, odatda, dori preparatini qabul qilish boshlanganidan so'ng bir necha soat yoki hafta davomida paydo bo'ladi. Davolanmagan holatda, o'tkir darajali yopiq burchakli glaukoma ko'rish qobiliyatining qaytmas yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Simptomlar paydo bo'lganda imkon darajada tezroq preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak. Agar ko'z ichki bosimi nazoratsiz qolsa, tezkor dori-darmonlar bilan davolash yoki jarrohlik aralashuvi talab qilinishi mumkin. Anamnezda sulfonamidlar yoki penisillinga allergik reaktsiyalar o'tkir darajali yopiq burchakli glaukoma rivojlanish xavfi omillari bo'lishi mumkin.

Yordamchi moddalar

Dori preparati 122,15 mg laktozi monogidrati saqlaydi va galaktozani nasliy o'zlashtiraolmaslikda, laktoza tanqisligi (lappa turi) yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo'lgan pasientlarda qo'llanilishi mumkin emas.

Qo'llashdagi ehtiyotkorlik choralari

  • Suv-elektrolit muvozanati

  • Plazmada natriy darajasi

Preparat bilan davolashni boshlashdan avval, keyin doimo plazmada natriy kontsentrasiyaini nazorat qilish zarur. Diuretiklar bilan har qanday davolash giponatriemiyaga olib kelishi mumkin, ba'zi hollarda jiddiy asoratlar bilan. Plazmada natriy tarkibini kamayishi boshlang'ich davrida simptomsiz bo'lishi mumkin, shuning uchun uni doimo nazorat qilish talab etiladi. Keksa yoshdan pasientlarda va jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda ushbu tekshiruvlarni tez-tez o'tkazish turish zarur.

Gipovolemiya bilan kechadigan giponatriemiya suvsizlanish va ortostatik gipotenziyani keltirib chiqarishi mumkin. Bir vaqtning o'zida xlor ionlarini yoqatish ikkilamchi kompensator metabolik alkolozga olib kelishi mumkin: bu ta'sirning tez-tezligi va klinik ko'rinishi odatda sezilarli darajada emas.

  • Plazmada kaliyni darajasi

Davolash vaqtida plazmada kaliy kontsentrasiyasini doimo nazorat qilish zarur. Tiazidli va tiazidsimon diuretiklarni qo'llashda asosiy xavf bo'lib, kaliyni yo'qotish va gipokaliemiya hisoblanadi. Yuqori xavf guruhi bo'lgan ayrim pasientlarda, masalan keksa yoshdagi pasientlarda, ozg'in pasientlarda, ko'pgina dori preparatlari bilan davolashni qabul qilayotgan pasientlarda, jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda, shishlar va assit bo'lgan pasientdarda, yurakni ishemik kasalligi va yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa gipokaliemiya (<3,4 mmol/l) rivojlanishini oldini olish lozim. Gipokaliemiya holatida angishvonagul preparatlarini kardiotoksik xavfi va yurak ritmini buzilishini kelib chiqishi xavfi oshadi.

Xavf guruhiga QT intervalini uzayishi bo'lgan pasientlar kiradi, ushbu buzilishlar tug'ma yoki orttirilgan bo'lishiga qaramay. Gipokaliemiya, bradikardiya kabi yurak ritmini jiddiy buzilishlarini rivojlantirish qobiliyatiga ega, ayniqsa taxikardiyani potentsial xavfli shakllari – torsade de pointes. Yuqoridagi ko'rsatilgan barcha holatlarda plazmada kaliy miqdorini monitoringi ko'proq zarurdir. Plazmada kaliy miqdorini birinchi o'lchamni davolashni birinchi xaftasi davomida bajarish zarur.

Gipokaliemiya holatida kaliy tanqisligini qoplash kerak.

  • Plazmada kaltsiyning tarkibi

Tiazid va tiazidsimon diuretik dori preparatlari ahamiyatsiz tranzitor giperkaltsiemiyani chaqirib, siydik bilan kaltsiyni chiqarilishni kamaytirishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiemiya aniqlanmagan giperparatireozi oqibati bo'lishi mumkin. Bunday holatda davolashni to'xtatish va pasientning qalqonsimon bezi faoliyatini baholashni o'tkazish zarur.

  • Qonda glyukozaning tarkibi

Qandli diabeti bo'lgan paisentlarda, asosan gipokaliemiya bilan birga bo'lsa, qonda glyukoza miqdorini monitoringini o'tkazish zarur.

  • Siydik kislotasi

Giperurikemiyali pasientlarda podagra xurujlarining tez-tezligini oshishi moyilligi mavjud.

  • Buyrak funktsiyasi va diuretik dori preparatlari

Tiazidli va tiazidsimon diuretik dori preparatlari faqat buyrak funktsiyasini normada bo'lgan holatda yoki uning ahamiyatsiz buzilishlarida samarali bo'ladi (kreatinin darajasi 25 mg/l dan kam, kattalarda 220 mkmol/l). Buyrak funktsiyasini kreatin kontsentrasiyasiga asoslanib baholash vaqtida pasientning yoshi, jinsi va tana vaznini hisobga olish zarur.

Davolashni boshida diuretiklar chaqirgan, suv va natriyni yo'qolilishi bilan izohlanadigan gipovolemiya kalavalar filtrasiyasini pasayishiga olib keladi. Bu esa qonda mochevina va plazmada kreatinin darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu tranzitor funktsional buyrak etishmovchiligi buyrak funktsiyasi normal bo'lgan pasientlarda asoratlarsiz o'tadi, shu vaqtda buyrak etishmovchiligi bo'lganda chuqurlashtirish mumkin.

  • Sportchilar

Dori preparati sportchilarda dopingga qarshi musbat natijalarini chaqirishi mumkin.

Essentsial (birlamchi) arterial gipertenziyada qo'llanadi.
Indapamidga, sulfonamidlarga yoki preparatning yordamchi moddalardan biriga yuqori sezuvchanlik

- Og'ir buyrak etishmovchiligi

- Jigar entsefalopatiyasi yoki jigar funktsiyasini boshqa og'ir buzilishlari

- Gipokaliemiyada qo'llash mumkin emas.



Pasient hozirgi vaqtda qabul qilayotgan yoki so'nggi vaqtda qabul qilgan, shuningdek qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha preparatlar haqida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilishi kerak.

Indapamid bilan bir vaqtda qo'llash mumkin bo'lmagan dori preparatlari

Litiy

Plazmada litiy miqdorini oshishi dozani oshirib yuborilishi simptomlari bilan kelib chiqadi, kam tuzli parhez holatdagi kabi (siydik bilan litiyni kam chiqarilishi).

Agar litiy tuzlarini va diuretik preparatlarini bir vaqtda qo'llash zarurati bo'lsa, plazmada litiy tarkibini nazorat qilish va muvofiq dozasiga tuzatish kiritish zarur.

Indapamid bilan ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim bo'lgan dori preparatlari

Torsade de pointes chaqiruvchi, yurak ritmiga ta'sir ko'rsatuvchi preparatlar

- antiaritmik preparatlarning Іa sinfi (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);

- antiaritmik preparatlarning III sinfi (amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);

- ayrim antipsixotik preparatlar – fenotiazin hosilalari (xlorpromazin, tsiamemazin, levomepromazin, tioridazin, triftorperazin), benzamid hosilalari (amisulpirid, sulpirid, sultoprid, tiaprid), butirofenon hosilalari (droperidol, galoperidol);

- boshqa preparatlar: bepridil, tsizaprid, difemanil, eritromisin (vena ichiga yuborilganida), galofantrin, mizolastin, pentamidin, sparfloksasin, moksifloksasin, vinkamin (vena ichiga yuborilganda).

Yurak qorinchalari aritmiyasini yuqori xavfi ayniqsa torsade de pointes (gipokaliemiya moyil omil hisoblanadi). Ushbu preparatlarni qo'llash zarurati bo'lgan hollarda gipokaliemiya rivojlanishiga pasientni nazorat qilish zarur va zarurati bo'lsa kaliy miqdorini muvofiqlashtirish lozim. Plazmada elektrolitlar darajasini va EKG ko'ratkichlarini nazorat qilish lozim.

Gipokaliemiya kelib chiqqan holatda torsade de pointes ni rivojlanish xavfini chaqirmaydigan dori preparatlarini qo'llash lozim.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi dori preparatlari (ichga qabul qilish uchun), shu jumladan tsiklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari (sog-2) va salisilatlarni yuqori dozalari (sutkada ≥3G).

Indapamidni antigipertenziv va samarasi kamayishi mumkin.

Suvsizlangan pasientlarda o'tkir buyrak etishmovchiligini xavfi oshishi mumkin (kalavalar filtrasiyasi kamayishi). Pasientni gidratasiya holatini nazorat qilish va buyrak faoliyatini monitoringini o'tkazish lozim.

Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari

Tasodifan arterial gipotenziyasi xavfi va o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanish xavfi bilan bog'liq bo'lgan natriy ionlarini tanqisligi bo'lgan pasientlarda (asosan buyrak arteriyalarining stenozi bo'lgan pasientlarda) AAF ingibitorlarini buyurish.

Arterial gipertenziyada diuretiklar bilan davolash natriy tanqisligini chaqirishini hisobga olib, quyidagilar:

- indapamid qabul qilinganidan keyin rivojlanuvchi giponatriemiyaning natijasida gipertenziya rivojlangan hollarda, uni qabul qilish AAF ingibitorlari bilan davolashni boshlashdan 3 kun oldin to'xtatiladi,

yoki

- AAF ingibitori bilan davolangan past dozadan boshlash so'ngra uni asta sekin oshirish.

Dimlangan yurak etishmovchiligida AAF ingibitorlarini juda past dozalarda davolashni boshlash lozim, eng yaxshisi kaliy saqlamaydigan diuretikni dozasini kamaytirgandan so'ng (agar buni iloji bo'lsa).

Barcha holatlarda AAF ingibitorlari bilan davolashni birinchi davomida buyrak faoliyatini monitoringi o'tkazish zarur (kreatinin miqdorini).

Gipokaliemiyani chaqiruvchi boshqa dori preparatlari: V amfoterisin (vena ichiga yuborilganda), glyukokortikosteroidlar va mineralokortikosteroidlar (ichga buyurilganda), tetrakozaktid, peristaltikani rag'batlantiruvchi surgi dori preparatlari.

Gipokaliemiyani rivojlanishini yuqori xavfi (additiv ta'siri). Qon plazmasida kaliy miqdorini monitoringini o'tkazish zarur, asosan angishvonagul preparatlari bilan bir vaqtda davolash vaqtida. Ichak peristaltikasini rag'batlantirmaydigan, surgi dori vositalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Baklofen

Indapamidning antigipertenziv samarasini kuchaytiradi.

Pasientning adekvat gidratasiyasini ta'minlash va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Angishvonagul glikozidlari

Angishvonagul glikozidlarini qo'llangandan keyin toksik simptomlarini rivojlanishiga moyilligi osili bo'lib hisoblanadi, shuning uchun kaliy miqdorini nazorat qilish, EKG ni o'tkazish zarur, zarurati bo'lsa, davolashni ko'rib chiqish lozim.

O'ylab ko'rishni talab etadigan majmualar

Allopurinol

Indapamid bilan bir vaqtda qo'llanilishi allopurinolga allergik reaktsiyalar xavfini oshirishi mumkin.

Kaliy tejovchi diuretiklar (amilorid, spironolakton, triamteren)

Ayrim pasientlar uchun foydali bo'lgan, ushbu preparatlarni rasional majmuasi gipokaliemiya (ayniqsa buyrak etishmovchiligi yoki qandli diabeti bo'lgan pasientlarda) yoki giperkaliemiya rivojlanishi xavfini istisno qilmaydi. Plazmada kaliyning kontsentrasiyasini nazorat qilish va EKG tekshiruvini o'tkazish, zarurati bo'lganida esa – davolash usulini o'zgartirish kerak.

Metformin

Metforminni qabul qilish fonida diuretiklarni, ayniqsa halqali diuretiklarni qo'llanishi natijasida, funktsional buyrak etishmovchiligi bilan bog'liq laktasidozini rivojlanish xavfi oshadi. Agar zardobdagi kreatinin darajasi erkaklarda 15 mg/l (135 mkmol/l) va ayollarda 12 mg/l (110 mkmol/l) dan yuqori bo'lsa, metforminni ishlatish mumkin emas.

Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar

Diuretiklar chaqirgan suvsizlanish hollarida, yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarning yuqori dozalari qo'llanganidan keyin o'tkir buyrak etishmovchiligini rivojlanishini yuqori xavfi mavjud. Bunday vositani ishlatishdan oldin pasientning yaxshi gidratasiyasini ta'minlash kerak.

Trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar

Antigipertenziv ta'sirni va ortostatik gipotenziyani kelib chiqish xavfini kuchayishi (additiv ta'siri).

Kaltsiy (kaltsiy tuzlari)

Buyrak orqali kaltsiyni kam chiqarilishini natijasida giperkaltsiemiya xavfi.

Tsiklosporin, takrolimus

Plazmada Tsiklosporin miqdorini o'zgarishlarsiz kreatinin miqdorini oshishi xavfi, hattoki agar suv va (yoki) natriy tanqisligi aniqlanmagan bo'lsa ham.

Kortikosteroidlar, tetrakozaktid (ichga yuboriladigan)

Gipotenziv samarasi kamayadi (kortikosteroidlarni ta'siri natijasida natriy va suvni

tutilishi).

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.



Indapamid SR preparati shifokor tavsiyalariga muvofiq qo'llanilishi kerak.

Davolashni dozasi va davomiyligi har bir pasient uchun shaxsiy ravishda belgilanishi lozim.

Ichga qabul qilinadi.

Sutkada 1 tabletka, preparatni ertalab qabul qilgan afzal. Tabletkalarni butunligicha, suv bilan birga yutish kerak.

Yuqori dozalarda indapamid kuchliroq antigipertenziv ta'sir namoyon qilmaydi, ammo saluretik ta'siri kuchayadi.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Og'ir buyrak etishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) preparatni qo'llash mumkin emas.

Tiazidli diuretiklar va tiazidsimon dori preparatlari buyrak faoliyati normada bo'lganida yoki agar buyrak faoliyati kuchsiz darajada buzilgan holatlarda ko'proq samaralidir.

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlar

Og'ir jigar etishmovchiligi hollarida dori preparatini qo'llash mumkin emas.

Keksa yoshdagi pasientlar

Keksa yoshdagi pasientlarda plazmadagi kreatinin kontsentrasiyasi pasientning yoshi, tana vazni va jinsini hisobga olish kerak. Indapamid SR dori preparati keksa yoshdagi pasientlarda faqat buyraklarning normal faoliyatida yoki faqat buyrak etishmovchiligining engil darajasida qo'llash mumkin.

Bolalar va o'smirlar

Xavfsizligi va samarasiga talluqli ma'lumotlarni yo'qligini hisobga olib, preparatni bolalar va o'smirlarda qo'llash mumkin emas.

40 mg gacha dozada, ya'ni taxminan terapevtik dozadan 27 marta yuqori dozada indapamidni toksik ta'siri tasdiqlanmagan. Simptomlari O'tkir zaxarlanish simptomlari suv-elektrolit muvozanatini buzilishi natijasida kelib chiqadi (giponatriemiya, gipokaliemiya). Ko'ngil aynishi, qusish, arterial bosimini pasayishi, mushak spazmlari, bosh aylanishi, uyquchanlik, dezorientasiya, poliuriya, anuriyaga olib keluvchi oliguriya (gipovolemiya oqibatida). Davolash Dozani oshirib yuborish hollarida me'dani yuvishni o'tkazish yoki faollashtirilgan ko'mirni buyurish, shuningdek stasionar sharoitida suv-elektrolit muvozanatini tiklash kerak.
Agar pasient ayol homilador bo'lsa yoki ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsa, agar homilador ekanligini taxmin qilsa yoki homilador bo'lishni rejalashtirayotgan bo'lsa, u mazkur preparat qo'llanilishidan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashishi kerak. Umum qabul qilingan qoidaga ko'ra homilador ayollarda diuretiklarni qo'llashdan saqlanish lozim. Homiladorlik davrida paydo bo'ladigan fiziologik shishlarni davolash maqsadida qo'llash mumkin emas. Diuretiklar fetoplasentar etishmovchiligini va homila rivojlanishini buzilishi xavfini chaqirishi mumkin. Indapamid homiladorlik vaqtida faqat o'ta zarur hollarda qo'llanilishi mumkin, biroq uni buyurishdan avval shifokor pasientdan homiladorlik yoki uni rejalashtrishga taaluqli bo'lgan anamnezni yig'ishi lozim. Indapamid ko'krak sutiga chiqariladi. Ushbu sababga ko'ra preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Indapamid SR tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Indapamid SR tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Indapamid SR tabletkalari N30 dori vositasi «ПОЛЬФАРМА» АО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Indapamid SR tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Indapamid SR tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
INDAP kapsulalar 2,5mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
INDAP tabletkalari 1,25mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
RAVEL SR tabletkalari 1,5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
ARIFON RETARD tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: СЕРВЬЕ РУС ООО
Narh: 66 100 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml
Narh: 49 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
INDAPAMID 0,0025 kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ОЗОН ФАРМ, ООО
INDAPAMID 0,0025 kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПРОИЗВОДСТВО МЕДИКАМЕНТОВ, ООО
INDAPAMID 0,0025 kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Индапамид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Вертекс Акционерное Общество
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9