×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Ремдесивир
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
50 000 s`om dan
NOVAREST tabletkalari N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
141 100 s`om dan
AKVALOR GORLO sprey 125ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
ELEVIT KORMLENIE kapsulalar 1259,5mg N30 Bayer Consumer Care AG Germaniya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Liofilizatli bir flakon saqlaydi:
Remdesivir... 100 mg
(Innovator spetsifikatsiyasiga muvofiq.)
IVIREM (Remdesivir) infuziya uchun liofilizatsiyalangan kukun 100 mg shisha flakonda, in'ektsiyalar uchun steril suv solingan 10 ml lik ikkita ampula bilan birga.
Remdesivir – adenozinnukleotid olddori bo'lib, hujayralar bo'ylab taqsimlanadi, u yerda keyin metabollanib, Remdesivirning farmakologik faol uchfosfatini hosil qiladi. Remdesivir uchfosfati adenozintrifosfat (ATF) analogi kabi ta'sir qilib, RNK-bog'liq RNK-polimeraza ko'rinishida SARS-CoV-2 ning tug'ilayotgan RNK-zanjirlariga birikish uchun tabiiy ATF-substrat bilan raqobat qiladi, bu esa virus RNK si replikatsiyasi vaqtida zanjir terminatsiyasi to'xtashiga olib keladi. Remdesivir uchfosfati sut emizuvchilarning DNK va RNK-polimerazalarining sust ingibitori bo'lib, mitoxondrial zaharlilikning past salohiyatiga ega.
Remdesivirning farmakokinetikasi (FK) 1-fazaning bir nechta sinovi vaqtida kattalarda baholandi. Remdesivir eritmasi 3 dan 225 mg gacha bo'lgan dozalarda bir marta, 2 soat venaga yuborilgandan so'ng, Remdesivir FK ning chiziqli profilini ko'rsatdi. Remdesivir 75 va 150 mg dozalarda liofilizat va eritma ko'rinishida bir marta, 2 soat venaga yuborilgandan so'ng, ikkala doza FK ning solishtirma parametrlari (AUCinf, AUClast va Cmax) ni ta'minlab, tarkibning o'xshash xususiyatlariga ishora qildi.

AHOLINING XOS GURUHLARI: Jins, irq va yosh bo'yicha farmakokinetik tafovutlar baholanmadi.
Pediatrik bemorlarda Remdesivir farmakokinetikasi baholanmadi/aniqlanmadi.
Buyrak yetishmovchiligi: SBECD yordamchi moddasi buyraklar tomonidan chiqarilishi va buyraklar faoliyati pasaygan bemorlarda to'planib qolishi sababli, kutilayotgan foyda kutilayotgan xavfdan yuqori bo'lmagan vaziyatda, eGFR ko'rsatkichi minutiga 30 ml dan kam bo'lgan kattalarga va pediatrik bemorlarga (> 28 kun) yoki zardob kreatinini klirensi > 1 mg / dl bo'lgan oy-kuni yetib tug'ilgan chaqaloqlarga (> 7 kun va <28 kun) SBECD saqlaydigan preparatlarni (Remdesivir kabilarni) yuborish tavsiya etilmaydi.

QO'LLASh UChUN KO'RSATMALAR:
Og'ir kasallik bilan shifoxonaga yotqizilgan kattalar va bolalarda gumon qilingan yoki laboratoriyada tasdiqlangan Koronavirus 2019 (COVID-19) kasalligini davolash uchun (EUA) IVIREM (Remdesivir) ni shoshilinch qo'llashga ruxsat berilgan. Bemorlarda xona havosidagi kislorodga to'yinganlik (SpO2) < 94% bo'lganda, yoki qo'shimcha kislorodga, yoki sun'iy shamollatishga, yoki ekstrakorporal membrana oksigenatsiyasiga (ECMO) ehtiyoj tug'ilgan vaziyatlarda, kasallik og'irligi aniqlanadi. Xususan, IVIREM (Remdesivir) ni faqat kasalxonaga yotqizilgan, venaga yuboriladigan agentning qo'llanishi klinik mos, deb topilgan kattalar va pediatrik bemorlarda qo'llashga ruxsat berilgan.
Remdesivirga oid klinik ma'lumotlar cheklangan. Remdesivirni qo'llash chog'ida ilgari xabar berilmagan jiddiy va kutilmagan nojo'ya ta'sirlar yuz berishi mumkin. Infuziya bilan bog'liq reaktsiyalar Remdesivir yuborilgan vaqtda va/yoki shu vaqt bilan bog'liqlikda kuzatilgan. Belgilar va simptomlar gipotoniya, ko'ngil aynishi, qusish, diaforez va titroqdan iborat bo'lishi mumkin. Klinik ahamiyatli infuzion reaktsiya belgilari va simptomlari paydo bo'lgan taqdirda, Remdesivir yuborishni zudlik bilan to'xtatish va tegishli davolashni boshlash lozim. Remdesivirga ma'lum o'ta sezgirlikka ega bo'lgan bemorlarda qo'llanmasin. Sog'lom kattalar bilan o'tkazilgan klinik sinovlarda Remdesivir bilan bog'liq nojo'ya reaktsiya jigar transminazalari ortishida namoyon bo'ldi. Preparat bilan bog'liq qo'shimcha nojo'ya reaktsiyalar, ulardan ba'zilari esa jiddiy bo'lishi ehtimoli bor, yanada keng qo'llanganda yaqqol ko'rinishi mumkin.
emdesivir va boshqa yondosh dorilarning o'zaro ta'siri bo'yicha sinovlar odamlarda o'tkazilmagan.
30°C dan past haroratda saqlansin. Issiqlik, yorug'lik va namlikdan himoyalansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

UMUMIY AXBOROT: • Maqbul dozalari va davolash davomiyligi noma'lum. Klinik sinovlar ma'lumotlari paydo bo'lishiga qarab, taklif etilgan doza va davomiylik yangilanishi mumkin.

• Remdesivir yuborilishidan oldin, kattalar va bolalarda (> 28 kun) eGFR, oy-kuni yetib tug'ilgan chaqaloqlarda esa (> 7 kun va < 28 kun) zardob kreatinini aniqlanishi lozim.

• Remdesivirni buyurishdan oldin va Remdesivir olinganda har kuni, barcha bemorlar jigarini laboratoriya tekshiruvidan o'tkazib turish lozim.

• Remdesivirni faqat venaga yuborish kerak.

Mushakka yuborilmasin.


TAYYoRLASh USULI:

• Har bir flakonni aseptik ravishda Remdesivir liofilizatsiyalangan kukuni bilan aralashtirib, bunda mos o'lchamli shprits va ignadan foydalaniladi hamda in'ektsiyalar uchun 19 ml steril suv qo'shiladi.

• Agar vakuum in'ektsiyalar uchun steril suvni flakonga so'rib ololmasa, flakonni tashlab yuboring.

• Mikroblar bilan bexos zararlab qo'ymaslik uchun, aralashtirish paytida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Flakon darhol 30 sekund davomida silkitilsin. Flakon ichidagi dori 2-3 minut tindirilsin.

• Eritma shaffof bo'lishi kerak. Agar flakon ichidagi dori to'liq erimagan bo'lsa, flakon yana 30 sekund davomida silkitilsin va ichidagi dori 2-3 minut davomida tindirilsin.

• Bu harakat flakon ichidagi dori to'liq erib ketguncha takrorlansin. Erigandan so'ng har bir flakon 100 mg/20 ml (5 mg/ml) miqdorda Remdesivir eritmasini saqlaydi.

Parenteral dori vositalarini yuborishdan oldin, agar eritma va konteyner imkon bersa, ularga ko'z bilan qarab, qattiq zarralar bor-yo'qligi va rang o'zgarishlarini tekshirish kerak. Flakon tiqini nuqsonlarga ega emasligiga va eritmada qattiq zarralar yo'qligiga ishonch hosil qilish uchun, flakonni tekshiring.

• Eritilgandan keyin, yuborishgacha bo'lgan umumiy saqlash vaqti xona haroratida 4 soatdan yoki muzlatgichda 2 ° C dan 8 ° C gacha (36°F to 46°F) haroratda 24 soatdan oshmasligi kerak.


ARALAShTIRISh: Mos o'lchamli shprits va ignadan foydalanib, quyiroqdagi jadvalga muvofiq flakondan fiziologik eritmaning kerakli miqdorini tortib oling. Flakondan tortib olingan fiziologik eritmani tashlab yuboring.

Endi quyiroqda keltirilgan jadvalga muvofiq va mos o'lchamli shpritsdan foydalanib, in'ektsiya uchun aralashtirilgan Remdesivirning kerakli miqdorini infuziya uchun tanlangan flakonga o'tkazing.

Flakonda qolgan Remdesivirning istalgan ishlatilmaydigan qismini tashlab yuboring.

Flakondagi eritmani aralashtirish uchun, flakonni avaylab 20 marta to'ntaring. Silkitmang. Hosil bo'lgan aralashtirilgan eritma xona haroratida (20 °C dan 25 °C gacha [68°F dan 77°F gacha]) 4 soat yoki muzlatgichda 2 ° C dan 8 ° C gacha (36°F dan 46°F gacha) haroratda 24 soat davomida barqaror saqlanadi.


Ремдесивир

дозаланиши

Ишлатиладиган физиологик эритма ҳажми

0.9 % физиологик эритмали флакондан чиқариб олиб, ташлаб юбориладиган эритманинг ҳажми

Инъекциялар учун аралаштирилган Ремдесивирнинг керакли миқдори


200мг

(2 флакон)

250мл

40мл

2 x 20мл

100мл

40мл

2 x 20мл

100мг

(1 флакон)

250мл

20мл

20мл

100мл

20мл

20мл

QO'LLANILIShI: Aralashtirilgan eritmani quyidagi jadvalda ko'rsatilgan infuziya tezligida yuboring. Infuziyani yakunlagach, 0,9% li fiziologik eritmaning kamida 30 ml miqdorini yuvib yuboring.


Флакон ҳажми

Инфузия вақти

Инфузия тезлиги

250мл

30 минут

8.33 мл/мин

60 минут

4.17 мл/мин

120 минут

2.08 мл/мин

100мл

30 минут

3.33 мл/мин

60 минут

1.67 мл/мин

120 минут

0.83 мл/мин


Kattalar uchun: • O'pkani invaziv sun'iy shamollatishga va/yoki YeSMO ga ehtiyoj sezgan kattalar uchun tavsiya etilgan doza – kuniga Remdesivirning 200 mg miqdoridagi bir martalik yuklama dozasidan iborat bo'lib, keyin 9 kun davomida Remdesivirning 100 mg miqdoridagi bir martalik kunlik tutib turuvchi dozasi qo'llanadi.

• O'pkani invaziv sun'iy shamollatishga va/yoki YeSMO ga ehtiyoj sezmagan kattalar uchun tavsiya etilgan doza – kuniga Remdesivirning 200 mg miqdoridagi bir martalik dozasidan iborat bo'lib, keyin 4 kun davomida Remdesivirning 100 mg miqdoridagi bir martalik kunlik tutib turuvchi dozasi qo'llanadi. Agar bemorda klinik yaxshilanish kuzatilmasa, davolanish qo'shimcha 5 kunga uzaytirilishi mumkin (ya'ni jami 10 kungacha).

• Remdesivirni 0,9% li fiziologik eritmaning 250 ml gacha bo'lgan umumiy hajmida 30-120 minut davomida venaga quyish kerak.


Bolalar uchun:

• O'pkani invaziv sun'iy shamollatish va/yoki YeSMO talab qilingan, tana vazni > 40 kg bo'lgan bolalar uchun, 1-kuni kattalar uchun dozalash rejimi kiritilib, Remdesivirning 200 mg miqdoridagi bitta yuklama dozasi venaga yuboriladi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha), keyin esa 9 kun davomida kuniga bir marta 100 mg Remdesivirni venaga yuborish qo'llanadi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha).

• O'pkani invaziv sun'iy shamollatish va/yoki YeSMO talab qilinmagan, tana vazni > 40 kg bo'lgan bolalar uchun, 1-kuni kattalar uchun dozalash rejimi kiritilib, Remdesivirning 200 mg miqdoridagi bitta yuklama dozasi venaga yuboriladi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha), keyin esa 4 kun davomida (2-kundan 5-kungacha) kuniga bir marta 100 mg Remdesivirni venaga yuborish qo'llanadi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha). Agar bemorda klinik yaxshilanish kuzatilmasa, davolanish qo'shimcha 5 kunga uzaytirilishi mumkin (ya'ni jami 10 kungacha).


Tana vazni 3,5 kg dan < 40 kg gacha bo'lgan bolalar uchun faqat in'ektsiyalar uchun Remdesivirni, 100 mg, liofilizatsiyalangan kukunni qo'llang. Tana vazni asosida quyidagi dozalash rejimi kiritiladi: 1-kuni 5 mg/kg Remdesivirning bitta yuklama dozasi venaga yuboriladi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha), keyin esa 9 kun davomida (o'pkani invaziv sun'iy shamollatishga va/yoki EKMO ga ehtiyoj sezgan pediatrik bemorlar uchun 2 dan 10 kungacha) yoki 4 kun davomida (o'pkani invaziv sun'iy shamollatishga va/yoki EKMO ga ehtiyoj sezmagan pediatrik bemorlar uchun 2 dan 5 kungacha) kuniga bir marta 2,5 mg/kg Remdesivir venaga yuboriladi (quyish vaqti 30 dan 120 minutgacha). Agar bemorda klinik yaxshilanish kuzatilmasa, davolanish qo'shimcha 5 kunga uzaytirilishi mumkin (ya'ni jami 10 kungacha). Pediatrik bemorlarda (> 28 kun) eGFR, oy-kuni yetib tug'ilgan chaqaloqlarda esa (> 7 kundan < 28 kungacha) zardob kreatinini aniqlanishi lozim.


QARShI KO'RSATMALAR: Remdesivirning istalgan ingrediyentiga ma'lum yuqori sezgirlikka ega bo'lgan bemorlarda qo'llanmasin. O'tkir COVID-19 infektsiyasi bo'lgan bemorlarda foyda va xavfning nisbatini hisobga olib, hozirgi vaqtda dozani modifikatsiyalash tavsiya etilmaydi. Remdesivirni jigarning og'ir buzilishlari va poliorgan yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas. O'tkir COVID-19 infektsiyasi bo'lgan bemorlarda foyda va xavfning nisbatini hisobga olib, hozirgi vaqtda yengil va mo''tadil buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda dozani o'zgartirish tavsiya etilmaydi. Remdesivirni og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Odamlarda Remdesivir dozasini o'tkir oshirib yuborish tajribasi yo'q. Remdesivir dozasini oshirib yuborishni davolash umumiy yordamchi chora-tadbirlardan, shu jumladan, hayot alomatlari monitoringi va bemorning klinik maqomini kuzatishdan iborat bo'lishi kerak. Remdesivir dozasini oshirib yuborishga qarshi aniq ziddi zahar mavjud emas.
Homiladorlik: kutilayotgan foyda ona va homila uchun kutilayotgan xavfni oqlagan vaziyatdagina, homiladorlik davrida Remdesivirni qo'llash lozim.
Emizish davri: Remdesivirning ona sutida mavjudligi yoki uning emizishga ta'siriga oid ma'lumot yo'q.
Fertillik: Remdesivir bilan fertillikning klinik tadqiqotlari o'tkazilmagan.
Remdesivir bilan davolashni boshlashdan oldin va Remdesivir olinganda har kuni barcha bemorlar jigarini laboratoriya tekshiruvidan o'tkazib turish lozim. Remdesivirga oid klinik ma'lumotlar cheklangan. Remdesivirni qo'llash chog'ida ilgari xabar berilmagan jiddiy va kutilmagan nojo'ya ta'sirlar yuz berishi mumkin. Nojo'ya ta'sirlarning ba'zilari yuqorida bayon etildi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IVIREM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 100mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
REMDESIVIR BDREM 100 poroshok dlya ineksiy 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ремдесивир ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BDR Pharmaceuticals International Pvt. Ltd
REMDESSA eritma 100mg N1
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 300 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9