Shamollashga qarshi, balgʼam koʼchiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yalligʼlanishga qarshi, isitma tushiruvchi, spazmolitik taʼsirga ega boʼlgan majmuaviy fitopreparat.
Insti dlya detey preparati yuqori va quyi nafas yoʼllarining yalligʼlanish kasalliklari bilan kechuvchi intoksikatsiya simptomlari (gipertermiya, koʼp terlash, holsizlik) ni yengillashtiradi, antiseptik taʼsirga ega, yoʼtal jadalligini kamaytiradi va balgʼam ajralishini oshiradi. Oʼtkir davrining regressiyasi 3-4 kungacha qisqaradi.
Insti dlya detey bemorning holatini yaxshilaydi, oshgan tana haroratini va yoʼtalning jadalligini pasaytiradi.
Preparat qoʼllangandan keyin 24 soat davomida rinit, faringit, traxeit simptomlarini tezda bartaraf etishga yodlam beradi. Uyquchanlikni va oʼrganib qolishni chaqirmaydi. Qaynoq suvda tez eriydi.
Oq tol salatsin glikozidi, tremulatsin saqlaydi.
Tana haroratini tushiruvchi, yalligʼlanishga qarshi, ogʼriq qoldiruvchi taʼsirlarga ega.
Qizilmiya glitsirrizin glikozidi, flavonoid, asparagin saqlaydi. Yaqqol balgʼam koʼchiruvchi, immunitetni ragʼbatlantiruvchi va yalligʼlanishga qarshi xususiyatga ega. Yalligʼlanishning ekssudativ va proliferativ fazalariga susaytiruvchi taʼsir koʼrsatadi.
Xushboʼy binafsha violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Аntigistamin, balgʼam koʼchiruvchi, tana haroratini tushiruvchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega.
Oddiy ukrop efir moylari, dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funktsiyasini kuchaytiradi, mukolitik taʼsir koʼrsatadi, shuningdek, antiseptik va yalligʼlanishga qarshi xususiyatlarga egadir.
Tomirli adxatoda vazitsin, vazitsinon alkoloidlarini, saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balgʼam koʼchiruvchi taʼsirga ega, bronxlarning kipriksimon epiteliysini harakatini oshiradi va balgʼam ajralishini tezlashtiradi, gistamin taʼsirida chaqirilgan bronxospazmdan himoya qilib, astmaga qarshi taʼsir koʼrsatadi.
Xitoy choyi tanin, kofein, teofillin saqlaydi. Burishtiruvchi, tonusni oshiruvchi, siydik haydovchi taʼsirlarga ega.
Dorivor valeriana efir moylari, valeriana kislotasi, katinin saqlaydi; markaziy nerv tizimini qoʼzgʼaluvchanligini pasaytiradi, tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, bosh ogʼrigʼining yaqqolligini kamaytiradi.
Sharsimon evkalipt efir moylari (tsineol, pinen, mirtenol) oshlovchi moddalar saqlaydi. Yaqqol antiseptik taʼsirga ega, ayniqsa, streptokkok, stafilokkoklarga nisbatan, kuchli yalligʼlinishga qarshi samaraga ega.