×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LESSINAT konsentrat 5ml N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Vazoprotektor. Kapilyar qon tomirlarini barqarorlashtiruvchi vosita.
Faol modda:
L-лизина эсцинат
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- C05CХ
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TRINOMIYA kapsulalar 100 mg 100 mg+20 mg+5 mg N28 Ferrer Internacional S.A. Ispaniya
SEMILAKT tabletkalari 50 mg 50/20 mg N10 Rotapharm Ilaçlari Limited Şirketi Turkiya
LERKAMEN 20 tabletkalari 20mg N28 Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Berlin-Chemie AG (Menarini Group) Germaniya
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol moddalar: L-lizin gidroxloridi – 0,12 mg; natriy estsinati – 0,88 mg;

yordamchi moddalar: 96% etanol; propilenglikol'; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

5 ml dan ampulalarda infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga.


Infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun kontsentrat
faol moddalar: L-lizin gidroxloridi – 0,12 mg; natriy estsinati – 0,88 mg; yordamchi moddalar: 96% etanol; propilenglikol'; in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Preparat lizosomal gidrolazlar faolligini pasaytiradi, bu kapillyarlarni va ularni o'rab turgan biriktiruvchi to'qimalarni devorlarida mukopolisaxaridlarni parchalanishi oldini oladi va shu tarzda yuqori qon-tomir to'qimalarini o'tkazuvchanligini nomallashtiradi va antiekssudativ (shishga qarshi) va og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Dori vositasi tomirlar tonusini oshiradi, o'rtacha immun tuzatuvchi va gipoglikemik ta'sir ko'rsatadi.
Estsinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 84 % tashkil qiladi. 5 mg estsinning vena ichiga yuborganda yarim chiqarilish shakli 1,74 soatni tashkil qiladi. Estsinni vena ichiga yuborgandi organizmdan siydik (33%) va safro (66% dan ko'p) bilan ajraladi.
Ayrim bemorlarda estsinga individual yuqori sezuvchanlikda quyidagi holatlar yuz berishi mumkin: Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi (papulez, petexiyalar, eritematoz), qichishish, yuz va lab terisini qichishishi va giperemiyasi, isitma, eshakemi; yakka hollarda – Kvinke shishi, anafilaktik shok. Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: - bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tremor, paresteziya; yakka xollarda – ataksiya, qisqa muddatli hushdan ketish. Jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminazlar faolligini va bilirubinni oshishi. Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi; yakka xollarda – qayt qilish, diareya, qorinda og'riq. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: - arterial bosimini pasayishi, arterial bosimini oshishi, taxikardiya, ko'krak orti og'riq; Nafas olish tizimi tomonidan: yakka hollarda – havo yetishmaslik hissi, xansirash, bronxoobstruktsiya, quruq yo'tal. Mahalliy reaktsiyalar: vena ichiga yuborilganda achishish hissi, flebit, yuborilgan joyida shish va og'riq. Boshqalar: umumiy xolsizlik, etni uvishishi, isib ketish xissi, belda og'riq, ko'p terlash kuzatilishi mumkin.
Retsept bo'yicha.
Gepatoxoletsistiti bo'lgan ayrim bemorlarda dori vositasini buyurilganda transaminazlarni faolligini va bilirubinni (bevosita fraktsiyasi) qisqa muddatli oshishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug'dirmaydi va dori vositasini bekor qilinishini talab etmaydi. Avtotransportni haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Preparatni qo'llanishi transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi, biroq preparatni qo'llanishi ko'rsatilgan jarohatni og'irligi sababli ushbu omil, odatda, ahamiyatga ega emas.
- bosh miyaning travmatik, notravmatik va operatsiyadan keyingi shishini kelib chiqishini majmuaviy davolash tarkibida; - orqa miyaning travmatik, notravmatik, operatsiyadan keyin kelib chiqadigan genezida; - surunkali bosh miya qon aylanishlarda va vegeto-tomirli distoniyada likvor-venoz buzilishlarida; - tayanch-harakat apparati jalb qilingan, ularni lokal qon aylanishini buzilishlari va og'riq sindromi bilan kechadigan turli lokal lizatsiyalari jaroxatdan va operatsiyadan keyingi turli yumshoq to'qimalarning shishida; - umurtqa pog'onasini, oyoq-qo'llarni shishgan-og'riqli sindromlarida; - shishli-yallig'lanish sindromi bilan kechadigan o'tkir tromboflebitda oyoqlarni venozli qon aylanishni og'ir buzilishlarida qo'llaniladi.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; - buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari; - jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari; - beqaror gemodinamika bilan kechadigan faol qon ketishi; - 1 yoshgacha bo'lgan bolalar; - homiladorlik; - laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: alkogolizmda, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda, tutqanog'i bo'lgan patsientlarda, 1 yoshdan oshgan bolalarda.
Preparat bilan davolashda muvofiq ko'rsatmalarda boshqa dori vositalarini (yallig'lanishga qarshi, analgetik, mikrobga qarshi dori vositalarini) buyurish mumkin. Preparat aminoglikozidlar bilan ularni nefrotoksikligini oshirish ehtimoli tufayli bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Yaqinda preparatni oldin buyurilgan, antikoagulyantlar bilan uzoq vaqt davolash xolatlari yoki uni va antikoagulyantlarni bir vaqtda buyurish zarur bo'lganda protrombin indeksini nazorati ostida oxirgisining dozalariga tuzatish kiritish kerak. Tsefalosporin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llanganda estsinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi qiyinlashadi, bu qonda oxirgisini nojo'ya samaralarini rivojlanish xavfi bilan bo'lgan erkin estsin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Preparatni tarkibiga 96% etil spirti kiradi. Spirtni boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'sirlashuvi mumkinligini hisobga olish kerak.
Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Preparatni qa'tiy vena ichiga (v/i), asta-sekin, tomchilab, patsient ahvoli nazorati ostida yuboriladi. Arteriya ichiga yuborish taqiqlangan! Infuzion eritmasini tayyorlash uchun preparatning 1-2 (5 ml yoki 10 ml) ampulasini 50-100 ml 0,9% natriy xloridi eritmasi bilan aralashtiriladi. Tavsiya etiladigan sutkalik dozalari: Kattalar uchun: preparatni tavsiya etiladigan sutkalik dozasi 5-10 ml ni tashkil etadi. Preparat oldindan eritmasdan qo'llash mumkin emas! Bemorni hayotiga xavf soluvchi holatlarda (o'tkir bosh-miya jarohati, shishib-bo'rtish alomatlari bilan bo'lgan bosh va orqa miyaning intra- va operatsiyadan keyingi shishlari, yumshoq to'qimalari va tayanch-harakat apparatini katta jarohatlanishi oqibatidagi katta o'lchamli shishlar) sutkalik dozani 2 yuborishga bo'lib 20 ml gacha oshiriladi, davolash kursi 8 sutkagachani tashkil etadi. BMQSB va vegeto-qon tomir distoniyasida likvor-venoz buzilishlarida va sutkada 10 ml dan, davolash kursi 10 sutkani tashkil etadi. Davolash kursining optimal tavsiya etiladigan davomiyligi dori vositasi har kuni yuboriladigan 5-10 kunni tashkil etadi. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 25 ml. Bolalar. Preparat 1 yoshgacha bolalarga qo'llanilmaydi. Bolalarda bir martalik doza quyidagilarni tashkil etadi: 1-5 yoshda – 1 kg tana vazniga 0,22 mg preparat; 5-10 yoshda – 0,18 mg/kg ni; 10 yoshli va undan katta yoshdagilarda – tana vazniga kg 0,15 mg. Preparatni sutkada 2 marta yuboriladi. Davolash kursining davomiyligi – bemor ahvoliga va davolashni samaradorligiga ko'ra 2 kundan 8 kungacha.
Simptomlari: isitma, taxikardiya, menorragiya, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, epigastriyada og'riq. Davolash: simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LESSINAT konsentrat 5ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LESSINAT konsentrat 5ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LESSINAT konsentrat 5ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LESSINAT konsentrat 5ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LESSINAT konsentrat 5ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9