×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левофлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 15 ta dorixonasida topildi

ico 58 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 59 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SEFTOKS poroshok 1000mg+500mg N1 Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd Hindiston
49 900 s`om dan
TAYGERON tabletkalari 500mg N5 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
48 000 s`om dan
IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml Cosar Pharmaceutical Co. Eron
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVOFLON

LEVOFLON

 

Preparatning savdo nomi:  Levoflon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levofloksasin

Dori shakli: infuziya uchun eritma 500 mg/100 ml

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg levofloksasinga ekvivalent levofloksasin gemigidrati USP;

yordamchi moddalar: suvsiz dekstroza USP, in‘eksiya uchun suv USP.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vositalar. Ftorxinolonlar.

ATX kodi: J01MA12

 

Farmakologik xususiyatlari

Levoflon – ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi preparat, ofloksasinning chapga aylanuvchi izomeri. Keng antibakterial (bakterisid) ta‘sir doirasiga ega.

Levofloksasin va ftorxinolonlar guruhiga mansub boshqa anibakterial preparatlarning ta‘sir mexanizmi bakterial DNK – giraza va topoizomeraza IV fermentlarini ingibirlashni o‘z ichiga oladi.

Levoflon quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan keng ta‘sir doirasiga ega:

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus metisillinga sezgir, Staphylococcus epidermidis metisillinga sezgir, Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes

Aerobnыe grammanfiy mikroorganizmlar:

Enterobacter sloace, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa*, Serratia marcescens

*Bu sinfning boshqa preparatlari bilan, levofloksasin bilan davorlanish vaqtida  Pseudomonas aeruginosa da chidamlilik rivojlanishi mumkin.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae,  Mycoplasma pneumoniae

Levofloksasin in vitro sharoitida quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchiligiga qarshi minimal ingibirlovchi konsentrasiyalarni ko‘rsatadi.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus haemolyticus, Beta-hemolytic Steptococcus (S/F guruhi),  Beta-hemolytic Steptococcus (G guruhi), Streptococcus agalacticae, Streptococcus milleri, Viridans group streptococci

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Acinetobacter baumannii, Iwoffii; Bordetella pertussis, Citrobacter (diversus) koseri,  freundii; Enterobacter aerogenes, sakazakii; Klebsiella oxytoca, Morganella morganii, Pantoea agglomerans, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, stuartii; Pseudomonas fluorescens

Anaerob grammusbat mikroorganizmlar: Clostridium perfringens

Farmakokinetikasi

Levofloksasinning farmakokinetikasi proporsional xarakterga ega. 500 mg dozada bir marta vena ichiga (v/i) (60 minut davomidagi infuziya) yuborilganidan keyin Cmax
6,2±1,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazmadagi doimiy konsentrasiyasiga sutkada 500 mg yuborilganida 48 soatdan keyin erishiladi va u 6,4±0,8 mg/ml ni tashkil qiladi.

500 va 750 mg dozalarda bir marta va ko‘p marta yuborilganidan keyin o‘rtacha taqsimlanishi hajmi 74-112 l ni tashkil qiladi. Organizmning a‘zolari va to‘qimalarida keng taqsimlanadi, o‘pkaga (o‘pkadagi konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan 2-5 marta yuqori), bronxlarning shilliq qavatiga va bolg‘amga, siydik-jinsiy tizimi a‘zolariga, orqa-miya suyuqligiga yaxshi kiradi. 24-38% plazma oqsillari bilan (asosan albuminlar bilan) bog‘lanadi.

Plazma va siydikda sterokimyoviy jihatdan barqaror, o‘zining enantiomeri, D-oksifloksasinga aylanmaydi. Organizmda amalda metabolizmga uchramaydi. Taxminan 5% siydikda biroz farmakologik faollikda ega bo‘lgan metabolitlari (desmetil, azot oksidi) ko‘rinishida aniqlanadi. Asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda siydik bilan – dozaning 87% 48 soat davomida va oz qismi ahlat bilan – 4% kami 72 soat davomida chiqariladi.

V/i yuborilganidan keyin T1/2 6-8 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 144-226 ml ni, buyrak klirensi – minutiga 96-142 ml ni tashkil qiladi. Ekskresiyasi kalava va naychalar sekresiyasi orqali amalga oshiriladi.

Levofloksasinning farmakokinetikasi pasientning jinsi va yoshiga bog‘liq emas. Keksa odamlarda (66 dan 80 yoshgacha bo‘lgan yoshda) T1/2 biroz – 7,6 soatgacha uzayadi, ammo bunda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Buyraklar faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda kumulyativ samarasidan saqlanish uchun dozani to‘g‘rilash talab qilinadi. Gemodializ va uzoq muddatli ambulator peritoneal dializ levofloksasinni organizmdan chiqarmaydi, demak ularni o‘tkazishda qo‘shimcha dozalarni yuborish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan pasientlarda levofloksasinning farmakokinetikasida o‘zgarishlar kutilmaydi, chunki uning jigardagi metabolizmi ahamiyatsiz.

 

Qo‘llanilishi

  • metisillinga sezgir Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan ko‘pgina dorilarga chidamli bo‘lgan [MDRSP]*), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Chlamydia pneumoniae, Legionella pneumophila, yoki Mycoplasma pneumoniae tomonidan chaqirilgan orttirilgan pnevmoniya (davolash kursi 7-14 kun), *MDRSP (ko‘pgina dorilarga chidamli bo‘lgan Streptococcus pneumoniae) quyidagi ikki yoki bir nechta artibiotiklarga chidamli: penisillin (MIC ≥ 2 mg/ml), sefalosporinlarning 2-chi avlodi, masalan sefuroksim, makrolidlar, tetrasiklinlar va trimetoprim/sulfametoksazol.
  • Streptococcus pneumoniae (ko‘pgina dorilarga chidamli bo‘lganlaridan tashqari [MDRSP]*), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Mikoplazma pneumoniae yoki Chlamydia pneumoniae tomonidan chaqirilgan orttirilgan pnevmoniya (davolash kursi 5 kun),
  • Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae yoki Moraxella catarrhalis chaqirgan o‘tkir bakterial sinusit (davolash kursi 5 kun yoki 10-14 kun).
  • metisillinga sezgir Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, yoki Moraxella catarrhalis tomonidan chaqirilgan surunkali bronxitni zo‘rayishi
  • Staphylococcus aureus, Enterococcus faecalis, Streptococcus pyogenes yoki Proteus mirabolis ning metisillinga sezgir shtammlari chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • Streptococcus aereus yoki Streptococcus pyogenes ning metisillinga sezgir shtammlari chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infeksiyalari, shu jumladan yiringli yaralar, sellyulit, furunkulez, impetigo, piodermiya, jarohat infeksiyasi;
  • Escherichia soli, Klebsiella pneumoniae, yoki Proteus mirabilis chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining; asoratlangan infeksiyalari (davolash kursi 5 kun);
  • Enterobacter cloacae, Escherichia soli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, yoki Pseudomonas aeruginosa chaqirgan siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (davolash kursi 10 kun);,
  • Escherichia coli chaqirgan o‘tkir pielonefrit (davolash kursi 5-10 kun), shu jumladan bakteriemiya bilan kechuvchi hollari;
  • Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, yoki Staphylococcus saprophyticus chaqirgan siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Buyrak faoliyati normal bo‘lgan kattalar uchun dozalash

Levoflonning tavsiya qilingan dozasi har 24 soatda 60 minutli infuziya ko‘rinishida 500 mg ni yoki har 24 soatda 90 minutli infuziya ko‘rinishida 750 mg ni tashkil qiladi. Bu tavsiyalar kreatinin klirensi ≥50 ml/min bo‘lgan pasientlarga tegishlidir. Kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lgan pasientlar uchun dozalashni to‘g‘rilash talab qilinadi.

Jadval: buyrak faoliyati normal bo‘lgan katta yoshdagi pasientlar uchun doza (kreatinin klirensi ≥50 ml/min).

Infeksiya turlari1 Har 24 soatda dozalash Davomiyligi (kun) 2
Orttirilgan pnevmoniya3 500 mg 7-14
Orttirilgan pnevmoniya4 750 mg 5
O‘tkir bakterial sinusit 750 mg 5
  500 mg 10-14
Surunkali bronxitni zo‘rayishi 500 mg 7
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari (SSSI) 750 mg 7-14
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infeksiyalari (SSSI) 500 mg 7-10
Siydik yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (cUTI) yoki o‘tkir pielonefrit (AP) 5 750 mg 5
Siydik yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (cUTI) yoki o‘tkir pielonefrit (AP) 6 . 250 mg 10
Siydik yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari 250 mg 3

1=ayrim kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan (Qo‘llanishiga qarang)

2=bosqichma-bosqich davolash (vena ichiga va og‘iz orqali) shifokorning fikriga ko‘ra buyurilishi mumkin.

3= metisillinga sezgir Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan ko‘pchilik dorilarga chidamli bo‘lgan [MDRSP]), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Chlamydophila pneumoniae, Legionella pneumophila, yoki Mycoplasma pneumoniae tomonidan chaqirilgan.

4= Streptococcus pneumoniae (ko‘pchilik dorilarga chidamli bo‘lganlardan tashqari [MDRSP]), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Mycoplasma pneumoniae yoki Chlamydophila pneumoniae tomonidan chaqirilgan.

5= bu davolash kursi Escherichia soli, Klebsiella pneumoniae, yoki Proteus mirabilis tomonidan chaqirilgan siydik yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (cUTI) uchun va Escherichia soli tomonidan chaqirilgan o‘tkir pielonefrit (AP) uchun, shu jumladan bakteriemiya holatlari uchun buyurilgan.

6= bu davolash kursi Enterococcus faecalisEnterococcus cloacaeEscherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan cUTI uchun va E. coli tomonidan chaqirilgan AR uchun buyurilgan.

 

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan kattalarda dozalashni yo‘lga qo‘yish

Buyrak yetishmovchiligida levofloksasinni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Sinchkov klinik kuzatuv va tegishli laborator tekshiruvlarini davolashdan oldin va davolash vaqtida o‘tkazilishi lozim, chunki levofloksasinni chiqarilishi sekinlashgan bo‘lishi mumkin. Kreatinin klirensi ≥ 50 ml/min bo‘lganida dozalashni to‘g‘rilash talab etilmaydi. Buyrak faoliyati susaygan pasientlarda kreatinin klirensi <50 ml/min bo‘lganida, klirensni susayishi tufayli levofloksasinni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dozani boshqarish lozim.

Keksalar: buyrak faoliyatini buzilishidan tashqari, keksa odamlarda dozani hech qanday boshqarish talab qilinmaydi.

Bolalar: levofloksasinni bolalar va o‘smirlarda (18 yoshdan kichik) qo‘llash mumkin emas.

Preparatni multivalent  kationlar bilan o‘zaro ta‘siri

Levofloksasinni yuborilishini multivalent kationlarni, ya‘ni magniy saqlovchi hech qanday eritma bilan aynan o‘sha venaga birga yubori mumkin emas.

Ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma

Ogohlantirish: levofloksasinni vena ichiga tez yuborish gipotoniyaga olib keladi va shuning uchun bunga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Levofloksasin in‘eksiyasini, dozaga qarab, kamida 60 minut yoki 90 minut davomida yuborilishi lozim. Levofloksasin in‘eksiyasi faqat vena ichiga quyishlar ko‘rinishida qo‘llanadi. Mushak ichiga, traxeya ichiga, qorin ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas.

Levofloksasin olayotgan pasientlarda gidratasiya o‘tkazish

Levofloksasin olayotgan pasientlarda yuqori konsentrasiyadagi siydikni hosil bo‘lishini oldini olish uchun, adekvat gidratasiyani o‘tkazish lozim. Xinolonlar qabul qilinganda kristalluriya va silindruriya holatlari aniqlangan.

Vena ichiga yuborish uchun  preparatni tayyorlash

Bir marta ishlatiladigan infuziya uchun Levoflon (Levofloksasin infuziyasi), yumshoq konteyner (5 mg/ml) 100 ml li flakonlarda chiqariladi. Eritma xona haroratida (25°C; 77°F), yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlanadi, muzlatish va yuqori haroratda qizdirish mumkin emas. Flakondagi bu eritma bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan, eritmaning ishlatilmagan qoldig‘ini takroran qo‘llash mumkin emas.

Levoflon infuziyasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

  1. Tashqi o‘ramini belgi bor joyidan yirting va eritma konteynerini oching.
  2. Ichki qismga qattiq bosib, oqmayotganini tekshiring. Agar oqadigan joyi aniqlansa yoki muhri shikast yetgan bo‘lsa, eritmadan voz keching, chunki sterillik buzilgan bo‘ladi.
  3. Agar eritma loyqali bo‘lsa, yoki cho‘kmalan bo‘lsa, eritmani ishlatmang.
  4. Faqat steril eritmani ishlating.
  5. OGOHLANTIRISH: ketma-ketligi buzilgan konteynerlarni ishlatmang. Bunday ishlatish ikkilamchi konteynerdagi suyuqlikni qo‘llashdan oldin birlamchi konteynerda qoladigan havo tufayli kesson kasalligiga olib kelishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teri qoplamalari tomonidan va o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari:

Ba‘zida: qichishish va terini qizarishi.

Kam: eshakemi, bronxlarni torayishi va og‘ir bo‘g‘ilish ehtimoli kabi simptomlar bilan o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaksiyaar).

Juda kam hollarda: teri va shilliq qavatlarini shishlari (masalan, yuz va tomoq sohasida), arterial bosimni birdan tushishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang); allergik pnevmonit; vaskulit.

Tez-tezligi noma‘lum: terida og‘ir toshmalar toshishi, pufaklar hosil bo‘lishi bilan birga, masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ ko‘pshaklli eritema. O‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalaridan oldin ba‘zida yengilroq teri reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Yuqorida nomlangan reaksiyalar preparatni birinchi dozasi yuborilganidan bir necha minut yoki soat o‘tganidan keyinoq rivojlanishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari va modda almashinuvi tomonidan:

Tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya.

Ba‘zida: ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorin og‘riqlari, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi.

Kam: qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qondagi qand miqdorini tushib ketishi (gipoglikemiya); gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan belgilari: bulemiya, asabiylik, terlash, qaltirash.

Tez-tezligi noma‘lum: qonli ich ketishi, u juda kam hollarda ichakni yallig‘lanishining va hatto soxtamembranoz kolitning belgisi ham bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Boshqa xinolonlarni qo‘llash tajribasi, ularni porfiriyaning zo‘rayishini chaqirishi mumkinligidan guvohlik beradi (modda almashinuvini juda kam uchraydigan kasalligi), shu kasal bilan kasallangan bemorlarda. Bunday samarani preparat qo‘llanganida ham istisno qilib bo‘lmaydi.

Nerv tizimi tomonidan:

Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va/yoki qotib qolish, uyquchanlik, uyquni buzilishi.

Ba‘zida: bezovtalik, qaltirash, ta‘m sezuvchanligini buzilishi.

Kam: depressiya, psixotik reaksiyalar (masalan, gallyusinasiyalar bilan), noxush tuyg‘ular (masalan, qo‘l panjalarida parasteziyalar), qaltirash, qo‘zg‘algan holat, tirishishlar va ongni chalkashishi, ko‘rishni buzilishi.

Tez-tezligi noma‘lum: sensor yoki sensomotor periferik nevropatiya, taktil sezuvchanlikni pasayishi, autoagressiv xulqli psixotik reaksiyalar, shu jumladan suisid fikrlar va harakatlar bilan, eshitishni buzilishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

Kam: kuchli yurak urishi, arterial bosimni pasayishi.

Juda kam: tomirli kollaps.

Tez-tezligi noma‘lum: QT intervalini uzayishi (“Maxsus ko‘rsatmalar”. “QT intervalini uzayishi”ga qarang).

Suyak-mushak tizimi tomonidan:

Ba‘zida: bo‘g‘im va mushak og‘riqlari.

Kam: paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), astenik bulbar falaj bilan kasallangan bemorlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mushak kuchsizligi.

Tez-tezligi noma‘lum: mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz), paylarni uzilishi (masalan, axillov payini); bu nojo‘ya samarasi davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Jigar va buyrak tomonidan:

Tez-tez: jigar fermentlarining faolligini oshishi (masalan, alaninaminotransferaza va aspartataminotransferaza).

Ba‘zida: qon zardobida bilirubin va kreatinin miqdorini oshishi.

Juda kam: jigar reaksiyalari, hatto buyrak yetishmovchiligigacha bo‘lgan buyraklar faoliyatini yomonlashishi, masalan, allergik reaksiyalar oqibatidagi (interstisial nefrit).

Noma‘lum: jigarni kuchli shikastlanishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi holi, levofloksasin uchun xabar berilgan, asosan jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan pasientlarda (masalan, sepsis), gepatit.

Qon yaratish tizimi tomonidan:

Ba‘zida: eozinofillar sonini oshishi, leykositlar sonini kamayishi.

Kam: neytropeniya, trombositopeniya, bu qonovchanlikni kuchayishi bilan birga kechishi mumkin.

Juda kam: og‘ir infeksiyalarni rivojlanishi (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yallig‘lanishi va holatni turg‘un yomonlashishi).

Tez-tezligi noma‘lum: gemolitik anemiya; pansitopeniya, agranulositoz.

 

Boshqalar:

Tez-tez: og‘riqlar yuborilgan joyda, qizarish va flebit.

Ba‘zida: umumiy holsizlik.

Juda kam: isitma.

Har qanday antibiotik bilan davolash odamda normal holatda bo‘ladigan mikrofloraning o‘zgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburug‘lar). Shu sababga ko‘ra qo‘llanayotgan antibiotikka nisbatan chidamli bakteriyalar va zamburug‘larning kuchli ko‘payishi yuz berishi mumkin (ikkilamchi infeksiya va superinfeksiya), u kam hollarda qo‘shimcha davolashni talab qlishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • levofloksasinga yoki xinolonlar guruhining antibakterial preparatlariga va/yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • tutqanoq;
  • anamnezdagi ftorxinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq paylarni kasalliklari;
  • bolalik va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlik yoshi;
  • homiladorlik va laktasiya davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ftorxinolonlarni multivalent kationlarni, masalan, magniy saqlovchi har fanday eritmalar bilan birga aynan bir venaga qabul qilish mumkin emas.

Xinolonlar va o‘z navbatida tirishishga tayyorlikning serebral pog‘onasini pasaytirish qobiliyatiga ega moddalarni bir vaqtda qo‘llash, tirishishga tayyorlikning serebral pog‘onasini yaqqol pasaytirishi haqida xabarlar bor. Bu teng darajada xinolonlar va teofillinni, fenbufenni yoki unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni (revmatik kasallliklarni davolash uchun vositalar) bir vaqtda qo‘llashga ham taalluqlidir.

Preparatning ta‘siri sukralfat (me‘da shilliq qavatini himoya qilish uchun vosita) bilan bir vaqtda qo‘llanganida yaqqol susayadi. Xuddi shuningdek magniy yoki alyuminiy saqlovchi antasid vositalar (jig‘ildon qaynashi va gastralgiyalarni davolash uchun preparatlar), shuningdek temir tuzlarini (kamqonlikni davolash uchun vositalar) bir vaqtda qabul qilishda ham sodir bo‘ladi. Bu preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki qabul qilgandan 2 soat keyin Levoflonni qabul qilish kerak. Kalsiy karbonati bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Glyukokortikosteroidlarni qabul qilish paylarni uzilishi xavfini oshiradi.

K vitaminini antagonistlari (masalan, varfarin). K vitaminining antagonistlarini bir vaqtda ishlatishda qonning ivish tizimini nazorat qilish kerak.

Levofloksasinni chiqarilishi (buyrak klirensi) simetidin va probenisid ta‘sirida biroz sekinlashadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, bu o‘zaro ta‘siri amalda hech qanday klinik ahamiyatga ega emas. Shunga qaramasdan, chiqarilishning ma‘lum yo‘llarini (naychalar sekresiyasi) bloklovchi probenisid va simetidin tur dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, levofloksasin bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Ayniqsa bu buyraklar faoliyati cheklangan bemorlarga taalluqli.

Siklosporin. Levofloksasin siklosporinning T1/2 biroz oshiradi.

Antidiabetik preparatlar: xinolonlar va antidiabetik preparatlarni birga qo‘llagan pasientlarda qonda glyukozaning darajasini o‘zgarishlari, shu jumladan giperglikemiya va gipoglikemiya rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar bor. Shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llaganda glyukozaning darajasini nazoratini o‘tkazish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, fenbufen: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni xinolonlar bilan, shu jumladan Levoflon bilan birga qo‘llanishi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alish xavfini oshirishi va tirishishlarga olib kelishi mumkin.

Teofillin: Levoflonni teofillin bilan birga qo‘llanishi, zardobda teofillinning konsentrasiyasini oshishiga, yarim chiqarilish davrini uzayishiga va keyinchalik teofillin bilan bog‘liq nohush reaksiyalar xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Levofloksasin boshqa ftorxinolonlar kabi, QT intervalini uzaytirishi ma‘lum bo‘lgan dori preparatlarni (masalan, IA va III sinfi aritmiyaga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak  (“Maxsus ko‘rsatmalar”. “QT intervalini uzayishi”ga qarang).

Maxsus ko‘rsatmalar

Bo‘g‘im tog‘aylarini shikastlanish ehtimoli tufayli, Levoflon preparatini bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.

Keksa yoshli bemorlarni davolashda, bu guruh bemorlarda ko‘proq buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lishini ko‘zda tutish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).

Pnevmokokklar chaqirgan o‘pkalarni juda og‘ir yallig‘lanishida, Levoflon optimal terapevtik samara bermasligi mumkin. Ayrim qo‘zg‘atuvchilar (P.aeruginosa) chaqirgan gospital infeksiyalarda, kombinasiyalangan davolash talab qilnishi mumkin.

Tavsiya qilingan yuborish davomiyligiga qat‘iy rioya qilish kerak, u kamida 60 minutni        (100 ml infuzion eritma) tashkil qilishi kerak. Levofloksasinni qo‘llashning tajribasi, infuziya vaqtida kuchli yurak urishi va arterial bosimni tranzitor tushishi kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Kam hollarda arterial bosimni kuchli tushishi tomirli kollapsning sababi bo‘lishi mumkin. Agarda levofloksasinni yuborish vaqtida arterial bosimni yaqqol tushishi kuzatilsa, quyish darhol to‘xtatiladi.

Preparat bilan davolash vaqtida, bosh miyani oldingi shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan, masalan, insult yoki og‘ir travma bilan, bemorlarda tirishishlar xuruji rivojlanishi mumkin. Tirishishga tayyorlik fenbufen, unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri”ga qarang). Levofloksasin qo‘llanganida juda kam fotosensibilizasiya aniqlanishiga qaramasdan, undan saqlanish uchun, bemorlarga juda ham zarur bo‘lmasa, kuchli quyosh yoki sun‘iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, baland tog‘li joyda quyoshda bo‘lish yoki solyariyga borish) duchor bo‘lish tavsiya qilinmaydi.

Soxtamembranoz kolitga gumon qilinganida darhol preparatni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Bunday hollarda, ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.

Preparat qo‘llanganida juda kam kuzatiladigan tendinit paylarni uzilishiga olib kelishi mumkin (avvalambor axillov payini yallig‘lanishi). Keksa yoshli bemorlar tendinitga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Kortikosteroidlar bilan davolash ehtimol paylarni uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga gumon qilinganida Levoflon preparati bilan davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak, masalan, unga tinchlik holatini ta‘minlash (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarva “Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar (modda almashinuvini nasliy buzilishi) ftorxinolonlarga eritrositlarni parchalanishi (gemoliz) bilan reaksiya berishlari mumkin. Shuning munosabati bilan bunday bemorlarni levofloksasin bilan davolashni katta ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.

Barcha xinolonlar uchun kabi, og‘iz orqali qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar (masalan, glibenklamid) yoki insulin bilan muvofiq davolash olayotgan diabetli pasientlarda odatda gipoglikemiya hollari aniqlangan. Bunday pasientlar uchun qondagi glyukoza darajasini sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi.

Ftorxinolonlarni, shu shumladan levofloksasinni qabul qilayotgan pasientlarda QT intervalini uzayishini juda kam hollari haqida xabar berilgan. Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksasinni qo‘llashda ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak, QT intervalini uzayishi uchun ma‘lum xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, masalan:

  • keksalik yoshi
  • buzilgan elektrolit balansi (masalan, gipokaliemiya, gipomagniemiya)
  • QT intervalini tug‘ma uzayishi sindromi
  • yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya)
  • QT intervalini uzaytirishi ma‘lum bo‘lgan preparatlar (masalan IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlari, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) (“Qo‘llash usuli va dozalari”, “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” ga qarang)

Levofloksasin qabul qilayotgan pasientlarda siydikda opioidlarni aniqlash soxtamusbat natijalarni berishi mumkin. Spesifikroq usullar bilan opiatlarning mavjudligi tahlilining ijobiy natijalarini tasdiqlashning zarurati paydo bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatining bosh aylanishi yoki qotib qolish, uyquchanlik va ko‘rishni buzilishi kabi nojo‘ya ta‘sirlari, reaksiya qilish qobiliyati va diqqatni jamlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin. Bu ayrim vaziyatlarda, bu qobiliyatlar muhim ahamiyatga ega ekanligida ma‘lum xavf tug‘dirishi mumkin. Muhim darajada bu preparatni alkogol bilan o‘zaro ta‘siri hollariga ham taalluqli.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tutqanoq xurujlari turidagi tirishish xurujlari, gallyusinasiyalar va tremor, ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishlari bo‘lishi mumkin.

Levofloksasinning supraterapevtik dozalari bilan o‘tkazilgan kliniko-farmakologik tekshirishlarda, QT intervalni uzayishi ko‘rsatilgan.

Davolash: simptomatik davolash.

Levofloksasin dializ (gemodializ, peritoneal dializ va doimiy peritoneal dializ) yordamida chiqarilmaydi. Maxsus antidoti mavjud emas.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 5 mg/ml. 100 ml dan LDPE turidagi flakonda.

Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qarton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda saqlansin.

Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVOFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MOKSIFLON inyeksiya uchun eritma 100ml 400mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
Narh: 83 900 so'mdan Batafsil
ORNIDAZ inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
Narh: 53 700 so'mdan Batafsil
FLUKAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
LINZONID inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SR Pharmaceutical Ind. Pvt. Ltd., Индия произведено: Aishwariya Healthcare
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9