×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INTRALIN poroshok 0,5g N5

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibiotik (tsefalosporinlar guruhi).
Faol modda:
Цефазолин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01DA04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

UROFOSSIN granuli 8 g N1 Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
LIFEPIM poroshok 1g N1 Brawn Laboratories Ltd. Hindiston
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N100 NCPC International Corp., Китай произведено: Shandong Xier Kangtai Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
SISPRES tabletkalari 500mg N14 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
31 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

tsefazolin natriyli tuzi steril tsefazolinga qayta hisoblanganda 0,5 g yoki 1,0 g.


Сhiqarilish shakli va o'rami

0,5 g yoki 1,0 g flakonlarda.
In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun
tsefazolin natriyli tuzi steril tsefazolinga qayta hisoblanganda 0,5 g yoki 1,0 g.
Keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan, tsefalosporinlar guruhi birinchi avlodiga mansub mikroblarga qarshi, yarim sintetik preparat. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi mikroorganizmlar hujayra devori biosintezini ingibitsiya qilish bilan bog'liq. Plazmatik membrana yuzasidagi maxsus penitsillinni bog'lovchi oqsillar bilan o'zaro ta'sirga kirishadi, xujayra devoridagi peptidoglikan qavatini hosil bo'lishini susaytiradi (transpeptidazani to'xtatadi, peptidoglikanning ko'ndalang ulangan zanjirchalari hosil bo'lishini susaytiradi), hujayra devorining autolitik fermentlarini ajralib chiqishini chaqirib, uni shikastlanishiga va bakteriyalarni nobud bo'lishiga olib keladi. Tsefazolinga sezgir mikroorganizmlar: Grammusbat: stafilokokklar – Staphylococcus spp. (penitsillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar) (metitsillinga-rezistent shtammlardan tashqari); streptokokklar – Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae; boshqalar – Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis, Spirochaetoceae, Leptospira spp. grammanfiy: enterobakteriyalar – Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Proteus mirabilis; boshqalar – Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae, Shigella spp., Haemophilus influenza, Treponema spp. anaerob: Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Prevotella spp., Propionibacterium acnes, veillonella spp. Tsefazolinga o'rtacha sezgir mikroorganizmlar: Grammusbat: Eubacterium spp. Tsefazolinga chidamli mikroorganizmlar: Grammusbat: Enterococcus spp., Staphylococcus spp. (metitsillinga rezistent shtammlar), Listeria monocytogenes; grammanfiy: Acinetobacter baumanii, Aeromonas spp., Alcaligenes denitrificans, Bordetella spp., Campylobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Enterobacter cloacae, Legionella spp., Morganella morganii, Proteus spp.: indol-musbat shtammlar (Proteus morgana, Proteus vulgaris, Proteus rettgeri), Providencia spp., Pseudomonas spp., Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., vibrio spp., Yersinia enterocolitica; aerob – Bacteroides spp., Clostridium difficile; boshqalar – Chlamydia spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma spp., Rickettsia spp.
So'rilishi Mushak ichiga (m/i) 500 mg dozada yuborilgandan keyin qondagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 1 soatdan so'ng erishiladi va u 37-64 mkg/ml ni tashkil qiladi. Terapevtik kontsentratsiyalarda 8-12 soatgacha saqlanadi. 8 soatdan so'ng zardobdagi kontsentratsiyalari muvofiq ravishda 3 va 7 mkg/ml ni tashkil qiladi. 1 g dozada vena ichiga (v/i) yuborilganda Cmax 185 mkg/ml ni tashkil qiladi, qon zardobdagi kontsentratsiyasi 8 soatdan keyin 4 mkg/ml ni tashkil qiladi. Vena ichiga (v/i) yuborilganda qonda preparatning kontsentratsiyasi yuqori bo'ladi, lekin preparat muvofiq ravishda tezroq chiqariladi. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 85-90% ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi – 95-100% ni tashkil qiladi. Tsefazolin yurak-qon tomir tizimi to'qimalariga; qorin bo'shlig'iga; buyrak va siydik chiqarish yo'llariga; o'rta quloqqa; nafas yo'llariga; teri va yumshoq to'qimalarga; suyak to'qimasiga; bo'g'im bo'shlig'iga; astsitik suyuqlikka; plevra suyuqligiga; peritoneal suyuqlikka; sinovial suyuqlikka o'ta oladi; yo'ldosh to'sig'i orqali amniotik suyuqlik va kindik qoniga kiradi. GET (gematoentsefalik to'siq) orqali yomon o'tadi va MNT (markaziy nerv tizimi) da aniqlanmaydi. Ona suti tarkibida juda oz miqdorda aniqlanadi. O't pufagi to'qimasi va safro tarkibidagi kontsentratsiyasi qondagidan sezilarli darajada yuqoridir. Сhiqarilishi Tsefazolinning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 2 soat (1 haftalik chaqaloqlarda – 4-5 soat) ni tashkil etadi. Tsefazolin siydik bilan o'zgarmagan holda, asosan buyrak kalavalari fil'tratsiyasi va qisman naychalari sekretsiyasi yordamida chiqariladi. M/i yuborilgandan so'ng 80% 24 soatdan so'ng chiqariladi. M/i 500 mg va 1 g yuborilgandan keyin siydikdagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) muvofiq ravishda 1 mg/ml va 4 mg/ml ni tashkil qiladi. Tsefazolinning safro tarkibida, garchi u bu yul bilan oz miqdorda chiqarilsada, yuqori kontsentratsiyalari to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsientlarda T1/2 uzayadi. Gemodializ vaqtida o'rtacha darajada chiqariladi.
Allergik reaktsiyalar: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (terida toshma, qichishish, isitma), eshakemi, kam hollarda – angionevrotik shish (Kvinke shishi), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya. Nafas olish tizimi tomonidan: yo'tal, rinit, bronxospazm, ko'krakda og'riq, plevra bo'shlig'iga suyuqlik to'planishi. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tirishishlar, bosh aylanishi, umumiy lohaslik, charchoq, dahshatli tush ko'rishlar, asabiylashish yoki bezovtalik, uyqusizlik, uyquchanlik, xolsizlik, qizish hissi, rang ajratishni o'zgarishi, ongni chalkashishi, entsefalopatiya, tutqanoqsimon xurujlar (buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda), aseptik meningit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani yo'qolishi, anoreksiya, ko'ngil aynishi, diareya/qabziyat, qusish, (bunday belgilar asosan kamdan kam hollarda namoyon bo'lib, davolash davrida yoki undan keyin yo'qoladi), abdominal og'riqlar, soxta membranoz kolit, kam hollarda – xolestatik sariqlik, gepatit, uzoq muddatli davolanishda – disbakterioz, kandidozli stomatit. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak kasalliklari bo'lgan patsientlarni katta dozalar bilan davolash mobaynida, buyrak faoliyatini buzilishlari kuzatilishi mumkin (bunday xolatlarda doza kamaytiriladi), kandidoz, vaginit. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, aplastik anemiya. Laborator ko'rsatkichlar tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya, trombotsitoz, eozinofiliya, leykotsitoz, granulotsitoz, agranulotsitoz, granulotsitopeniya, monotsitoz, limfotsitopeniya, bazofiliya, protrombin vaqtini oshishi, Kumbsning musbat reaktsiyasi, IF, LDG va jigar transaminazalari (ALT, AST) faolligini tranzitor oshishi, giperkreatininemiya, kam hollarda – gemoglobin va/yoki gematokritni pasayishi, pantsitopeniya. Mahalliy reaktsiyalar: yuborilgan joyda og'riq va achishish, giperemiya, flebit. Boshqalar: umumiy holsizlik, kuchli toliqish, periferik shishlar, qizib ketish hissi, uzoq vaqt davolanganda – superinfektsiya, gipoglikemiya, giperglikemiya.
Retsepti bo'yicha.
Tsefazolinni boshqa antibiotiklar bilan bir shpritsda yoki eritmada aralashtirish mumkin emas. Buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsientlarda nefrotoksiklik ko'rinishlari kuzatilishi (siydikda azot va qonda kreatinin miqdorini oshishi) mumkin. Bunday xollarda preparatning dozasi buyrak faoliyatini buzilish darajasiga qarab kamaytiriladi va davolash ushbu ko'rsatkichlarning o'zgarishiga qarab olib boriladi (xaftasiga bir martadan kam bo'lmagan holda). Shuningdek gemodializdagi patsientlarda ham preparatning qondagi miqdori muntazam ravishda aniqlab turiladi. Soxta membranoz kolitga xos bo'lgan og'ir diareya paydo bo'lganida preparatni bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak. Davolash davomida patsientlar spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan voz kechishlari lozim. Preparat uzoq vaqt qo'llanilganida qon va buyrak faoliyatining ko'rsatkichlarini nazorat qilish, shuningdek disbakteriozni oldini olishni amalga oshirish lozim. Preparatni uzoq muddat davomida qo'llanganda xam mikroorganizmlarning rezistentligi rivojlanishi mumkin. Preparat jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo'lganida, kolitda, qon ivishi pasayganida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yuqori sezuvchanlikning o'tkir reaktsiyalari, teri toshmasi, dori isitmasi paydo bo'lganida, preparatni qabul qilishni darhol to'htatish lozim. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun adrenalin, antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlarni qo'llash mumkin. Tsefazolin bilan davolash mobaynida musbat (bevosita va bilvosita) Kumbs sinamasi hamda siydikdagi glyukozaning soxta musbat reaktsiyasi olinishi mumkin. Gemodializ vaqtida me'yorda chiqariladi. Muzlatgichda (5°C li) saqlangan eritma eritilgandan so'ng 10 kun davomida, yoki hona xaroratida saqlansa 48 soat davomida yaroqli hisoblanadi. Eritmaning pH qiymati 8,5 dan yuqori bo'lganida natriy tuzi gidrolizga uchraydi, agar pH 4,5 dan kam bo'lsa cho'kma hosil qiladi (erimaydigan tsefazolin). Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Preparat xomiladorlik davrida, uning ona uchun kutilayotgan bo'lgan foyda, homila uchun potentsial xavfidan yuqori bo'lganida qo'llanadi. Laktatsiya davrida emizishni to'xtatib turish tavsiya qilinadi (garchi tsefazolin ko'krak sutiga o'tmasligi haqidagi ma'lumotlar bo'lsa ham).
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari: • yuqori va quyi nafas yullarining kasalliklari (o'tkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniyalar, plevra empiemalari, o'pka empiema va abstsesslari, bronxoektazalar); • siydik-tanosil hamda kichik chanoq a'zolari kasalliklari (shu jumladan o'tkir va surunkali pielonefritlar, sifilis, gonoreya); • o't chiqarish yullarining kasalliklari; teri va yumshoq to'qimalarning kasalliklari (shu jumladan tsellyulit, saramas, karbunkul, flegmona); • suyak va bo'g'imlarning kasalliklari (shu jumladan osteomielit, septik artrit); • ginekologik va tug'ruqdan keyingi infektsiyalar (shu jumladan septik abort, endometrit), mastit; • endokardit; peritonit; sepsis; septitsemiya; • o'rta otit; mastoidit; • jarohat infektsiyalari; kuyish infektsiyalari. • Immuniteti susaygan patsientlardagi infektsiyalarda. Jarrohlik aralashuvlaridagi infektsiyalarni va operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda qo'llaniladi.
• preparatga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga/tsefalosporinlarga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas; Ehtiyotkorlik bilan: • penitsillin qatori antibiotiklariga va karbapenemlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik; • chala tug'ilgan chaqaloqlar; • yangi tug'ilgan va 1 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar; • yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; • soxta membranoz kolitda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Boshqa antibiotiklar (ayniqsa aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotiklar) yoki tsefazolin bilan nomutanosib preparatlar bilan bitta flakon yoki shpritsda aralashtirish mumkin emas. Halqali diuretiklar, probenetsid va naychalar sekretsiyasini bloklovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganida, tsefazolinning buyrak klirensi pasayadi, bu esa tsefazolinning qondagi kontsentratsiyasini davomli oshishiga olib keladi (bunday majmua tavsiya qilinmaydi). Benedikt, Feling eritmalari yoki Klinitest tabletkalari yordamida o'tkaziladigan laborator tahlil natijalarida siydikdagi qand miqdorining soxta musbat natijalari qayd etilishi mumkin. Shu bilan birga tsefazolin, fermentli usullar orqali bajariladigan tahlil natijalariga ta'sir ko'rsatmaydi. Bundan tashqari, bevosita va bilvosita Kumbs sinamasining soxta manfiy natijalari qayd qilinishi mumkin, masalan ona tsefazolin bilan davolanganda, chaqaloqlarda qayd etilishi mumkin. Preparat antikoagulyantlar, kuchli diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Aminoglikozidlar, vankomitsin, rifampitsin bilan bir vaqtda qo'llanilganda bakteriyalarga qarshi ta'sirining sinergizmi kuzatiladi. Aminoglikozidlar buyrakni shikastlanish havfini kuchaytiradi va tsefazolin bilan farmatsevtik nomutanosibdir (o'zaro faolsizlanish yuz beradi). Tsefazolin etanol bilan bir vaqtda qo'llanilganida disul'firamsimon reaktsiyalar chaqirishi mumkin. V/i (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladigan eritmani tayyorlash uchun erituvchi sifatida lidokain va novokain ishlatilmasin.
Oq yoki deyarli oq rangdagi kukun. Yuqori gigroskopik.
Buyurilayotgan vaqtda 30 mkg tsefazolin saqlovchi disklardan foydalanib, unga nisbatan mikroorganizmlarning sezuvchanligini aniqlash kerak.

Doza kasallikning og'irligi, infektsiya turi, organizmning holati, patsientning yoshi, vazni va buyrak faoliyatiga bog'liqdir.

Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) (tomchilatib yoki oqim bilan) yuboriladi.

Preparatni mushak ichiga yuborish uchun flakon ichidagi 500 mg moddani 1% li lidokain eritmasining 2 ml yoki 0,5% li novokain eritmasining 3 ml da eritiladi, flakon ichidagi 1000 mg moddani kukunni esa 1% li lidokain eritmasining 3,5 ml yoki 5 ml 0,5% li novokain eritmasining eritiladi. Agar lidokain va novokain preparatlarini qo'llash mumkin bo'lmasa, unda preparat 0,9% li natriy xloridi yoki in'ektsiya uchun suvning 3-5 ml da eritib yuboriladi. Mushak sohasiga chuqur yuboriladi. Xar bir dumba sohasiga ko'pi bilan 1 g preparat yuborish tavsiya qilinadi.

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi 10 ml miqdordagi 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in'ektsiya uchun suvda eritiladi va 3-5 minut davomida asta-sekinlik bilan yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 0,5-1,0 g preparat 100-250 ml miqdordagi 5-10% li glyukoza yoki 0,9% li natriy xloridi yoki Ringer yoxud 5% li natriy bikarbonati eritmasida eritiladi va 20-40 minut davomida (yuborish tezligi minutiga 60-80 tomchi) yuboriladi.

Eritish mobaynida flakonlar kukun butunlay eriguncha yaxshilab silkitiladi.

Kattalar: bir martalik o'rtacha doza – 0,25-1 g; bir martalik eng yuqori doza – 1 g; sutkalik o'rtacha doza – 1-4 g; sutkalik eng yuqori doza – 6 g ni tashkil etadi; yuborishlar soni – sutkada 2-4 marta; davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil qiladi.

Bolalar: bir martalik o'rtacha doza – 5-10 mg/kg; bir martalik eng yuqori doza – 10-20 mg/kg; sutkalik o'rtacha doza – 20-50 mg/kg; sutkalik eng yuqori doza – 100 mg/kg/sut; yuborishlar soni – 2 sutkasiga 2-4 marta; davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil qiladi.

Operatsiyalaridan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun – operatsiyadan 30-60 minut oldin 1 g, operatsiya vaqtida 0,5-1 g hamda operatsiyadan so'ng har 6-8 soatda 0,5-1 g dan; og'ir infektsiyalarda – 0,5-1 g dan har 6-8 soatda; grammusbat mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda – (kattalar uchun 1 martalik dozasi) 0,25-0,5 g dan har 8 soatda; grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kasalliklarda – 0,5-1,0 g dan har 6-8 soatda; pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan nafas yo'llarining o'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarida va siydik-chiqarish yo'llarining infektsiyalarida – 0,5-1,0 g dan har 12 soatda; og'ir infektsiyalarda (sepsis, endokardit, peritonit, destruktiv pnevmoniya, o'tkir gematogen osteomielit, asoratli urologik infektsiyalarda) 1-4 g dan har 6-8 soatda (eng yuqori sutkalik dozasi 6 g) yuboriladi.

Bolalar:

Vazni

(kg)

Interval (soat)

Doza

(bir martalik)

(mg)

Suyultirish uchun zarur hajm

(ml)

 

4,5

Har 8

40

0,35

4,5 (zarurat bo'lganida)

Har 6

30

0,25

9

Har 8

75

0,6

9 (zarurat bo'lganida)

Har 6

55

0,45

13,5

Har 8

115

0,9

13,5 (zarurat bo'lganida)

Har 6

85

0,7

22,5

Har 8

190

1,5

22,5 (zarurat bo'lganida)

Har 6

140

1,1

Buyrak kasalliklarida:

Buyrakning chiqarish faoliyatini buzilishida dozalash tartibi kreatinin klirensini (KK) hisobga olgan holda belgilanadi. Preparatning dozasi oshirilib, yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi.

Kattalar:

Kreatinin klirensi (KK) (ml/min)

Zardobdagi kreatinin (mg%)

Tsefazolin dozasi (g)

Vaqt oralig'i (soat)

Yarim chiqarilish davri (T1/2)

(soat)

 

70-40    

 

20-34    

0,25-0,5 (engil yoki o'rtacha darajadagi infektsiyada)

0,5-1,25 (og'ir darajadagi infektsiyada)    

 

har 12  

 

3-5

 

40-20    

 

35-49    

0,125-0,25 (engil yoki o'rtacha darajadagi infektsiyada)

0,25-0,6 (og'ir darajadagi infektsiyada)    

 

har 12  

 

6-12

 

20-5

50-75    

0,075-0,015 (engil yoki o'rtacha darajadagi infektsiyada)

0,15-0,4 (og'ir darajadagi infektsiyada)    

 

har 24

15-30

 

5

75

0,0375-0,075 (engil yoki o'rtacha darajadagi infektsiyada)

0,075-0,2 (og'ir darajadagi infektsiyada      

 

har 24  

 

30-40

 

 Bolalar:

Kreatinin klirensi (KK) (ml/min)

 

Zardobdagi kreatinin (mg%)

 

Tsefazolin dozasi (g)

 

Vaqt oralig'i (soat)

 

70-40

20-34

o'rtacha sutkalik dozaning 60% i

har 12

40-20

35-49

o'rtacha sutkalik dozaning 25% i

har 12

20-5

50-75

o'rtacha sutkalik dozaning 10 % i

har 24

5

75

o'rtacha sutkalik dozaning 60% i

har 24

Izoh: Barcha tavsiya qilingan dozalar 5-10 mg/kg boshlang'ich doza yuborilganidan so'ng beriladi. Davolashning boshida gemodializ o'tkazilayotgan bolalarga preparat tana vazniga 7 mg/kg dozada beriladi. Dializ vaqtida tsefazolinning qondagi kontsentratsiyasi 35-65% ga kamayishi hisobiga, preparat 3-4 mg/kg xisobidagi dozada yuboriladi (dializ muolajalari orasidagi interval 72 soat).

Simptomlari: nojo'ya ta'sirlarini kuchayishi, bosh aylanishi, paresteziyalar va bosh og'rig'i. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda neytrotoksik holatlar yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda yuqori tirishishga tayyorlik, umumiy klonikotonik tirishishlar, qusish va taxikardiya kuzatilishi mumkin. Davolash: simtomatik davolash. Tirishish xurujlari paydo bo'lganida tirishishga qarshi davolash amalga oshiriladi. Doza haddan tashqari oshirib yuborilganda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda, gemodializ va gemosorbtsiya qo'llaniladi. Bunday hollarda peritonial dializ samarasizdir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda oqlanadi.
INTRALIN poroshok 0,5g N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INTRALIN

INTRALINUM

 

Preparatning savdo nomi: Intralin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sefazolin

Dori shakli: In‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Sefazolin natriyli tuzi steril sefazolinga qayta hisoblanganda 0,5 g yoki 1,0 g.

Ta‘rifi: Oq yoki biroz oq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA04

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmokodinamikasi

Keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan, sefalosporinlar guruhi birinchi avlodiga mansub mikroblarga qarshi, yarim sintetik preparat. Bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi mikroorganizmlar hujayra devori biosintezini ingibisiya qilish bilan bog‘liq. Plazmatik membrana yuzasidagi maxsus penisillinni bog‘lovchi oqsillar bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi, xujayra devoridagi peptidoglikan qavatini hosil bo‘lishini susaytiradi (transpeptidazani to‘xtatadi, peptidoglikanning ko‘ndalang ulangan zanjirchalari hosil bo‘lishini susaytiradi), hujayra devorining autolitik fermentlarini ajralib chiqishini chaqirib, uni shikastlanishiga va bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi.

Sefazolinga sezgir mikroorganizmlar:

Grammusbat: stafilokokklar – Staphylococcus spp. (penisillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlar) (metisillinga-rezistent shtammlardan tashqari); streptokokklar – Streptococcus spp., Streptococcus pneumoniae; boshqalar – Corynebacterium diphtheriae, Bacillus anthracis, Spirochaetoceae, Leptospira spp. grammanfiy: enterobakteriyalar – Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Proteus mirabilis; boshqalar – Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae, Shigella spp., Haemophilus influenza, Treponema spp. anaerob: Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Prevotella spp., Propionibacterium acnes, Veillonella spp.

Sefazolinga o‘rtacha sezgir mikroorganizmlar:

Grammusbat: Eubacterium spp.

Sefazolinga chidamli mikroorganizmlar:

Grammusbat: Enterococcus spp., Staphylococcus spp. (metisillinga rezistent shtammlar), Listeria monocytogenes; grammanfiy: Acinetobacter baumanii, Aeromonas spp., Alcaligenes denitrificans, Bordetella spp., Campylobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Enterobacter cloacae, Legionella spp., Morganella morganii, Proteus spp.: indol-musbat shtammlar (Proteus morgana, Proteus vulgaris, Proteus rettgeri), Providencia spp., Pseudomonas spp., Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., Vibrio spp., Yersinia enterocolitica; aerob – Bacteroides spp., Clostridium difficile; boshqalar – Chlamydia spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma spp., Rickettsia spp.

 

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mushak ichiga (m/i) 500 mg dozada yuborilgandan keyin qondagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) 1 soatdan so‘ng erishiladi va u 37-64 mkg/ml ni tashkil qiladi. Terapevtik konsentrasiyalarda 8-12 soatgacha saqlanadi. 8 soatdan so‘ng zardobdagi konsentrasiyalari muvofiq ravishda 3 va 7 mkg/ml ni tashkil qiladi.

1 g dozada yuborilganda Cmax 185 mkg/ml ni tashkil qiladi, zardobdagi konsentrasiyasi 8 soatdan keyin 4 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Vena ichiga (v/i) yuborilganda qonda preparatning yuqoriroq konsentrasiyasi hosil bo‘ladi, lekin preparat muvofiq ravishda tezroq chiqariladi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 85-90% ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi  – 95-100% ni tashkil qiladi.

Sefazolin yurak-qon tomir tizimi to‘qimalariga; qorin bo‘shlig‘iga; buyrak va siydik chiqarish yo‘llariga; o‘rta quloqqa; nafas yo‘llariga; teri va yumshoq to‘qimalarga; suyak to‘qimasiga; bo‘g‘im bo‘shlig‘iga; assitik suyuqlikka; plevra suyuqligiga; peritoneal suyuqlikka; sinovial suyuqlikka o‘ta oladi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali amniotik suyuqlik va kindik qoniga kiradi. GET (gematoensefalik to‘siq) orqali yomon o‘tadi va MNT (markaziy nerv tizimi) da aniqlanmaydi. Ona suti tarkibida juda oz miqdorda aniqlanadi. O‘t pufagi to‘qimasi va safro tarkibidagi konsentrasiyasi qondagidan sezilarli darajada yuqoridir.

Chiqarilishi

Sefazolinning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 2 soat (1 haftalik chaqaloqlarda – 4-5 soat) ni tashkil etadi. Sefazolin siydik bilan o‘zgarmagan holda, asosan buyrak kalavalari filtrasiyasi va qisman naychalari sekresiyasi yordamida chiqariladi. M/i yuborilgandan so‘ng 80% 24 soatdan so‘ng chiqariladi. M/i 500 mg va 1 g yuborilgandan keyin siydikdagi maksimal konsentrasiyasi (Cmax) muvofiq ravishda 1 mg/ml va 4 mg/ml ni tashkil qiladi.

Sefazolinning safro tarkibida, garchi u bu yul bilan oz miqdorda chiqarilsada, yuqori konsentrasiyalari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda T1/2 uzayadi. Gemodializ vaqtida o‘rtacha darajada chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: yuqori va quyi nafas yullarining kasalliklari (o‘tkir va surunkali bronxitlar, pnevmoniyalar, plevra empiemalari, o‘pka empiema va abssesslari, bronxoektazalar); siydik-tanosil hamda kichik chanoq a‘zolari kasalliklari (shu jumladan o‘tkir va surunkali pielonefritlar, sifilis, gonoreya); o‘t chiqarish yullarining kasalliklari; teri va yumshoq to‘qimalarning kasalliklari (shu jumladan sellyulit, saramas, karbunkul, flegmona); suyak va bo‘g‘imlarning kasalliklari (shu jumladan osteomielit, septik artrit); ginekologik va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar (shu jumladan septik abort, endometrit); endokardit; peritonit; sepsis; septisemiya; o‘rta otit; mastoidit; mastit; jarohat infeksiyalari; kuyish infeksiyalari. Immuniteti susaygan pasientlardagi infeksiyalarda. Jarrohlik aralashuvlaridagi infeksiyalarni va operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Buyurilayotgan vaqtda 30 mkg sefazolin saqlovchi disklardan foydalanib, unga nisbatan mikroorganizmlarning sezuvchanligini aniqlash kerak.

Doza kasallikning og‘irligi, infeksiya turi, organizmning holati, pasientning yoshi, vazni va buyrak faoliyatiga bog‘liqdir.

Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) (tomchilatib yoki oqim bilan) yuboriladi.

Preparatni mushak ichiga yuborish uchun flakon ichidagi 500 mg moddani 1% li lidokain eritmasining 2 ml yoki 0,5% li novokain eritmasining 3 ml da eritiladi, flakon ichidagi 1000 mg moddani kukunni esa 1% li lidokain eritmasining 3,5 ml yoki 5 ml 0,5% li novokain eritmasining 5 ml eritiladi. Agar lidokain va novokain preparatlarini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, unda preparat 0,9% li natriy xloridi yoki in‘eksiya uchun suvning 3-5 ml da eritib yuboriladi. Mushak sohasiga chuqur yuboriladi. Xar bir dumba sohasiga ko‘pi bilan 1 g preparat yuborish tavsiya qilinadi.

Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun preparatning bir martalik dozasi 10 ml miqdordagi 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in‘eksiya uchun suvda eritiladi va 3-5 minut davomida asta-sekinlik bilan yuboriladi.

Vena ichiga tomchilab yuborish uchun 0,5-1,0 g preparat 100-250 ml miqdordagi 5-10% li glyukoza yoki 0,9% li natriy xloridi yoki Ringer yoxud 5% li natriy bikarbonati eritmasida eritiladi va 20-40 minut davomida (yuborish tezligi minutiga 60-80 tomchi) yuboriladi.

Eritish mobaynida flakonlar kukun butunlay eriguncha yaxshilab silkitiladi.

Kattalar: bir martalik o‘rtacha doza – 0,25-1 g; bir martalik eng yuqori doza – 1 g; sutkalik o‘rtacha doza – 1-4 g; sutkalik eng yuqori doza – 6 g ni tashkil etadi; yuborishlar soni – sutkada 2-4 marta; davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil qiladi.

Bolalar: bir martalik o‘rtacha doza – 5-10 mg/kg; bir martalik eng yuqori doza – 10-20 mg/kg; sutkalik o‘rtacha doza – 20-50 mg/kg; sutkalik eng yuqori doza – 100 mg/kg/sut; yuborishlar soni – 2 sutkasiga 2-4 marta; davolash davomiyligi 5-10 kunni tashkil qiladi.

Operasiyalaridan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun – operasiyadan 30-60 minut oldin 1 g, operasiya vaqtida 0,5-1 g hamda operasiyadan so‘ng har 6-8 soatda 0,5-1 g dan; og‘ir infeksiyalarda – 0,5-1 g dan har 6-8 soatda; grammusbat mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarda – (kattalar uchun 1 martalik dozasi) 0,25-0,5 g dan har 8 soatda; grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan kasalliklarda – 0,5-1,0 g dan har 6-8 soatda; pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan nafas yo‘llarining o‘rtacha og‘irlikdagi infeksiyalarida va siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – 0,5-1,0 g dan har 12 soatda; og‘ir infeksiyalarda (sepsis, endokardit, peritonit, destruktiv pnevmoniya, o‘tkir gematogen osteomielit, asoratli urologik infeksiyalarda) 1-4 g dan har 6-8 soatda (eng yuqori sutkalik dozasi 6 g) yuboriladi.

Bolalar:

Vazni

(kg)

Interval (soat) Doza

(bir martalik)

(mg)

Suyultirish uchun zarur hajm

(ml)

4,5 Har 8 40 0,35
4,5 (zarurat bo‘lganida) Har 6 30 0,25
9 Har 8 75 0,6
9 (zarurat bo‘lganida) Har 6 55 0,45
13,5 Har 8 115 0,9
13,5 (zarurat bo‘lganida) Har 6 85 0,7
22,5 Har 8 190 1,5
22,5 (zarurat bo‘lganida) Har 6 140 1,1

 

 

 

 

Buyrak kasalliklarida:

Buyrakning chiqarish faoliyatini buzilishida dozalash tartibi kreatinin klirensini (KK) hisobga olgan holda belgilanadi. Preparatning dozasi oshirilib, yuborishlar orasidagi interval uzaytiriladi.

Kattalar:

Kreatinin klirensi (KK) (ml/daq) Zardobdagi kreatinin (mg%) Sefazolin dozasi (g) Vaqt oralig‘i (soat) Yarim chiqarilish davri (T1/2)

(soat)

 

 

70-40

 

 

20-34

0,25-0,5 (engil yoki o‘rtacha darajadagi infeksiyada)

0,5-1,25 (og‘ir darajadagi infeksiyada)

 

 

har 12

 

 

3-5

 

 

40-20

 

 

35-49

0,125-0,25 (engil yoki o‘rtacha darajadagi infeksiyada)

0,25-0,6 (og‘ir darajadagi infeksiyada)

 

 

har 12

 

 

6-12

 

 

20-5

 

 

50-75

0,075-0,015 (engil yoki o‘rtacha darajadagi infeksiyada)

0,15-0,4 (og‘ir darajadagi infeksiyada)

 

 

har 24

 

 

15-30

 

 

5

 

 

75

0,0375-0,075 (engil yoki o‘rtacha darajadagi infeksiyada)

0,075-0,2 (og‘ir darajadagi infeksiyada)

 

 

har 24

 

 

30-40

Izoh: Barcha tavsiya qilingan dozalar 500 mg boshlang‘ich zarbdor doza yuborilganidan so‘ng beriladi.

Bolalar:

Kreatinin klirensi (KK) (ml/daq) Zardobdagi kreatinin (mg%) Sefazolin dozasi (g) Vaqt oralig‘i (soat)
70-40 20-34 o‘rtacha sutkalik dozaning 60% i har 12
40-20 35-49 o‘rtacha sutkalik dozaning 25% i har 12
20-5 50-75 o‘rtacha sutkalik dozaning 10 % i har 24
5 75 o‘rtacha sutkalik dozaning 60% i har 24

Izoh: Barcha tavsiya qilingan dozalar 5-10 mg/kg boshlang‘ich doza yuborilganidan so‘ng beriladi. Davolashning boshida gemodializ o‘tkazilayotgan bolalarga preparat tana vazniga 7 mg/kg dozada beriladi. Dializ vaqtida sefazolinning qondagi konsentrasiyasi 35-65% ga kamayishi hisobiga, preparat 3-4 mg/kg xisobidagi dozada yuboriladi (dializ muolajalari orasidagi interval 72 soat).

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (terida toshma, qichishish, isitma), eshakemi, kam hollarda – angionevrotik shish (Kvinke shishi), ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan xavfli eksudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.

Nafas olish tizimi tomonidan: yo‘tal, rinit, bronxospazm, ko‘krakda og‘riq, plevra bo‘shlig‘iga suyuqlik to‘planishi.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tirishishlar, bosh aylanishi, umumiy lohaslik, charchoq, dahshatli tush ko‘rishlar, asabiylashish yoki bezovtalik, uyqusizlik, uyquchanlik, xolsizlik, qizish hissi, rang ajratishni o‘zgarishi, ongni chalkashishi, ensefalopatiya, tutqanoqsimon xurujlar (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda), aseptik meningit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani yo‘qolishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, diareya/qabziyat, qusish, (bunday belgilar asosan kamdan kam hollarda namoyon bo‘lib, davolash davrida yoki undan keyin yo‘qoladi), abdominal og‘riqlar, soxta membranoz kolit, kam hollarda – xolestatik sariqlik, gepatit, uzoq muddatli davolanishda – disbakterioz, kandidozli stomatit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarni katta dozalar bilan davolash mobaynida, buyrak faoliyatini buzilishlari kuzatilishi mumkin (bunday xolatlarda doza kamaytiriladi), kandidoz, vaginit.

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: gemolitik anemiya, aplastik anemiya.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, trombositopeniya, trombositoz, eozinofiliya, leykositoz, granulositoz, agranulositoz, granulositopeniya, monositoz, limfositopeniya, bazofiliya, protrombin vaqtini oshishi, Kumbsning musbat reaksiyasi, IF, LDG va jigar transaminazalari (ALT, AST) faolligini tranzitor oshishi, giperkreatininemiya, kam hollarda – gemoglobin va/yoki gematokritni pasayishi, pansitopeniya.

Mahalliy reaksiyalar: yuborilgan joyda og‘riq va achishish, giperemiya, flebit.

Boshqalar: umumiy holsizlik, kuchli toliqish, periferik shishlar, qizib ketish hissi, uzoq vaqt davolanganda – superinfeksiya, gipoglikemiya, giperglikemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga/sefalosporinlarga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;

Ehtiyotkorlik bilan:

  • penisillin qatori antibiotiklariga va karbapenemlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
  • chala tug‘ilgan chaqaloqlar;
  • yangi tug‘ilgan va 1 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar;
  • yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
  • soxta membranoz kolitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa antibiotiklar (ayniqsa aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotiklar) yoki sefazolin bilan nomutanosib preparatlar bilan bitta flakon yoki shprisda aralashtirish mumkin emas.

Halqali diuretiklar, probenesid va naychalar sekresiyasini bloklovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida, sefazolinning buyrak klirensi pasayadi, bu esa sefazolinning qondagi konsentrasiyasini davomli oshishiga olib keladi (bunday majmua tavsiya qilinmaydi).

Benedikt, Feling eritmalari yoki Klinitest tabletkalari yordamida o‘tkaziladigan laborator tahlil natijalarida siydikdagi qand miqdorining soxta musbat natijalari qayd etilishi mumkin. Shu bilan birga sefazolin, fermentli usullar orqali bajariladigan tahlil natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, bevosita va bilvosita Kumbs sinamasining soxta manfiy natijalari qayd qilinishi mumkin, masalan onalari sefazolin bilan davolangan chaqaloqlarda qayd etilishi mumkin.

Preparat antikoagulyantlar, kuchli diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Aminoglikozidlar, vankomisin, rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda bakteriyalarga qarshi ta‘sirining sinergizmi kuzatiladi.

Aminoglikozidlar buyrakni shikastlanish havfini kuchaytiradi va sefazolin bilan farmasevtik nomutanosibdir (o‘zaro faolsizlanish yuz beradi).

Sefazolin etanol bilan bir vaqtda qo‘llanilganida disulfiramsimon reaksiyalar chaqirishi mumkin.

V/i (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladigan eritmani tayyorlash uchun lidokain ishlatilmasin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sefazolinni boshqa antibiotiklar bilan bir shprisda yoki eritmada aralashtirish mumkin emas.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda nefrotoksiklik ko‘rinishlari kuzatilishi (siydikda azot va qonda kreatinin miqdorini oshishi) mumkin. Bunday xollarda preparatning dozasi buyrak faoliyatini buzilish darajasiga qarab kamaytiriladi va davolash ushbu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga qarab olib boriladi (xaftasiga bir martadan kam bo‘lmagan holda). Shuningdek gemodializdagi bemorlarda ham preparatning qondagi miqdori muntazam ravishda aniqlab turiladi.

Soxta membranoz kolitga xos bo‘lgan og‘ir diareya paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va tegishli davolashni buyurish kerak.

Davolash davomida pasientlar spirtli ichimliklarni iste‘mol qilishdan voz kechishlari lozim.

Preparat uzoq vaqt qo‘llanilganida qon va buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, shuningdek disbakteriozni oldini olishni amalga oshirish lozim. Preparatni uzoq muddat davomida qo‘llanganda xam mikroorganizmlarning rezistentligi rivojlanishi mumkin.

Preparat jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida, kolitda, qon ivishi pasayganida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyalari, teri toshmasi, dori isitmasi paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni darhol to‘htatish lozim. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun adrenalin, antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlarni qo‘llash mumkin.

Sefazolin bilan davolash mobaynida musbat (bevosita va bilvosita) Kumbs sinamasi hamda siydikdagi glyukozaning soxta musbat reaksiyasi olinishi mumkin.

Gemodializ vaqtida me‘yorda chiqariladi.

Muzlatgichda (5°C li) saqlangan eritma eritilgandan so‘ng 10 kun davomida, yoki hona xaroratida saqlansa 48 soat davomida yaroqli hisoblanadi.

Eritmaning pH qiymati 8,5 dan yuqori bo‘lganida natriy tuzi gidrolizga uchraydi, agar pH  4,5 dan kam bo‘lsa cho‘kma hosil qiladi (erimaydigan sefazolin).

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Preparat xomiladorlik davrida, uning ona sog‘ligi uchun bo‘lgan foydasi, homila uchun bo‘lgan xavfidan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi.

Laktasiya davrida emizishni to‘xtatib turish tavsiya qilinadi (garchi sefazolin ko‘krak sutiga o‘tmasligi haqidagi ma‘lumotlar bo‘lsa ham).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozaning oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishi, bosh aylanishi, paresteziyalar va bosh og‘rig‘i. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda neytrotoksik holatlar yuz berishi mumkin. Bunday holatlarda yuqori tirishishga tayyorlik, umumiy klonikotonik tirishishlar, qusish va taxikardiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: simtomatik davolash. Tirishish xurujlari paydo bo‘lganida tirishishga qarshi davolash amalga oshiriladi. Doza haddan tashqari oshirib yuborilganda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, gemodializ va gemosorbsiya qo‘llaniladi. Bunday hollarda peritonial dializ samarasizdir.

Chiqarilish shakli

Flakonlar, konturli uyali o‘ramlarda 0,5 yoki 1 g dan. 1 ta konturli uyali o‘ramlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INTRALIN poroshok 0,5g N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INTRALIN poroshok 0,5g N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INTRALIN poroshok 0,5g N5 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INTRALIN poroshok 0,5g N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INTRALIN poroshok 0,5g N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
INTRALIN poroshok 1,0g N10
INTRALIN poroshok 1,0g N5
INTRALIN poroshok 0,5g N10
INTRALIN poroshok 0,5g N1
SEFAZOLINA NATRIEVAYA SOL poroshok 1,0g
SEFAZOLIN poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
SEFAZOLIN SANITA PHARMA poroshok 1,0g N1
SEFAZOLIN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Промомед Рус,ООО произведено Биохимик, ПАО
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nanjing Beinuo Pharmaceutical Co. Ltd, Китай произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co., Ltd
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEZOLIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Concept Pharmaceutical Limited, Индия произведено: Lupin Ltd
INTRALIN poroshok 1,0g N1
SEFAZOLIN poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Красфарма, ПАО
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
SEFAZOLIN NATRIYA 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: CHINA MEHECO Corporation, Китай произведено: Hainan General Sanyang Pharmaceutical Co., Ltd
SEFAZOLIN AKOS poroshok 0,5g
  • Faol modda: Цефазолин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Акционерное Курганское общество медицинских препаратов и изделий «Синтез», Россия.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9