×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Ипратропия бромид, Ипратропия бромид моногидрат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R03BB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BEKLOMETAZON aerozol 100mkg Биннофарм, АО Rossiya
49 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Eastmount Invest L.P., Великобритания произведено: Heilongjiang Province Fulekang Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
20 000 s`om dan
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz Биннофарм, АО Rossiya
20 000 s`om dan
PEFSAL aerozol 50mkg 25/50 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Faol modda:

Ipratropiy bromid monogidrati                                                      - 261 mkg

Ipratropiy bromidiga qayta hisoblanganda                                    - 250 mkg

Yordamchi moddalar:natriy xloridi, kislota, in’eksiya uchun suv                     -1 ml gacha

Chiqarilish shakli

2 ml dan polietilen yoki polipropilenli ampulalarda(nebulalarda) ingalyatsiya uchun eritma №10, №20, №30, №40, №50.
2 ml dan polietilen yoki polipropilenli ampulalarda(nebulalarda) ingalyatsiya uchun eritma.

     

Faol modda: Ipratropiy bromid monogidrati - 261 mkg Ipratropiy bromidiga qayta hisoblanganda - 250 mkg Yordamchi moddalar:natriy xloridi, kislota, in’eksiya uchun suv -1 ml gacha
Bronxlarni kengaytiruvchi vosita. Traxeobronxial daraxt silliq mushagi m-xolinoretseptorlarini bloklaydi va reflektor bronxokonstriksiyani bartaraf etadi. Atsetilxolin molekulasi bilan o‘xshash tuzilishga ega bo‘lib, uning raqobatli antagonisti hisoblanadi. Antixolinergik vositalar kalsiy ionlarining hujayra ichidagi konsentratsiyalari oshishini oldini oladi, bu atsetilxolinning bronxlar silliq mushaklarida joylashgan muskarin retseptorlari bilan o‘zaro ta’siri oqibatida yuz beradi. Kalsiy ionlarining ajralishi ikkilamchi vositachilar (mediatorlar) yordamida yuz beradi, ular qatoriga ITF (inozitol trifosfat) va DAG (diatsilglitserol) kiradi. Tamaki tutunidan, sovuq havodan nafas olish, turli bronxlarni toraytiruvchi moddalar ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan bronxlar torayishini samarali oldini oladi, shuningdek adashgan nervning ta’siri bilan bog‘liq bronxlar spazmini bartaraf qiladi. Iptropiy bromidini ingalyatsion qo‘llanilganida deyarli rezorbtiv ta’sir ko‘rsatmaydi. Iptropiy bromidini ingalyatsiyasidan so‘ng paydo bo‘ladigan bronxodilatatsiya, uning tizimli ta’sir qilishi natijasi emas, balki, asosan, preparatning o‘pkalarga mahalliy va spetsifik ta’siri oqibati hisoblanadi. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, surunkali bronxit va o‘pka emfizemasi bilan bog‘liq bronxospazmi bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkazilgan nazoratli 85-90 kunlik tadqiqotlarda o‘pka funksiyalarining sezilarli yaxshilanishi 15 daqiqa davomida kuzatilgan, 1-2 soatdan keyin maksimumga yetgan va 4-6 soatgacha saqlanib qolgan.
So‘rilishi Ipratropiy bromidining davolovchi samarasi uning nafas yo‘llariga mahalliy ta’siri natijasidan iborat. Bronxodilatatsiya rivojlanishi farmakokinetik ko‘rsatkichlarga parallel emas. Ingalyatsiyadan so‘ng o‘pkaga, odatda, yuboriladigan preparat dozasining 10-30 foizi tushadi (dori shakli va ingalyatsiya usuliga qarab). Dozaning katta qismi yutib yuboriladi va me’da-ichak yo‘llariga tushadi. Preparat dozasining o‘pkaga tushadigan qismi tizimli qon oqimiga tez yetadi (bir necha daqiqa ichida). Iptropiy bromidning yutilgan qismining ta’siri tizimli ta’sirga ko‘p emas. Taqsimlanishi Iptropiy bromidining taqsimlanishini ta’riflovchi kinetik ko‘rsatkichlar, vena ichiga yuborgandan keyin uning plazmadagi konsentratsiyasiga asosan hisoblangan. Plazmada konsentratsiyaning tez ikki fazali pasayishi kuzatilmoqda. Muvozanat konsetratsiyasi(Vdss) holati vaqtidagi taxmin qilingan taqsimlanish hajmi tahminan 176 l (~2,4 l/kg). Preparat plazma oqsillari bilan minimal darajada bog‘lanadi( 20 % dan kam). Iptropiy bromidi ammoniyning to‘rtlamchi birikmasi hisoblanib, yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqdan o‘tmaydi. Biotransformatsiyasi Umumiy qon oqimiga tushgan kichik qism asosan jigarda oksidlanish yo‘li bilan almashinadi. Gidrolizlanish, degidratatsiya va trop kislotasidan gidroksimetil guruhini ajralish yo‘li bilan hosil bo‘lgan va siydik bilan ajraluvchi ma’lum metabolitlar muskarin retseptorlari bilan kuchsiz bog‘lanadi va nofaol hisoblanadi. Chiqarilishi Terminal faza vaqtida yarim chiqarilish davri taxminan 1,6 soatni tashkil etadi. Ipratropiy bromidining umumiy klirensi 2,3 l/daqiqa, buyrak klirensi esa – 0,9 l/daqiqani tashkil etadi. Izotop bilan belgilangan dozaning (shu jumladan, dastlabki birikma va barcha metabolitlarning) umumiy buyrak ekskretsiyasi (6 kun davomida) vena ichiga yuborilganidan so‘ng 72,1%, ichga qabul qilinganidan so‘ng – 9,3%, ingalyatsion qo‘llanilganidan keyin esa – 3,2% ni tashkil etgan. Umumiy izotop bilan belgilangan, ichaklar orqali chiqarilgan doza vena ichiga yuborilganidan so‘ng 6,3%, ichga qabul qilinganidan so‘ng – 88,5%, ingalyatsion qo‘llanilganidan keyin esa – 69,4% ni tashkil etgan. Shunday qilib, izotop bilan belgilangan dozaning ekskretsiyasi vena ichiga yuborilganidan so‘ng, asosan, buyrak orqali amalga oshiriladi. Dastlabki birikma va metabolitlarning yarim chiqarilish davri 3,6 soatni tashkil etadi
Izivent har qanday ingalyatsion davo kabi mahalliy ta’sirlarni chaqirishi mumkin. Qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarning ko‘pi ipratropiy bromidining antixolinergik xususiyatlari oqibati bo‘lishi mumkin.Klinik tadqiqotlarda ma’lum qilingan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sirlar bosh og‘rishi, tomoq qichishishi, yo‘tal, og‘iz qurishi, me’da-ichak yo‘llari motorikasi buzilishi (shu jumladan, ich qotishi, diareya va qayt qilish), ko‘ngil aynishi va bosh aylanishidir. Nafas a’zolari tomonidan buzilishlar: laringospazm, yo‘tal, paradoksal bronxospazm; Yurak tomonidan buzilishlar:yurak urishi xissi, yurak qisqarishlar sonini ortishi; Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: og‘iz qurishi, me’da-ichak yo‘llari motorikasi buzilishi(ich qotishi, ko‘ngil aynishi, diareya,qayt qilish); Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar: ingalyatsiya qilinayotgan iptropiy bromidi ko‘zga tushganda(cheklangan yoki beta 2-adrenoretseptorlar antoganisti bilan majmuaviy qo‘llanganda)kuzatilishi mumkin: ko‘z oldi xiralashishi, midriaz,ko‘z ichki bosiminioshishi, glaukoma, ko‘zlardagi og‘riq, predmetlar atrofida oreol paydo bo‘lishi, kon’yunktiva giperemiyasi, shox parda shishi, akkomodatsiyani buzilishi; Buyrak va siyish chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:siydik tutilishi(siydik chiqarish yo‘llarini obstruktiv zararlanishi bo‘lgan bemorlarda siydik tutilishi rivojlanish xavfi ortishi mumkin). Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, og‘iz-yutqun shishi, anaflaksiya bo‘lishi mumkin.
Shifokor retsepti bo‘yicha.
O‘ta yuqori sezuvchanlik:Izivent preparati qo‘llanilganidan so‘ng tez o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin, toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish, og‘iz-tomoq shishi, bronxospazm va anafilaksiyalarning kam holatlari bundan dalolat beradi. Paradoksal bronxospazm:boshqa ingalyatsion dori preparatlari kabi Izivent ham hayot uchun xavfli bo‘lgan paradoksal bronxospazmni chaqirish qobiliyatiga ega. Paradoksal bronxospazm paydo bo‘lgan holatda Izivent preparatining qo‘llanilishi darhol to‘xtatilishi va muqobil terapiya buyurilishi kerak. Ko‘z tomonidan asoratlar:Izivent preparati o‘tkir burchakli glaukoma rivojlanishiga moyil patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Ingalyatsiya qilinayotgan (izolyatsiyalangan yoki beta2-adrenoretseptorlar agonisti bilan kombinatsiyada qo‘llanilgan) Izivent ko‘zga tushgan holatlarda ko‘z tomonidan asoratlar to‘g‘risida (shu jumladan, midriaz rivojlanishi, ko‘z ichki bosimi oshishi, o‘tkir burchakli glaukoma rivojlanishi, ko‘zlardagi og‘riqlar to‘g‘risida) ayrim ma’lumotlar olingan.O‘tkir burchakli glaukoma simptomlari ko‘zlardagi og‘riq yoki noqulaylik, ko‘rish xiralashishi, kon’yunktiva tomirlari in’eksiyasi va shox parda shishi oqibatida ko‘zlar qizarishi bilan birga narsalar atrofida yorug‘lik doirasi va ko‘z oldida rangli dog‘lar paydo bo‘lishidan iborat bo‘lishi mumkin. Agar ushbu simptomlarning istalgan kombinatsiyasi rivojlansa, ko‘z ichki bosimini pasaytiruvchi ko‘z tomizg‘ilari qo‘llanilishi va darhol mutaxassis konsultatsiyasi tavsiya etilgan. Patsiyentlar Izivent preparatining to‘g‘ri qo‘llanilishi to‘g‘risida xabardor qilinishlari kerak. Eritmaning ko‘zga tushishi oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi kerak. Nebulayzer yordamida ishlatiladigan eritma mundshtuk orqali qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Agar mundshtuk bo‘lmasa va nebulayzer niqobidan foydalanilsa, u tegishli ravishda qo‘llanilishi kerak. Glaukoma rivojlanishiga moyil patsiyentlar ko‘zlarni himoyalash kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari kerak. Buyrak va siyish funksiyasiga ta’siri:Izivent preparati siydik chiqarish yo‘llari obstruksiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, prostata bezi giperplaziyasi yoki qovuq bo‘yni obstruksiyasida) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Me’da-ichak yo‘llari motorikasi buzilishlari: mukovissidozi bo‘lgan patsiyentlar me’da-ichak yo‘llari motorikasi buzilishlariga moyil bo‘lishlari mumkin. Bo‘g‘ilish xurujida shoshilinich bartaraf etish kerak bo‘lganda, iptropiy bromid monoterapiyasi tavsiya etilmaydi, chunki uning bronxolitik ta’siri beta-adrenomimetiklarga qaraganda kech rivojlanadi. Patsiyent ingalyatsiya yetarlicha samarali bo‘lmasa yoki sog‘liq yomonlashishi yuz bersa, davolash rejasini o‘zgartirish uchun shifokorga murojaat etish kerakligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak. Nafas siqilishi to‘satdan paydo bo‘lgan va tez rivojlangan holatda ham patsiyent darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Homiladorlik va emizishda qo‘llash Odamda homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Izivent ingalyatsiya uchun eritma preparatini taxmin qilingan yoki aniqlangan homiladorlik vaqtida tavsiya etganda ona uchun preparatni tavsiya etishdan taxmin qilingan foyda va xomila uchun mumkin bo‘lgan xavf munosabatini hisobga olish kerak. Klinikagacha bo‘lgan tekshiruvlarda iptropiy bromidini odamda tavsiya etilgan dozadan sezilarli oshgan dozalarda ingalyatsion qo‘llagandan so‘ng embriotoksik yoki teratogen ta’sirlari aniqlanmagan. Iptropiy bromidi ona sutiga chiqishi aniq emas. Ammo, iptropiy bromidi ayniqsa ingalyatsiya yo‘li bilan qabul qilinganda ma’lum miqdorda bola organizmiga ona suti orqali chiqishi ehtimoli kam. Lekin Izivent preparatini ishlatgan vaqtda ko‘krak suti bilan boquvchi onalar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Atotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Atotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri alohida o‘rganilmagan. Biroq bemorlarga Izivent preparati bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi, akkomadatsiyani buzilishi, midriaz va ko‘zni xiralashuvi kabi nojo‘ya ta’sirlarni sezishlari mumkinligi haqida xabar berish kerak. Shuning uchun atotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
- O‘nkaning surunkali obstruktiv kasalligi (shu jumladan, surunkali obstruktiv bronxit, o‘pka emfizemasi); - bronxial astma (o‘rtacha va yengil og‘irlik darajasidagi), ayniqsa yurak-qon tomir tizimining yondosh kasalliklari bilan; - bronxial bezlarning gipersekretsiyasi, shamollash kasalliklari fonidagi bronxospazm, jarroxlik amaliyotlarida; - bronxoobstruksiyani qaytalanishi uchun sinamalar; - aerozol antibiotiklar, mukolitik dori vositalar, glyukokortikoidlarni yuborishdan oldin nafas yo‘llarini tayyorlash uchun qo‘llaniladi.
• iptropiy bromidi va uning kompanentlariga yuqori sezuvchanlik; • atropin va uning hosilalariga yuqori sezuvchanlik; Ehtiyotkorlik bilan: • yopiq burchakli glaukoma; • siydik chiqarish yo‘llari obstruksiyasi; • prostata bezi giperplaziyasi; • homiladorlik va emizish; • bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Izivent preparati ingalyatsiyasining boshqa antixolinergik preparatlar bilan uzoq vaqt birga qo‘llanilishi o‘rganilmagan. Shu tufayli Izivent preparatining boshqa antixolinergik preparatlar bilan uzoq vaqt birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Izivent, ingalyatsiya uchun eritma ambroksol ingalyatsiya uchun eritmasi, bromgeksin, ingalyatsiya uchun eritmasi va fenoterol, ingalyatsiya uchun eritmasi bilan bir vaqtda kombinirlangan ingalyatsiyalar uchun qo‘llash mumkin. Beta-adrenergik vositalar va ksantin hosilalari Izivent preparatining bronx kengaytiruvchi ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Izivent va beta-adrenomimetiklar nebulayzer yordamida bir vaqtda qo‘llangan holatda anamnezida o‘tkir burchakli glaukoma bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkir glaukoma rivojlanish xavfi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Pretsipitatsiya ehtimoli hisobga olingan holda, Izivent ingalyatsiya uchun eritmasi kromoglitsin kislotasining ingalyatsion eritmasi bilan bir vaqtda buyurilmasligi kerak. Parkinsonga qarshi preparatlar, xinidin, tritsiklik antidepressantlar bilan antixolinergik ta’sir kuchayadi.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Dozalash tartibi individual ravishda tanlanadi. Preparatni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash uchun qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan diqqat bilan tanishib chiqish kerak. Davolash vaqtida patsiyentlar tibbiy hodim nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Shoshilinch terapiya vaqtida ham, ushlab turuvchiterapiya vaqtida ham tavsiya etiladigan sutkalik dozani oshirmaslik kerak. Bemorlar Izivent preparatini qo‘llash qoidalari bilan tanishishlari kerak. Tavsiya etiluvchi davolash tartibi: Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash: Katta yoshdagi (shu jumladan keksa yoshdagi) va 12 yoshdan katta bolalar: bir kunda 3-4 mahal 2,0 ml dan (0,5 mg iptropiy bromidi). Maksimal sutkalik doza – 8,0 ml (2 mg). Bolalarni davolash tibbiy mutaxassis nazorati ostida olib borilishi kerak. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bir kunda 3-4 mahal 1,0 ml dan (0,25 mg iptropiy bromidi). Maksimal sutkalik doza – 4 ml (1 mg). 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: Davolash tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak; bir kunda 3-4 mahal 0,4-1,0 ml dan ( 0,1-0,25 mg iptropiy bromidi). Maksimal sutkalik doza – 4 ml (1 mg). O‘tkir bronxospazmni davolash: Katta yoshdagi (shu jumladan keksa yoshdagi) va 12 yoshdan katta bolalar: 2,0 ml (0,5 mg iptropiy bromidi); patsiyent ahvoli barqarorlashgungacha takroran tavsiya qilish mumkin. Ingalyatsiyalar o‘rtasidagi oraliq vaqt shifokor tomonidan belgilanadi. Izivent ingalyatsion ß2-adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Bolalarni davolash tibbiy mutaxassis nazorati ostida olib borilishi kerak. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1,0 ml (0,25 mg iptropiy bromidi); patsiyent ahvoli barqarorlashgungacha takroran tavsiya qilish mumkin. Ingalyatsiyalar o‘rtasidagi oraliq vaqt shifokor tomonidan belgilanadi. Izivent ingalyatsion ß2-adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilishi mumkin. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 0,4-1,0 ml (0,1-0,25 mg iptropiy bromidi); patsiyent ahvoli barqarorlashgungacha takroran tavsiya qilish mumkin. Ingalyatsiyalar o‘rtasidagi oraliq vaqt shifokor tomonidan belgilanadi. Izivent ingalyatsion ß2-adrenomimetiklar bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Preparatni qo‘llash qoidasi. Preparatning tavsiya etiladigan dozasini 0,9% li natriy xlorid eritmasi bilan 3-4 ml preparat hajmiga yetgungacha aralashtirish, nebulayzerga quyish va ingalyatsiya qilish kerak. Preparatni har safar bevosita qo‘llashdan oldin 0,9% li natriy xlorid eritmasi bilan aralashtirish kerak, ingalyatsiyadan so‘ng qolgan eritma to‘kib tashlanadi. Dozalash ingalyatsiya usuliga va nebulayzer turiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ingalyatsiya davomiyligi eritilgan hajm sarflanishi bo‘yicha nazorat qilinishi mumkin. Eritmani ko‘zga tushishini oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Nebulayzer yordamida qo‘llanilayotgan eritma mundshtuk orqali qo‘llash tavsiya etiladi. Agar mundshtuk bo‘lmasa va nebulayzer niqobi qo‘llanilsa, u kerakli tarzda ishlatilishi kerak. Izivent ingalyatsiya uchun eritmasi sotuvdagi turli xil nebulayzerlardan foydalanilgan holda qo‘llanilishi mumkin. Markazlashtirilgan kislorod tizimidan foydalanilganda eritma bir daqiqada 6-8 litr oqim tezligida qo‘llanilishi afzalroq. Agar davo sezilarli yaxshilanishga olib kelmasa yoki bemor ahvoli yomonlashsa, yangi davo rejasini ishlab chiqish uchun shifokor maslahati kerak. Tasodifiy yoki tez kuchayuvchi xansirash(nafas olishni qiyinlashuvi) holatida darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Spetsifik dozani oshirib yuborish simptomlari aniqlanmagan. Izivent qo‘llanilishining terapevtik ta’siri va mahalliy usuli kengligini hisobga olgan holda, biron-bir jiddiy antixolinergik simptomlar paydo bo‘lish ehtimoli kam. Og‘iz qurishi, ko‘rish qobiliyati buzilishi, yurak qisqarishlar soninig oshishi kabi ahamiyatsiz tizimli antixolinergik ta’sirlar namoyon bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IZIVENT eritma 2 ml 0,25 mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
IZIVENT DUO eritma 2,5 ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9