×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SELEVO tabletkalari 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan, ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi antibakterial vosita.
Faol modda:
Левофлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 Синтез, ОАО Belarusiya
5 200 s`om dan
DALADIK inyeksiya uchun eritma 2ml 300mg/2ml N5 Caspian Tamin Pharmaceutical Co Eron
261 800 s`om dan
LINKOMISIN inyeksiya uchun eritma 1ml 300mg/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
13 400 s`om dan
AZITAB tabletkalari 500mg N3 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Индия
Yaroqlilik muddati (oy) 2 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda:
Levofloksatsina gemigidrat 512,50 mg
levofloksatsinga qayta hisoblaganda 500 mg
Yordamchi moddalar:
Qayta jelatinlangan kraxmal 26 mg
Makkajo‘xori kraxmali 70 mg
Mikrokristall sellyuloza 51,50 mg
Laurilsulьfat natriy 4 mg
Natriy kraxmali glikolyati 15 mg
Kroskarmelloza natriy 15 mg
Kolloidli kremniy dioksidi 2 mg
Talьk 7 mg
Magniy stearati 7 mg
Ximoya qatlami uchun material: oq (IC -MS 218) namlikdan izolyatsiya qiluvchi qatlam, titan dioksidi, izopropil spirti, metilenxlorid.
Plyonka qoplama materiali: oq (IG- 001) yorug‘likdan himoyalovchi qatlam, izopropil spirti, metilenxlorid


Keng ta'sir doirasiga ega, ftorxinolonlar guruhiga mansub, faol modda sifatida ofloksatsinning chapga aylanuvchi izomerini saqlovchi mikroblarga qarshi preparat. Bakteritsid ta'sir qiladi. DNK – giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNKning superspirilizatsiyasini va uzilishlarining tikilishini buzadi, DNK sintezini susaytiradi, mikroorganizmlarning sitoplazmasida, xujayra devorida va membranasida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi. In vitro va in vivo sharoitida mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan samarali.

Levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar:

 – Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Sorynebacterium diphtheriae; Enterococcus faecalis; Listeria monocytogenes; Staphylococcus spp. (koagulaza-negativ metitsillinga sezgir/metitsillinga o‘rtacha sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus spp. (leykotoksin saqlovchi); Streptococcus spp. S va G guruhlari, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir/penitsillinga o‘rtacha sezgir/penitsillinga – chidamli shtammlari), Streptococcus pyogenes, Viridans guruhidagi Streptococcus (penitsillinga sezgir va penitsillinga chidamli shtammlari) ni ham qo‘shib;

– Aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter spp., shu jumladan Acinetobacter baumanii; Acinobacillus actinomycetemcomitans; Citrobacter freundii, diversus; Eikenella corrodens; Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter cloacae), Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae (ampitsillinga sezgir/ampitsillinga – chidamli shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylory; Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Moraxella catarrhalis (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Morganella morganii; Neisseria gonorrhoeae (shu jumladan penitsillinazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitides, Pasteurella spp. (shu jumladan Pasteurella canis, Pasteurella dogmatis, Pasteurella multocida), Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii), Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp.;

– Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp., Veilonella spp.;

– Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella spp. (shu jumladan Legionella pneumophila), Mycobacterium spp. (shu jumladan Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis); Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp., Ureaplasma urealyticum.

Levofloksatsinga o‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK > 4 mg/l):

- Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis (metitsillin-rezistentli shtammlari), Staphylococcus haemolyticus (metitsillin-rezistentli shtammlari);

- Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Burkholderia cepacia, Campylobacter jejuni, Campylobacter coli;

- Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp., Porphyromonas spp.

Levofloksatsinga chidamli mikroorganizmlar (MPK > 8 mg/l):

- Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus (metitsillin-rezistentli shtammlari), boshqa Staphylococcus spp. (koagulaza-negativ metitsillin-rezistentli shtammlari);

- Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans;

- Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.



So‘rilishi

Ichga qabul qilinganida levofloksatsin tez va deyarli to‘liq so‘riladi (ovqat qabul qilish so‘rilish tezligiga va to‘liqligiga kam ta'sir qiladi).

Biokiraolishligi – 99%. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) - 1-2 soat. 500 mg qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 5,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. 

Taqsimlanishi 

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30-40%. Levofloksatsinning o‘rtacha kumulyatsiyasi preparat 500 mg dozada kuniga 2 marta qabul qilinganida uchinchi kuni kuzatiladi. A'zo va to‘qimalarga yaxshi kiradi: o‘pka, bronxlarni shilliq qavati, balg‘am, siydik-jinsiy tizimi a'zolari, polimorf-yadroli leykotsitlar, alьveolyar makrofaglar. 

Levofloksatsinni Smax ko‘rsatkichlari 500 mg preparatni peroral qabul qilinganidan keyin:

– bronxlarning shilliq qavatida va epitelial qoplami suyuqligida muvofiq ravishda – 8,3 mkg/g va 10,8 mkg/ml; 

– qavariqlarning suyuqligida – 4,0-6,7 mkg/ml (Tmax esa bunda 2-4 soatni tashkil qiladi);

– o‘pka to‘qimasidagi – 11,3 mkg/g (Tmax esa -4-6 soatni tashkil qiladi);

– prostata bezi to‘qimasida davolashning uchinchi kuni preparat qabul qilinganidan so‘ng 2, 6 va 24 soat o‘tganidan keyin muvofiq ravishda – 8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2,0 mkg/g;

– siydikda qabul qilinganidan so‘ng 8-12 soatdan keyin – 200 mkg/l. 

Levofloksatsin oz miqdorda orqa miya suyuqligiga kiradi. Prostata bezi/plazma kontsentratsiyalarining nisbati o‘rtacha – 1,84 ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda preparatning katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillanadi. Yarim chiqarilish davri (T½) – 6-8 soat. Organizmdan asosan buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning taxminan 85%) kalavasimon naylar filьtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning ichga qabul qilingan dozasining 4% ichak orqali 72 soat davomida chiqariladi. 

O‘ziga hos klinik holatlardagi farmakokinetikasi 

Buyraklar faoliyatining buzilishlarida va buyrak klirensini kamayishida T½ oshadi. 


 


Nojo‘ya ta'sirlarining paydo bo‘lish chastotasi klassifikatsiyasi (JSST): juda tez-tez >1/10; tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha; kam hollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kam hollarda <1/10000, shu jumladan alohida habarlarni hisobga olganda.

Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – toshma, qichishish, eshakemi; kam hollarda – angionevrotik shish (Kvinke shishi);  chastotasi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan havfli ekssudativ eritema yoki Stivens-Djonson sindromi), anafilaktik shok, anafilaktoid reaktsiyalar, yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari (quyosh va ulьtrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik), leykotsitoklastik vaskulit. Teri va shilliq qavatlar tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalar hatto preparatning birinchi dozasini qabul qilgandan keyin ham rivojlanishi mumkin.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik; tez-tez emas – uyquchanlik, tremor (qaltirash), disgevziya (ta'm bilishning buzilishi), bezovtalik hissi, ongning chalkashishi; kam hollarda – paresteziya, tirishishlar, ruhiy buzilishlar (masalan, gallyutsinatsiyalar bilan), depressiya, ajitatsiya (qo‘zg‘aluvchanlik), uyquni buzilishi, tungi qo‘rqinchli tushlar; tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – periferik sensor neyropatiya, periferik sensor-motor neyropatiya, diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, ta'm bilishni yo‘qolishi, parosmiya (hid bilishni, ayniqsa ob'ektiv hid bilish mavjud bo‘lmagan, sub'ektiv hid bilishni buzilishi), jumladan, hid bilishni yo‘qolishi, o‘ziga zarar yetkazuvchi ruhiyat va hatti-harakatlarning buzilishi, jumladan o‘z joniga suiqasdlik g‘oyalari va harakatlari.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – AB (arterial qon bosimining) pasayishi, sinusli taxikardiya; chastotasi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – QT intervalini uzayishi («Dorilar bilan o‘zaro ta'siri» va «Dozaning oshirib yuborilishi» bo‘limlariga qarang).

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, chastotasi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – bronxospazm, allergik pnevmonit.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – diareya (ich ketishi), qusish, ko‘ngil aynishi, qondagi «jigar» fermentlari (masalan, ALT, AST) faolligining oshishi; har doim ham – qorin og‘rig‘i, dispepsiya, anoreksiya, qonda bilirubin kontsentratsiyasining oshishi; kam hollarda – gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabeti mavjud bo‘lgan bemorlarda (gipoglikemiyani kuzatiladigan belgilari: «bo‘ri» ishtahasi, asabiylik, ko‘p terlash, titrash); tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – juda kam hollarda enterokolit, jumladan sohta membranoz kolitning belgilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan gemorragik diareya, og‘ir jigar yetishmovchiligi, gepatit.

Siydik-tanosil a'zolari tomonidan: tez-tez emas – qon zardobidagi kreatinin kontsentratsiyasining oshishi; kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit rivojlanishi oqibatida).

Tayanch-harakat tizimi tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mialgiya; kam hollarda – paylarning shikastlanishi, jumladan tendinit (masalan, axill payi), sohta paralitik miasteniyasi (myasthenia gravis) mavjud bo‘lgan bemorlarda ayniqsa havfli bo‘lishi mumkin mushaklar kuchsizligi, («Ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang); tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – rabdomioliz, payni uzilishi (masalan, axill payini). Bu nojo‘ya ta'sir davolash boshlangandan so‘ng 48 soat davomida kuzatilishi va ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lishi mumkin («Ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez emas – vertigo (o‘z tanasi yoki atrofdagi jismlarni og‘ishi yoki aylanishi hissi); kam hollarda – quloqlarning shang‘illashi; tez-tezligi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – eshitishning pasayishi; juda kam hollarda – ko‘rinayotgan tasvirni noaniqligi kabi, ko‘rishning buzilishi.

Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: tez-tez emas – leykopeniya (periferik qonda leykotsitlar miqdorining kamayishi), eozonofiliya (periferik qonda eozonofillar miqdorining oshishi); kam hollarda – neytropeniya (periferik qonda neytrofillar miqdorining kamayishi), trombotsitopeniya (periferik qonda trombotsitlar miqdorining kamayishi); chastotasi noma'lum (postmarketing ma'lumotlar) – pantsitopeniya (periferik qonda barcha shaklli elementlar miqdorining kamayishi), agranulotsitoz (periferik qonda granulotsitlar miqdorining keskin kamayishi yoki yo‘qligi), gemolitik anemiya.

Boshqalar: tez-tez emas – asteniya, zamburug‘li infektsiyalar, chidamli patogen mikroorganizmlarning rivojlanishi; kam hollarda – pireksiya (tana haroratini ko‘tarilishi).

Barcha ftorxinolonlarga tegishli bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta'sirlar: juda kam hollarda – porfiriya kasalligi mavjud bemorlarda porfiriya hurujlari (moddalar almashinuvining juda kam uchraydigan kasalligi) kuzatilishi mumkin.



Ko‘k yiringli tayoqcha (Pseudomonas aeruginosa) chaqiradigan gospital infektsiyalari majmuaviy davolash talab qilishi mumkin.

Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki undan so‘ng rivojlanuvchi, ayniqsa og‘ir, kuchli va/yoki qonli diareya, Clostridium difficile chaqiradigan sohta membranozli kolit simptomlari bo‘lishi mumkin. Sohta membranozli kolit rivojlanganligiga gumon qilinganida levofloksatsin bilan davolashni darhol to‘xtatish va zudlik bilan tegishli antibakterial davolashni (vankomitsin, teykoplanin yoki metronidazol ichishni) boshlash kerak.

Xinolonlar, jumladan levofloksatsin qo‘llanganida kam kuzatiladigan tendinit, paylarni, jumladan axill payini uzilishiga olib kelishi mumkin. Bu nojo‘ya ta'sir davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida rivojlanishi va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlarda tendinitning rivojlanishiga moyillik ko‘proq. Paylarni uzilish havfi GKS bilan bir vaqtda qabul qilinganida oshishi mumkin. Tendinitga gumon qilinganida Selevo preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payni tegishli ravishda davolashni boshlash, masalan, uni yetarlicha immobilizatsiya qilish lozim.

Preparatni qo‘llash davomida superinfektsiya rivojlanishi mumkin, ayniqsa uzoq muddat yuqori dozada qabul qilinganida. Shu sabab davolash vaqtida bemorning holatini albatta qaytadan baholash va superinfektsiya rivojlangani tasdiqlanganda tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Peroral gipoglikemik vositalar, masalan, glibenklamid yoki insulin qabul qiladigan qandli diabeti mavjud bo‘lgan bemorlarda xinolonlar qo‘llanganida gipoglikemiyani rivojlanish havfi oshadi. Shu sabab bu bemorlarda qonda glyukozaning kontsentratsiyasini sinchklab monitoring qilish talab qilinadi.

Ftorxinolonlar, jumladan levofloksatsin qabul qilayotgan bemorlarda boshlanishi tez bo‘lishi mumkin bo‘lgan sensor va sensor-motor periferik neyropatiya kuzatilgan. Agarda bemorda neyropatiyaning simptomlari namoyon bo‘lsa, levofloksatsin qo‘llashni to‘xtatish kerak. Bu kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qaytmas o‘zgarishlarning rivojlanishi havfini minimallashtiradi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlar boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaktsiya talab qiluvchi avtomobilni xaydash va boshqa potentsial havfli mashg‘ulot faoliyat turlari bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.




Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqiradigan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari:

• LOR-a'zolari infektsiyalarida (o‘tkir sinusit, o‘tkir otit);

• quyi nafas yo‘llari infektsiyalarida (surunkali bronxit zo‘rayish davri; kasalxonadan tashqari pnevmoniya);

• siydik-tanosil tizimi infektsiyalarida (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit, prostatit, urogenital xlamidioz);

• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida (yiringli ateroma, abstsess, furunkullar);

• intraabdominal (qorin bo‘shlig‘i) infektsiyalarida;

• tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolashda) qo‘llanadi.



• preparat komponentlari yoki ftorxinolonlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik;

• ilgari xinolinlar bilan davolash o‘tkazilganidagi paylarning shikastlanishi;

• tutqanoq;

• homiladorlik;

• bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas;


• buyrak/jigar yetishmovchiligi (shu jumladan jigar porfiriyasi); • tutqanoq reaktsiyalarga moyillik (bosh miya qon-tomirlari aterosklerozi, anamnezida bosh miya qon aylanishining buzilishlari, MAT (markaziy nerv tizimini) ning organik kasalliklari), anamnezidagi psixoz va boshqa psixik buzilishlar; • tug‘ma QT intervalining uzayish sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); • bir vaqtning o‘zida QT intervalining uzayishiga sabab bo‘luvchi dorilarni va bosh miyada tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori (fenbufen, teofillin) • elektrolit disbalansi (masalan, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya); vositalari qabul qilinganida («Dorilar bilan o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang); • qandli diabet; • miasteniya; • glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani yetishmovchiligi; • keksalar (yondosh buyrak faoliyatining pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli).
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqiradigan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari:

• LOR-a'zolari infektsiyalarida (o‘tkir sinusit, o‘tkir otit);

• quyi nafas yo‘llari infektsiyalarida (surunkali bronxit zo‘rayish davri; kasalxonadan tashqari pnevmoniya);

• siydik-tanosil tizimi infektsiyalarida (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit, prostatit, urogenital xlamidioz);

• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida (yiringli ateroma, abstsess, furunkullar);

• intraabdominal (qorin bo‘shlig‘i) infektsiyalarida;

• tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolashda) qo‘llanadi.

Buyraklarning me'yoriy faoliyatida dozalash tartibi,har 24 soatda

KK, ml/daqiqa

50-20

19-10

< 10 (gemodializni va DAPD* ham qo‘shib)

500 мг

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 24 soatda 250 mg dan

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 48 soatda 250 mg dan

birinchi dozasi: 500 mg, so‘ngra: har 48 soatda 250 mg dan

250 мг

dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi

250 mg dan har 48 soatda, agarda siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari og‘irlashmasa, u holda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi

Dozani tuzatish kiritish mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q

* doimiy ambulator peritoneal dializ. 

Gemodializ seansidan yoki doimiy ambulator peritoneal dializidan (DAPD) so‘ng, bemorlarga qo‘shimcha doza buyurilishi shart emas.

Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarda dozani maxsus tanlash talab qilinmaydi, chunki levofloksatsin jigarda oz miqdordagina parchalanadi va asosan buyraklar orqali chiqariladi. Agarda preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, iloji boricha tezroq, keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgunicha qabul qilish kerak. Keyin levofloksatsinni sxema bo‘yicha qabul qilishni davom ettirish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarga KK 50 ml/min. va undan past bo‘lgan holatlardan tashqari dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Barcha hollarda davolashni kasallikning belgilari yo‘qolganidan keyin 48 dan 72 soatgacha davom ettirish kerak. 



Simptomlari: MAT darajasida namoyon bo‘ladi (ongning chalkashishi, bosh aylanishi, ongning buzilishi va tirishish xurujlari). Bundan tashqari, me'da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarini shikstlanishi; QT oralig‘ining uzayishi (tadqiqotlarda, terapevtikdan yuqori dozalar qo‘llanganida ko‘rsatilgan) kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik. Levofloksatsin gemodializ va peritoneal dializ orqali chiqarilmaydi. Maxsus antidoti yo‘q.
Qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktatsiya davrida va undan keyin (bir necha kun davomida) ko‘krak bilan emizishni to‘xtatib turish lozim.

• buyrak/jigar yetishmovchiligi (shu jumladan jigar porfiriyasi);

• tutqanoq reaktsiyalarga moyillik (bosh miya qon-tomirlari aterosklerozi, anamnezida bosh miya qon aylanishining buzilishlari, MAT (markaziy nerv tizimini) ning organik kasalliklari), anamnezidagi psixoz va boshqa psixik buzilishlar;

• tug‘ma QT intervalining uzayish sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya);

• bir vaqtning o‘zida QT intervalining uzayishiga sabab bo‘luvchi dorilarni va bosh miyada tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi dori (fenbufen, teofillin) 

• elektrolit disbalansi (masalan, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya); vositalari qabul qilinganida («Dorilar bilan o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang);

• qandli diabet;

• miasteniya;

• glyukozo-6-fosfatdegidrogenazani yetishmovchiligi;

• keksalar (yondosh buyrak faoliyatining pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli).


Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SELEVO tabletkalari 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SELEVO tabletkalari 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SELEVO tabletkalari 500mg N1 dori vositasi «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SELEVO tabletkalari 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SELEVO tabletkalari 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Другие формы препарата
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9