×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
Амброксол
Ishlab chiqaruvchi:
- Дельфарм Реймс
ATX kodi:
- R05CB06 Амброксол
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
RENGALIN eritma dlya priema vnutr 100ml ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
39 000 s`om dan
AFLUBIN gomeopatik tomchilar 20ml Richard Bittner AG Avstriya
100 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAZOLVAN®

LASOLVAN

 

Preparatning savdo nomi: LAZOLVAN

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol

Dori shakli: ingalyasiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 7,5 mg ambroksol gidroxloridi;

yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati (Ye330), dinatriy gidrofosfati digidrati (Ye339), natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki kuchsiz jigarrang rangli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuadan tashqari balg‘am ko‘chiruvchi vosita. Mukolitik vositalar.

ATX kodi: R05CB06.

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Klinik oldi tadqiqotlari LAZOLVANning faol ingredienti ambroksol nafas yo‘llarining sekresiyasini oshirishini ko‘rsatdi. Ambroksol o‘pka surfaktantini ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va siliar faollikni rag‘batlantiradi, bu shilliqni oqimi va tashilishini (mukosial klirensi) yaxshilanishiga olib keladi. Mukosiliar klirensni yaxshilanishi klinik-farmakologik tadqiqotlar bilan isbotlangan. Sekretni suyulishi va mukosiliar klirensni yaxshilanishi balg‘amni ko‘chishiga olib keladi va yo‘talni yengillashtiradi.

Quyon ko‘zi modelida mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta‘siri kuzatilgan, u natriy kanallarini bloklovchi xususiyatlari bilan tushuntiriladi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar ambroksol gidroxloridi neyronlardagi natriy kanallarini qaytuvchan va dozaga bog‘liq ravishda bloklashini ko‘rsatgan.

In vitro sharoitda ambroksol gidroxloridi qondan va to‘qimadagi munonuklear va polimorfnonuklear xujayralardan sitokinlarni ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytirishini aniqlangan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Ambroksol gidroxloridining darhol ajralib chiqadigan barcha peroral shakllarini so‘rilishi tez va terapevtik diapazonda proporsional ravishda bog‘liqlik bilan yetarli darajada to‘liq bo‘ladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga darhol ajralib chiqadigan dori shakli ichga qabul qilingandan 1-2,5 soatdan keyin va ta‘siri uzaytirilgan dori shakli qabul qilingandan o‘rtacha 5,5 soatdan keyin erishiladi. 30 mg tabletka qabul qilingandan keyin mutloq biokiraolishligi 79% ni tashkil qilgan. Ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarning nisbiy biokiraolishligi darhol ajralib chiqadigan tabletkalarning 60 mg sutkalik dozasiga (30 mg kuniga ikki marta) nisbatan 95% (me‘yorlashtirilgan doza) tashkil qilgan.

Taqsimlanishi

Ambroksol gidroxloridini qondan to‘qimalarga taqsimlanishi tez va samarali amalga oshadi, bunda ta‘sir etuvchining eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Ichga qabul qilingandan keyin taqsimlanish xajmi 552 l ni tashkil etadi. Terapevtik diapazonda plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 90% ni tashkil etadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 30% tizimoldi metabolizmi natijasida chiqariladi.

Ambroksol gidroxloridining metabolizmi glyukuronizasiya va dibromantranil kislotasi (taxminan dozaning 10%) va bir necha ikkilamchi metabolitlarigacha parchalanish yo‘li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Odam jigari mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar ambroksol gidroxloridini dibromantranil kislotasiga metabolizmi uchun CYP3A4 javob berishini ko‘rsatgan.

3 kun davomida peroral qabul qilinganda dozaning taxminan 6% erkin shaklda, dozaning taxminan 26% esa kon‘yugatlari ko‘rinishida siydikda aniqlangan. Ambroksol gidroxloridini organizmdan yarim chiqarilishi davri 10 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 660 ml diapazonda bo‘ladi, buyrak klirensi umumiy klirensning taxminan 83% ni tashkil qiladi.

Pasientlarning alohida guruhidagi farmakokinetikasi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi kamayadi, bu qon plazmasida uning darajasini 1,3-2 marta oshishiga olib keladi.

Boshqalar

Ambroksolning farmakokinetikasi pasientning yoshi va jinsiga klinik jahatdan bog‘liq emas va shuning uchun dozalashni o‘zgartirish talab etilmaydi.

Ovqat ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Qo‘llanilishi

O‘tkir va surunkali bronx-o‘pka kasalliklarida balg‘am ajralib chiqishi buzilishlarini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar shifokor tomonidan o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, quyidagi dozalar tavsiya etiladi:

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1-2 ml eritma kuniga 1-2 marta buyuriladi.

Kattalar va 5 yoshdan oshgan bolalar: 2-3 ml eritma kuniga 1-2 marta buyuriladi.

LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani ingalyasiya uchun turli moslamalarda qo‘llash mumkin. Ingalyatordan chiqayotgan havoni maksimal darajada namligini oshirish uchun uni 1:1 nisbatda fiziologik tuzli eritmalar bilan aralashtirish mumkin.

LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani kromoglisien kislotasi bilan aralashtirish mumkin emas. Agar arashtirish natijasida rN 6,3 dan yuqori arashma hosil bo‘lsa, LAZOLVAN ingalyasiya uchun eritmani boshqa eritmalar, masalan ingalyasiya uchun ishqoriy eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

rN ning yuqori qiymati ambroksol gidroxloridini erkin asosini cho‘kmaga tushishiga yoki eritmani xiralashishiga olib kelishi mumkin.

Ingalyasiyaning o‘zi yo‘talni chaqirishi mumkin, shuning uchun ingalyasiya vaqtida odatdagi tartibda nafas olish kerak.

Ingalyasiyadan oldin eritmani tana haroratigacha isitish kerak. Bronxial astmasi pasientlarga ingalyasiyani bronxolitik preparatlarni qabul qilgandan keyin o‘tkazish kerak.

Agar nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarini davolaganda simptomlar yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar quyida tizim-a‘zolar sinfi va tez-tezlik bo‘yicha quyidagi toifalar bo‘yicha sanab o‘tilgan:

Juda tez-tez: ≥1/10.

Tez-tez: ≥1/100 dan <1/10 gacha.

Juda tez-tez: ≥1/1000 dan <1/100 gacha.

Kam hollarda: ≥1/10000 dan <1/1000 gacha.

Juda kam hollarda: <1/10000.

Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.

Immun tizimi tomonidan: noma‘lum: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan, anafilaktik shok), angionevrotik shish va o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalari.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda: toshma va eshakemi, noma‘lum: qichishish.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez: disgevziya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni pasayishi, tez-tez emas: qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og‘riq, og‘izni qurishi, kam hollarda: tomoqni qurishi. Shuningdek jig‘ildon qaynashi haqida ham xabar berilgan.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: tez-tez: tomoqda sezuvchanlikni pasayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki dori vositasining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi.

Preparatning biron-bir komponentiga kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmaslik bo‘lgan hollarda dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ambroksol qo‘llanilgandan keyin antibiotiklarning (amoksisillin, sefuroksim va eritromisin) bronxial sekretdagi va so‘lakdagi konsentrasiyasi oshadi.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlar ambroksol gidroxloridini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Vaqt bo‘yicha balg‘am ko‘chiruvchi vositalar, shu jumladan ambroksol gidroxloridini buyurishga mos kelgan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terini og‘ir darajadagi shikastlanishi haqida ma‘lum. Bu holatlarning ko‘pchiligi asosiy kasallikning og‘irligi yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish bilan bog‘lash mumkin. Bundan tashqari, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekrolizning erta bosqichida pasientlarda nospesifik grippsimon simptomlar: tana haroratini oshishi, qaltirash, rinit, yo‘tal va tomoqda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu simptomlar yanglishtirishi mumkin, shuning uchun yuqori nafas yo‘llarining virusli infeksiyalarida qo‘llanadigan dori vositalari bilan simptomatik davolash mumkin. Teri yoki shilliq qavatlarni yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat etish kerak, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ambroksol gidroxloridini qo‘llashni esa to‘xtatish kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida LAZOLVAN faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo‘llanishi mumkin.

LAZOLVAN benzalkoniy xloridi konservanti saqlaydi. Ingalyasiyada u nafas yo‘llarining giperreaktivligi bilan sezgir pasientlarda bronxospazm chaqirishi mumkin.

 

 

Homiladorlik va laktasiya davri

Ambroksol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik, embrional, prenatal, postnatal rivojlanish va tug‘ruqqa bevosita yoki bilvosita noxush ta‘sirini aniqlamagan.

Homiladorlikning I uch oyligida LAZOLVANni qo‘llash mumkin emas, II va III uch oylikda – ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Homiladorlikning III uch oylikda o‘tkazilgan har tomonlama tadqiqotlarda homilaga salbiy ta‘siri aniqlanmagan.

Ambroksol ko‘krak suti bilan ajraladi. Garchi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda noxush samaralarining ehtimoli kam bo‘lsada, LAZOLVANni emizikli onalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri haqidagi holatlar noma‘lum. Tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanmasin!

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirib yuborilishi holatlari noma‘lum. Dozani to‘satdan oshirib yuborilganda va/yoki shifokor hatolarida dozani oshirib yuborilishi simptomlari LAZOLVANni tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda kuzatiladigan ma‘lum nojo‘ya ta‘sirlariga mos keladi. Bunday hollarda simptomatik davolash talab etilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Ingalyasiya uchun eritma 7,5 mg/ml.

100 ml dan birinchi ochish nazoratli polipropilen buraladigan qopqoqcha va polietilen tomchilagichli to‘q rangli shisha flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml dori vositasi Дельфарм Реймс tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAZOLVAN 0,015/5ML sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PULMOKSOL sirop 150ml 15mg/5ml
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
  • Vakil: Sanofi
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Deutschland GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Espana S.A.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 41 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берингер Ингельхайм Эспана С.А.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
  • Vakil: Sanofi
BROKS inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/2ml N10
BROKS inyeksiya uchun eritma 10ml N10
BROKS inyeksiya uchun eritma 5ml N10
SUPRIMA KOF tabletkalari 30mg N20
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
BRONOLAK sirop 200ml 30mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
BRONOLAK sirop 100ml 30mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
PULMOKSOL sirop 150ml 30mg/5ml
Narh: 31 900 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL SOFARMA sirop 100ml 15mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Софарма, АО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лекхим-Харьков AO
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BRONOLAK tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
BRONOLAK sirop 100ml 15mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri San. Ve Tic. A.S.
BRONXOSOL sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
SEKRAZOL PEDIATRICHESKIY/SEKRAZOL sirop 100ml 15mg/5ml
SEKRAZOL sirop 150ml 30mg/5ml
Narh: 30 900 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LAZOLVAN MAKS 0,075 kapsulalar N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya / Frantsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берингер Ингельхайм Фарма ГмбХ и Ко.КГ/ Дельфарм Реймс
LAZOLVAN eritma dlya ingalyasiy 100ml 7,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Istituto de Angeli S.R.L.Loc.
  • Vakil: Sanofi
LAZOLVAN 0,0075/ML eritma dlya ingalyasiy 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Институт де Ангели С.Р.Л
LAZOLVAN RINO sprey nazalniy 10ml 82MKG
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
  • Vakil: Sanofi
LAZOLVAN tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Boehringer International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Ellas AE
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берингер Ингельхайм Эллас А.Е
LAZOLVAN 0,03 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Амброксол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Берингер Ингельхайм Эллас А.Е
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9