×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Koldrex HotRem Limon kukun N5

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ispaniya
Faol modda:
Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- СмитКляйн Бичем С.А.
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
Noaniqliq haqida habar berish
Saqlash shartlari 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 750 mg paratsetamol, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 60 mg askorbin kislotasi (etiltsellyuloza qoplamali);

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy saxarin, natriy sitrati, saxaroza (2904,42 mg), limon terrari 100%, limon aromatizatori 52293/TR05.51, xinolin sarig‘i (E104).
Paratsetamol — og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita. Uning ta'sir mexanizmi, taxmin qilinganidek, eng avvalo markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishni o‘z ichiga oladi. Prostaglandinlarning periferik ingibitsiya qilinishini yo‘qligi tufayli anamnezida me'da-ichakdan qon ketishi bo‘lgan patsiyentlar uchun yoki keksa yoshdagi patsiyentlarga to‘g‘ri keladi.


Fenilefrin gidroxloridi asosan alьfa-adrenoretseptorlarga ta'sir qiladigan simpatomimetik hisoblanadi. Fenilefrin gidroxloridi burun shilliq qavatining shishini kamaytiradi.


Askorbin kislotasi (S vitamini) odatda shamollashga qarshi komponentlar majmuasiga kirib, virusli, jumladan shamollash kasalliklarning boshlanish davrida sodir bo‘ladigan yo‘qotilgan S vitamini o‘rnini to‘ldiradi.

Paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va organizmning ko‘pchilik to‘qimalariga tarqaladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganda paratsetamolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past. Jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan glyukuronidi va sulьfati ko‘rinishida, kamida 5% o‘zgarmagan holda chiqariladi.


Fenilefrin gidroxloridi me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va ichak va jigarda monoaminooksidaza hosil qilib birlamchi metabolizmga uchraydi.


Shu tarzda, peroral qabul qilinganda fenilefrin gidroxloridi past biokiraolishlikka ega. Sulьfat ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.


Askorbin kislotasi me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va organizmning barcha to‘qimalariga taqsimlanadi, plazma oqsillari bilan 25% bog‘lanadi.


Askorbin kislotasining qolgan miqdori siydik bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Ichga qabul qilish uchun limon ta'mli eritma tayyorlash uchun kukun. 5 g dan kukun laminat (qog‘oz/polietilen/alyumin folьga/polietilen) paketchada. 10 paket tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

Nojo‘ya ta'sirlari: noodatiy reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.


Paratsetamol (juda kam hollarda):


trombotsitopeniya;

anafilaksiya, terining o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan toshmalar, Stivens-Djonson sindromi, Kvinke shishi;

atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP larga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm;

jigar funktsiyasini buzilishi.

Fenilefrin klinik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra: yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qon bosimini oshishi, ko‘ngil aynishi, qusishni chaqirgan. Postmarketing ma'lumotlariga ko‘ra quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar (kam hollarda) chaqirgan:


midriaz, yopiq burchakli glaukomani zo‘rayishi (ayniqsa yopiq burchakli glaukomasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtimoli ko‘proq);

taxikardiya, yurak urishini tezlashishi;

allergik reaktsiyalar, masalan teri toshmasi, eshakemi, allergik dermatit;

dizuriya, siydikni tutilishi (ayniqsa prostataning gipertrofiyasi kabi siydik chiqarish yo‘llarini obstruktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtimoli ko‘proq).

Ushbu preparat qabul qilinganda Sizda quyidagilar paydo bo‘lishi mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, uyqusizlik, arterial bosimni oshishi, ko‘ngil aynishi va qusish.


Ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling, agar:


Sizda toshma yoki qichishish, ba'zida nafas olishni qiyinlashishi bilan bo‘lgan yoki lab, til, tomoqni yoki yuzni shishishi kabi allergik reaktsiyalar bo‘lsa;

Sizda toshma, terida kepaklanish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar paydo bo‘lsa;

Sizda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llanganda nafas bilan bog‘liq muammolar, shuningdek ushbu dori vositalari bilan bog‘liq boshqa reaktsiyalar paydo bo‘lsa;

Sizda sababi noaniq ko‘karishlar yoki qon ketishlar paydo bo‘lsa;

Siz kuchli yurak urishini his qilsangiz, pulьs sonini haddan ziyod yuqori ekanligini yoki muntazam bo‘lmagan haddan tashqari tez pulьsni sezsangiz;

Sizda ko‘rishni yomonlashishi paydo bo‘lsa, bu ko‘zda qon bosimini anomal yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin;

Sizda siyish bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lsa. Ushbu reaktsiyalarni paydo bo‘lishi prostata bezining giperplaziyasi bo‘lgan patsiyentlarda yanada yuqori bo‘lishi mumkin.

Bunday reaktsiyalar kam hollarda kuzatiladi.

Очень редко: анафилактический шок, кожные реакции гиперчувствительности, включая кожную сыпь, крапивницу, ангионевротический отек (отек Квинке), синдром

Стивенса-Джонсона, токсический эпидермальный некролиз.

Нарушения со стороны дыхательной системы, органов грудной клетки и средостения

Очень редко: бронхоспазм у пациентов с повышенной чувствительностью к ацетилсалициловой кислоте и другим нестероидным противовоспалительным средствам.

Нарушения со стороны печени и желчевыводящих путей

Очень редко: нарушения функции печени.

Нарушения со стороны почек и мочевыводящих путей

При длительном применении препарата в дозах, превышающих рекомендованную, повышается вероятность нефротоксического действия.

Фенилэфрин

Нарушения со стороны иммунной системы

Редко: реакции гиперчувствительности, крапивница, аллергический дерматит.

Нарушения психики

Часто: нервозность.

Нарушения со стороны нервной системы

Часто: головная боль, головокружение, бессонница.

Нарушения со стороны органа зрения

Редко: мидриаз, острый приступ глаукомы в большинстве случаев у пациентов с закрытоугольной глаукомой.

Нарушения со стороны сердечно-сосудистой системы

Часто: повышение артериального давления.

Редко: тахикардия, ощущение сердцебиения, которое проходит сразу после отмены препарата.

Нарушения со стороны желудочно-кишечного тракта

Часто: тошнота, рвота.

Нарушения со стороны кожи и подкожных тканей

Очень редко: сыпь.

Нарушения со стороны почек и мочевыводящих путей

Редко: дизурия, задержка мочеиспускания у пациентов с обструкцией выходного отверстия мочевого пузыря при гипертрофии предстательной железы.

Аскорбиновая кислота

Нарушения со стороны крови и лимфатической системы

Частота неизвестна: тромбоцитоз, гиперпротромбинемия, эритропения, нейтрофильный лейкоцитоз, гипокалиемия.

Нарушения со стороны иммунной системы

Частота неизвестна: аллергические реакции (кожная сыпь, гиперемия кожи).

Нарушения со стороны желудочно-кишечного тракта

Частота неизвестна: раздражение слизистой оболочки желудочно-кишечного тракта.

При приеме аскорбиновой кислоты более 600 мг/сут возможна умеренная поллакиурия.

При возникновении любой из перечисленных нежелательных реакций немедленно прекратите прием препарата и как можно скорее обратитесь к врачу.

Если любые из указанных в инструкции нежелательных реакций усугубляются или Вы заметили другие нежелательные реакции, не указанные в инструкции, сообщите об этом врачу.

Preparat kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda "sovuqlik" va gripp belgilarini yo'q qilish uchun vaqtinchalik vosita sifatida qo'llaniladi, shu jumladan:

  • ko'tarilgan harorat;
  • bosh og'rig'i;
  • titroq;
  • bo'g'imlarda va mushaklarda og'riq;
  • sinus og'rig'i va burun tiqilishi;
  • tomoq og `rig` i.
  • anamnezida paratsetamol, fenilefrin, askorbin kislotasi yoki yordamchi moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
  • odatda depressiyani davolash uchun ishlatiladigan monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarini oxirgi ikki xafta davomida qabul qilayotgan yoki qabul qilgan patsiyentlar;
  • feoxromotsitoma;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • og‘ir darajadagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
  • gipertoniya;
  • gipertireoidizm
  • qandli diabet;
  • yurak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar;
  • tritsiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
  • Boshqa simpatomimetik dekongestantlar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.


  • Preparat faqat ichga qabul qilinadi.


    1 paket ichidagisi stakanga bo‘shatiladi, issiq suv quyiladi, erigunicha aralashtiriladi. Agar zarur bo‘lsa, sovuq suv qo‘shiladi.


    Kattalar (jumladan keksalar) va 12 yoshdan oshgan bolalar: zaruratiga qarab bitta paketdan har 4-6 soatda. 24 soat davomida 5 paketdan ortiq qabul qilinmasin. Preparatni 4 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda qabul qilinmasin.


    12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi, shifokor tavsiyalari bo‘yicha preparatni qabul qilish hollari bundan mustasno.


    Preparatni shifokor maslahatisiz 7 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.


    Agar simptomlar saqlanib qolsa, shifokorga murojaat qiling.


    Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.


    Zarur bo‘lgan samaraga erishish uchun preparatning eng kam dozasini ishlatish kerak.

    Paratsetamol uzoq vaqt davomida qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ning samarasini kuchaytiradi, bu qon ketishlarni rivojlanish xavfini oshiradi, bir martalik dozasi sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi.
  • b quyidagi preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ma'lum:
  • Monoaminoksidaza ingibitorlari (shu jumladan moklobemid)
  • Arterial gipertenziyaga olib keluvchi o‘zaro ta'siri fenilefrin va monoaminoksidaza ingibitorlari kabi simpatomimetik aminlar o‘rtasida amalga oshadi.
  • Simpatomimetik aminlar
  • Fenilefrinni boshqa simpatomimetik aminlar bilan bir vaqtda qo‘llash yurak-qon tomir tomonidan nojo‘ya samaralarining xavfini oshirishi mumkin.  

  • Beta-blokatorlar va boshqa antigipertenziv preparatlar (shu jumladan debrizoxin, guanetidin, rezerpin, metildopa)
  • Fenilefrin beta-blokatorlar va antigipertenziv preparatlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin.   Gipertoniya va yurak-qon tomirlarning boshqa nojo‘ya samaralarining xavfini oshirishi mumkin.
  • Tritsiklik antidepressantlar (masalan, amitriptilin) 
  • Fenilefrin tomonidan yuzaga chiqqan yurak-qon tomir nojo‘ya samaralarining xavfini oshirishi mumkin  
  • Digoksin va yurak glikozidlari
  • Aritmiyalar yoki miokard infarktining xavfini oshiradi 


  • Agar Siz tavsiya etilganiga nisbatan preparatning yuqori miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, jigar yetishmovchiligi xavfi tufayli, hatto agar Sizda hech qanday simptomlar bo‘lmasa ham shifokorga darhol murojaat qiling. Paratsetamol Simptomlar: paratsetamolni dozasini oshirib yuborilishi jigar yetishmovchiligini chaqirishi mumkin, bu jigar transplantatsiyasiga va o‘lim bilan yakunlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash: doza oshirib yuborlishiga gumon bo‘lganda, hatto agar simptomlar bo‘lmasa ham tez tibbiy yordamga darhol murojaat qilish kerak. N-atsetiltsistein yoki metioninni qo‘llash mumkin. Fenilefrin Simptomlar: fenilefrinni dozasi oshirib yuborilishi “Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limida ta'riflangani bilan o‘xshashdir. Bu simptomlardan tashqari, fenilefrinni dozasi oshirib yuborilishi ta'sirchanlikni, xavotirlikni, arterial bosimni oshishini va oqibati sifatida reflektor bradikardiyani chaqirishi mumkin. Og‘ir hollarda ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, tirishish va aritmiyalar paydo bo‘lishi mumikn. Biroq ushbu dori shaklining miqdori, paratsetamoldan zaharlanishni chaqirishi uchun talab etilganiga nisbatan ahamiyatli darajada ko‘proq fenilefrin bilan jiddiy zaharlanishni chaqirishi mumkin. Davolash: simptomatik o‘tkaziladi. Fentolamin kabi alьfa-adrenoblokatorlarni qo‘llash yaqqol gipertenziyada talab etilishi mumkin. Askorbin kislotasi Simptomlari: askorbin kislotasining yuqori dozalari (>3000 mg) qisqa muddatli osmotik diareya va ko‘ngil aynishi va qorin sohasida nohush his kabi me'da-ichak belgilarini chaqirishi mumkin.
    agar Siz homilador bo‘lsangiz, homilador bo‘lishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz yoki bola emizayotgan bo‘lsangiz bu dori vositasini shifokor bilan maslahatlashmasdan qo‘llash kerak emas. Fenilefrin ko‘krak suti bilan ajralishi mumkin.

    Fikr qoldirish
    Baho:
                  
    Matnni kiriting

    Ismingiz
    Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

    Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

    Savol qoldirish

    Mulohazalar

    Koldrex HotRem Limon kukun N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
    Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
    Koldrex HotRem Limon kukun N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
    Koldrex HotRem Limon kukun N5 dori vositasi СмитКляйн Бичем С.А. tomonidan Ispaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
    Koldrex HotRem Limon kukun N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
    Koldrex HotRem Limon kukun N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

    Analoglar
    Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
    GRIPGO XOTMIKS granuli 5g N10
    Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
    NEOREM XOT poroshok so vkusom ananasa 5g N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
    • Faol modda: Парацетамол, Аскорбиновая кислота, фенилэфрина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Syren Healthcare, Индия произведено: Acme Lifescience
    • Vakil: Inom Health Care MChJ
    Другие формы препарата
    KOLDREKS XOTREM eritma 5g N10
    KOLDREKS tabletkalari N12
    Koldreks Xotrem
    • A
    • B
    • D
    • E
    • F
    • G
    • H
    • I
    • J
    • K
    • L
    • M
    • N
    • O
    • P
    • Q
    • R
    • S
    • T
    • U
    • V
    • X
    • Y
    • Z
    • Ch
    • Sh
    • 0-9