×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Kation infuziya uchun eritma 100 ml

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
L-лизина эсцинат
Farmakologik guruhlari:
- Angioprotektor. Kapillyarlarni barqarorlovchi vosita
Ishlab chiqaruvchi:
- TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
Vakil:
- Dream Pharma MChJ
ATX kodi:
- С05СХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 8 ta dorixonasida topildi

ico 72 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Preparat yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Essin lizosomal gidrolazalar faolligini pasaytiradi, bu kalillyarlarning devoridagi va ularning atrofidagi biriktiruvchi to‘qimadagi mukopolisaxaridlarning parchalanishini oldini olib, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini normallashtiradi va ekssudatsiyaga qarshi (shishga qarshi), yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Preparat tomirlarning tonusini oshiradi, o‘rtacha immunitetni muvofiqlashtiruvchi va gipoglikemik samaralar ko‘rsatadi.

Faol modda: L-lizin essinat 0,01 g; 

Yordamchi moddalar: natriy xlorid, etanol 96%, propilenglikol, in’eksiya uchun suv.

O‘rganilmagan.
Essinga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda ayrim bemorlarda quyidagilar bo‘lishi mumkin:

allergik reaksiyalar: teri toshmasi (papullyoz, petexial, eritematozli), qichishish, yuz terisini qizarishi, isitma, eshakemi, alohida hollarda - Kvinke shishi, anafilaktik shok; 

markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, alohida hollarda - chayqalib yurish, muvozanatni buzilishi, qisqa muddatli hushni yo‘qotish; 

jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminazalar va bilirubinning darajasini oshishi;

me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, alohida hollarda qusish, diareya, qorin og‘rig‘i;

yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya, to‘sh orqasida og‘riq; 

nafas a’zolari tomonidan: alohida hollarda - havo yetishmovchiligi hissi, xansirash, bronxoobstruksiya, quruq yo‘tal; 

mahalliy reaksiyalar: yuborishda vena yo‘llari bo‘ylab achishish hissi, flebit, yuborish joyida og‘riq va shish; 

boshqalar: umumiy xolsizlik, qaltirash, qizish hissi, belda og‘riq, terlash.

Dorixonalardan berish tartibi 

Retsept bo‘yicha.

Travmadan keyingi, operatsiya vaqtidagi va undan keyingi turli maxalliy shishlar: bosh va orqa miyani og‘ir shishlari, shu jumladan bosh miya ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi va shish-bo‘kish ko‘rinishlari; miya qon aylanishining surunkali likvor-venoz buzilishlar va vegeto-tomir distoniyasi; qon bilan ta’minlanishini lokal buzilishlari va og‘riq sindromi bilan kechuvchi tayanch-harakat apparatini jalb qilinishi bilan yumshoq to‘qimalarning shishlari; umurtqa pog‘onasi, tana, oyoq-qo‘llarning shishli-og‘riqli sindromlari, shishli - yallig‘lanish sindromi bilan birga kechuvchi o‘tkir tromboflebitdagi oyoqlarning venoz qon aylanishining og‘ip buzilishlari.

 L-lizin essinatiga va/yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

 buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari;

 xomiladorlik;

 emizish davri;

KATION bilan davolanishda boshqa dori vositalarini (yallig‘lanishga qarshi, analgetiklar, mikroblarga qarshi vositalarni) muvofiq ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish mumkin.

KATIONni aminoglikozidlar bilan, ularning nefrotoksikligini oshishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparatni buyurishdan oldin antikoagulyantlar bilan davomli davolash o‘tkazilgan hollarda, yoki preparat va antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurishning zarurati bo‘lganida, oxirgisining dozasini to‘g‘rilash (dozani kamaytirish) va protrombin indeksini nazorat qilish lozim.

Sefalosporin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida essinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yomonlashadi, bu essinning nojuya samaralarini rivojlanish havfi bilan birga uning qondagi erkin konsentratsiyasi oshishi mumkin.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Tiniq, rangsiz eritma.
Preparat faqatgina vena ichiga asta-sekin yuboriladi (arteriya ichiga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi!). Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etiladi. 

Bemorning hayotiga havf tug‘diruvchi holatlarda (o‘tkir bosh-miya jaroxati, operatsiya vaqtidagi va undan keyingi bosh miya va orqa miyaning shish-bo‘kish ko‘rinishlari bo‘lgan shishi, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining katta jarohatlari oqibatidagi katta o‘lchamli shishlar) sutkalik doza ikki marta yuborishga bo‘linib, 200 ml gacha oshiriladi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 250 ml. Bolalarda bir martalik doza:  1-5 yosh - 1 kg tana vazniga 0,22 mg L-lizin essinati; 5-10 yosh - 0,18 mg/kg; 10 yosh va undan kattalarda - 1kg tana vazniga 0,15 mg ni tashkil qiladi. Preparat sutkada 2 marta yuboriladi.

Davolash kursining davomiyligi bemorning holati va davolashning samaradorligiga qarab, 2 kundan 8 kungacha davom ettiriladi.

Simptomlari: qizish, taxikardiya, menorragiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, epigastriy soxasida og‘riq.

Davolash: simptomatik davolash.

Gepatoxoletsistiti bo‘lgan ayrim bemorlarda preparat buyurilganida, transaminazalar va bilirubinning (to‘g‘ridan to‘g‘ri fraksiyalari) faolligini qisqa muddatli oshishi kuzatilishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug‘dirmaydi va preparatni bekor qilinishini talab qilmaydi.

Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparatni xomiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.

Hozirgi vaqtda ma’lumotlar yo‘q, biroq preparatni qo‘llashda nerv tizimi tomonidan taxmin qilingan nojuya reaksiyalari rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Bolalar. Preparat 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi. 

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Kation infuziya uchun eritma 100 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Kation infuziya uchun eritma 100 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Kation infuziya uchun eritma 100 ml dori vositasi TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Kation infuziya uchun eritma 100 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Kation infuziya uchun eritma 100 ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LESSINAT konsentrat 5ml N10
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REOLAKT infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%
KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
KMA DFG infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9