×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Faol modda:
Адхатоды сосудистой, Иссоп лекарственный, Солодки голой корней густой экстракт, фиалки душистой, Перца длинного плодов экстракта густого
Qadoqda soni:
- 16
Ishlab chiqaruvchi:
- Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Vakil:
- Herbion International
ATX kodi:
- R05CA
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 21 ta dorixonasida topildi

ico 17 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 19 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
PEKTOLVAN S sirop 100ml Фармак, ПАО Ukraina
31 400 s`om dan
DOKTOR MOM pastilkalar so vkusom klubniki N20 Unique Pharmaceutical Lab. Hindiston
27 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ўзининг таркибида қуйидаги экстрактлар ва ҳар бир пастилкада тўлдирувчилар сақловчи мажмуавий аювердик препарат:

Ҳар бир пастилка қуйидаги экстрактларни сақлайди:томирли Адхатода 30.0 мг, Яланғоч чучукмия 7.0 мг, Узун қалампир 6.0 мг, Хушбўй бинафша 2.0 мг,Доривор иссоп 3.0 мг, Катта калган 3.0 мг.

Ёрдамчи компонентлар:

Ялпиз таъмли: ментол, қанд, суюқ глюкоза, эвкалипт мойи, ялпиз мойи, тальк қаттиқ парафин, асаларининг сариқ муми, ланолин, оқ юмшоқ парафин, суюқ парафин.

ФАРМАКОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ:

Компоненти:

Таъсири:

Томирли Адхатода

Балғам кўчирувчи, бронхолитик, спазмолитик, муколитик, иситма тушурувчи

Яланғоч чучукмия

Балғам кўчирувчи, юмшатувчи, спазмолитик, яллиғланишга қарши

Узун қалампир

Балғам кўчирувчи

Хушбўй бинафша

Антигистамин, балғам кўчирувчи, иситма тушурувчи

Доривор иссоп

Тер хайдовчи, балғам кўчирувчи, спазмолитик

Катта калган

Балғам кўчирувчи, меъдага таъсир қилувчи, ел хайдовчи, бронхолитик.

Қутида 8 пастилкадан 2 блистерли тасма.

Қутида 8 пастилкадан 1 блистерли тасма.

Аллергик реакциялар бўлиши мумкин.

Пастилкалар сахароза сақлайди, қандли диабети бўлган беморлар, шунингдек гипокалорияли парҳезда буни ҳисобга олиш керак.

Йўтал ва томоқдаги оғриқ билан бирга кечувчи нафас йўлларининг касалликларида симптоматик даволаш воситаси сифатидақўлланади.

Препаратнинг компонентларина шахсий юққори сезувчанлик.

Бир пастилкадан ҳар икки - уч соатда бутунлай эригунча секин шимилади.

Максимал суткалик доза: 8 пастилка.

LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LINKAS

LINKUS

 

Preparatning savdo nomi: Linkas

Dori shakli: sirop.

Tarkibi:

Har 10 ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

faol moddalar:

Komponent Miqdori
Tomirli adxatoda
600 mg
Qizil achchiq qalampir
100 mg
Keng bargli kordiya
100 mg
Dorivor gulxayri
100 mg
Haqiqiy chilonjiyda
100 mg
Gulyonbargli onosma
100 mg
Yalang‘och Chuchukmiya
75 mg
Dorivor Issop
50 mg
Katta Kalgan
50 mg
Hushbo‘y gunafsha
25 mg

yordamchi moddalar:

Komponent Miqdori
Propilenglikol
1252 mg
Natriy saxarin
15 mg
70% li Sorbit eritmasi
4000 mg
Gliserin
1000 mg
Limon kislotasi
20 mg
Metilparaben
10,928 mg
Propilparaben
2,168 mg
Qalampir yalpiz moyi
0,00275 ml
Qalampirmunchoq moyi
0,00125 ml
Ionsizlantirilgan suv yetarli miqdorda
10 ml

Ta‘rifi: o‘ziga xos hidli, jigarrang rangli sirop

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun qo‘llanadigan vosita.

ATX kodi: R05CA10

Farmakologik xususiyatlari

Dorivor o‘tlardan olingan majmuaviy preparat bo‘lib, yo‘tal va shamollashning turli belgilarini yengillashtirishga yordam beradi.

LINKAS yallig‘langan to‘qimalarning yuzasida yupqa himoya pardasini hosil qiladi. Shunday qilib, u quruq va ta‘sirlovchi yo‘talda yumshatuvchi va tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va yo‘talga qarshi mahalliy vosita sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.

LINKAS yopishqoq quyuq balg‘amni suyultiradi va nafas yo‘llaridan balg‘amni ajralib chiqishiga yordam beradi hamda bakteriyalarni o‘sishi uchun muhitni bartaraf qilib, balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

LINKAS burun yo‘llarining shilliq qavati shishini kamaytiradi va bronxlarning spazmini kamaytiradi.

Shunday qilib nafasni yengillashtiradi va bronxospazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Preparat tarkibidagi komponentlarning xarakterli xususiyatlari

Tomirli adxatoda Balg‘am ko‘chiruvchi, bronxolitik, spazmolitik, mukolitik, isitmani tushiruvchi
Yalang‘och chuchukmiya Balg‘am ko‘chiruvchi, yumshatuvchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi
Qizil achchiq qalampir Balg‘am ko‘chiruvchi, yo‘talga qarshi
Hushbo‘y gunafsha Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, isitmani tushuruvchi
Dorivor Issop Ter almashishini kuchaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik
Katta kalgan Balg‘am ko‘chiruvchi, yel haydovchi, bronxolitik
Kengbargli kordiya Antiseptik, og‘riq qoldiruvchi, spazmolitik
Dorivor gulxayri Bronxolitik, yo‘talga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, burushtiruvchi
Haqiqiy chilonjiyda Yumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi
Gulyonbargli onosma Spazmolitik, yumshatuvchi, isitmani tushiruvchi, organizmning tonusini oshiruvchi

Qo‘llanilishi

  • Yo‘tal va shamollash.
  • Quruq va ta‘sirlovchi yo‘tal.
  • Astma va bronxit (o‘tkir va surunkali) bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘tal.
  • Faringit, traxeit, anginada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: 2 choy qoshiq (10 ml) dan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.

Bolalar: 1 choy qoshiq (5 ml) dan kuniga 3-4 marta qabul qilinadi.

Go‘daklar (6 oylik – 1 yosh): 1/2 choy qoshiq (2,5 ml) dan kuniga 3-4 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha  qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilishi tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan pasientlarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sirop saxaroza saqlaydi, buni qandli diabet bilan xastalangan va shuningdek gipokaloriyali parhezdagi bemorlar hisobga olishlari lozim.

Avtomobilni va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

LINKAS avtomobilni va boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya. Dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.

Davolash: simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

Sirop 90/120 va 150 ml sig‘imli flakonda.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 dori vositasi Herbion Pakistan (PVT) Ltd tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LINKAS pastilkalar so vkusom myati N16 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 800 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 200 so'mdan Batafsil
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
Narh: 73 900 so'mdan Batafsil
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LINKAS PLYUSh sirop 120ml 35mg/5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9