×
×
  • LEVON 250 tabletkalari 250mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVON 250 tabletkalari 250mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Caritas Healthcare Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
2 700 s`om dan
MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVON-250

LEVON-500

LEVON-250

LEVON-500

Preparatning savdo nomi: Levon-250; Levon-500

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levofloksasin gemigidrati

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levofloksasin gemigidrati, 250 mg yoki 500 mg levofloksasinga ekvivalent;

yordamchi moddalar: mikrokristall selyulloza, povidon, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, suvsiz kolloid kremniy, kaliy polakrillin, temir (III) oksidi.

Ta‘rifi: jigarrang, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

ATX kodi: J01MA12

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita. Bakterisid samarasi bakteriyalardagi DNK-giraza va topoizomeraza IV ning faolligini ingibisiya qilishi hisobiga namoyon bo‘ladi.

Levofloksasin ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga qarshi keng antibakterial faollik doirasiga ega, boshqa antibiotiklar (aminoglikozidlar, makrolidlar va beta-laktamlar) ta‘siriga chidamli bakteriyalarga nisbatan faoldir.

In vitro sharoitlarida spontan mutasiyalar oqibatida levofloksasinga rezistentlik juda kam holat (10-9 dan 10-10 gacha bo‘lgan chegaralarda) hisoblanadi.

Garchi levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar o‘rtasida kesishgan chidamlilik kuzatilgan bo‘lsa-da, boshqa ftorxinolonlarga chidamli bo‘lgan ba‘zi mikroorganizmlar levofloksasinga sezgir bo‘lishi mumkin.

Levofloksasin aerob grammusbat mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari: Enterococcus faecalis (ko‘pchilik shtammlari faqat o‘rtacha darajada sezgir), Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metisillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan penisillinga chidamli shtammlari), Streptococcus pyogenes, Streptococci (C va G guruhlari);

aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens;

anaerob mikroorganizmlar: Clostridium difficile, Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides spp., Peptostreptococcus spp.;

boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Mycoplasma pneumonia ga nisbatan faoldir.

Ushbu guruhning boshqa preparatlari bilan bo‘lgani kabi levofloksasin bilan davolanish vaqtida chidamlilik juda tez rivojlanishi mumkin.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida tez va deyarli to‘liq so‘riladi (ovqatlanish so‘rilish tezligi va to‘liqligiga kam ta‘sir qiladi). Biokiraolishligi – 99%. TCmax – 1-2 soatni; 250 va
500 mg dozasi qabul qilinganida Cmax muvofiq ravishda 2,8 va 5,2 mkg/ml ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 30-40%. A‘zolar va to‘qimalar: o‘pkalar, bronxlarning shilliq qavati, balg‘am, siydik chiqarish tizimi a‘zolari, polimorf-yadroli leykositlar, alveolyar makrofaglarga yaxshi o‘tadi. Katta bo‘lmagan qismi jigarda oksidlanadi va/yoki asetil guruhini yo‘qotadi. Buyrak klirensi umumiy klirensning 70% ni tashkil etadi. T1/2 – 6-8 soatni tashkil etadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi orqali chiqariladi. Levofloksasinning 5% dan kamroq qismi metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan holda 24 soat davomida 70% va 48 soat davomida – 87% chiqariladi; 72 soat davomida ahlatda qabul qilingan dozaning 4% aniqlanadi. 500 mg dozasi 60 minut davomida vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng Cmax – 6.2 mkg/ml ni tashkil etadi. Vena ichiga bir marta va ko‘p marta yuborilganida taxminiy taqsimlanish hajmi aynan shu dozasi yuborilganidan so‘ng 89-112 l ni, Cmax – 6,2 mkg/ml, T1/2 – 6,4 soatni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (surunkali bronxit, pnevmoniya), LOR-a‘zolarining infeksiyalari (sinusit, o‘rta quloq otiti), siydik chiqarish yo‘llarining va buyrak infeksiyalari (shu jumladan o‘tkir pielonefrit, surunkali prostatit), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (yiringli ateroma, abssess, furunkullar), tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini kompleks davolash) ni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan oldin yoki ovqatlanishlar o‘rtasidagi tanaffusda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

O‘tkir sinusitda – 500 mg dan sutkada 1 marta, 10-14 kun davomida, yoki 750 mg dan sutkada 1 marta 5 kun davomida qabul qilinadi.

O‘SOK infeksion zo‘rayganida – 500 mg dan sutkada 1 marta 7-10 kun davomida, yoki 750 mg dan sutkada 1 marta 5 kun davomida qabul qilinadi.

Pnevmoniyada – 250-500 mg dan sutkada 1-2 marta (sutkada 0,5-1 g) qabul qilinadi.

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida – 250 mg dan sutkada 1 marta qabul qilinadi.

Teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida – 250-500 mg dan sutkada 1-2 marta qabul qilinadi.

Tuberkulyozda – 500 mg dan sutkada 1-2 marta 3 oygacha vaqt davomida qabul qilinadi.

Buyrak kasalliklarida preparatning dozasini buyrak faoliyatini buzilish darajasiga qarab pasaytiriladi: kreatinin klirensi (KK) minutiga 20-50 ml bo‘lganida – 125-
250 mg dan sutkada 1-2 marta, minutiga 10-19 ml bo‘lganida – 125 mg 12-48 soatda 1 marta, minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida (shu jumladan gemodializdagi pasientlarga) – 125 mg dan 24 yoki 48 soatdan keyin qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (shu jumladan qonli diareya), ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ishtahani pasayishi, qorinda og‘riq, soxta membranoz enterokolit; “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, tomirli kollaps, taxikardiya, Q-T oralig‘ini uzayishi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahani oshishi, kuchli terlash, titrash).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, tremor, bezovtalik, paresteziyalar, qo‘rquv, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tutqanoq hurujlari (moyilligi bo‘lgan pasientlarda).

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish va taktil sezuvchanlikni buzilishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mushaklarni bo‘shligi, mialgiya, paylarni uzilishi, tendinit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pansitopeniya, gemorragiyalar.

Allergik reaksiyalar: fotosensibilizasiya, terini qichishishi va qizarishi, teri va shilliq qavatlarni shishi, eshakemi, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, bo‘g‘ilish hissi, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Boshqalar: asteniya, porfiriyani zo‘rayishi, rabdomioliz, barqaror isitma, superinfeksiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Tutqanoq va MNTni tirishishlar bo‘sag‘asini pasayishi bilan kechuvchi boshqa shikastlanishlari; porfiriya; anamnezida paylarni xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishlari; homiladorlik; laktasiya (emizish) davri; bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar; preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; boshqa xinolonlarga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tarkibida kalsiy, magniy yoki alyuminiy saqlovchi antasidlar, sukralfat, tarkibida temir kabi ikki va uch valentli kationlarni saqlovchi preparatlar, rux saqlovchi polivitaminlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida xinolonlarni so‘rilishi buzilishi, bu organizmda ularning konsentrasiyasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.

Xinolonlar teofillin, NYAQV, yoki tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga buyurilganida tirishish bo‘sag‘asi pasayishi mumkin. Fenbufen levofloksasinning konsentrasiyasini 13% ga oshiradi. GKS (glyukokortikosteroidlar) bilan bir vaqtda qabul qilish paylarni uzilish xavfini oshiradi.

Simetidin va probenesid bilan birga qo‘llanganida levofloksasinning buyrak klirensi pasayadi. Har ikkala preparat buyrakda naychalar sekresiyasini bloklaydi, buyrak faoliyati cheklangan pasientlarda ularni levofloksasin bilan birga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Levofloksasin bilan birga buyurilganida siklosporinning T1/2 33% ga oshadi.

Qonda glyukozaning darajasini o‘zgarishi, giperglikemiya va gipoglikemiya xinolonlar va gipoglikemik preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda kuzatilishi mumkin. Demak, ushbu preparatlar birga qo‘llanganida qonda glyukozaning darajasini doimo nazorat qilish kerak.

Levofloksasin K vitaminining antagonistlari (varfarin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

QT oralig‘ini uzaytiradigan dori vositalar (masalan, IA va III sinf aritmiyaga qarshi vositalar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) ni levofloksasin bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tendinit yoki soxta membranoz kolitning belgilari paydo bo‘lganida davolashni darhol to‘xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak.

Preparat bilan davolanish vaqtida anamnezida bosh miyani shikastlanishlari (insult yoki og‘ir jarohatlar) bo‘lgan pasientlarda tirishish xurujlari rivojlanishi mumkin.

Anamnezida tutqanoq bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari tirishishlarga moyilligi bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida maksimal ehtiyotkorlik talab etiladi. Tirishishlar rivojlanganida levofloksasin bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Soxta membranoz kolitga shubha qilinganida levofloksasin bilan davolashni darhol to‘xtatish, tutib turuvchi va spesifik davolashni zudlik bilan boshlash kerak.

Levofloksasin ba‘zida birinchi dozasi yuborilgan zahoti jiddiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini, masalan, angionevrotik shish, anafilaktik shokkacha, hatto o‘limni chaqirishi mumkin. Bunday holatlarda pasient darhol davolanishni to‘xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.

Levofloksasin qo‘llanganida odatda peroral gipoglikemik vositalarni qabul qilayotgan, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Bunday pasientlarga qondagi qand miqdorining qat‘iy monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Levofloksasin anamnezida psixozlari yoki ruhiy kasalliklari bo‘lgan pasientlarga levofloksasinni buyurish zarurati bo‘lganida ehtiyotkorlik talab etiladi.

QT oralig‘ini uzayishiga olib keluvchi ma‘lum xavf omillari, masalan:

  • QT oralig‘ini tug‘ma uzayish sindromi;
  • QT oralig‘ini uzaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalar (masalan, IA va III sinf antiaritmik vositalar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) ni bir vaqtda qo‘llash;
  • elektrolitlar muvozanatini korreksiya qilinmagan buzilishi (masalan, gipokaliemiya, gipomagniemiya);
  • keksa yoshdagi pasientlar;
  • yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya)
  • bo‘lgan pasientlarga levofloksasin qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab etiladi.

Qaytmas holat rivojlanishini oldini olish maqsadida sensor hamda sensomotor periferik nevropatiya simptomlari paydo bo‘lganida levofloksasinni bekor qilish kerak.

Anoreksiya, sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi, qichishish va qorinda og‘riq kabi, jigar kasalliklarini belgilari va simptomlari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemoliz rivojlanishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda levofloksasin bilan davolashni juda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bo‘g‘im tog‘aylarini shikastlanish ehtimoli borligi sababli, bolalar va o‘smirlarni davolash uchun preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishni buzilishi, kabi nojo‘ya samaralari borligini hisobga olib, transport yoki boshqa potensial havfli mexanizmlarni boshqarishda pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, MIYning shilliq qavatini eroziv shikastlanishlari, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish hurujlari bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak. Dializ samarali emas. Spesifik antidoti yo‘q.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar; 5 yoki 10 tabletka blisterda; 1 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 dori vositasi Caritas Healthcare Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVON 250 tabletkalari 250mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LEVON 500 tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Caritas Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 50 809 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LEVON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bion Healthcare, Индия произведено: Eurolife Healthcare Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9