×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VERONA kapsulalar N20

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
экстракт мукуны жгучей, Якорцев стелющихся травы экстракт, Зимней вишни корней экстракта густого
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Vakil:
- Herbion International
ATX kodi:
- G04BE30
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 193 ta dorixonasida topildi

ico 38 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 48 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 41 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ARISTA tabletkalari 20mg N4 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
SIKLON DX tabletkalari 100mg/60mg N4 Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
UROLESAN tomchilar oralnie 25ml N1 Галичфарм, ПАО Ukraina
30 000 s`om dan
SOLIDAGOREN tomchilar oralnie 50ml Dr.Gustav Klein GmbH & Co.KG. Germaniya
129 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Bitta kapsula quyidagi faol moddalarni saqlaydi:
Yer bag'irlagan temirtikan - 300 mg
Qishki olcha -100 mg
Kuydiruvchi mukuna - 25 mg
Chiroyli argireya - 60 mg
Yer bag'irlagan temirtikan endogen testosteron shakllanishini oshirish yo'li bilan spermatogenezni kuchaytiradi, lyutinlovchi gormon ajralishini stimullab, Sertoli hujayrasi miqdorini oshiradi. Reproduktiv funktsiyani tiklashga, spermaning hajmini oshirishga va qovushqoqligini kamaytirishga yordam beradi. Jinsiy quvvatni va erektil funktsiyani oshiradi. Erta eyakulyatsiyani oldini oladi. Umumiy holatni yaxshilaydi, charchashni va qo'zg'aluvchanlikni kamaytiradi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi, moddalar almashinuvini me'yorlashtiradi.

Qishki olcha tetiklashtiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi, antioksidant ta'sirga ega. Prostat bezi va urug'don ishini kuchaytiradi. Erektsiyani oshiradi. Kayfiyatni ko'taradi.

Chiroyli argireya umummustahkamlovchi ta'sirga ega, organizmning erta qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Adaptogen, tetiklashtiruvchi va diuretik ta'sirga ega..

Kuydiruvchi mukuna  jinsiy funktsiyalarga boshqaruvchi (dastlabki holatga bog'liq holda tetiklashtiruvchi yoki tinchlantiruvchi) ta'sir ko'rsatadi. Yaqqol ifodalangan tetiklovchi ta'sirga ega. Libido oshishiga yordam beradi. 

Umumiy charchash
Charchash va aqliy zo'riqish
Seksual va umumiy nevrasteniya
Jinsiy mayllikning pasayishi
Oligospermiya
Astenospermiya
Impotentsiya
Asteniya, libidoning pasayishida bir kunda 1-2 kapsuladan 4-6 hafta davomida.
Somatik kasalliklar fonida erkaklarda jinsiy funktsiyaning buzilishida – bir kunda 2 kapsuladan 2 mahal 8 hafta davomida.
Impotentsiya da– bir kunda 2 kapsuladan 2 mahal 8 hafta davomida.
Oligospermiyada - bir kunda 2 kapsuladan 2 mahal 8 hafta davomida.
Kapsulalar ertalab ovqatdan oldin, kechqurun – uyqudan oldin sut bilan ichiladi.
VERONA kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VERONA

VERONA

 

Preparatning savdo nomi: Verona

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Yerbag‘irlagan temirtikan              (Tribulus Terrestris)                            300 mg

Qishki olcha                                      (Withania somnifera)                         100 mg

Kuydiruvchi Mukuna                       (Mucuna pruriens)                              25 mg

Argireya                                            (Argyreia speciosa)                            60 mg

Ta‘rifi: “0” o‘lchamdagi qizil rangli kapsulalar, kapsulaning korpusi va qopqoqchasida “Verona” yozuvi tushirilgan, kapsula ichidagisi: och-jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangli, hushbo‘y hidli kukun.

Farmakoterpevtik guruhi: potensiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Zamonaviy turmush va stresslar oqibatida yuqori aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, hayotiy faollikni keskin pasayib ketishiga olib keladi, ayniqsa erkaklarda.

Verona – insonning hayotiy zarur a‘zolariga ta‘sir etuvchi biostimulyator va yoshartiruvchi vositadir. U ayniqsa aqliy, jismoniy faollikni tiklanishiga, hayotiy tonus va potensiyani (jinsiy mayillik) oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Verona o‘simlik preparatlarini bir-biriga muvofiqlashtirilgan, birgalikda samarali ta‘sir ko‘rsatuvchi majmuasidan iborat bo‘lib, Yerbag‘irlagan temirtikan, Qishki olcha, Kuydiruvchi Mukuna va Argireyani o‘z ichiga oladi.

Verona oligo-astenospermiyani davolashda samarali vosita deb topilgan. U lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishini kuchaytirishi orqali, Leydig (androgen ishlab chiqaruvchi) xujayralarini tiklaydi va rag‘batlantiradi, shuningdek spermatozoidlar strukturasini va spermatogen faoliyatini qo‘llab turuvchi va saqlovchi Sertoli xo‘jayralarining miqdorini oshiradi va urug‘ xo‘jayralarining o‘sishiga yordam beradi.

Verona spermatozoidlarning morfologik kamchiliklarini bartaraf etadi, ajratilayotgan sperma miqdorini oshirishi bilan bir qatorda, ularning harakatchanligini ham oshiradi oqibatda erkaklarning serpushtligini tiklaydi.

Verona keksayish oqibatlarini neytralizasiya qilib, geroterapik ta‘sirga ega.U bosh miya va jigarda suksinatdegidrogeneza fermentining darajasini oshiradi, bu stress va zo‘riqish holatida xo‘jayralarning energiya bilan ta‘minlanishini, nospesifik qarshiligini oshishiga olib keladi. O‘zining immunomodulyasiya qiluvchi ta‘siri orqali Verona, xo‘jayralarining moslashish qobiliyatini yahshilaydi va organizmga immun reksiyalarini boshqarishda yordam beradi.

O‘zining yallig‘lanishga qarshi hususiyatlari tufayli Verona, mushak va bo‘g‘im og‘riklarining yengillashishini ta‘minlaydi.

Verona – bu davolashda ham, oldini olishda ham samarali vosita sifatida barcha yosh erkaklarning hayot faoliyati tizimidagi muvozanatni tiklaydigan preparatdir.

 

 

Yerbag‘irlagan temirtikan Jinsiy mayillikni ko‘chaytiradi, spermaning morfologiyasini, harakatchanligini va miqdorini yaxshilaydi, spermaning xajmini va qovushqoqligini oshiradi.
Qishki olcha Xo‘jayralarning energiya bilan ta‘minlashini va ularning mustahkamligini oshiradi, asteniya va jinsiy moyillik pasayishini bartaraf qilinishiga yordam beradi, erektil disfunksiyani yo‘qotadi.
Kuydiruvchi Mukuna Jinsiy mayillikni ko‘chaytiradi.
Argireya Organizmni mustahkamlaydi.

Qo‘llanilishi

Odatda qarishni oldini olish uchun yosh, o‘rta va katta yosh guruhidagi erkaklarda qarshi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan funksional buzilishlarda, ayniqsa quyidagilarda qo‘llanadi:

  • Umumiy charchoqlik
  • Jismoniy va aqliy toliqishlar
  • Jinsiy va umumiy nevrasteniyalar
  • Jinsiy mayilning kamayishi
  • Oligospermiya
  • Astenospermiya
  • Impotensiya

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir ikki kapsuladan kuniga ikki marta.

Nonushta oldidan va uyqu oldidan, sut bilan afzalroq.

Impotensiya holida, tavsiya etiladigan davolash kursi 10 kunni tashkil qiladi. Asteno-oligospermiya holida davolash kursi 18 haftadan kam bo‘lmasligi kerak. Barcha boshqa hollarda 4 dan 6 haftagacha. Umumiy tonusni qo‘llab turish uchun kuniga 1-2 kapsula tavsiya etiladi.

Dozasi va davolash muddati uzaytirilishi mumkin va har bir holatni jiddiyligiga qarab yoki qayta paydo bo‘lgan belgilari asosida, davolash kursini takrorlash mumkin.

Verona narkotik preparat emas va o‘rganib qolish samarasini shakllantirmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kuzatilmagan.

Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar

Allergik kasalliklar.

Preparatning komponentlarini shahsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lum emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Ma‘lum emas.

Chiqarilish shakli

20, 60 kapsuladan buraladigan qopqoqli plastmassa flakonda, 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonlardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VERONA kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VERONA kapsulalar N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VERONA kapsulalar N20 dori vositasi Herbion Pakistan (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VERONA kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VERONA kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 800 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 200 so'mdan Batafsil
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
Narh: 73 900 so'mdan Batafsil
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9