×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левофлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d. Sloveniya
STREPTOMISIN poroshok 1g N1 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
2 500 s`om dan
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1 Karbon Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
20 541 s`om dan
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20 Remedy, СП ООО Узбекско-Британское O'zbekiston
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVOMAK

LEVOMAC

Preparatning savdo nomi: Levomak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levofloksasin

Dori shakli: vena ichiga infuziya uchun eritma 500 mg/100 ml.

Tarkibi:

faol modda: 500 mg levofloksasinga ekvivalent levofloksasin gemigidrati;

yordamchi moddalar: suvsiz glyukoza, faollashtirilgan ko‘mir, dinatriy edetati, suvsiz limon kislotasi, xlorid kislotasi (10%), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, sariq rangli, mexanik kiritmalardan holi eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi)

ATX kodi: J01MA12

Farmakologik xususiyatlari

Levofloksasin – ftorxinolon, keng ta‘sir doirasiga ega bakterisid vosita. Ta‘sir mexanizmi bakterial DNK replikasiyasi, transkripsiyasi, tiklanishi va rekombinasiyasi uchun zarur bo‘lgan fermentlar – bakterial topoizomeraza IV va DNK- girazani (topoizomeraza II) ingibisiya qilinishi bilan bog‘liq.

Mikroblarga qarshi faolligi:

In vitro sharoitda levofloksasin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng mikroblarga qarshi faollik namoyish qiladi.

Levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar orasida qarama-qarshi rezistentlik aniqlanadi, lekin boshqa ftorxinolonlarga rezistent mikroorganizmlar, levofloksasinga sezgir.

In vitro va klinik sharoitlarda preparat quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan eng samarali:

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Enterobacter cloacae, Legionella pneumoniae, Escherichia coli, Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Haemophilus parainfluenzae, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Klebsiella oxytoca, Bordetella pertussis, Proteus vulgaris, Enterobacter agglomerans, Acinetobacter calcoaceticus, Morganell morganii, Citrobacter diversus, Providencia rettgeri, Citrobacter freundi, Providencia stuartii, Enterobacter aerogenes, Pseudomonas fluorescens, Enterobacter sakazakii, Serratia marcescens.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis (ko‘pchilik turlari o‘rtacha sezuvchanlikka ega), Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir turlari), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan penisillinga rezistent shtammlari). Streptococcus agalactiae. Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci.

Anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum, Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Ricketsia spp.

Farmakokinetikasi

Levofloksasinning farmakokinetikasi bir tekis xarakterga ega. 500 mg preparat vena ichiga infuziya qilinganidan keyin plazmadagi cho‘qki konsentrasiyasiga 60 minut davomida erishiladi va 6,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyasiga (Tmax) erishish vaqti 1,0±0,1 soatni, yarim chiqarilish davri (T1/2) – 6,4±0,7 soatni tashkil qiladi. Vena ichiga bir marta va ko‘p marta yuborilganida taxminiy taqsimlanish hajmi shu doza yuborilganidan keyin 89-112 l ni tashkil qiladi.

Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga: o‘pka, bronxlar shilliq qavati, siydik- jinsiy tizimi a‘zolari, suyak to‘qimasi, balg‘am, orqa miya suyuqligi; leykositlar, makrofaglarga yaxshi kiradi. Levofloksasinning o‘pka to‘qimasidagi konsentrasiyasi qon plazmasidagiga qaraganda 2-5 marta yuqori. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 30-40% tashkil qiladi. 500 mg levofloksasin sutkada 2 marta yuborilganidagina ahamiyatsiz kumulyasiya aniqlanadi.

Buyrak klirensi umumiy klirensining 70% ni tashkil qiladi.

Preparat qisman metabolizmga uchraydi. Jigarda katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki asetil guruhi yo‘qoladi. Asosan kalava filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali chiqariladi. O‘zgarmagan xolda buyraklar orqali 24 soat davomida taxminan 70% va 48 soatda – 87% chiqariladi; faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishida 5% dan kamrog‘i 48 soat davomida chiqariladi.

Alohida guruh bemorlar:

Buyrak yetishmovchiligi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda levofloksasinning plazmadan yarim chiqarilish davri oshgan, bu holat kumulyasiyadan saqlanish uchun dozani tuzatishni talab qiladi. Levofloksasin organizmdan gemodializ yoki davomli ambulator peritoneal dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi. Jigar faoliyatini buzilishi levofloksasinning metabolizmiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

  • LOR-a‘zolarining infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir yuqori jag‘ sinusiti);
  • quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (shu jumladan surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya);
  • siydik chiqarish yo‘llari va buyraklarning infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir pielonefrit);
  • jinsiy a‘zolarning infeksiyalari;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (yiringlagan ateromalar, abssess, furunkulez);
  • sepsis;
  • intraabdominal infeksiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga tomchilab, sekin, 500 mg (100 ml infuzion eritma) kamida 60 minutda sutkada 1-2 marta yuboriladi.

Buyraklar faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda turli ko‘rsatmalarda preparatning quyidagi dozalari qo‘llanadi:

  Ko‘rsatilishi Doza Davomiyligi (kunlar)
1 Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksion kasalliklari 500 mg

sutkada 2 marta

7-14 kun
2 Kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg

sutkada 1 -2 marta

7-14 kun
3 Surunkali bronxitni zo‘rayishi 250-500 mg

sutkada 1 marta

7-10 kun
4 O‘tkir yuqori jag‘ sinusiti 500 mg

sutkada 1 marta

10-14 kun
5 Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir pielonefrit) 250 mg

sutkada 1 marta (kasallikni og‘ir kechishida dozani oshirish mumkin)

7-10 kun
6 Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infeksiyalari 250 mg

sutkada 1 marta

3 kun
7 Sepsis 500 mg

sutkada 1-2 marta

7-14 kun
8 Intraabdominal infeksiya 500 mg

sutkada 1 marta (anaerob floraga ta‘sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada)

7-14 kun

Dozalash tartibi Sutkada 250 mg Sutkada 500 mg 12 soatda 500 mg
Kreatinin klirensi Dastlabki doza

250 mg

Dastlabki doza 500 mg Dastlabki doza 500 mg
50-20 ml/min Keyin 24 soatda 125 mg Keyin 24 soatda 250 mg Keyin 12 soatda 250 mg
19-10 ml/min Keyin 48 soatda 125 mg Keyin 24 soatda 125 mg Keyin 12 soatda 125 mg
<10 ml/min (shu jumladan gemodializ va doimiy ambulator peritoneal dializda) Keyin 48 soatda 125 mg Keyin 24 soatda 125 mg Keyin 24 soatda 125 mg

Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarda preparatni dozalash:

Davollash davomiyligi kasallikning turi va kechishini og‘irligiga bog‘liq, maksimal davomiyligi – 14 kun. O‘tkir yallig‘lanish simptomlari kamayganidan va harorat normallashganidan keyin levofloksasin bilan davolash yana, eng kamida 48-72 soat davom ettiriladi. Keyin ikkala yuborish yo‘lining ekvivalentligini xisobga olib, preparatni ichga qabul qilishga o‘tish mumkin.

Keksa yoshli pasientlar uchun, kreatinin klirensining past xollaridan tashqari. hollarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilanmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, abdominal og‘riqlar, soxtamembranoz kolit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, qon tomiri kollapsi, QT intervalini uzayishi, taxikardiya, juda kam hollarda – hilpillovchi aritmiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipokaliemiya (ishtaxani oshishi, ko‘p terlash, asabiylik, qaltirash).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, parasteziyalar, tremor, xavotirlik, qo‘rquv, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, xarakat buzilishlari, tirishishlar.

Sezgi azolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, xid sezish, ta‘m va taktil sezuvchanlikni buzilishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi, mushak kuchsizligi, rabdomioliz, tendinit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya, gemorragiyalar.

Allergik reaksiyalar: qichishish, terining giperemiyasi, teri va shilliq qavatlarni shishi, eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, bo‘g‘ilish, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Mahalliy: og‘riq, yuborish joyida qizarish, flebit.

Boshqalar: porfiriyani zo‘rayishi, fotosensibilizasiya, turg‘un isitma, superinfeksiyani rivojlanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Levofloksasinga, boshqa xinolonlarga yoki dori vositasining alohida komponentlariga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik; markaziy nerv tizimini buzilishlari (tutqanoq, serebral aterosklerozning og‘ir shakli), xinolonlar bilan ilgari o‘tkazilgan davolashda paylarni shikastlanishi;

homiladorlik va laktasiya davri; bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni buyraklar faoliyatini yo‘ldosh pasayishi bo‘lishini yuqori ehtimoli tufayli, keksa yoshli shaxslarda, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levofloksasin siklosporinning yarim chiqarilish davrini oshiradi.

Levofloksasinning chiqarilishini simetidin, probenisid va naychalar sekresiyasini bloklovchi dori vositalarining ta‘siri ostida sekinlashadi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va teofillin: levofloksasin bilan birga qo‘llanganida tirishishga tayyorlikni oshiradi.

K vitamini antagonistlari bir vaqtda qo‘llanganida, qon ivishini nazorat qilish kerak.

Glyukokortikosteroidlar: paylarni uzilish xavfini oshiradi.

Antidiabetik preparatlar: qondagi glyukoza darajasini qat‘iy nazorati qilish kerak, chunki ular levofloksasin bilan bir vaqtda qo‘llanganida giper- va gipoglikemiyaning ehtimoli bor.

Vena ichiga yuborish uchun eritma 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi, 2,5% li Ringer eritmasi dekstroza bilan, parenteral oziqlantirish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar) bilan mutanosib. Geparin, ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Teri qoplamalarini shikastlanishidan (fotosensibilizasiya) saqlanish uchun, davolash vaqtida quyosh va sun‘iy UB-nurlanishdan saqlanish kerak.

Tendinitning belgilari paydo bo‘lganida levofloksasin darxol bekor qilinadi.

Anamnezida bosh miyaning shikastlanishi (insult, og‘ir jarohat) bo‘lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida gemoliz rivojlanishini xavfi oshadi.

Soxtamembranoz kolit gumon qilinganida, levofloksasinni darxol bekor qilish, bemorga esa muvofiq davolashni buyurish kerak.

Xinolonlar bilan, shu jumladan levofloksasini, qabul qilanayotgan pasientlarda, kam xollarda tez avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, xatto anafilaksiyagacha aniqlangan. Agar levofloksasin qabul qilinganidan keyin terini qichishishi yoki tez avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lsa, preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Garchi levofloksasin boshqa xinolonlarga qaraganda eruvchanroq bo‘lsada, pasientlarda organizmning adekvat gidratasiyasini o‘tkazish kerak.

Davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, tirishishlar, me‘da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarni eroziv shikastlanishi, QT intervalini uzayishi.

Davolash: simptomatik, dializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Birlamchi o‘ram: 100 ml eritma plastik flakonda.

Ikkilamchi o‘ram: flakon va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVOMAK infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GATIMAK IV infuziya uchun eritma 400mg/200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Другие формы препарата
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
LEVOMAK tabletkalari 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9