×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Левофлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Dong Trade Ltd., Китай произведено: Hainan Hotmed Tianya Pharmaceutical Co., Ltd.
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Синтез, ОАО O'zbekiston
8 000 s`om dan
AZIMAK kapsulalar 250mg N6 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
48 000 s`om dan
TAYGERON infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
51 990 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVODAN

LEVODAN

Preparatning savdo nomi: Levodan

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levofloksasin

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 mg levofloksasin;

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 0,9 g, natriy gidroksidi (0,1 mol/l) – q.s. (rN 4,0-6,0 gacha), in‘eksiya uchun suv – 100 ml gacha.

Ta‘rifi: sarg‘imtir-yashil rangli, tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vositalar. Ftorxinolonlar.

ATX kodi: J01M A12.

Farmakologik xususiyatlari

Levofloksasin – ftorxinolonlar guruhi sintetik antibakterial vosita. Keng antibakterial ta‘sir doirasiga ega. Tezkor bakterisid samara levofloksasinni bakteriyaning II tip topoizomerlariga mansub DNK-giraza fermentini bostirilishi natijasida ta‘minlanadi. Natijada DNK ning hajmli tuzilishi buziladi va ularni bo‘linishi bloklanadi. Levofloksasinning faollik doirasi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarni, shu jumladan, ko‘pincha nozokomial infeksiyani chaqiruvchi fermentlamaydigan bakteriyalar, shuningdek C. pneumoniae, C. trachomatis, M. pneumoniae, L. pneumophila, Ureaplasma kabi atipik mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari levofloksasinga mikobakteriyalar, H. pylori va anaeroblar kabi qo‘zg‘atuvchilar sezgir.

Farmakokinetikasi

Levofloksasin vena ichiga va peroral yuborilganidan keyingi farmakokinetikasi bo‘yicha ahamiyatli farq yo‘q.

Qo‘llash usuli Cmax (mkg/ml) AUC0-24 (mkg×soat/ml) T1/2 (soat) Clr (ml/min)
Vena ichiga 6,27 20,73 6,28 145,55
Og‘iz orqali 4,07 22,62 6,48 162,80

Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin bronxlarning shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining bronxial sekretida (o‘pkadagi konsentrasiyasi plazmadagidan yuqori) siydikda to‘planadi. Orqa miya suyuqligiga levofloksasin yomon kiradi. Levofloksasinning taxminan 30-40% zardob proteini bilan bog‘lanadi. Levofloksasin terapevtik dozalarda qo‘llanganida to‘planish samarasi deyarli yo‘q. Levofloksasin juda oz darajada metabolizmga uchraydi. Levofloksasin vena ichiga yuborilganidan keyin plazmadan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri 68 soatni tashkil etadi), asosan buyraklar orqali (yuborilgan dozaning 85% dan ko‘prog‘i) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

O‘pkani yallig‘lanishi, siydik chiqarish yo‘llarini asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefritlar), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, septisemiya/bakteriemiya, intraabdominal infeksiyalar, prostatitda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga yuborish uchun levofloksasinni bakterial ifloslanishni oldini olish maqsadida rezina tiqinni perforasiyasidan keyin darhol (3 soat davomida) ishlatish kerak. Yorug‘likdan himoyalash talab qilinmaydi. Xonaning yorug‘ligida vena ichiga yuborish uchun eritmani yorug‘likdan himoyasiz maksimal 3 sutka davomida saqlash mumkin.

Dozalash infeksiyaning turi va og‘irligiga bog‘liq.

Buyraklar faoliyati normal bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori) kattalarni davolash uchun preparatning quyidagi dozalari tavsiya qilinadi:

Qo‘llanishi Sutkalik doza Sutkada yuborishlar soni Davolashning davomiyligi
Kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500-1000 mg 1-2 marta 7-14 kun
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari, jumladan pielonefrit 250 mg* 1 marta 7-10 kun
Prostatit 500 mg** 1 marta 28 kun
Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari 500-1000 mg 1-2 marta 7-14 kun
Septisemiya/bakteriemiya 500-1000 mg 1-2 marta 10-14 kun
Intraabdominal infeksiyalar*** 500 mg 1 marta 7-14 kun

* Og‘ir infeksiyalarda dozani oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak (bu faqat infuziya uchun eritmalar uchun taalluqli).

** Pasientning holatiga qarab, boshlang‘ich vena ichiga yuborishdan so‘ng bir necha kundan keyin huddi shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin.

*** Anaerob qo‘zg‘atuvchilarga ta‘sir qiluvchi antibiotiklar bilan majmuada.

Levofloksasinni asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak faoliyati susaygan bemorlar uchun dozasi kamaytirilishi kerak.

Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kamni tashkil qilgan buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlar uchun dozalash:

Kreatinin klirensi Dozalash tartibi (infeksiyaning og‘irligiga qarab)
Minutiga 50-20 ml birinchi doza: 250 mg

keyingilari: 24 soatda

125 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 24 soatda

250 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 12 soatda

250 mg

Minutiga 19-10 ml birinchi doza: 250 mg

keyingilari: 48 soatda

125 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 24 soatda

125 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 12 soatda

125 mg

<10 ml/minut, (shuningdek gemodializda va SAPD1) birinchi doza: 250 mg

keyingilari: 48 soatda

125 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 24 soatda

125 mg

birinchi doza: 500 mg

keyingilari: 24 soatda

125 mg

1Gemodializ yoki surunkali ambulator peritoneal dializ (SAPD) dan keyin qo‘shimcha dozalar kerak emas.

Levofloksasinni vena ichiga yuborish uchun eritmasi asta-sekin, vena ichiga tomchilab yuboriladi. Levofloksasinning bitta flakonini yuborish davomiyligi (vena ichiga yuborish uchun 100 ml eritma 150 mg levofloksasin bilan) 60 minutdan kam bo‘lmasligi kerak. Pasientning holatiga qarab boshlang‘ich vena ichiga yuborishdan so‘ng bir necha kundan keyin xuddi shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin.

Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va 14 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil etadi. Boshqa antibakterial vositalarni qo‘llashdagi kabi, levofloksasin preparati (vena ichiga yuborish uchun eritma yoki tabletkalar) bilan davolashni hech bo‘lmaganda tana harorati normallashganidan yoki mikrobiologik testlar yordamida tasdiqlangan qo‘zg‘atuvchilar bartaraf qilinganidan so‘ng 48-72 soat davomida davom ettirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teri tomonidan va yuqori sezuvchanlikni umumiy reaksiyalari: terini qichishishi va qizarishi; eshakemi, qon bosimini pasayishi; Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ko‘p shaklli ekssudativ eritema.

Ovqat hazm qilish yo‘llari: ko‘ngil aynishi, ich ketishi; ishtahani yo‘qligi, qusish, qorin og‘rig‘i, ovqat hazm bo‘lishni buzilishi; kam hollarda – qonli diareya.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi/qotib qolish, uyquchanlik, uyquni buzilishi; kam hollarda – yoqimsiz hislar, kaftlarda paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv holati, tutqanoq xurujlari va ongni chalkashishi; juda kam hollarda – ko‘rishni va eshitishni buzilishi, ta‘m va hid bilishni buzilishi, sezishni pasayishi, gallyusinasiyalar va kayfiyatni depressiv o‘zgarishlari, o‘zi uchun xavfli xulq-atvorli psixotik reaksiyalar, shu jumladan o‘z joniga qasd qilish fikrlari va harakatlari. Harakat jarayonlarini, shuningdek yurish vaqtida buzilishlari.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – paylarni shikastlanishi, shu jumladan ularni yallig‘lanishi, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq; juda kam hollarda – paylarni uzilishi (masalan, axillov payini uzilishi). Ushbu nojo‘ya ta‘siri davolash boshlanganidan 48 soat davomida namoyon bo‘lishi mumkin va ikkala oyoqlarning axill paylarini shikastlashi mumkin.

Jigar tomonidan: tez-tez – jigar enzimlari (ALT, AST) ning ko‘rsatkichlarini oshishi; ayrim hollarda – qon zardobida bilirubin va kreatininning ko‘rsatkichlarini oshishi; juda kam hollarda – jigarni yallig‘lanishi kabi jigar reaksiyalari.

Buyraklar tomonidan: buyrak faoliyatini o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha buzilishi, masalan, allergik reaksiyalar (interstisial nefrit) oqibatida.

Qon tizimi tomonidan: ayrim hollarda – eozinofiliya, leykopeniya; neytropeniya, trombositopeniya, agranulositoz, gemolitik kamqonlik, pansitopeniya.

Boshqalar: tez-tez – infuziya joyida og‘riq va qizarish; venalarni yallig‘lanishi (flebit); ayrim hollarda – umumiy holsizlik (asteniya); juda kam – qizish, o‘pkalar (allergik pnevmonit) yoki kichik qon tomirlar (vaskulit) tomonidan allergik reaksiyalar.

Har qanday antibakterial vositalarni qo‘llash odam organizmining normal mikroflorasiga ta‘siri bilan bog‘liq buzilishlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli qo‘shimcha davolashni talab qiluvchi ikkilamchi infeksiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Levofloksasin yoki boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlik. Tutqanoq. Anamnezida xinolonlarni qo‘llashdan keyin paylar tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarga shikoyatlari bo‘lgan bemorlar. Homiladorlik va emizish davri. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarni o‘zaro ta‘siri

Levofloksasin va teofillin orasida o‘zaro ta‘sir klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan bo‘lsada, xinolonlarni teofillin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa agentlar bilan bir vaqtda qo‘llash, tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin. Levofloksasinning konsentrasiyasi fenbufen mavjudligida, faqat levofloksasinni qabul qilishga qaraganda taxminan 13% ortiq bo‘lgan. Probenisid va simetidin levofloksasinni chiqarilishiga statistik ishonchli ta‘sir qiladi. Levofloksasinning buyrak klirensi probenisid mavjudligida 34% ga, simetidin mavjudligida esa 24% ga pasayadi. Shu sababli ikkala preparat levofloksasinni naychalar orqali ekskresiyasini bloklash qobiliyatiga ega. Siklosporinni yarim parchalanish davri levofloksasin bilan bir vaqtda qabul qilinganida 33% ga oshadi.

K vitaminining antagonistlari, masalan varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida koagulyasion testlar (PV/xalqaro normallashtirilgan nisbat) va/yoki yaqqol bo‘lishi mumkin bo‘lgan qon ketishlari oshishi mumkin. Buni hisobga olib, K vitaminining antagonistlarini parallel qabul qilayotgan pasientlarda koagulyasiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Levofloksasinni alkogol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Nomutanosiblik

Levofloksasin 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi, Ringer eritmasi, parenteral oziqlanish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar) bilan mutanosib. Vena ichiga yuborish uchun levofloksasinni geparin yoki ishqoriy reaksiyaga (masalan, natriy gidrokarbanati eritmasi) ega eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Levofloksasinni keksa yoshdagi pasientlarda (buyrak faoliyatini susayishi yuqori ehtimoli mavjudligi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Tana harorati normallashganidan keyin davolashni 48-72 soatdan kam bo‘lmagan muddatda davom ettirish tavsiya etiladi. Davolanish vaqtida teri qoplamlarini shikastlanishlaridan (fotosensibilizasiya) saqlanish maqsadida quyosh va sun‘iy UF nurlardan saqlanish kerak. Tendinit belgilari paydo bo‘lishi bilan levofloksasin darhol bekor qilinadi. Anamnezida bosh miyani shikastlanishlari (insult, og‘ir jarohat) bo‘lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida – gemoliz rivojlanishi xavfini e‘tiborga olish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparat 18 yoshdan kichik bolalar va o‘smirlarda qo‘llanmaydi.

Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Transport vositasini boshqaruvchi, mashina va mexanizmlar bilan ishlovchi pasientlar nerv tizimiga nojo‘ya ta‘sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongni xiralashishi, ko‘rishni va eshitishni buzilishi, harakat jarayonlarini, shuningdek yurish vaqtida buzilishlari) ehtimolini e‘tiborga olishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi va buzilishi, bosh aylanishi, tirishish hurujlari. Terapevtik dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida QT – intervali uzayishi kuzatilgan.

Davolash: simptomatik. Dozani oshirib yuborilishi hollarida pasientni sinchiklab kuzatish, shu jumladan EKG o‘tkaziladi. Levofloksasin dializ yordamida chiqarilmaydi.

Spesifik antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Eritma 100 ml dan shisha flakonda; har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10oS – 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi Dong Trade Ltd., Китай произведено: Hainan Hotmed Tianya Pharmaceutical Co., Ltd. tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9